May 12, 2025

Bir yigit hayoti

Bir kuni Jk ning hayotida kutilmagan hodisa roʻy berdi Lisa Inchon shahrida yashar edi Jk esa Pusangda Lisa Jkga yozdi.

Lisa: Biz tez orada pusangga koʻchib boramiz

Jk : rostanmi qandey qilib endi bir birimizga juda yaqin boʻlar ekanmizda.

Lisa: ha shunday.

Jk: qachon kelasizlar.

Lisa: hali aniq emas lekn shu oy ichida.

Jk: ertaga oldinga borsam boladimi.

Lisa: ha soat 12 da har doimgi joyimizga kelin.

Jk : aha hop seni sevaman ❤️

Lisa: menham

Ertasi kuni Jk Lisaning oldiga bordi Lisa yuqa kiyinib olgan ekan Jkning oldida dir dir qaltirar edi Jkham umri davomida birorta qizni qoʻlini ushlamagan edi oʻsha kuni unga qayerdandir ulkan dux kelib Lisani bagʻriga bosib isitdi 😅 Lisa Jkning quchogʻi ichida turar ekan lablari gapirishdan toʻxtamas edi Jk esa jimgina eshitar edi bu birinchi quchoq edi. Ikkisiham juda baxtli edi. Keyin Lisaning dovdir dugonasi keldi bir tarafdan Jk undan minatdor bolishi kerak chunki Lisani Jkga topishda u yordam bergan edi Dugonasi Ikki toʻrmoz sevishganlarni harhil trend va rasmlarga tushishga majburladi 😅. Keyin Jk Pusanga qaytib ketdi.

Oradan bir necha kun oʻtgach Lisa yozdi.

Lisa: Salom yaxshimisiz biz ertaga Pusanga koʻchib oʻtayabmiz 6- maktabda oʻqiyman ekan.

Jk: qandey zoʻr axir bu mening maktabimku. Kelsang qaysi sinfga joylashganini menga ayt .

Lisa: Hop
Jk: seni sevaman ❤️
Lisa: menham sizni sevaman ❤️

Tongda Jk oʻqishga bordi oʻqish tugagach qarasa Pusang koʻchalaridan birida Lisa oyisi otasi va sknglisi bilan maktab tomon kelayabdi Jk oʻzida yoʻq hursand edi Jk va Lisa bir birini koʻrishgan edi lekn gapira olishmas edi. JK ularni maktabgacha kuzatib qoydi oʻzlariga bildirmasdan. Lisa kechgi vaqt oʻqir ekan.
Bechora Jk uni oʻqishdan chiqishini Yanvarning sovuq kechasida kutar edi atrof qorongʻulashgan edi Jk Lisadan havotir ola boshladi toʻgʻrida Kichkinagina qizcha bu sovuqda tunda uyiga yolgʻiz borishga qoʻrqadida.
Va nihoyat qorongʻuda oq momiq kurtkali shiringina Lisa koʻringan edi Jk hursand bolib ketdi va uyigacha kuzatib qoʻydi bu odatiy holga aylanib qoldi. Lek hursandchiliklari koʻpga choʻzilmadi Lisaning oʻqitivchisi ularni bilib qoldi bilmasdanham iloji yoʻq edida ikkalasi darsdan qochib koʻrishib yurgandan keyin bilar edida.

Jkning bundan habari yoʻq edi tunda Lisa telefon qildi ovozi va gapirishi boshqacha edi manosiz gaplar va tezda suxbatni tugatdi Jk nimadur gʻalati ekanligini sezdi va ertalab shoshib maktabga bordi Jkning ustozi kim u qiz dedi va Jkni urushdi qaytib koʻrishmasligini aytdi Jk hop dedi ammo unga bu toʻsiq boʻla olmas edi. Dars tugadi va Lisaning oldiga bordi Lisa kecha tunda oldida Onasi va opasi borligini va Jk bn gaplashtirganligini aytdi.

Jk : oʻzimham sezgandim nimadur gʻalati ekanligini nima deyishdi.

Lisa: sizni yaxshi bolaga oʻxshayabdi deyishdi lekn orani ochishimiz kerakligini aytishdi dedi.

