Black swans
- Bu safar meni qo’limdan shunchaki bir bo’sa bilan qutila olmaysan Mina xonim!
- Men Mina emasman … men Aylinman!!!
Jungkook kutilmagan javobdan butun tanasidagi mavjud qoni uvishib muzlab qolgandek harakatsiz qoldi. Aylinning yelkalariga joylangan baquvvat qo’llari holsiz ikki yoniga tushdi.
- Bu nima deganing? Sen kecha KBS da Mina eding? Maqsading nima o’zi, qanday o’yin boshlagansan? Gapir, Mina ro’lini o’ynashdan nimani ko’zlagansan?
- Ahmoqmisan? Yo’lingdan qolma, meni sen bilan pachakilashgani ortiqcha vaqtim yo’q
_ Aylin yuzini burishtirgancha Jungkookning bahaybat gavdasini ortga itarib burilib ketdi.
- Hoy to’xta, men o’zim hammasini tagiga yetganimda pushaymon bo’lgan o’zing bo’lasan!
_ Jungkook uning ortidan baqirgancha qo’lini beliga joylab ikkinchi qo’li bilan sochlarini o’ynab qo’ydi.
- Jungkook bu yerda nima qilyabsan? Seni uzoq qidirdim. Nega bunchalik asabiysan, tinchlikmi?
_ Jimin uzoqdan Jungkookni ko’rib u tomon yaqinlashib keldi.
- Jiminshi sen aytgan qiz, Ya’ni Aylin …
_ Jimin Jungkookning gapini kesdi
- Nima qilibdi unga? Meni havotirga qo’yishni boshlayabsan.
- U qizni kecha KBS ga borganda ko’rganman. U qiz jurnalist, ismi Mina. Men, Men u qizdan bo’sa ham olganman. Nega endi u bugun Aylinman deyabdi? Men tushunmayabman. Nima sir-sinoat yashirilgan buyerda?
- Tushunmadim? Nimalar deyabsan? Qanday Mina? Qanday jurnalist?
- Mashinadan tushgan qizni Aylin ekanligiga aminmisan Jimin?!
- Ha u Aylin 100% nega bunday deyabsan tushuntirasanmi o’zi yo’qmi?
- Aytdimku! Bu qizni Taehyungni kompaniyasida ko’rganman deb jin ursin!
_ Jungkook bor ovozi bilan baqirgancha zahrini Jiminga sochardi.
- Men hoziroq uyerga borib kuzatib aniqlashtirishga urunaman. Sen uyingga qayt. Menimcha charchagansan.
_ Jimin tinchlantirib Jungkookni maydon tashqarisiga boshladi.
- Qanday qilib bir inson bir vaqtni o’zida ham sodda, ham yovuz bo’lishi mumkin? O’zini Mina qilib ko’rsatishdan nima foyda? KBS da ishlashdan manfaati bormi? Nega Mina ro’lini o’ynayabdi?
_ Jungkook hayron ohangda yo’l bo’yi Jiminga ming’irlab ketardi.
- Men aniqlab senga aytaman. Uyingga qayt. Hozirni o’zida ortidan tushaman. Dam olishing kerak! Ertaga yakkaxon albomingni ilk interviewsi bor, bularni o’ylashga vaqting yo’q.
_ Jimin Jungkookni tinchlantirib mashinaga joylashtirdi va uyiga tashlab o’zi to’g’ri KBS offisi tomon yo’nalish oldi
_ Mein arang tutib turgan ko’z yoshlarini tutib tura olmay yig’lagancha xonadan chiqib ketdi.
Yo’lak bo’ylab ko’z yoshlarini qo’llari bilan yashirib ayollar xonasi tomon shoshib ketayotgan Mein yo’lga e’tibor bermaganligi tufayli Sehunga urilib ketdi.
- Mein! Nega yig’layabsan? Ahvoling yaxshimi?
_ Sehun qizni yanoqlaridagi ko’z yoshlarni bosh barmoqlari bilan artib ko’zlariga qaradi.
