November 15

Alvon yuraklar 9 qism

I had a dream,

I got everything I wanted.

But when I wake up,

I see you with me.

And you say

"As long as I'm here,

No one can hurt you."

© Billie Eilish

* * *

O'sha oqshomdan so'ng Jungkook Hana bilan bir tom ostida turishsa ham ko'rishmaslikka harakat qildi. Hana jarohatlar sabab aravachadan foydalangani uchun uyda xizmatchi Xesu xonim bilan kun o'tqazardi. Va nihoyat yana yurishni boshladi va hattoki bir stol ustida ovqatlana boshlashdi. Hana Jungkookni izlab xonalariga chiqdi va uning oynadan tashqariga qarab sigaret chakmoqchi bo'lib turganini ko'rdi. Eshik ochilganini sezgan Jungkook ortiga qayrilib qarab, yana tashqariga tikilib turishda davom etdi. H: Siz bilan gaplashib olmoqchi edim, - deya Jungkookning oldiga borganida sigaret tutuni yoqmaganidan qoshini chimirgancha burnini yopib oldi. Buni ko'rgan Jungkook sigaretni chakish uchun og'ziga olib kelib gugurt chaqqanda Hana og'zidagi sigaretni va qo'lidagi qolgan sigaretmi olib qo'ydi. Bundan ajablanib bir qoshini ko'targancha Hanaga tikilib qoldi. Jk: Bu nimasi? Qaytar.
H:Yo'q. Zararli ekanini bilasizmi?
Jk: bu bilan ishing bo'lmasin. Qaytarib ber, Hana. Hana qo'lida sigaret bilan Jungkookdan qocha boshladi. Xona bo'ylab yugurib, oxiri oyog'i toyib yotoqqa yiqilayotganda Jungkook uni tutaman deb birga yotoq ustiga tushishganda qars etgan baland ovoz eshitildi.

