November 14, 2023

DEKADA 7-kun

18-NOYABR – O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG'I QABUL QILINGAN KUN

CHDPU Pedagogika fakulteti tyutori Xalimov Sunnat Chuliyevich

Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.ayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan.

O’zbekiston Davlat bayrog’idagi har bir rang va belgi chuqur ma’noga ega. Moviy rang – musaffo osmon va suv ramzidir, oq rang – tinchlik va poklik ramzidir, yashil rang – yangilanish va yoshlikni anglatadi, O’zbekistonning betakror tabiatini aks ettiradi, qizil chiziqlar – tomirlarimizda oqayotgan qon, erkinlikni sevuvchi ajdodlarimizni eslatadi, hayotiy kuch va abadiylik ramzidir.

Yarim oy mamlakatda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, shu bilan birga – O’zbekiston tarixida boshlangan yangi davrni anglatadi. 12 yulduz – tiniq, bulutsiz osmon, mukammallik, donolikning 12 fazilati ramzi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy davlatlarga rasmiy tashriflari chog’ida, mamlakatimizning chet eldagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlarda vakolatxonalariga kiraverishda, xalqaro forumlar va anjumanlarda, sport musobaqalarida hilpirab turadi. Ushbu muqaddas ramz O’zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik timsoli sifatida g’urur bilan davlat muassasalari, turar joylar, korxona va tashkilotlar, o’quv muassasalari binolarida hilpirab turadi.