- Yo’limdan qoch Sehun, iltimos!
_ Mein Sehunning kaftlari orasidan chiqib yo’lidan davom etishga urunarkan Sehun uni mahkam tutdi.
- Mein Shoshma senda boshqa gapim ham bor!
Mein biroz o’zini tutgancha yo’lida to’xtab Sehunga qaradi
- Bilaman menimcha hozir mavridimas, lekin… lekin hozir aytmasam keyin kech bo’lishi mumkin.
_ Sehun biroz chaynalgancha ixtiyorsiz qo’llarini boshiga olib borib yengil sochini o’ynadi
- Jungkookning Mina olgan tasvirlarini olgan bo’lsang uni bugun qaytar, Mina uchun birinchi ishini boy berishi yaxshi bo’lmaydi. Yana bunga aybdor men bo‘lsam…
Mein battar asabiylashib ko’z yoshlariga erkinlik berdi.
- Nimaga asoslanib bunday o’ylayabsan? Balki men olmagandirman? Uni mendan boshqa dushmanlari yo’qmi? U kelishi bilan masuliyatli topshiriqlar oldi, nima faqat men bormanmi uni ko’ra olmaydigan?
_ Mein ovoz tonlarini ko’targancha Sehunning ko’ksiga mushtlab yig’lardi.
- Mein, o’zingni bos! Meni xonamga sendan boshqa hech kim kira olmaydi, men seni fosh qilmoqchimasman. Mina seni izingga o’zi tushishini ham oldini olaman. Shunchaki sen tasvirlarni qaytarsang bas.
_ Sehun qizni ikki bilaklaridan tutib o’ziga tortdi.
- Sen ham o’sha qiz tomondamisan? Qoyil hammangizga… kecha kelgan kelgindini eski tanishingdan ustun ko’ryabsan.
- Unday emas Mein. Men sen uchun seni Minaga oshkor qilmayman. Seni ortingdan o’zi tushmasligini ta’minlayman dedim.
- Unday qilma! Senga nima foyda?! Sen ham o’sha kelgindi qizga yoqishga harakat qilyabsan. Menga sening shafqating kerakmas. Unga o’zim ham topshira olaman o’sha tasvirlarni. Menga achinishlarini yoqtirmayman!
_ Mein jiddiy ohangda Sehunni ortga bor kuchi bilan turtdi.
- Men senga achinganim yo’q, Mein! Menga yoqasan! Buni ko’p aytganman, istamasam ham sen uchun yomon bo’lishini istamayman. Zarar ko’rishingni hoxlamayman, dard cheksang mening ham qalbim og’riydi,
_ Sehun tez va tartibsiz nafas olgancha Meinga ichidagilarni avval ham ko’p bor aytilishi va rad etilishiga qaramay yana aytib to’kib sochdi.
- Men seni sevmayman Sehun! Men aytganman, ko’p bor takrorlaganman, menga Taehyung yoqadi! Senda ko’nglim yo’q, meni tushun!
Sehun Meinning o’zi tomon yuborilgan nazya misoli keskin aytilgan gaplaridan ko’zlari mayus yerga qadaldi. Qalbidagi oyna esa doimgidek qayta parcha-parcha bo’lib sinib ketgandi. Boshqasini sevishini bilib turib suyukli odamini qo’yib yubora olmaslik va u tomonidan rad etilish qanchalik og’ir ekanligini Sehun yana bir bor o’zida his qilgandi. Mein esa yig’lashdan to’xtamasdi. Sehun qizni mahkam tutib turgan bilaklarini bo’shatib qo’llarini holsiz ikki yoniga tashladi.
_ Uzoqdan kelgan chaqiriq tovushi borgan sari yaqinlashib kelarkan uni kimligini fahmlashguncha baquvvat bilaklardan yo’llangan aniq zarba Sehunning to’g’ri jag’ qismiga kelib tushdi.