Hananing ustiga tushgan Jungkook unga tikilgancha kulib yubordi. Birinchi marta uning rostdan kulganini ko'rgan qiz ham unga qo'shilib kulib yubordi.
Jk: Nima qilganimizmi qara 😂
H: Men..men..a-atay qilmadim shunchaki..
Jk:Hana, biz mushuk sichqon o'ynab, yotoqni sindirdik. shu paytgacha umuman sinmagan yotoq bugunga kelib sindi-yaa 😂
Bo'lgan voqeadan uyalgan Hana lablarini tishlagancha qizarib qarab turardi : Endi nima bo'ladi?
Jk: Hech narsa. Ertaga yangisini buyurtma qilaman. Almashtirib ketishadi. Kel, turishingda yordamlashaman. Ha, aytgandek, nimadir so'ramoqchi eding adashmasam.
H: Ha... Men ertadan yana ishimni davom ettirsa degandim..raqs mashg'ulotlarini... Tuzalib kettim. Endi yana davom ettirsam...
Jk: Tushunarli.. Mayli, ishlashing mumkin. Lekin anavi Taehyung bilan sherik bo'lmaysan.
H: Nima? Nega?
Jk: Nega?! Sen meni xotinimsan. Boshqa erkaklarni senga yaqinlashganini ham ko'rmay.
H: Ammo...
Jk: Ammo?! Hana! Asabmni buzma. Tunda birga uxlashimizni o'yla xotinjon😏
H: * ahmoq..
Jk: Nima?
Hech narsa. Tushunarli dedim.
Erta tongdan birga nonushta qilib bo'lishganda Jungkook Hanani eshik tagida kutib turardi. Hana sochlari yoyilgan, tepa qismiga crop top va kalta yubkada tushib kelganda Jungkookning ko'zlari unga tikilgancha qotib qoldi. — Ketdikmi?
— Bu qanday kiyinish bo'ldi? Xonaga qaytib almashtirib chiq.
— Nega? Menga yoqdi. Almashtirmayman. Jungkook qizning belidan ushlab o'ziga tortdi va qulog'iga pichirladi: Nogironlar aravachasidan yana bir oy foydalanish niyatini bo'lmasa borib kiyimingni yaxshilikcha almashtir. Agar o'zim yordam beradigan bo'lsam, qaytib xonadan chiqolmaysan. Bu gaplardan etib jimirlab ketgan qiz yugurib borib kiyimini so'zsiz almashtirib chiqdi. O'zida yo'q xursand Jungkook kompaniyasiga mag'rur kirib keldi. Hamma Hananing qaytganidan xursand edi. Raqs tanloviga tayyorgarlikni yana davom ettirishdi. Bu gal Hana Jungkook bilan, Taehyung esa Jennie bilan davom etishdi. Taehyung Jennie bilan raqs tushayotgan bo'lsa-da, ko'zlari hamon Hanada edi. Qiz Jungkook uni belidan qattiq ushlab olgani sabab hatto qayrilib ham qaray olmasdi. Atrofdagi boshqa a'zolar bu ikki juftlikni ko'rib, bir-birlariga qarab kulib qo'yishdi. Mashg'ulot tugagandan so'ng, hamma polga o'tirib olib, nafas rostlay boshlaganda. Jungkookka qo'ng'iroq bo'ldi. Jk: A'lo. Ha, eshitman...ha, men ikki kishilik yotoq buyurtma qilgandim..Albatta, uyda ishchilar bir bemalol olib boravering.
Rose: Nima? Hana, turmush qurganingizga ancha bo'ldi ammo endi krovat xarid qilyapsizmi?
Jisoo: Shu paytgacha alohida o'rinlarda uxladingizmi?
H: Yo'q, biz shunchaki...eski krovat i almashtirayotgandik..
Jm: Eskisi ham ikki kishilik edi, adashmasam...
Jk: Ha. Eskisi...kecha sinib qoldi. Shunga almashtiryapmiz.
Hamma : Nima? 😂
Uyalganidan bechora Hana yuzini qo'llari bilan yopib oldi: Uff...Jungkook...
Jk: Nima? Nega kulyapsiz?
Suga: Shu paytgacha sening krovating umuman sinmagandi, Hana bilan turmush qurganingizga so'ng krovat o'zidan o'zi sinib qolibdi-ya🤣
Jisoo: Ana endi aniq bir yotoqdan foydalanishingizga ishondim🤣🤣
H: Y-yo'q..bu siz o'ylagan narsa emas...biz shunchaki...
Rose: Ooo hammasini batafsil aytib bermoqchiman degin 😂
H: Uff, Jungkook. Zo'r ish qildingiz. Qoyil sizga! 🙄
* * *
Hana va Jungkook turmush qurganiga bir necha oy bo'ldi. Hana ham Jungkookka sekinlik bilan ko'nika boshladi. Taehyungning ko'zlari esa hamon undan boshqasiga qaramasdi. Jungkook Hana bilan sohil bo'yiga, restoranda birga ovqatlanishga, hatto do'kon aylanishgaolib borardi. Kasalligini unutishi uchun qo'lidan kelgan hamma ishni qilardi. Ba'zi tunlarda ertalabgacha uxlatmay, yolg'iz qolganlarida paytning boy bermasdi ham. Har kuni kasalligiga da'vo qidirib, chet elda malakali mutaxassislarni qidirardi, umrini birozga bo'lsa ham uzaytirish uchun uni doim tibbiy ko'rikka olib borib, kerakli muolajalarni oldirdi. Kun o'tgani sayin qizning xotirasi pasaygani o'z is xotini ko'rsatishda davom etardi. Mashg'ulotlarda ham harakatlarni adashtira boshladi.

Jungkookdan yashirincha har bir yaqinlarining sur'atlarga ularni unutib qo'ymaslik uchun ismlarini yozib chiqdi, raqsdagi harakatlarni uyda ham unutmaslik uchun qayta qayta takrorladi. Bugun ham uyda raqsni takrorlayotgan paytda Jungkook musiqani o'chirib, uni ortidan borib belidan quchdi: Hana...

