October 7

Horizon

𝗛𝗢𝗥𝗜𝗭𝗢𝗡:

𝗧𝗵𝗲𝗺𝗲: Forced marriage

—🕊️𝑺𝑨𝑲𝑼𝑹𝑨

Episode.6

Agar sen yer boʻlsang men senga oshno oyman.

• • ─────── • 𝄞 • ─────── • •

𓄳2haftadan soʻng:

ʼLEElar va KIMlar oilasining nikoh toʻyi:

KIM oilasining  hashamatli uyining orqa hovlisidagi katta maydon egallagan bogʻi nufuzli odamlar bilan toʻlgandi.

Har bir nufuzli xonimlar tilidan kelinning oʻbrosiyu, kuyovning nasil-nasabi haqida gʻiybatlar tushmasdi.

Lekin ana shu "nufuz"lilar orasida JEON JUNGKOOK qahrli nigohlari bilan kuzatib turgani hayollarining bir uchiga ham kirmayotgandi.

Oʻz dushmaniga turmushga chiqayotgan sevgilisining toʻyida qoʻlidan hech narsa kelmasligi alam qilardi.

Telefonini olib oʻziga kerakli raqamni terdi.

☏︎

-Komissar Jeon? Nima ishing bor bu paytda.

-Kim Taehyungni bugun qoʻlga olishimiz kerak!

-Jeon aqldan ozdingmi?

-Ha ozdim hatto undanda koʻproq.

-Menga qara Jeon oxirgi imkoniyatingni qoʻldan boy berma! Agar ruxsatimsiz ish qiladigan boʻlsang qamoqqa tiqaman. Tushundingmi?!

Jungkook generalga javob bermasdan yuziga qizil tugmani bosib qoʻydi.

Jin ursin hammasini!

━─ ─━  ━─━ ━─ ─━─

Kelin kuyov chiqishi bilan barcha ularga eʼtibor qaratdi.  Bu toʻy odatiy koreys toʻylaridan ancha muncha farq qilardi.  Buning sababi esa Taehyung va otasining nufuzida. Tabiiyki U oʻz darajasidagi odamlarni taklif qilgan. Bu olamda oddiy odamlarga oʻrin yoʻq!

Kelin kuyov bir biriga shunchalik yarashib turganidan kimlarningdir havasi kimlarningdir hasadi kelishi tabiiy.

Lekin kelinning koʻzida baxtdan asar ham yoʻq edi.

Na sevgi na xursandchilik hamroh edi unga.

Taehyung va Mina nikoh supasi tomon borar ekan atirgullar goʻyoki yomgʻir kabi yogʻardi.

Nikoh oʻqilish davomida Minaning yuzi hech kulmadi, lekin odamlarning koʻzini aldash anchagina oson.

Taehyung buni sezgach Mina tomon egildi va qulogʻiga allanimalarni pichirlay boshladi.

-Mina chehrangni och! Odamlar qarayapti.

-Seni dunyo qarashi keng odam deb oʻylardim. Odamlarning bemaʼni gapi bilan nima ishimiz bor?

-Jonginam oʻbroyim bulardan anchagina ustun turadi. Shunday ekan aytganimni qil.

Taehyung hech narsa boʻlmaganday turib oldiyu nikoh oʻqiyotgan odamga bevosita qaradi va bergan savoliga munosib javob berdi.

-Roziman!

-sizchi Lee Mina Kim Taehyungga turmushga chiqishga rozimisiz?

Mina birmuncha indamay turgach Taehyung unga zaharli koʻzlarini qaratdi.

-Roziman.

Hech qanday qiyinchiliklarsiz Taehyung Minaga oz muddatda erishdi.

Bundan Taehyung bagʻoyat mamnun, Mina esa bundan umuman xursand emasligi yaqqol koʻrinib turardi.

Hammaning koʻzi Kelin kuyovda, lekin Suaniki emas.

Sua oʻzi atigi bir marta koʻrgan odamga tikilib turardi. Uning koʻzlarida faqat va faqat jahl aks etgandi. Sua sekin uning yoniga bordi.

-Hoy amaki.

Jungkook Suaga choʻchigan nazarda qaradi.

-Ahmoq qiz qoʻrqitib yubording.

-Salom

-Nima ishing bor bu yerda seni?