Sehun yerga yiqilgancha labi chetidagi qonni qo’llari bilan tozalab artib tashladi va qayta oyoqqa turarkan tezlik bilan yo’llangan keyingi zarbadan yana qayta yerga quladi.
- Sen meni singlimni yig’latishga qanday hadding sig’di?! Kimsanki sen Park Meinni yig’latasan?
_ Jimin yigitga qarab bor ovoz tonini yuqorilatgancha yanchib tashlashga tayyor tajavvuzkor ko’zlarini qadadi.
Mein akasini qo’liga yopishib olgancha ularni ajratishga urinardi
- Aka shoshmang, uni aybi yo’q! U yig’latmadi meni, ahvolimni so’rayotgan edi, unda ayb yo’q, Aka! Bas qilsangizchi!!!
- Nimalar bo’lyabdi bu yerda? Nega bu ahvolda bu yigit bilan birgasan? Hm?
_ Jimin Meinga zahrni sochishga o’tgandi.
- Aka Sehun aybsiz edi, uni bekor urdingiz. Men sizga tushuntirib beraman hammasini…
Sehun esa hali hamon yerda yotarkan Jimin ortiga burilib unga qo’lini cho’zdi.
- Qizishib ketdim. Singlimni ko’z yoshlariga chiday olmayman, tushunasan degan umiddaman.
_ Sehun Jiminning qo’lidan tutib o’rnidan turgancha qo’lini qovushtirib yengil ta’zim qildi.
Jimin esa Meinning yelkasidan qo’li bilan o’rab uni chiqishga boshladi. Sehun ortda indamaygina qoldi.
- Nega yig’lading? Kim meni Meinimni hafa qildi, m? Ayt dunyosiga o’t qo’yaman.
- Aka, meni kim ham hafa qilardi. O’zingizdan gapiring qachon keldingiz? Nega meni habarim yo’q?
_ Mein qo’llarini beliga tirab olgancha akasidan arazlagandek ifodani yuziga chizdi.
- Kichkintoy hafa bo’lma, shunday bo’lib qoldi. Muhimi keldim. Sen ayt nega yig’layotgan eding? Yana o’sha Taehyungni debmi?
_ Jimin joyida to’xtab Meinni o’ziga qaratib yelkasidan qisgancha boshini egib singlisining yerga qadalgan ko’zlariga qaradi.
- Hm! U yangi kelgindini himoya qilib menga tuxmat qildi. Meni sevmasligini aytdi…
- Mein, yosh bolalikni qachon bas qilasan? U seni allaqachon rad etgan, boshqasiga ko’ngil bersang bo’lmaydimi? Sen undan zo’rlariga munosibsan ahir. Park Mein Koreya prizidentiga ham loyiq aslida. Shu Taehyungni qo’ygin. U ahir uylanyabdi. Bir haftadan keyin to’yi. Endi uni tinch qo’y!
- Nima? Qanday to’y? Kimni to’yi? Hazillashyabsiz, shundaymi? Taehyung uylanyabdimi? Bir haftadan keyinmi? Ishonmayman.
_ Mein boshini keskin “yo’q” degandek uyoqdan buyoqqa chayqagancha inkor qilardi.
- Janob Leening qiziga deb eshitdim
_ Mein Janob Leeni ismini eshitishi bilan beixtiyor Minani ismini qichqirib yubordi.
- Mina? Janob Leeni shunday qizi bormi? Aylin xonimga uylanyabdi, Janob Leening faqat bitta qizi borligini bilaman. Shu yoshida qiz asrab olmagandir…
_ Jimin gapini yakunlab bor ovozi bilan kulib yubordi.
PovJimin: Jungkook ham Mina degandek bo’lgandi. Bu yerda shunday qiz bormi?
- Aka men ketishim kerak hozir, yana gaplashamiz,hm? Hozir bu yerdan keting, sizni bu yerda birov ko’rmasin.
_ Mein akasini ortga burib ortidan surgancha eshik tomon olib bordi.
