August 10

MY TWIX...🍫

Author: Seraphina

Channel: π—›π—˜π—”π—₯𝗧π—ͺπ—”π—©π—˜ π—™π—”π—‘π—™π—œπ—–π—¦

Bulutli osmondan ko'zyosh kabi yog'ib tushayotgan yomg'ir hamma yoqni suvga burkadi. Bu esa shahar aholisi uchun salbiy tasirini korsatardi. Kuchli yomg'ir yoΔ£moqda. Hamma yoq zulmatga cho'kkan, faqat shahar ko'chalari boylab bo'y cho'zgan chiroqlargina sal bolsada yorug'lik taratardi. Hikoya ham aynan shu ko'chalardan birida boshlandi. O'sha yigit... o'sha soyabon... va o'sha qotillikning sirli tarzda fosh etilishi...

Ikki cheti daraxtlar bn qoplangan ko'chadan na odam va na mashina yurib o'tardi. Bu yerda faqatgina bir insonning yig'lagan tovushini eshitish mumkin...

Yujin oyoqlarida zo'rg'a turarkan yurishga botina olmay yo'l o'rtasida turib qoldi. Usti yupun va soyabonsiz bu qizni tashqi dunyo hozir umuman qiziqtirmasdi. Uni faqat ichki olamidagi tashvishlar ich etini kemirardi. Bugun u uchun balki eng yomon kundir. Balki bugun u uchun so'nggi kundir... Eng qadrli insonidan ayrilish qanchalik og'ir?! Ayniqsa deyarli hechkimi yoq bir yetimcha uchun bu daxshatning o'zi. Yujin shu vaqtgacha faqat bir inson Yumi bilan yashagan u bilan birga ulgaygan. U bilan birga yetimxonadan chiqqach kun kechirishgan. Ular doim birga bolishgan. Bu ikki ajralmas do'st 8yil oldin bir biridan ajralmaslikka ont ichishgan. Lekin bugun bu ont bir umrga yoqoldi. Yumi ketdi. O'zi bilan bu qasamni ham olib ketdi.

-----Xabar berilishicha uni maktab hojatxonasida o'z joniga qasd qilgan holda topishgan. Bu kopchilikning yuragini ezdi. Biroq Yujin ularga ishonmadi. U hammasi yolgon ekanligini ularga aytdi lkn qolidan nima ham kelardi? Yujin Yumini o'zidan ham yaxshiroq bilardi. U hech qachon oziga ozor beradigan qiz emasdi. Bu o'z joniga qasd qilish emas suiqasd edi. Yujin buni bilsada odamlar uni eshitmasligini tushunib sukutda qoldi.

Yujin hammasini anglab yetgach esa shu yerga keldi. U Yumini sog'ingandi. Qasamga binoan u Yumi bilan ketishga qaror qildi. U mana shu yerdan birorta mashina o'tib ketishini va tezroq tashvish-u sinovlardan qutulishni xohlardi. Uning ko'zlaridagi oxirgi yog'du ham shu yo'lda so'nishini u istardi.

Yujin povβ€’>

To'g'risini aytaymi? Men charchadim. Hozir yumshoq to'shakda shirin uyquga cho'mib uxlagim kelyapti. Lekin ilojim yo'q. Mana bu ko'zlar boshqa dosh berolmayapti. Adolat izlaganim uchun tahqirlandim.

Ortiq chiday olmasdim. Oyoqlarimda mador qolmadi. Ko'zlarim uyqusizlikdan qizarib har yig'laganimda achishib ketardi. Men qaror qabul qildim. YolΔ£izlikda yashagandan o'lgan afzalroq..!

Yujin shunday deya yengil nafas oldi va ko'zlarini yumib oldi. Shu payt uning ortidan kimdir keldi va gapirdi:

-- Buni ol va uyingga bor. Sovqotib qolasan.

Yujin boshini burib yonidagi notanish kimsaga nazar tashladi. Notanish kimsa, niqoblangan, qo'lida esa soyabon - unga tutib turardi. Bir ko'rishda g'arazli niyati yo'qga o'xshaydi.

-- Raxmat.
Yujin soyabonni oldi va notanish kimsa darhol ketib qoldi. Yujin o'sha kecha uyiga soyabonni quchoqlab yig'lab qaytdi. Bu unga qilingan yagona iltifot edi. O'sha kecha Yujin aslida kim ekanligini tushundi.

》》》》》》》》》》》》》》》》》》

Erta tong... Lekin havo bulut bilan qoplangan edi.
Yujin shosha pisha ishga shoshilardi. Kecha uyga kech kelgani bois ham to'yib uxlay olmadi. Shundoq ham u anchadan beri uxlay olmayapti. Agar bugun ham ishga kech qolsa ishdan haydalishi tayin edi va buni bilgan Yujin nonushta ham qilmay uyni tark etishga qaror qildi.

