Black-Winged Butterflies
Kecha edi. Shabnam gul yaproqlaridan sirg‘alib, qizning oyoqlari ostida ohangrabodek jimib yotgan tosh yo‘laklarni yuvayotgan bir pallada, Yuzuki eski qasr hovlisiga tushib bordi. Atrofda hech kim yo‘q edi — faqat shamollarning sekin qichqirig‘i va quduq ichidan eshitilayotgan noaniq shivirlar.
Aslida bu yerga kirish taqiqlangan. Lekin u har kecha shu yerga qaytardi.
Eski quduq — Okiku afsonasi bilan bog‘langan joy. U yerda nohaq o‘ldirilgan qiz yotgan, deya aytishardi. Har kecha qizning ruhi quduq tubida qolgan 9 dona likopni sanab chiqar, deya so‘zlar yurardi.
Ammo Yeoha bu afsonaga boshqacha qarardi. U bu yerda nafaqat dahshatni, balki ichki alamni, yolg‘izlikni va... sevgi daragini ham eshitardi.
Bugun esa birinchi marta u yolg‘iz emas edi.
“Odamlar hali ham bu yerga kelishadimi?” — degan ovoz hovlida yelkasi keng, ammo nigohi og‘ir, begona kishi tomonidan aytildi.
Yeoha cho‘chib tushdi. U orqasiga o‘girildi. U yerda yengil to‘q ko‘kimtir kiyimdagi bir yigit turardi. Yuzuki uni ilgari ko‘rmagan edi. Soyalar orasidan baland bo'yli bir yigit yaqinlashib kelardi. Oy nurida yoritilgan joyga kirgach yigitning yuzi yaqqol ko'rindi. U atrofga nazar soldi va quduq yoniga yaqinlashdi.
-“Siz kimsiz?” —dedi Yeoha og‘ir yutinib.
“Men bu yerga Koreya xalqi janubidan elchi sifatida yuborilganman. Ismim Yeonjun."
Yeonjun bir necha qadam yaqinlashdi. Uning harakati sokin, ehtiyotkor edi. Go‘yo u bu joyga begona emasday. Yoki, balki, bu joy unga hamda Yeohaga allaqachon tanish bo‘lgan bir kechmishni eslatardi.
“Siz bu yerga har kecha kelasizmi?” — deb so‘radi u.
Yeoha quduq og'ziga qaradi. -“Men uni tinglayman. Har kim o‘ziga xos nido eshitadi. Men esa... bolaligimdan beri shu yerda bir afsonani eshitaman.”
-"Siz afsonalarga ishonasizmi?"
-dedi Yeonjun.
Yeoha Yeonjunga to'g'ri va qat'iy qaradi. Uning nigohi o'tkir emasdi, lekin ichida shunchalik sokinlik borki, u yigitni biroz sergaklantirdi.
-Quduq haqida bir afsona bor, -dedi u. -Aytib berishimni hoxlaysizmi?
Yigit yelkasini qisdi.
- Men bunday taklifga yo'q deyolmayman.
Yigit uning yoniga o'rnashib oldi. Yeoha quduqqa tikilib qoldi. U hech qachon bu afsonani biror kimga aytishni istamagan. Baribir deyarli hamma bu afsonani juda yaxshi biladi. Faqat Yeonjun emas. Chunki u o'zga yurtdan tashrif buyurgan.
-"Okiku - Har kecha quduq ichidan eshitiladigan sanash... 1... 2... 3...】g'alati a? Ammo bunday emas. Aslida g'alati bo'lib ko'rganlaring ortida ochilmagan haqiqatlar yotadi...
Okiku tarixi ham shunday...
Qorong‘u tunda eski saroy yaqinidagi quduqdan shunday ovoz keladi:
“Ichi... ni... san... shi... go... roku... shichi... hachi... kyuu...”
To‘qqiz.
Shunda ayol qichqiradi va jimlik.
Bu — Okiku ruhi.
Okiku — asli samuray oilasida xizmatkor bo‘lgan sodiq va halol qiz bo'lgan.
Ammo xo‘jayini — Aoyama — unga ko‘ngil qo‘ygan.
U rad etganidan so‘ng, Aoyama uni jazolashga qaror qiladi.
U oilaning 10 qimmatbaho likopchalaridan birini yashirib, bunda Okikuni ayblaydi.
Okiku esa likopchani topa olmaydi.
U har kecha ularni sanaydi.
“1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9…”
...lekin 10-chi yo‘q.
Shunda Aoyama uni quduqqa uloqtiradi.
Shundan keyin har kecha...
Quduq ichidan u ovoz yana yangraydi.
Sanash. To‘qqizda to‘xtash. Va qichqiriq.
Okikuning ruhi haligacha tinchlanmagan.
U haligacha 10-chi likopni qidirmoqda.
Odamlar aytishadi - agar uning ovozini eshitsang, ortingga qaramasliging kerak.
Aks holda — u seni o‘rniga tortadi…"
-"Bu afsona yoshlikdan tanish. Shuning uchun ham shu yerga kelishni yoqtiraman. Har kecha Okiku 9 gacha sanab qichqirganda yana nimadir demoqchi bo'ladi. Lekin...xuddi ulgurmagandek...
-"Demak, siz uning ovozini rostan ham eshitgansiz?"
-"Bu juda qiziq. Lekin haqiqat ochilmagan."
-"Men ketishim kerak. Agar saroydagilar bu yerga kelganimni payqagudek bo'lishsa boshimdan judo bo'lishim amrimahol. Baribir hech kim bilmaydi". Yeoha o'rnidan turib ketayotib ortiga burildi va Yeonjunga qarata gapirdi.
-"Siz uning ovozini eshitmoqchimisiz?"
Yeonjun jilmayib o'rnidan turdi. Yeoha uning belidagi qilichini ko'rib yutunib qo'ydi va ortiga burilib ketdi.
Okiku saroy bo'ylab yurib borardi. U oshxonaga ketayotgandi. Hali u yerda qiladigan ishlari ko'p. Turli xil ziravorlar, lagan va likoplar va yana anchayin tartibga keltirish kerak bo'lgan oshxona. Garchi hamma uxlayotgan bo'lsada Yeoha o'z ishini qoldirmasdi.
Tun allaqachon yarmiga kelgan.
Quduq og'zidan sanash yangrardi...