- Shoshma, bu yerda boshqa ishim ham bordir, nega haydaysan?
- Ertaga hal qiling nima ishingiz bo’lsa, iltimos
PovMein: Mina yetmagandek endi Aylini ham bormidi boshimda, ikkisi bilan ham shug’illanishim kerak. Lekin avval hozir taslim bo’lishim eng to’g’ri yo’l. Bu yerda qolish men uchun muhim. Agar ketgudek bo’lsam, mening o’rinim kelgindilarga qoladi. Taehyungni va ishimni mendan tortib ololmaysiz ikkingiz ham. Ikkingizni ham menga tegishli narsalarga chang solganingiz uchun pushayman qilaman.
Mein Jiminni jo’natib yuborgach, xonasiga kirib tasvirlarni oldi.
- Ba’zan g’alaba qozonish uchun chekinishni ham bilish kerak! Bugungi mag’lubiyatim kelajakdagi yutuqlarim uchun poydevor vazifasini o’taydi.
_ Mein tasvirlarni qo’liga olib o’ziga o’zi bir nimalarni g’o’ldiragancha to’g’ri Minaning xonasiga yo’l oldi.
Xonada hech kim yo’qligidan foydalanib tasvirlarni bildirmay qo’yib ketishni reja qilgan Mein ichkariga sekin kirdi. Tasvirlarni Minani ish stoli tortmasiga joylab o’rnidan turmoqchi edi hamki eshik oldida uni kuzatib turgan Minaga duch keldi.
- Mein xonim, xonalarimizni alishtirib qo’ydingizmi? Yoki meni xonamdan biror nima izlayabsizmi? Yokidaa…
_ Men ichkariga yana 2-3 qadam tashlab Meinga yaqinlashdim.
- Yokida o’g’irlagan tasvirlaringizni qayta keltirdingizmi? Qilmishingizga afsuslantirishdimi?
- Men afsuslanmayman, Mina xonim! O’yinimiz tugamadi! Men oxirigacha sen bilan kurashaman. Ishim va Taehyungga ko’z olaytirganing uchun javob berasan!
- Ishing?! Taehyung? Esingni yeganmisan? Men ikkoviga ham ko’z olaytirmadim. Sen o’zing ularni qo’ldan chiqarding. Agar sen mulohazali , chiroyli va aqlli bo’lganingda ular meni quvib kelmay aksincha o’zingda qolgan bo’lardi. Bir yigitni eplab rom eta olmagansan xatoni avval o’zingdan axtarish hayolingga kelmabdida, afsus…
- Sen kelgindi haddingni bilib yur! Aks xolda o’zingga yomon bo’ladi.
- sen kabi notavonlar faqat birovni ayblashni va tahdid qilishni biladi. Men esa notavonlardan qo’rqmayman. Aksincha sening ojizligingni ko’rish menga zavq beradi.
_ Men kulgancha qo’llarimni bir biriga o’rab Meinga o’tkir nigohlarini tikdim. Uni mazah qilgandek reaksiya bildirib uni jig’iga tegishga urinardim.
- O’zingga katta baho beryabsan kelgindi, vaqti kelganda afsuslanishingga kafolat beraman! Bu safar interviewni senga topshiraman. Faqat bir safar!
- Birinchi mag’lubiyat qolganlarini ham boshlab keladi, xuddi bir yolg’on ikkinchisini boshlab kelgandek! Yaxshi afsuslantir, men intiqlik bilan kutaman… menga mushuk sichqon o’yini yoqadi. Faqat bu o’yinda sichqon sen bo’lasan Mein!
_ Mein xonani jahl bilan tark etarkan Mina xonada maroq bilan kulishda davom etardi.
- Chindan jiddiymisan? Bu ishni o’zing xohlab olganding, qayta topshiraman deganing nimasi? Biror kim seni bunga majbur qildimi?
_ Janob Kim ko’z oynaklarini tushirib Meinga boshdan oyoq hayron nigoh bilan qaradi.
