MY BLACK PARADISE
~Jin ursin bugun juda ogʻir kun boʻldi Yong do . Ertaga sen bilan koʻrishamiz hozir esa dam olmoqchiman
Qoʻngʻiroqni yakunlab uyimning parolini terib ichkariga kirdim. Kirishim bilan erkak kishining atirining oʻtkir hidi burnimga urildi. Ortimga bir qadam tashlab uyimda kimdir borligini taxmin qildim. Ortimga tezlik bilan burilishim bilan peshonam muskulli chiqib turgan tanaga urildi.
Men ortimga tisarila boshladim. Qorongʻu boʻlganligi uchun uning yuzi koʻrinmasdi.Yoʻlim qolmaganini devorga tisarilgach his qildim. Qarshimdagi nusxa qayerda ekanini anglolmay qoldim. Uning qadam tovushlari ham eshitilmasdi hato. Yuzimni yon tomonga burganimda boʻynim oldida issiq taftni his qildim.
~Nahotki meni tanimadingiz Advakat Chon -?
Tanish ovoz bugun sudda qotillik va zoʻrlashda ayblanayotgan raqibim bu Jeon Jungkook.
~Sen bu yerda mening uyimga bositirib kelishga qanday jur’at etding !
~Advakat xonim mening bu tinchlik hukronlik qiladigan chehramga aldanmaslikni soʻragan boʻlardim. Seni bir emas ikki emas naqd uch marotaba ogohlantirishdi. Qaysar biya ekansan oʻzim kelishga majbur boʻldim.
~Javobimni aytdim ! Qonun men tomonda senlar hech narsa qilolmaysan !
~Nega chiroyli qizlar doim axmoq boʻlishini haligacha tushunmayman. Ayni damda seni shu yerda chavaqlab tashlab minglab boʻlaklarga shu kichkina tanangni boʻlib tashlasam sen aytayotgan qonun seni qutqara oladimi-? Menga javob berchi-?
~Toʻgʻri men kabi minglab insonlarning qoniga qoʻlingni bulgʻandirsan ammo bir kunmas bir kun albatta adolat qaror topadi. Oʻldirsang oʻldiraver ammo men taslim boʻlmayman !
~Advakat Chon me hazilashmayabman. Bu xayollaringiz qayerlarda sayr qilyabdi-? Filmlardagi jinoyatchi va mafialar kabi sendek oddiy qizni sevib qolishimni kutyabsanmi adashasan ! Chunki ayollar meni umuman qiziqtirmaydi. Ular nafsni qondirishdan boshqa hech narsaga yaramaydi !
Qarshimdagi nusxaning qoʻllarini boʻynimda his qildim. U meni boʻynimni siqa boshladi. Oʻrtamizdagi masofani buzdi. U naqd shundoqina burnim tagida turgandi. Uning qop qora koʻzlarida uqib boʻlmaydigan nimadir bor edi. Mavhumlik bu goʻyoki tuman bosgan koʻchaga oʻxshardi.
~Nafas olish uchun ishlatadigan burningni mening ishlarimga aslo tiqa koʻrma boʻlmasa majaqlab tashlayman senga yana bir bor imkon berdim deb hisobla ! Hayrli tun advakat Chon bilaman meni koʻrgandan keyin tuning mushkul boʻlishi tayin shunday boʻlsada maroqli tun .
Jungkook Minsoning boʻynidan qoʻllarini tortib oldi. Nafas yetishmay qolgan qiz birdan sirpanib pastga oʻtirdi.
~Ertaga men uchun muhim kun. Nima qilib boʻlsa ham uchrashuvgacha soʻngi qismni yozib tugatishim shart. Ozroq mizgʻib olay . Faqat 15-daqiqa undan ortiq emas .
Soni koʻz oynagini yechib stol ustiga qoʻydida oʻzini yotogʻiga tashlab koʻzlarini yumdi.
~Tadashi-? Sen men tush koʻryabmanmi-?
~Qanaqasiga yoʻq sen mavjud emassan . Sen men yaratgan xayolat mahsulisan Tadashi-?
~Men xayolot mahsuli emasman Chxve Soni .