Jk: ular bn gaplashib koraman raqamini ber.

Lisa: opam bilan gaplashib korin.

Jk: hop

Va Jk opasi bn korishib olishni aytdi opasi hop dedi uni hurmad qilgan holda gaplashib oldi .

Jk : men singlingizni yaxshi koraman iltimos kop emas atiga xaftada 1 marta bolsaham koʻrishaylik.

Opasi : yoʻq u hali kichkina oʻqishi kerak sevgi uni chalgʻitadi.

Jk: iltimos opa

Opasi: oyim bilan maslahatlashib koraychi.

Jk : iltimos opa yordam berin dedi.

va opasi ertasi kuni Jkga tel qilib singlisidan uzoq yurishini aytdi agar uzoq yurmasa yomon boʻlishini aytdib taxdid qildi Jk bundan xafa emas edi va qoʻrmas ediham.
Oʻsha kuniham Lisaning oldiga bordi Lisa begʻuborgina bolib oldiga keldi Jk oʻshanda uni koʻrdi va hayoti qisqaligidan achindi nahot shu qisqa hayotimdaham u bilan birga bololmasam uni mendan olib qoʻyishadimi yoʻq yoʻl qoʻymayman deya koʻziga yosh keldi Lisa yaqinlashishi bilan oʻzini oʻnglab olib kulib kutib oldi. Koʻchaning oxiriga borar bormas Lisaning akasi kelib qoldi ammo ularni birga ekanliglarini sezmadi Lisa avrab tashladi 😅.

Shundey uchrashuvlar yana davom etaverdi bir kuni Jk uyiga kirayotib ota onasini gapini eshitib qoldi shuham jonga tegdi kop pulimiz ketayabdi daxmaza boldi bizga deyishganini eshitdiyu ortga qaytib ketdi Lisaning oldiga uchdi Lisaham uni kutib turgan ekan Jkning qalbi biroz yorishdi lekn Lisa maktabda oʻgʻil bola doʻst topgan ekan va u bilan yozishayotgan eksn Bu Jkga ogʻir botdi rashk qildi uni bloklashini aytdi Lisa rozi bolmadi Jk boshqa tortishmadi chunki uning bunga toqati yetmas edi Yuragi juda qattiq ogʻriyotgan edi buni bildirmasdi Lisa bilan kochalarni kezdi gaplashdi biroz yaxshi edi ammo uydagilarini gapi va rashk uni Yigʻlashga majbur qildi Jk chidolmadi va Hayr Lisa degancha ketib qoldi Lisani oldida yigʻlagisi kelmadi.
Oradan 2 yoki 3 xafta oʻtgach Lisaning uydagilari ular haliham uchrashib yurishayotganini bilib qoldi va Jkning ustidan yozib berishmoqchi boʻlishdi qisqa qilib aytaman ularni 4 marta bilib qolishdi va shu oxirgisi deya Jkga imkon berishdi ammo ular baribrham koʻrishishar edi Jk ga farqi yoʻq edi ertaga aperatsiya stoliga borganda va u yerdan qaytib chiqmasa nega oʻshanda taslim boʻldim nega Lisa bn koproq vaqt oʻtqazmadim deya pushaymon bolishni istamas edi.
Jkning lichkasiga bir kuni bir dovdir odam yozib qoldi va uni bolokladi yana nimadurlar qildi keyin Jk Lisaning kanaliga sevgi izhor qilib yozsa u yerdaham oʻsha dovdir keyin bilishicha u kanal aslida Oʻsha dovdirning kanali ekan u Dovdirning ismi Soyun ekan 😅
Ular chiqishib qolishdi Jk boshida bez betlarcha Lisani topa olmey qolsa Soyinning foydasi tegadi deya u bilan doʻstlashdi lekn keyinchalik yaqin doʻst bolib ketishdi Jk Soyunga bazi gaplarni aytar edi mobodo oʻlib qolsa bu gaplarni Lisaga aytib qoʻyishi uchun.
Lisa Jkning sinfdoshi bilan urushib qoldi va Jkga telefon qilib orani ochishini aytdi Jk sababini soʻradi Lisa shunchaki deya javob berdi Jkham jaxil ustida oʻzing bilasan dedi va jaxlidan tezda bosilib Lisasiz yashay olmasligini angladi. Lisa yoqtiradigan shirinlikni oldi va maktab yonida uni kutdi Lisaham uning oldiga keldi Jk Lisaning koʻzlariga qarab turar ekan tinman aybim nima deya orani ochganini sababini soʻradi Lisa esa kulib xazillashgandim dedi Jkning koʻzlariga yosh keldi bildirmaslikga harakat qildi lekn Lisa buni bilgan edi va men ahmoqman deya Jkni qoʻllaridan mahkam ushalab oldi Jk hechkimga muhtoj emas edi Faqatgina yonida Lisa bolsa unga yetar edi. Jkning Lisani oldida birinchi marta mazasi qochdi Lisa esankirab qoldi uyoqdan buyoqga alanglab dovdirab qoldi Jkning yuragi sanchib qolgan edi va tezda oʻtib ketdi Jk men yaxshiman degach Lisa yigʻlab yubordi.
Ular shunday baxtli davom etishar edi. Jk va Soyun axmoqona reja oʻylab topishdi Lisaga prank qilishdi toʻgʻri bu filr Jkdan chiqgan edi 😅 chunki Lisaham kop prank qilgan edi Jkham bitta lekn juda zoʻr prank qilmoqchiman deya Soyundan yordam soʻradi.
Soyun Jk ni oʻldi deya storis qoʻydi 😂.
Bunga tezda Lisa javob yozdi oldiniga ishonmadi Soyun aktyorlik qilib uni ishontirdi oʻsha zaxoti Lisa Jkga yozdi Jk ataylab javob yozmadi 2 kuncha Jk setda yoʻq bolib qolgan edi Lisa bundan xavotirda edi keyin Soyundan oʻldi degan habarni eshitib judaham qoʻrqib ketdi Ertasi kuni Jk Lisani kutar ekan Jkga qoʻngʻiroq boldi Bu Lisa edi Jk alo dedi Lisa qattas dedi va yigʻlab yubordi tinmay yigʻlar edi.