- Yo’q, yo’q janob kim ham majbur qilardi, biroz sog’ligimda muammolar paydo bo’lganligi sababli 2 kun ishdan ruxsat olmoqchiman agar qarshi bo’lmasangiz ishni qayta Mina xonimga topshiraman. U eplashiga ishonaman, yana tasvirlarni ham Janob Taehyung va Sehun birgalikda topishibdi.
- Qayerda ekan? Kim olgan ekan? Qaysi yaramasni ishi?
- Aslida bu o’g’rilik emas ekan, janob Taehyungni xonasini tozalagani kirgan xodim tasvirlarni bilmay supurib chiqib ketganda chelagiga tushib qolgan. Bu tushunmovchilik, hammasi bartaraf etildi. Endi menga ruxsat janob
- Yaxshi 2 kun ichida davolanib yana avvalgidek shijoatga to’lib kel, Mein! Sendek ishchilarga kompaniyamiz muhtoj. Yaxshi ruxsat. Minani xonamga chaqirib yuborgin
Mein yengil tazim qilib hurmat ko’rsatgancha xonani tark etdi.
- Hayrli kech Janob Kim, chaqirtirgan ekansiz
Ichkariga kirib yengil ta’zim bajo keltirgancha rahbarimga hurmatimni ifoda etdim.
- Kel Mina, o’tir. Senga o’z ishingni qaytaradigan bo’ldik. Shuning uchun bir-ikki maslahatlarim va savok toplamlari, shuningdek ssenariy va qator ma’lumotlarni bermoqchiman.
_ Men sekin rahbarim imlagan joyga qulay joylashib boshimni tik tutdim.
Ishimni qayta olganimdan va rahbarim oldida masuliyatsiz bir ishchki obrazimni yoqota olganimdan suyunardim. Janob Kim tortmasini tortib qandaydir papkani olib ustini qo’llari bilan siypaladi va meni yonimga qo’ydi.
- Bu interviewda so’rashing kerak bo’lgan savollar. Shu ssenariy bo’yicha video lavhalar olinadi. Hammasi risoladagidek bo’lishi lozim. Avval biror joyda ishlamagansan. Tajribang kam. Shuning uchun hujjatlar bilan yaxshilab tanish. Ssenariyni yaxshilab yodlab ol. Xatto uxlayotgan payting so’rasam aytib beradigandek.
_ Men papkani ochib hujjatlarga nazar tashlarkanman lekin qulog’im Janob Kimni tinglardi. Uning har bir gapiga boshimni irg’ib turardim.
- Muhimi hayajonni yengishing kerak. O’zingni tutishingga ham e’tiborli bo’l. Sen KBS ni yuziga aylanasan. Hammasi senga bog’liq. Qaddingni tik tutgin. O’tirish pozalariga ham e’tiborli bo’lish kerak. Avvalgi olingan interviewlarga ko’z tashlab chiq. Ulardan o’zingga andoza olsang hammasi yaxshi bo’ladi. Ko’rinishingni ham takrorlanmas bo’lishiga alohida e’tibor ber. Janob Jeonni muxlislari ko’p. Shu sababli kopchilikni diqqatida bo’lasan. Qolgan mayda ma’lumotlarni video lavhalardan, Sehundan yoki Taehyungdan o’rganishing mumkin.
- Yaxshi janob tushundim. Ishonchingizni albatta oqlayman.
_ Janob Kimning bergan ma’lumotlaridan hayajonlanmagan bo’lsamda negadir oyoqlarim uchigacha hayajon yugurdi. Negadir ertangi kunimdan qo’rqa boshladim.
- Ha albatta, hammasini o’rganib chiqqaningdan so’ng albatta dam ol. Bu eng muhimi. Endi ruxsat senga.
_ Men o’rnimdan turib yana bir bor ta’zim bajo keltirgancha xonani tark etdim.
