December 11, 2024

• Mistake •

- episode 3 -

_ Dohee Yuraning xonasiga kirarkan, ichkaridagi manzarani ko‘rib shokka tushhb qoldi. Karavotda yotgan yarim yalang‘och Yura va uning oldida kiyimsiz Jungkook yotardi... Qizning ichidan nimadir uzilgandek bo‘ldi, oyoqlari yerga yopishgandek qimirlamasdi ham...

_ Dohee o‘zini o‘nglab, xonani tark etdi. Xudii u yerda bo‘lmagandek oshxonaga kirib, qayta stulga joylashdi. Namra Doheening bu holatidan hech nimani anglolmay singilisga yuzlandi:

~ Nimadir bo‘ldimi Dohee?! )- Namra qizning yuziga sinchkovlik bilan qarab.
~ Yo‘q onni, men shunchaki... )- Dohee birdan gapirishdan to‘xtab qoldi. Chunki oddiy bir "shunchaki" so‘zi, unga Jungkook bilan bog‘liq har bir xotirani eslatardi...
~ Nima shunchaki? Ertalabdan hayol suryapsanmi? Qani anavi Yura? Kechgacha telefonda o‘tirganmi deyman bu yaramas!

_ Namra Yurani xonasi tomon yo‘l oldi, buni ko‘rgan Dohee sergak tortib, opasini yo‘lini to‘sdi.

~ Bu nima qilganing endi?! )- Namra savol nigohida Doheega qaradi.
~ Onni qo‘ying u uxlasin. Xalaqit bermaylik. )- Dohee
~ Qoch yo‘limdan! Yoki sen ikkalang nimadirni boshladingmi? )- Namra shunday deb Doheeni qo‘llarini siltab xonaga kirdi. Ne ko‘z bilan xonaga nazar soldiyu, xona ichidagi manzara uni shok axvolga soldi...

_ Xonada Dohee sal oldin ko‘rgan, yalang‘och Jungkook va uning qo‘ynidagi Yurani Namra ham ko‘rdi. Boshida shok holatga tushib joyida qotgan qiz, o‘zini o‘nglab ovozi boricha baqirib:

~ BU NIMA AXVOL?! )- deya baqirib karavot tomon qadam tashladi.

Namra

_ Shovqundan yuzlarini burishtirib, ko‘zini ochgan Jungkook va Yura, o‘zlari tomon kelayotgan Namrani, eshik oldida ularga tushunarsiz tikilib turgan Doheeni ko‘rardi.
Jungkookning ko‘zlari Doheeniki bilan to‘qnasharkan, qiz ko‘zlarini olib qochdi.
Kechagina unga kulib boqqan ko‘zlar, endi o‘zini Jungkookga teng koʻrmaydigandek qochyapti?!

~ Opa men! Men hozir sizga! Sizga hammasini tushuntirib beraman! )- Yura shoshgancha Namrani tinchlantirishga urinardi.
~ Nimani tushuntirasan?! A ayt nimani?! Yarim yalang‘och birga yotganingizni yana qanday tushuntirish, tushunish mumkin?! Xudoyim menga sabr ber! Tezda o‘zingizga kelib oshxonaga chiqinglar! )- Namra
~ Opa men... )- Yura gapiryatganda uni gapini bo‘lib.
~ Ortiqcha gapirma! Yo‘qsa bu yerdan o‘liging chiqadi! Bugun seni onang bilan, seni esa otang bilan gaplasham. Senlar bilan emas! Menga hech biring gapirirb o‘tirma! Yur Dohee, har holda sen boshqalardan tuzukroqsan! )- Namra

Yura

~ U ham oppoq emas! Kecha o‘zi menga "Jungkook meni o‘pib oldi" dedi! )- Yura sharmandali holatiga Doheeni pesh qildi. Garchi bu gapi o‘zini qutqarmasada Namrani to‘xtashiga sabab bo‘lgandi.
~ Dohee?! )- Namra oldidagi qizga yuzlandi.
~ Ha shunday bo‘ldi! Va buni kim tomonidan qilinganini tushuntirishim shartmasdir har holda? )- Dohee
~ Qani tushuntir! )- O‘rtaga Jungkook qo‘shildi. Bu hammaning e'tiborini tortgandi.

