ESCAPE FROM THE RULES
Ko‘zlarim hamon uning nigohiga qadalgan. Bu nigohlar menga shunchalik tanish ko‘rinardiki, go‘yo u bilan avval ham ko‘rishgandekmiz...Nega endi men qandaydir ortiqcha go‘zallikka ega bo‘lgan oddiy yigitning nigohiga taslim bo‘lishim kerak? Bas! Bularning barchasini unutish kerak!
Anchadan buyon hatto ismimni ham bilmaydigan oddiy maktab o‘quvchisi Jimin meni tinmay chaqirayotganini payqadim-u, ko‘zlarimni chirt yumib, bosh chayqadim. Ko‘zimni ochganimda esa...Yana o‘sha o‘ziga maftun etib qo‘ygan nigohlar menga tikilgancha faqat bir so‘zni takrorlardi
~Oh, sorry. Hayollarga berilib ketganimdan unutib ham yuboribman. Nima haqda gaplashayotgan edik? Eslatib yubora olasizmi, pls.
~Professor aytgan kitoblar menda bor. Agar istasangiz ularni sizga topshiraman, albatta vaqtinchalik)- Jimin qo‘lidagi kitoblarni xiyol tepaga ko‘tarib.
~Ovvv thanks. Albatta, bu kitoblar menga hozir juda zarur edi!(😅)) dedim uning qo‘llaridan ohistalik bilan kitoblarni qo‘limga olarkanman.
~U juda takabbur. Undan ehtiyot bo‘lishingizni maslahat beraman. Agar topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmasangiz... Ayovsiz jazolanishingiz mumkin)- uning lablaridagi shirin tabassum o‘rnini jiddiy qiyofa egalladi.
Men darrov payqadim. U professor haqda gapiryapti.
~Siz hazil qilishga usta ekansiz!)dedim kulishga urinib.~Bilaman, barcha professorlar azaldan qattiqqo‘l bo‘lib kelishgan. Men albatta topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishga va'da beraman. Xavotir olmang, hammasi joyida)-deya keng tabassum qildim.
~Hammasi emas. Bu yer siz o‘ylagandek oddiy emas... aa...Bu yerda ko‘p turib qoldik. Istasangiz biror joyda gaplashib olamiz.(🤦😅)
~Sizga ishonishim mumkinmi?) doim shubha qilish odatim hozir ham meni hijolatga qo‘ydi. O‘ylaymanki u bundan ranjimaydi..
~Menga ishonishingiz mumkin, miss) deya sal egildi Jimin, go‘yo hozir u o‘zini tansoqchidek tutayotgandi.
Eww u ataylabdan xijolatga qo'yyapti, biram oliyjanobki!(🗿) U aslida, juda mehribon ko‘rinardi. Lekin nigohi e'tiborni o‘g‘irlaydi. Men uchun aynan shu jihati qo‘rqinchli edi..
Biz maktab oshxonasidagi eng orqadagi stullarga joylashdik. "Menimcha bu yerda sir bor" deya chuqur o‘yga toldim. Men hozir uning har bir gapini diqqat bilan eshitishga qaror qildim.
~ Siz yangi kelgan ko‘rinasiz. Shuning uchun ham sizga bu yer haqda barchasini aytib berishim kerak deb o‘ylab qoldim. Bu yer siz o‘ylagandek joy emasligini bilishingiz kerak. Bu...bu yer...ufff bu yer biroz lanatlangan. Deyarli hamma shunday deydi. Bu maktab o‘rnida ancha yillar ilgari mahbuslarni jazolab, ularni turli yo‘llar bilan yo‘q qiluvchi qamoqxona bo‘lgan. Hozir esa bu yer o‘quvchilarni arzimas sabablar tufayli turli qiynoqqa soluvchi, "maktab" shiori ostidagi tuzoq. Shuning uchun ham kopchilik bu yerni vaxshiylarcha qatl etilgan maxbuslar tomonidan qattiq lanatlangan deyishadi.
Qancha urinsangiz ham,.. endi kech. Bu yerdan qaytib ketmoqchi bo‘lganlarning hech birini tirik deb aytolmayman. Men bu yerda 7yoshimdan beri o‘qiyman, shuning uchun barchasini bilaman. Hatto qancha o‘quvchilar ojizliklari tufayli bardosh berolmay jon berganlari-yu, qancha o‘quvchilar o‘z jonlariga qasd qilganlarigacha...Hatto, mana shu la'nat tekkan joydan o‘z qo‘llarim bilan singlimning jasadini olib chiqqanman. Bu yer xavfli, qachonki siz buni his qilmaguningizcha... (chuqur nafas olib)Endi ketishim kerak, siz bilan tanishganimdan mamnunman, miss! Agar muammo tug‘ilsa darhol menga xabar bering.