-Hoy amaki bu mening akamni toʻyi. Tabiiyki shu yerdaman.

Jungkookning yuzi birdan oʻzgarib qoldi.

-Kim Taehyungning singlisimisan?

-Ha, u meni akam!

Jungkookda Suaga nisbatan allaqanday yomon fikr va nafrat uygʻondi.

-Tavba koʻrinishingdan muloyim qoʻzichoqqa oʻxshaysan.  Lekin qanday oiladan ekanliging meni hayron qoldirdi.

-Nimalar deyapsiz?

-Yaxshisi ket.

-Ahvolingiz joyidami?

-Koʻzimdan yoʻqol!

Sua bu gal indamay ketdi.

-tavba bu amakiga nima boʻlgan.

━─ ─━  ━─━ ━─ ─━─

Hamma toʻydan zavqlanayotgan bir paytda Uyning tom qismida qora kiyingan odamlar ularga qurolini moʻljallab turardi.

Oʻyin kulgu qilayotgan odamlarni  birdan otilgan oʻq  sarosimaga tushurib qoʻydi.

Oʻq na kelinga na kuyovga teggandi, odamlar yaralangan odamni qidirar ekan hammaning koʻzi chetda oʻzini tutolmay yiqilgan Suaga tushdi.

Taehyung hamma narsani unutib singlisining yoniga yeldek uchib bordi. Jungkook ham boʻlgan suhbatni ham Taehyungga ham eʼtibor bermay, qizni yoniga bordi. Taehyung uni qoʻliga oldiyu Jungkookga koʻzi tushdi. Hozir mavridi emasligini tushunib singlisini mashina tomon olib bordi.

Mina ham Taehyungga ergashib u bilan ketdi.

Sarosimaga tushib qolgan mehmonlarni Janob Kim tinchlantirishga tushib ketdi.

━─ ─━  ━─━ ━─ ─━─

Kasalxona qarshisida toʻxtagan mashinalarning biridan singlisini koʻtargancha Kim Taehyung tushib Kasalxonaga shoshilgancha kirib ketti. Ortidan Mina ham yugurib kirib ketti.

Kasalxonaga kirib kelishgach ikkita hamshira  zambil bilan yugurib kelishdi. Ikki hamshira uni ranimatsiya boʻlimiga olib kirib ketishdi.

Kasalxona yoʻlaklari allaqachon tanish boʻlib ulgurgan Taehyung bu gal bunga oddiy qaray olmadi. Axir uning yagona jonu jigari edi bu gal. Odatda qoʻriqchilari yoki ishchilari uchun oz muddatga ishni yopti yopti qilish uchun kelgan Taehyung bu gal koʻzida mayuslik bilan kasalxona yoʻlaklarida oʻzini tutolmay turardi.

Mina Taehyungning yoniga kelib unga turishga yordamlashdi.

-oʻzingni tut! Nega aynan kuchli boʻlishing kerak boʻlgan vaqtda bunday qilyapsan. Qaddingni tik tut!

Taehyung unga hissiz tikildiyu qayta yerga qaradi.

-Hozir emas Mina.

Ularning ortidan otasi ham yetib kelgandi.

-Nima boʻldi.

--Endigina olib kirishdi.

-Yaxshi.

━─ ─━  ━─━ ━─ ─━─

Janob Kim Taehyungning yoniga kelib turdi.

-Mina ketishing mumkin. Baribir turganingni foydasi yoʻq.

-Yoʻq Taehyung bilan shu yerda boʻlaman.

-Senga ketishing mumkin deyildi. Ket Mina) Taehyung aralashdi.

-Taehyung!

-Dada siz gapirmang!

-Unda Minani tashlab qoʻy.

Taehyung oʻrnidan turib Minaning qoʻlidan tutdi va sudragandek tortib ketdi.

-Hoy Taehyung sekinroq.

-Jim boʻlib oʻtir mashinaga.

Vaziyatning jiddiy ekanligini bilgan Mina ham indamaygina uning aytganini qildi.

━─ ─━  ━─━ ━─ ─━─

Kim lar qoʻrgʻoni.

-Tush!

-Senchi?

-Men bilan ishing boʻlmasin.

Mina kelinkoʻylagi noqulayligi sabab mashinadan tushishga qiynaldi.