Jungkook

~ Nimani tushuntiray? Jasorat yoki haqiqat o‘yininimi? Yoki sen "shunchaki" olgan bo‘sangnimi? )- Dohee shunchaki so‘zini o‘zgacha urg‘u bilan talafus qilarkan Jungkook achchiq kuldi.
~ Tushunarlimi Janob Jeon? )- Dohee Jungkookning jimib qolganini ko‘rib gapirdi.
~ Tushunarli Nam Xonim! )- Jungkook kinoyali gapirdi. Ularning suxbatiga doimo chetdan qarab turadigan Yura, yana o‘zini keraksiz his qilardi.
~ Yana qancha bu jin urgur mavzu haqida gaplashishingiz mumkin?! Dohee oldimga tush! Sen ikkalangga o‘sha gap! )- Namra ketayotganda Yura gapirib uni to‘xtatdi.
~ Siz faqat shu singlingizni tarafini olasiz-a?! Jungkook unga qilgani kabi menga ham majburlab qilgandi? )- Yura

Yura

~ Jungkook o‘zi xohlab hech qachon bu darajada yaqinlik qilmaydi! Buni sen ham, men ham yaxshi bilamiz, Yura?! )- Namra endi butkul xonani tark etdi.
~ Jungkook nega senga yaqinlashdi? )- Namra

_ Dohee dab durustdan berilgan bu savoldan shoshib qoldi.

~ Bilmadim opa )- Dohee

Dohee

~ Bir narsani unutma, Jungkook hech qachon chin dildan sevib yaqinlik qilmaydi! Har bir harakati nafsi, qiziqishidir. Yana Yuradek aldanib, kuyib qolma. )- Namra
~ Uni yaxshi bilaman. Axir u bilan bir maktabda o‘qiganmiz. Qizlarga qay ko‘zda qarashini ko‘rganman. )- Dohee
~ Ba'zan, u inson haqida barcha yomon narsalarini bilsang ham uni sevishda davom etaverasan. Oxirida esa o‘zing afsuslanasan. )- Namra
~ Harakat qilaman. Ortiq sevib qolmaslikka harakat qilaman! )- Dohee ko‘z doirasiga to‘plangan yoshlari bilan Namraga qaradi.
~ Dohee yana bir gap. )- Namra ikkilanib gap boshladi.
~ Aytavering. )- Dohee
~ Agarda o‘tmishdagi sevging qaytib kelsa aslo uni o‘zingga yaqinlashtirma! Xatto bor vujuding bilan uni qumsasang ham. )- Namra
~ Ho‘p... )- Dohee bu gaplarni Jungkook misolida tushundi va o‘ziga Jungkookka ishonib bo‘lmasligini yana bir bor qattiq uqtirdi. Ammo Namra bu gaplarni Jungkookni deb gapirdimi?!

_ Yura va Jungkook stol qarshisiga kelishdan oldin nimalar gapirishni kelishib olishgandi. Ular Namrani oldida o‘tirarkan qizning asablari mingga chiqqandi.

~ Senlar!... )- Namra oldidagilarni so‘kish uchun og‘iz juftlagandi hamki Dohee uni qaytardi.

Namra

~ Opa! Hozir amakim, xolam qayta qo‘ng‘iroq qilishadi. Tinchlaning! )- Dohee

_ Namra ho‘p degancha bosh silkidi va jim, telefonidan ko‘zini uzmadi. Qo‘ng‘iroq ovozi va hammaning ko‘zi Namraning telefoniga qaratilgan.