U o‘rnidan turib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin men bunga yo‘l qo‘ymadim. Uni qo‘lidan ushlab, to‘xtatib qoldim.
~Agar gaplaringiz rost bo‘lsa, men bu yerdan ketmoqchiman! Hoziroq!!
~ Agar menga ishonmayotgan bo‘lsangiz, marhamat. Ketishingiz mumkin. Lekin aytganimdek: ketishga uringanlar tirik qolgan emas! Siz buning uchun jazo olasiz) Jimin shu qadar xotirjam gapirar ediki, bu meni etim jimirlashiga majbur qildi.
~Lekin biror iloji bo‘lishi kerak-ku?!
~Hamma narsaning iloji bor. Barchasining...Faqat buning emas...) u endi qat'iyatlilik bilan ko‘zlarimga qarab gapirdi
~Tinchlaning. Siz ham albatta ko‘nikib ketasiz. Garchi bunga ko‘p vaqt kerak bo‘lsa-da Men doim shu yerda bo‘laman. Yordam kerak bo‘lsa albatta qo‘limdan kelgancha yordam berishga tayyorman) Jimin shunday deya qo‘lini yelkamga qo‘ydi.
Boshimni egdim. O‘zim sezmagan holda ko‘zimdan bir tomchi yosh chiqdi. Nahotki?? Ketishni iloji yoq!? Men tuzoqqa tushdimmi? Yana o‘z oyoqlarim bilan-a?! ota-onam ham bu haqda bilishmaydi... Axir o‘zim emasmi, Koreada o‘qishni davom ettirishni istagan?! Ayshhhh axmoqsan! Lkn endi Buni qabul qilishim kerak. Men xato qildim. Lekin buni to‘g‘irlash menimcha imkonsiz emas... axir barcha narsaning imkoni bor faqat oģizni ochib b deyishdan tashqari shundaymi?😅
Jimin allaqachon bu yerdan g‘oyib bo‘lgan. Men esa hamon boshimni stolga qo‘ygancha o‘ylanib yotardim. "Uning gaplari qanchalik rost?". Afsuski, qo‘ng‘iroq chalinib qoldi
Dars boshlanyapti. Agar uning gaplari rost bo‘lsa, unda nega kechagi dars ancha yaxshi o‘tildi? Hatto o‘qituvchi bir og‘iz ham yomon gapirgani yo‘q. Nojo'ya harakat sezmadm. Hech qanday noxush xolatni payqamadim? Biroz oldingi suhbatni yana bir bor yodga oldim-u, o‘rnimdan turib sinfxona tomon shoshildim. Hayriyat, ulgurdim. Sinfda faqat o‘quvchilar bor, professor ham o‘qituvchi ham ko‘rinmasdi.
Hech ikkilanmay ular tomon ildamlab yurdim. Deyarli barchaning fikr-u e'tibori menda edi. Men esa orqaroqdagi bo‘sh stulga joylashdim. Biroq quloqlarim istamasam ham ularning suhbatini eshitib turardi
~Yangi kelgan o‘quvchi??? Axir u hech nimani bilmaydi! Bu yer haqda bilmaydi!
~ Bir oyga ham bormaydi. Menga ishonavering, bir oydan so‘ng uni ham oldingi o‘quvchilarning qabrlari yonidan ko‘mishadi. Axaxaxaaa
Pichir-pichirlardan bezib, endigina turib, sinfxonadan chiqib ketmoqchi ham edimki, eshikdan professorning o‘zlari kirib keldi. Men darhol o‘rnimni egalladim va hamma bilan bir qatorda men ham salomlashdim.
~Yaxshi, yaxshi...) dedi Professor hammaga bir-bir ko‘z tashlar ekan. ~Xo‘sh, bugundan e'tiboran tarix fani o‘qituvchingiz asl o‘rniga qaytadi. Yangi o‘qituvchi haqda esa aslo o‘ylamang, u allaqachon ishdan bo‘shatib yuborildi.)Prodessor gapirib bo‘lgach, xonani tark etdi. Darsni esa "avvaldan shu maktabda tahsil berib keluvchi o‘qituvchi" davom ettirdi. Dars davomida hamma xuddi sehrlangandek sukut saqlardi. Lekin keyin ba'zilarning yosh bola kabi kalaka qilishi ustozga yoqmadi shekilli, xonadan o‘qituvchining balandlagan ovozi eshitildi. Yaxshiyamki, men bu fanni hatto o‘qimasdan ham a'lo bahoga topshira olaman! [Maqtanishmasuu deb ketay🤧🤣 l nagli maqtanish🥲]
Dars juda zerikarli o‘tdi. Turli xil ma'ruzalar, tarixning boshlanish nuqtasi... Avvalgi maktabim bundan ming chandon yaxshiroq edi. To‘g‘risini aytsam men Jimin bilan bir sinfda o‘qishni xohlagandim...