Jk uni ovutdi va kechga kelishini aytdi.

Jk xato qilganini chunar edi va bundan pushaymon boldi aybini yuvish uchun unga shirinliklar olib bordi koʻrishishdi Jk judaham baxtli edi chunki Jkning yaqini yoʻq edi Lisachalik undan havotir oladigan Lisani mahkam bagʻriga bosib kechirim soʻradi Lisa xafa emas edi Jkning tirikligidan hursand edi Jkni uridham 😅. Ammo hazil hazil bilan ahvol jiddiylashdi Jkni boshqa davlatga Aperatsiyaga joʻnatishmoqchi boʻlishdi oldiniga bu unchalik zarur emasdek tuyildi Jkga keyin bilsa kam vaqti qolgan ekan tezda Jkni olib ketadigan bolishdi Jk ertaga ketishini bildi samalyotga biletham olingan edi Lisa bilan koʻrishdi hayirlashdi Lisa juda xafa edi tinmay qachon qaytasiz der edi Jk uning bu xavotiridan bir tarafdan hursand bir tarafdan

xafa edi yuragi ezilayotgan Lisaga raxmi kelar edi shunda Jk toʻxtang men hozir borsam nima boladi 100% kafolat berasizmi men u yerdan sogʻ chiqishimga dedi Doktorlar aniq bir narsa deyish qiyin dedi Jk shundey ekan Hozir u yerga bormayman Maktabni tugatib boraman deya oyoq tirab oldi Maktab bir bahona edi holos Jk aslida Lisa bilan yana ozroq bolsada vaqt oʻtqazishni istadi va ketishdan bosh tortdi. Kamida 2 oyga ketishi kerak bolgan Jk yoz boshlanishi bilanoq Amerikaga uchib ketib u yerda atiga 3 xaftada aperatsiyani oʻtqazib ortga qaytadigan boldi va buni Lisaga aytdi Lisa juda hursand boldi. Lekn qaytish vaqti tez edi qachonki hammasi yaxshi oʻtsagina.

2- qism tugadi.

Mualif: Sunho