Biznes IT-lashishi uchun 2 xil yechim bor
Biznesni raqamlashtirmasangiz:
Raqamlashtirish uchun esa, 2ta yõl bor.
Shu 2 yo'lning qachon qaysi biri yechim bo’lishini gaplashamiz.
- Tavsif (Kirish)
- 1-yo'l. Obuna asosidagi servislar yutuq va kamchiliklari
- 2-yo’l. O’zingiz uchun noldan platforma yasaganda yutuq va kamchiliklari
- Xulosa
Tavsif
1-yo‘l
Muayyan muammoni yechuvchi tayyor servisga oylik obuna haqqini to'lab ishlatish. Odamlar bilan gaplashishga - Telegram, taksi uchun - Yandex, xarid uchun - Uzum ishlatilganidek.
Biznes ichida ham xuddi shunday muayyan muammoni yechuvchi dasturlar bor.
Shunday dasturlardan biz data365 IT-kompaniyamizda:
- Vazifalarni boshqarishga - Clickup
- Hujjatlar, bilimlar bazasi, ichki ma’lumotlar uchun - Notion
- Keldi-ketdi uchun - Jibble
- Ichki kommunikatsiyaga Telegram emas - Slack
- Hisob-kitobga - Adesk
2-yo’l
Noldan aynan sizning biznesingiz ehtiyojlarini yopadigan dastur yasash.
Bu yerda ham 2ta yo’l bor. Biri kodsiz dasturlash yo’li, ikkinchisi kodli.
Ammo bu haqida keyingi maqolalarda gaplashamiz.
Yutuq va kamchiliklar
1-yo'l. Obuna asosidagi servislar
Yutuqlari
- Narxi arzon. Noldan o'zingiz uchun IT-tizim yasash minimum $3-20 mingga aylanadi. Kichik biznes buncha pul ajratishi qiyin. Dõkonlarni avtomatlashtiruvchi mahalliy servis Billz, oyiga 299-999ming obuna sõraydi xalos. Ichida ham kassa, ham omborxona, ham moliya, ham yetkazib berish, ham hisobot bõlimlari bor.
- Tez õsadi. Bunday servislarning biznesi - sizga avtomatlashtirish xizmatini kõrsatish bõlgani uchun, har oyda yangi funksiyalar chiqaradi. Ya’ni har oy yangilik qilishadi. Undan tashqari yiliga kamida bitta katta yangilik.
- Sozlamalar tayyor Dasturni shu soha chuqur mutaxassilar yasagani uchun, õta sodda, xodimlar tez õrganib ketadigan, hamma kerakli sozlamalar tayyor bõladi. Xuddi, MacBook’ni shundoq qutisidan yangi olgandayoq ishlatib keta olganingizdek, bunday servislarni amaliyotda qõllab boshlashga minimal vaqt ketadi.
Kamchiliklari
- Xavfsizlik. Kompaniya ma’lumotlari o’ta sirli bo’lishi mumkin va bu ma’lumotlar sizning qo’lingizda bo’lmaydi.
- Dasturga xohlagancha o’zgartirish kirita olmaysiz. Biznes o’sayotganda ehtiyojlari ham o’sib boradi, tayyor servis esa ehtiyojlaringiz qondirmay qo’yadi.
- Sizga kerakmas funksiyalar ko’pligi. Tayyor servislar, bozordagi umumiy muammolar ustida funksiyalar quradi. Aytaylik 100ta funksiya bor. Siz esa faqatgina 4tasini ishlatishingiz mumkin.
- Platformaga tobelik. Servisda nimadir ishlamasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznesingizga ta’sir qiladi.
- Integratsiyalar. Aytaylik siz har kuni Telegramdan hisobot kelib tursin, moliyaviy ma’lumotlar 1C’ga tushsin dedingiz. Odatda tayyor servislarda uncha ko’p joy bilan integratsiya bo’lmaydi. Dasturchilari yollab o’zingiz qilib olishingiz kerak bo’ladi.
2-yo’l. O’zingiz uchun noldan platforma yasash
Yutuqlari
- Sizga moslashadi, siz moslashmaysiz. Obuna to’lab ishlatiladigan tayyor servislarni ishlatayotganda, siz moslashishga majbursiz. O’zingiz noldan qursangiz, aynan sizning biznesingizning ehtiyojlariga, jarayonlariga qolipdek tushadigan bo’ladi.
- Raqobatchilar tushiga kirmagan ustunlik. Siz dasturni to’liq o’zingiz yaratganingiz uchun, xohlagan g’oyangizni amalga tadbiq qila olasiz. Bu esa raqobatchilar oldin qo’shimcha kuch.
- Xavfsizlik. Kompaniyangizda tarqalib ketmasligi o’ta muhim ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Va bu ma’lumotlarning xavfsizligi sizning qo’lingizda bo’ladi.
Kamchiliklari
- Ko’proq moliya talab qiladi. O’zbek bozorida eng professional IT-kompaniyalardan biri UDEVS, eng kami $20 mingga dastur yasab berishadi. SAP narxi ham shu atrofi $15 mingdan boshlanadi. Aytgan narximdan arzonga topishingiz mumkin, ammo endi kurs bitirib chiqqan, hali tajribasiz dasturchilar bo’lib chiqishi ehtimoli yuqori. Natija ham shunga yarasha bo’ladi.
- Dastur ishga tushishi yaxshigina vaqt talab qiladi. Agar nima kerakligini aniq bilsangiz, o’zingiz uchun fikringizni qog’ozga tushirib olgan bo’lsangiz. Dastur tuzishga kamida 4 oy vaqtingiz ketadi.
- Sozlamalar va qo‘llab quvvatlash. Dastur tuzdim bo’ldi ish bitdi emas, doimiy o’zgartirasiz, yangiliklar qo’shasiz, sozlaysiz. Bu esa, albatta, qo’shimcha fokus va moliya talab qiladi.
Xulosa
Endi savol tug’iladi: ”Xo’p qaysi yo’lni tanlay?”.
Agar kichik/o’rta biznes bo’lsangiz, asosiy muammolaringizni biron “obuna asosidagi servis” yopib bersa, 1-yo’l sizga effektiv.
Odatda “obuna asosidagi servislar” bozordagi umumiy muammolarnigina yechadi, ammo sizning ehtiyojingiz o’zingizga xos, boshqalarda uchramaydigan bo’lsa, 1-yo’l yordam bermaydi. 2-yo’l ya’ni o’zingiz noldan dastur yaratasiz.
Tayyor servis muammolaringizni yecha olmasa, noldan qurganingiz yaxshi.
data365 jamoasi 3 yildan beri biznesni avtomatlashtirish bilan shug'ullanadi.