Shoshilayotib bexosdan javonni siljitib yuborgan Yujin darhol bu yerni tartibga keltira boshladi. Maktab sumkasi va kitoblarni javonga joyladi, soyabonni ham avaylab joyiga qo'ydi. U deyarli bir haftadan beri darsga bormagan va shunga qaramay ko'ngli to'q edi.

Yujin shaharning ko'zga koringan kompaniyalaridan biri, Janob Hu De-in ga tegishli bolgan kompaniyada kotiba sifatida ish olib boradi, biroq topgan puli na ijaraga va na o'qishiga yetadi. U bu yerga kelganiga ancha bolgan. Boshliqning hurmatini qozongach esa kotiba etib tayinlangan. Shuning uchun kopincha ba'zilar unga hasad qilishadi va ishidan gap topishga urunishadi. Biroq Yujin doimo berilgan vazifalarni a'lo darajada bajarib keladi, shuning uchun ham boshliq De-in unga ishonch bildiradi.

Bu gaplarning barchasi rost bolishiga qaramay Yujinning yuragiga Δ£ulΔ£ula tushib ulgurgandi. U yana ishga kech qolyapti va bu birinchisi emas. Bu 4-marta takrorlanishi edi.

》》》》》》》》》》》》》》》》》》》

--Yana ishga kech qoldingmi? Bu nimasi axir, Yujin?? Bilasan menga ishga kech qolganlar yoqmaydi.

-- Kechiring. Janob kechiring. Faqat ishdan bo'shatib yubormang. Axir men harakat qilyapman kech qolmaslikka, janob...

-- Yujin, men afsusdaman. Lkn endi kech. Bugun yangi kotiba ishga tushadi. Yaxshisi o'zingga boshqa ish topaqol. Tushun, seni bir martalik kech qolishing ham korxona faoliyatini 1% ga pasaytirishi mumkin. Endi esa ketishing mumkin.

-- Janob. Axir boshqa boradigan joyim yoq. Qanday qilib ish topaman. Iltimos yana 1oy vaqt bering. O'zim ishdan ketaman. Janob, iltimos.

-- Men ham ishdan ketishingni istamasdim Yujin... Seni o'z qizimdek ko'rardim... Agarda shunchalik ish topa olmasang mana bu manzilga bor. Albatta u yerda senga ish topiladi.

Janob De-in unga qog'oz tutdi. Unda qandaydir manzil yozilgan edi.

-- Istagan vaqting kelishing mumkin.

Yujin qog'ozni oldi va kozyoshlarini artib xonani tark etdi.

》》》》》》》》》》》》》》》》》》

Kechki 19:05. Shunga qaramay Yujin atrofdagi uylar peshtoqiga qarab yurib kelmoqda. U aytilgan manzilga yetib kelgach uy qo'ng'irog'ini chaldi.

Bir necha marotaba chalingan qo'ng'iroqdan so'ng uy eshigini bir bola ochdi. Sochi uzun va qora rangdagi o'ziga jalb qiluvchi bu yigit ko'rinishidan kayfiyati allaqachon buzilgan edi.

-- Sizga nima kerak?)- dedi qosh chimirib.

-- Menga shu manzilni berishgandi. Bo'sh ish o'rni bor deb eshitdim.

-- Ha ha kiravering. Hoynahoy otam yuborgan xizmatkorlardan biridirsiz.

Yigit eshikni ochiq qoldirdi va o'zi uyga qaytib kirdi.

Yujin ichkariga kirgach bir muddat uy ichidagi go'zallikka tikilib qoldi. Keng va yorug', shinam joy. Yujin bir paytlar Yumi bilan xuddi shunday uy sotib olishni aytgandi.

Yujin atrofga alanglab divanga o'tirib qoldi.

-- Uy egasi... qachon keladi..? )-deya zo'rΔ£a gapirishga botina oldi Yujin.

-- Men shu uyni egasi bo'laman. )- dedi yigit qo'llarini qovushtirib.

-- Unday bolsa yaxshi... Qanday ish bolsa ham roziman faqat ish haqini oldindan to'lay olasizmi?)- Yujin.

-- Albatta, xonamga yur.)- deya boshdan oyoq Yujinga qaradi.

Yujin uning ortidan ergashdi. Yigit esa xona eshigi tutqichini ushlashi bilanoq uy qo'ng'irog'i chalinib qoldi.