Yigit Sonini devorga itarib oʻrtasidagi masofani qisqartirdi
~Sen sen juda yaqinsan masofa saqla
~ Qizarib ketyapsan , Chxve xonim .
U qo'lini cho'zib, qizning yuziga qo'lning orqa tomoni bilan ohista tekgizdi.
~ Bunday beg'uborlik... va shunga qaramay, sen shunday qorong'u , taqiqlangan narsalar haqida yozasan.
Boʻsa sahnasiga kelsak.... Oʻzing his qilib koʻrmagan teginishni tasvirlay olish biroz qiyin emasmi? Xohlasang men senga amalda uni koʻrsatishim mumkin.
~Tadashi lekin biz bunday qilolmay….
U men tomon egilganida unga qarab yuzimni yaqinlashtirdim . Ammo qayerdandir kelayotgan qattiq ovoz sababli oʻrnimdan turib ketdim.
~Uygʻotgichning baland va toʻxtovsiz ovozida uygʻonib ketgan Soni yotoqdan yiqilib tushdi.
~Jin ursin bu yana qanday omadsizlik. Endigina undan boʻsa olayotgandim-a. Jin ursin uhlab qolibmanku. Soat 11:00 da uchrashuvim bor edi. Soʻngi qismni yakunlashim shart . Yaxshisi Sakura cafesini oʻzida borib yoza qolaman.
Oʻrnidan turib apil tapil tayorgarlik koʻrgan Soni 15-daqiqaga qolmay uyni tark etdi.
~Nihoyat tugatishimga oz qoldi. Nihoyat
Soni oʻrnidan turib qoʻllarini keng yozdi. Saqlash tugmasini bosmagan Sonining xursandchiligi uzoqqa bormadi. Qahvaxonada birdan oʻchgan chiroq sababli qizning koʻzlari kosa xonasidan chiqib ketdi. Birdan oʻchib qolgan kompyuterini qaytadan yoqishga urinarkan qizning qoʻllari asabiy titradi.
~Bumas faqat bumas axir mening shuncha vaqtim. Mening 2-haftalik vaqtim jin ursin hammasini. Ming la’natlar
Soni bor ovozida qichqirgani sababli undan bitta oldinda joylashgan yigit oʻrnidan turib asabiy qiz tomon harakatlandi.
~Meni mazur tutasiz lekin bu yerda siz yolgʻiz emassiz xonim .
Yigit Soniga qarab vazmin va xotirjam gapirdi.
~Mazur tutasiz meni meni hozirgina 2-haftalik yozgan manhwamning soʻngi qismi oʻchib ketdi .
~Ming la’nat ha buni qanchadan qancha odam kutayotgandi ming la’nat axir men chiqadigan sanani belgilab qoʻygan edim .
~Qora sevgi Manhwasi emasmi? Siz Chxve Sonimisiz-?
~Albatta men sizning har bir yozgan manhwalaringizni oʻqiganman sizni uchrataman deb oʻylamagan edim ayanan Yaponyada qanchalik omadliman. Soʻngi qismini qanchalik kutayotganimni bilmaysiz xonim. Hozir ham eksi qismlarini oʻqib oʻtirgandim menga soʻngi qismda nimalar boʻlishini ayta olasizmi-? Baxt qushi naqd boshimga qoʻnibdi. Oʻzimni tanishtirsam men Edward Snoudenman
Eshikdan kirib kelgan yigit ikkinchi qavatdagi yotoqxonaga koʻtarildi. Zinadan yugurib tushgan Yong Do qarshisida yuvinish xalatida turgan qizni koʻrib u tomonga yashin tezligida kelib bagʻriga bosdi.
~Kecha bu yerga Jeon Jungkook kelganini nega menga aytmading. Nega bunchalik xotirjamsan -? Axir men senga aytdimku u bilan oʻynashmaslik kerak . Minso bu ishni boshqaga topshir .
~Yong Do Jungkook bu yerga kelganini qayerdan bilding
~Bildimda Minso sen amaldorlar va mafia yoki jinoyatchilar bilan oʻynashma . Bilaman sen sofdilsan aynan shunday boʻlganing uchun ham bu dunyo senga shavqatsizlik qiladi.
