"11 oktayabr - Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Sening tashabbusing-sening kelajaging" shiori ostida
San’atshunoslik va pedagogika fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi N.M.Avliyakulova tomonidan “11 oktyabr – Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun” shiori ostida tadbir tashkil qilindi. San’atshunoslik fakultet dekani S.S.Azimov, katta o’qituvchi O’.X.Ramazonova, o’qituvchi S.B.Hamitovalar, fakultetning barcha talabalari hamda “Qizlarjon” klubi a’zolari qatnashishdi.
Tadbirning ochilish qismida fakultet dekani S.S.Azimov barcha qizlarni bayram bilan tabriklab, Respublikamizda qizlar kamoli va baxti yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar, davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e’tibor va natijada tumanimiz qizlari tomonidan turli sohalarda erishilayotgan yutuqlar haqida gapirdi.
Fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.M.Avliyakulova O‘zbekistonda izchil amalga oshirib kelinayotgan yoshlarga oid davlat siyosati doirasida qizlarimizning har tomonlama yetuk va barkamol shaxslar sifatida ulg‘ayishlari uchun barcha shart-sharoit, imkoniyat va imtiyozlarni yaratib berish, ularning har bir sohadagi qiziqishlarini yanada rag‘batlantirish, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tengdoshlari o‘rtasida hamkorlik va tashabbuskorlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan say harakatlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida katta o’qituvchi O’.X.Ramazonova barcha qizlarni bayram bilan tabriklab, "Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun" shiori ostida o’tkazilgan tadbirda yosh avlod vakillarini bilim olishga, o‘z ustida izlanishga, yangiliklar yaratish va zamon bilan hamnafas harakat qilishga chorladi.
Tadbirda San’atshunoslik fakulteti ijodkor talabalari tomonidan kuy va qo’shiqlar, “Dutorchi qizlar” to’garagi a’zolaridan ohanglar namoyish etildi. Tadbir haqiqiy qizlar bayrami sifatida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.