PovMina: Janob Kimning bergan maslahatlari va gaplari hayajonlanmagan odamni ham hayajonlantirib yuboradi Oh My God! Ishni qayta qo’lga kiritganimdan suyunish tuyg’usi negadir meni tark etdi. Ahh uddalayman, Mina eng zo’ri!
Shu hayollarim bilan o’zimga berilgan mashina hadyasi birdan hayolimga keldiyu yana hammasini unutib ichimga sig’may kettim. Ertalabki quvonchim bugungi qiyin kunimni bur zumda unuttirdi. Mening qanday yaxshi oilam bor. Afsus onam ham bo’lganlarida bu oila to’laqonli mukammal bo’lardi.
Chuqur nafas oldimda, Aylin va Dadamni ko’z oldimga keltirib mashinga qulay joylashib uyga yo’l oldim.
Uyga kirib hech kim yo’qligini bilganimdan so’ng tog’ri yangi xonamga yo’l oldim. Aylin ham uyda bo’lmasa kerak deb o’ylagandim lekin u xonada stol ustida o’tirardi.
- Aylin! Men keldim. Mina keldi…
_ Mamnun ovozda unga yaqinlashdim.
- Miledi tinchlikmi hursandsiz?!
- Bugun senga aytadigan gaplarim ko’p. Tezroq suhbat qurishni hoxlayman.
- Yaxshi kettik, yur yotoqqa o’tib olamiz.
_ Ikkovimiz ham shodon quvnagancha yotoqqa o’tib oldik
- Bo’lajak qaynotangiz va eringizni uyidalar, mehmondorchilikka taklif qilishibdi. Menimcha to’ydan avval yaqinroq bo’lish va bazi bir ishlarni kelishib olish uchun. To’yingizga atigi 5 kun qoldi…
_ Aylin kulib mening yelkamga qo’llarini joyladi.
- Yaxshi doimgidek uyaltirdim. Mayli kayfiyating nega yaxshiligini aytaqol miss!
- Haa aytgancha bugun ishimni qaytib oldim. Tasvirlarni ham topdim.
- Aigoo, buncha yaxshi! Kimni ishi ekan bu? Senga qarshi ish qilgan yaramas kim?
- Park Mein, u ishini olib olganimni ko’ra olmaganmish, yana Taehyungni qizgondim deb aytdi. Qiziq! Buni tagiga ham yetishim kerak. Ahir unga turmushga chiqyabmanku
- ohho halittan moslashib olibsanku yaramascha
_ Aylin tabassumini keng yoyib kulardi.
- Qanday qilib bo’ldi bu ishlar?
- Meinni bir odam bilan ko’rdim. Ismini Jimin dedi. Keyin uni kuzatib ortidan borsam tasvirlarni olib xonamga kelganda tutib oldim. U afsuslanmasligini va hali meni pushaymon qilishini aytib tahdid qildi.
- Jimin?! U aniq ismini Jimin dedimi?
_ Aylin bu ismni qayta urg’u bilan aytganda uni o’ldirish uchun yuborilgan odamlar todasi boshlig’ini ismi miyyamga to’k urgandek urildi.
PovMina: Jimin qanday qilib bunga e’tibor bermadim? Aylin menga odamlar boshlig’i Jimin va toy kunga ataylab poyga tashkil etayotgan odam ham Jimin ekanligini aytgandi. Nega buni ko’zdan qochirdim…
- Ha Jimin dedi. Aniq! Va yana Mein uni aka deb murojaat qildi.
Mein yig’lab Sehun bilan gaplashib turganda Jimin qayerdandir paydo bo’lib Sehunga tashlandi. Shu payt men ularni devor ortida kuzatib turgandim. Yana “singlimni ko’z yoshi uchun dunyoga o’t qoyaman” dedi ya’ni Meinni!
- Aigo Mina bilasanmi menga qanday yaxshilik qilding? Miledi biz poygani seni sharofating bilan istaganimizdek ortga surishimiz mumkin. Demak Meinni ko’z yoshi uchun dungoga o’t qoya olsa poygani ham ortga sura oladi…