~Mehribonlik qilmay qoʻya qol. Oʻzingni oʻyla kirish imtihonlaridan oʻtdingmi-? Unutma mendek boʻlishing uchun yaxshi oʻqishing kerak Yong do
~Gapni olib qochma u senga tahdid qildimi kecha -?
~Yoʻq shunchaki ozroq suhbatlashdik
~Yong do aldamayabman hammasi joyida u hech narsa qilolmaydi. Kuchi yetmaydi
~Men bunga yoʻl qoʻymayman oʻzim seni himoya qilaman Minso
~Meni bunday atama men kichkintoy emasman qara sendan qancha kattaman . Oldimda bolamdek boʻlib qolasan. Aslida sen kichkintoysan. Hazlashmayabman mening akam qandaydir nomaqbulik qilsa dadam bir deganda buni hal qilardi. Ularga boshqalarning hayoti qiziqmas . Menga qadrlisan Jeon Jungkook ishini boshqaga topshir . Men otamdan u haqida surishtirdim . U oddiy odam emas . Katta mafianing ortida turuvchi minglab aniqlanmay qolgan qotiliklarning egasi.
~Yong Do adolatsizlikka koʻz yuma olmayman
~Minso tushun sen kabi bu ishni bajaraman deb hayotining bir qismini yasholmasdan yer tagida yotganlar ancha . Uning ishini boshqaga topshir
~Bugunoq uyinga koʻchib kelaman seni yolgʻiz qoldira olmayman !
~Hech qanday qarshiliklar qabul qilinmaydi bugunoq sen bilan birga yashayman dars qilishimga yordamlashasan .
~Yaxshi yuqorida xonam oldida xona bor oʻsha yerga joylash !
Minso oldimdan uzoqlashib zinalardan koʻtarilib ketguncha unga qarab qoldim. U mukkamal u mukamalik qiladi dunyo uchun men uchun. Bu qiz meni aqldan ozdiradi. Uni himoya qilaman oʻsha kallakesardan .
Politsiya boshqarmasidan chiqayotganimda qarshimda butun qahri bilan seulni koʻchirib kelayotgan Jungkookni uchratdim.
~Siz bilan gaplashadigan gapim yoʻq Janob Jeon
Jungkook oxirgi soʻzlarini shu qadar jahl bilan talafuz qildi uning tishlarini gʻichirlashi menga eshtildi. U belimdan tortib qattiq qisib oldi.
~Advakat Chon imkonim boʻlganda seni shu yerning oʻzida ezgʻilab tashlardim.
Men qarshimdagi nusxani oʻzimdan itarishga harakat qildim ammo un belimdan shu qadar siqdiki ogʻriqdan zirqirab ketdim.
~Yana bir marta baqirsang singlingni jasadini koʻrganda bundan battaroq baqirishga majburlayman
Jungkook Minsonning belidan qattiq tutib turarkan politsiya maxkamasidan chiqib kelayotgan nozirlarni koʻrib qizning boshidan oʻpich qoldirdi.
~Janob Jeon-? Advakat Chon sizlar bu yerda nima qilyabsiz-?
Politsiya noziri bir Minsoga bir Jungkooka tushunarsiz nigoh tashladi.
Advakt chon axvolingiz joydami-? Kechagina sudda ikkingiz bir biringizga qarama qarshi edingiz . Bugun sizlarni bunday koʻrish
~Hayot tasodiflarga boy janob komisar muhimi biz bir birimizni yaqindan bilib oldik. Endi bizni mazue tuting. Xonimingizni oʻgʻirlab ketaman. Jungkook Minsoni qoʻlidan tortgancha mashina tomonga yetakladi. Mashinaga qiz oʻtirgach oʻzi ham joylashib bu yerni tark etdi.
~Qaltis oʻyin oʻynayabsan dedim quloq solmading ! Advakat Chon
Jungkook qizning oyoqlaridan ushlab qattiq siqdi.
~Aqldan ozgan qoʻyib yubor oyogʻimni
~Mening bu sokin yuzimga aldanma degandim senga . Qasam ichaman seni tirik qoʻymayman ! Axmoq ayollar ular hech qachon qiladigan ishlari oxir oqibat nima bilan tugashini bilishmagan .
Guys sizlardan yangi fanfigim uchun atigi 500+ reaksiya soʻrayman aktivlashing !