Taehyung bunga qarab turolmay tushib unga yordam berdi.

-Jimgina uyda meni kut.

-Hop.

Taehyung mashinaga qayta oʻtirdiyu tezlik bilan mashinani haydab ketdi.

Mina esa uning ortidan hissiz qarab qoldi.

Taehyungning bu safargi manzili Kasalxona emas aksincha tungi klub boʻldi.

Mashinani klub turargohiga joylashtirgancha klubga kirib ketdi.

-Janob Kim? Bu yerga kelmagingizga ancha vaqt boʻlibdi. Bu yerga qanday shamollar uchirdi.

-Sogʻinib qolganga oʻxshaysan.

-Sizday odamni sogʻinmay boʻladimi?

-Hozir emas Karina!

-Mayli unda qanday ichimlikni tusaydi koʻnglingiz?

-Oʻtkiridan olib kel.

-Siz uchun bajaramiz.

-Tezroq.

Nafasi oʻziga ogʻirlik qilib ketayotganidan boʻynini boʻshatdiyu uhh tortdi.

━─ ─━  ━─━ ━─ ─━─

Xonasini amallab topib olgan Mina oʻzini yotoqqa otdi.

-Zulmatga xush kelding Mina.

Mina qayta oʻrnidan turib kelin koʻylagini qiyinchilik bilan yechdi. Lekin bu yerda tungi koʻylakdan boshqa hech qanday kiyim yoʻq edi.

-Jin ursin men bu kiyimni qanday kiyaman.

Lekin boshqa ilojim yoʻq. Kelinkoʻylak bilan yurolmaymanku. Menimcha Taehyung ham bugun kelmaydi.

Kiyimni kiyib koʻrdiyu oyna tomonga qaradi.

-Juda ochiq haddan tashqari.

-Kun boʻyi hech narsa yemadim. Qornim juda ochdi. Uyda nimadr borligiga shubxam yoʻq.

Yaxshisi ovqatlanib olaman.

Xonadan moʻralab uyda hech kim yoʻqligiga ishonch hosil qilgandan soʻng xonadan chiqdi.

Toʻsatdan ochilgan eshik uni havotirga soldi. Pastga sekingina tushib kimligini bilmoqchi boʻldi.

━─ ─━  ━─━ ━─ ─━─

Mast holda uyga kirib kelgan Taehyung yuqoridan ochiq tungi koʻylakda tushib kelayotgan qizni koʻrib aqldan ozayozdi.

Qizning nigohlari yigitga tushdiyu oʻzining ochiq tanasini berkitishga urindi.

-Koʻrib boʻldim, nimani berkitmoqchisan? Tagʻin oʻz eringdan.) Taehyung yerga qaragancha lab chetida kulib qoʻydi.

-Shu nozikkina tanang bilan menga qarshi chiqolaman deb oʻylaganmiding?

Taehyung shoshilmagancha, zinadan qizning yoniga chiqib borardi. Qiz esa yigitga e'tiborsiz pastga tushib ketdi. Yoʻllar toʻqnashganda, Taehyung Minaning bilaklaridan tutib qoldi.

-Toʻxta mendan qochma! Mendan zinhor oʻzingni olma. Men doim oʻz istaganimga erishganman. Bundan keyin ham shunday boʻladi. ) Taehyung Minaning qoʻllaridan siltab oʻziga tortdiyu belini  mahkam siqib qoʻydi.

-Qoʻyvor) Mina yigitni oʻzidan itargan sari yigit buning aksini qilib uni oʻziga koʻproq tortib borardi.

Sabr kosasi toʻlgan Taehyung qizni bir deganda  dast koʻtardi-yu zinadan yuqori qavatga olib chiqib ketdi.

_Tushur dedim! Taehyung unday qilma!) Mina Taehyungning qoʻlidan qutulishga qancha urinmasin. U qizning hech bir gapini eshitmayotgandi.

Taehyung xonaning eshigini oyogʻi bilan tepib ochib, xuddi shunday tarzda yopdi. Qizni yotoqqa qoʻydiyu eshikni qulfladi.

-Yolvoraman Taehyung unday qilma! ) Minaning  yigitga yolvorishlariyu qichqirirlarini na Taehyung na boshqasi eshitardi.

to be continued exclusive for #delluna_fanfics by #Kamado_Areum