-- Aaahhh)- deya qo'llarini mushtlagancha eshikka urdi yigit va ortiga qaytdi. -- Hozir, ketyapman.

Yujin ularga tikilib turdi. Uy eshigidan esa Janob De-in ning o'zi kirib keldi.

-- Salom ota. )- dedi yigit dadasining ish kostyumini qo'lidan olarkan.

-- Senga ham. Ohh Yujin qachon yetib kelding? )- deya keng tabassum qildi Janob De-in.

-- Hozirgina keldim. )- Yujin.

-- Ha unday bolsa juda yaxshi. Tanish bu mening o'g'lim Yetao. Yetao tanish bu sening yangi enagang va uyimiz xizmatchisi Yujin. )- Janob De-in.

Bu gapdan so'ng ikkisi ham ko'zlarini katta ochib alanglab qoldi.

Yetao/Yujin: Enaga???

-- Janob, to'g'ri eshitdimmi? Axir u 19yoshga o'shaydi. Bunday yoshdagi bolalarga enaga kerak emas deb o'ylayman...)- dedi Yujin sochini qichitib.

-- Shundog'am 19yoshdaman. )- Yetao.

-- Albatta, to'g'ri eshitding. Yetao ancha ulg'aygan, lekin u odob borasida hali go'dakka ham tenglasholmaydi! Shuning uchun unga g'amxo'rlk qilishni senga topshirmoqchiman. Bu aqlsiz bola bugundanoq senga so'zsiz itoat qiladi. Men kuni bo'yi ishda bo'laman va sen u haqdagi hamma axborotlarni menga yetkazib turasan. )- Janob De-in.

-- Pfffffttt. Ota bas qilsangizchi. )- Yetao yuzini norozi holatda korsatib.

Yetao ulardan bir ikki qadam uzoqlashib eshik tomon yurib ketdi. Biroq ortidan kelgan sado uni to'xtatib qoldi.

-- Yetao to'xta! Agar hozir ketsang ortiq qaytib kelmaysan. Gaplarimni eshityapsanmi?)- Janob De-in.

Yetao ufff tortib ortiga qaytdi va otasining yoniga keldi. U otasidan umuman xafa emasdi. Shunchaki u o'zi hoxlagandek yashayotgan bir paytda otasining birgina gapiga ko'nib o'zidan kichkina qizga itdek itoat qilishni axmoqlik deb bilardi.

-- Yoki meni aytganlarimga ko'nib, shu yerda yaxshi yashaysan. Yoki hoziroq daf bo'lib o'zing bilganingdek yashaysan. Gaplarimni tushundingmi?)- Janob De-in.

-- Ha ota. )- Yetao.

-- Gaplaringni eshitmayapman. )- Janob De-in.

-- Ha ota. Tushundim. )- dedi Yetao boshini egib balandroq ohangda.

Janob De-in o'g'lining yelkasidan qoqib qo'ydi va "mana bu boshqa gap" degancha Yujinga yuzlandi.

-- Yujin, sen shu yerda qolasanmi yoki...

-- Yo'q raxmat. Uyimga borishim kerak.

-- Unday bolsa ertadanoq ishni boshlaysan. Maosh ham ertaga beriladi. Endi ketishing mumkin. Ha aytgancha yaxshi dam ol.

-- Siz ham janob.

Yujin ular bn xayrlashgach uy eshigidan chiqdi va miyasidagi turli o'y va savollarga javob izlay boshladi.

Yujin povβ€’>

Yo xudo. Kelib kelib o'zimdan 2yosh katta bolaga enagalik qilamanmi? Janob De-in aqldan ozdingizmi? Axir u mendan katta!!! Enaga ga shunchalik muhtoj bolamikin a? Lkn sochlari menikidan uzunligiga qaraganda rostan ham odob nimaligini bilmasa kerak. Ohh mening xayollarim..! U geylar klubiga boradimi? E yoq axmoq Yujin nimalar deyapsan. Agar bu gaplarni Janob De-in eshitsa boshim ketadi. Nima bolganda ham ertaga ijara pulini to'lashim kerak. Hozir esa yonimda faqat taksiga yetadigan pul bor xolos. Endi umuman imkon qolmadi. Janob De-in ning shartiga ko'nganim maqulroq. Lekin agar Yetao menga nimadir qilgudek bo'lsa darhol kimligiga qarab o'tirmay politsiyaga topshiraman. Ha shunday qilaman.

.
.
.
.
.

1-qism yoqadi degan umiddaman. Agar yoqgan bo'lsa reaksiya va fikr yozib qoldiring. Lekin unutmang koment o'qish biz uchun juda muhim va mativatsiya boladiπŸ’—πŸ’‹

Author:: Seraphina