~ Alo, Jeon amaki, yaxshimisiz? )- Namra, gapni besabrlik bilan tez boshladi.
📲~ Ha qizim Namra, yaxshiman o‘zingchi? Aytgancha Jungkook yetib bordimi? )- janob Jeon
~ Ha Jeon amaki, o‘g‘lingiz so‘g-omon uyimizni topib keldi. O‘ziga qo‘shib, o‘zining sevimli qiliqlaridan ham olib kelgan bu bola! )- Namra nigohini Jungkookga o‘qtab.
📲~ Ahaha gapni ham qotirasanda qizim. Syurpirizim haqida og‘iz ochmadimi ish qilib?! )- janob Jeon
~ Yo‘q, lekin rosa qiziqyapmiz sizning syurpirizingiz nima ekanligiga. Amaki sizga yana bir narsa aytmoqchiman. O‘g‘lingiz yana o‘sha beoxsho‘v qilig‘ini qilibdi kecha tunda. )- Namra
📲~ Men unga halicha qizga o‘zingni sevdir, buyog‘i to‘ydan keyin degandimku?! Eh bu bola nafsini tiyolmaydi! )- janob Jeon. Bu gapdan shokka tushgan Namra shoshqaloqlik bilan
~ Kimni sevdirishi kerak?! )- deya baqirdi Namra
📲~ Doheenida! Kimni bo‘lardi boshqa. Axir dadang va mening o‘rtamda kelishuv bor. Har holda o‘g‘limga o‘zidan katta qilib seni olib bermasman. )- janob Jeon hazilomus gapirardi. Bu yerda esa chalkashlik battarlashsa battarlashar, hech tugay demasdi.
~ A! Amaki! Mening muhim ishim chiqib qoldi, boshqa payt gaplasharmiz? )- Namra
📲~ Ho‘p qizim, hijolat bo‘lmasdan ishingni bitir! Jungkookni esa yana bir bor Doheega yaqinlashsa qulog‘idan tortib qo‘y! Ertaga Koreyaga borganimda o‘zim uni do‘pposlayman! Ahaha )- Janob Jeon.
~ Nima?! Koreyaga ertaga kelasizmi?! )- Namra
📲~ Namra qizim sen yaxshilab dam olginda keyin men bilan bog‘lan. Yosh boladan battar g‘alcha bo‘lib qolyapsan. )- Janob Jeon.
~ To‘g‘ri aytasiz Jeon amaki, men dam olishim kerak. Bu g‘alvalardan DAM olishim kerak! )- Namraning gapidan so‘ng, ular qo‘ng‘iroqni yakunlashdi.

Namra

~ Ho‘sh janob Jeon, qachon menga amakim aytgan qiz Dohee ekanini aytmoqchi eding? )- Namra shunday deya Jungkookni ura ketdi.

Jungkook

~ Hoy bas qil, Namra! Axir dadamni gapini eshitdingku? Menga qattiq tayinlagan edi. )- Jungkook
~ Ho‘p, kelin Dohee ekan nega Yurani umidvor qilasan?! Umrim bino bo‘lib sendaka ikki yuzlamachi, ayollarga suyagi yo‘q odamni ko‘rmaganman. Hayf senga Jeon familiyasi! )- Namra

_ Ikkisi urishyatganda bu yerda umuman nima bo‘layotganidan bexabar 2 qiz, goh Namraning gaplarini, goh Jungkookning gaplarini tushunishga urunardi.

~ Bas qilinglar! Gap nima haqida o‘z?! Nega har gapning o‘rtasiga "Dohee" deyapsizlar?! Doheeni o‘zi bilmagan nima bo‘lyapti bu yerda?! )- Dohee sabr kosasi to‘lib, o‘rnidan turdi.

Dohee

~ Jeon amakim "Jungkookni yaqinda uylantiraman" degandilar, va bu syurpriz edi. Kelin kim, qachon to‘y hamma hammasi sir edi. To‘satdan mana bu to‘nka kelib, bir balo boshladi. Amakim o‘sha baloni Jungkook va Dohee qilishgan deb o‘ylayapti. Yana amakim o‘g‘liga topgan qiz - sen ekansan Dohee! )- Namra
~ Kim aytdi, Dohee kelinlikga rozi deya?! )- Dohee
~ Men! )- Jungkook

Jungkook

~ Sen umuman aralashma! To‘xta nega endi ishonch bilan "Men" deyapsan?! Yoki yana nimadir boshlaganmisan? )- Namra Jungkookga qararkan nigohi birdan ularning ichida jim bo‘lib qolgan Yuraga qadaldi. Garchi u hozirgi noqulaylik borasida o‘zi aybdor bo‘lsada, hozir uning ham axvoli qoniqarli darajada emas!

Yura

_ Namra Yura bilan holi gaplashish uchun majbur, Jungkook va Doheeni do‘konni baxona qilib ko‘chaga chiqarib yubordi.
Uydan chiqish eshigiga kelisharkan, Jungkook epchillik bilan mashina kalitini o‘z qo‘liga oldi. Unga savol nigohida qarab turgan Doheega ko‘z qisib

~ Mashinani doimo men haydashim kerak! )- dedi va qizning burnidan chimchib, eshikdan chiqib ketdi.
~ Shuncha ishdan keyin ham aqli kirmagan, axloqsiz! )- Dohee o‘ziga o‘zi shivirlab, u ham eshikdan chiqib ketdi.

_ Mashinaga minisharkan Dohee orqa eshiklarni endi ochaman deganda Jungkook uni to‘xtatdi.

~ Men haydovchi emasman, seni orqa o‘rindiqqa eltib ketadigan! )- Jungkook

Jungkook

~ Men esa sani basharangdan uzoqlashishni xohlayman! Yoki o‘zing ortga o‘tir, yoki men?! )- Dohee ham qaysarlik qilib, aytganidan qolmadi.

Dohee

~ Men rulni boshqaraman, sen esa old o‘rindiqqa o‘tirasan! Gap tamom! )- Jungkook, Dohee endi gapiraman deganda to‘sqinlik qilib yana gapirishni boshladi.
~ Agar yana bu masalani muhokama qilsang, men sen o‘ylashing uchun boshqa harakat qilishimga to‘g‘ri keladi! )- dedi va mashina old eshigini ochib berdi - Jungkook.

_ Dohee indamay, Jungkook ochib bergan eshikdan mashinaga joylashdi. Jungkook ham mashinaga oʻtirib, uy yaqinidagi qaysidir doʻkonga yoʻl olishdi.

_ Doʻkonda ancha Jungkookning tegajonligiga, gʻalati hazillariga chidagan Dohee, hech bir soʻzsiz taqdiriga tan berib Namra aytgan narsalarni olardi.
Ular doʻkondan ham bir amallab chiqishdi, mashinaga yuklarni joylab oʻzlari ham joylashdi.

Pov.Dohee
- Mashinaga oʻtirib, koʻzim shu buzuq Jungkookni koʻrmasin deya oynaga qarab oʻtirdim. Toʻsatdan sonimga yugurgan issiqlik meni yondirar darajada taʼsir qildi. Hayratdan kattargan koʻzlarimni bir sonimga, bir sonimga qoʻyilgan qoʻl egasiga qaradim. Jungkookning nigohi yoʻlda, ammo yuzida shaxyoviy kulgusi bor edi. Uning qoʻlini oyogʻimdan olarkanman, qoʻlini siltab itarib yubordim.

Tipo shunaqaa (aniq shunaqa🙇🏻‍♀

Menga qarab labini tishladi. Hozirgi yuz tuzilishidan u meni yeb qoʻyishga tayyor vaxshiy edi. Men uning yuziga nisbatan, ensamni qotirdim. Biz hozirgi vaqtda soʻzlar bilan emas koʻzlar bilan gaplashyapmiz. Yana koʻzlarimiz uchrashuvi tugadi. Birdan Jungkookga qoʻngʻiroq boʻldi. Hoynahoy qaysidir qiz boʻlsa kerak.

~ Eshitaman?!
📲~ ...
~ NIMALAR DEYAPSIZ?! )- Jungkook mashinani toʻldirib baqirdi. Dohee esa nima boʻlayotganligini tushunmasdan Jungkookga tikilib turardi.
📲~ ... )- telefon qilgan odam nimadir deya Jungkookga baqirdi shekilli, Jungkook baqirishdan toʻxtadi. Soʻng qoʻngʻiroqni yakunlash uchun telefondagi qizil tugmani zarb bilan bosdi, va telefonini mashinaning qaysidir burchagiga uloqtirib yubordi.

Jungkook

_ Uning bu ahvolida oʻzini zoʻrgʻa tiyib turgan odamga oʻxshardi. Kimdir sal notoʻgʻri gapirsa, bor alamini oʻsha odamdan oladigan ahvolda edi. Dohee buni yaxshigina tushunib, gʻazabdan yonayotgan yigitga muloyimlik bilan gapirdi.

~ Jungkook yaxshimisan?! )- Dohee Jungkookning qoʻlidan tutib.
_ Jungkook esa sukunat bilan javob qaytardi.
~ Jungkook?! )- Dohee yana unga savol nigohida yuzlandi.
_ Jungkook bu safar ham uning harakatlarini javobsiz qoldirdi. Dohee, Jungkook hozir asabiyligi sabab hech bir eʼtirozlarsiz qoʻlini Jungkookning qoʻlidan oldi. Qoʻllar uzoqlashdi hamki, Jungkook Doheening qoʻlini kaftlari orasiga oldi. Va qizga qarab

~ Senga "Yoki Jungkook, yoki u?! " deya tanlov qoʻyilsa, albatta meni tanla. Men sening bu tanlovingdan afsuslanmasliging uchun hamma narsa qilaman. Ishonaver!

- episode 3 tugadi -

Fanficning bu qismini ham yakunlab oldik. Sizlardan uzundan uzun fikr kutaman. #Duri🦭🩶