Jungkookdan yashirincha har bir yaqinlarining sur'atlarga ularni unutib qo'ymaslik uchun ismlarini yozib chiqdi, raqsdagi harakatlarni uyda ham unutmaslik uchun qayta qayta takrorladi. Bugun ham uyda raqsni takrorlayotgan paytda Jungkook musiqani o'chirib, uni ortidan borib belidan quchdi: Hana...
H: M? Nega musiqani o'chirdingiz?
Jk: Biroz dam ol. O'zingni ko'p urintirib qo'yyapsan.
H: Hali charchaganim yo'q. Qo'yib yuboring. Raqsni hali yana takrorlashim kerak.
Jk: Bo'ldi. Bugunga yetadi. Balki sayr qilarmiz?
H: Qayerga? Jk: Ketdik...borganda bilib olasan.
Ko'chalarda piyoda qo'l ushlashib sayr qilgach, sohilga yaqin joyda turli tuman ko'ngil ochar joylar va do'konlari bor joyga kelishdi. Do'konlarni yonidagi restoranga kirishdi.

Jk: Xo'sh, nima xohlaysan?
H: mm...kimbap, tokbokki va makguksu yana ichishga ice americano.
Jk: mm....tushunarli. Lekin ko'plik qilmaydimi? Hammasini yeya olaman deb o'ylasanmi?
H: Ha, albatta. Nega endi yo'q?
Jk: Mayli, sen aytgancha bo'laqolsin
Ovqatlanib bo'lishgach, Jungkook hisobni to'lash uchun o'rnidan turdi: Sen shu yerda kutib tur. Men hisobni to'lab, qaytaman. Hech qayerga ketib qolma. H: xo'p.
Jungkook kassaga ketganida Hana biroz boshi aylanib, ko'ngli ayniganidan ayollar hojatxonasini qidirishga tushdi. Chiqish tarafiga ketayotganida tashqarida bolalarning muzqaymoq olayotgani va xursand holda kulayotganlarini ko'rib, hamma narsani unutgandek ko'chaga chiqdi. Muzqaymoq olib yeya boshlaganida birdan ko'ngli aynishi yana qaytalanib, chetdagi mashinalar turargohi yoniga bordi. O'ziga kelib, qayt qilib olgandan so'ng atrofga qarab, qayerda ekanini unutganidan xavotirga tusha boshladi.
Pov Jungkook.
Kassaga borib hisobni to'lab qaytganimda biz o'tirgan stol yonida Hana yo'qligini ko'rdim. Atrofda unchalik ko'p odam yo'qligi sabab, uni restoran ichida ham, hattoki jin ursin ayollar hojatxonasidan ham topa olmagach battar xavotirga tushdim. Bu qiz qayoqqa ketib qoldi-a? Jin ursin! Biror marta aytganini qilsa osmon uzilib yerga tusharmidi? Uning ustki kiyimini olib restoran tashqariga chiqdim. Bu qiz hatto avtomobil turar joyida ham, mashinamiz oldida ham yo'q! — Hana! Qayerdasan? Hana!...
Jin ursin! Atiga 5 daqiqa! 5 daqiqaga yolg'iz qoldirgandim! Hana! Ufff..
Sohil bo'yidagi turli do'konlar tomon ketgan yo'l bo'ylab borayotganimda piyodalar o'tish yo'lida uzoqdan bir qizning soyasi ko'rindi. Hana! Albatta, yana kim ham yo'lning qoq o'rtasida hoch kabi qotib turardi. Yo'q! Mashina..Hana yo'ldan qoch!
Jungkook yugurib borib, Hanani yo'l chetiga tortayotgan payt, yiqilib tushib, qizni ustida mahkam uchib qoldi.
H: J-Jungkook? O'rinlardan turgach, qonatayotgan qo'liga qaramay qiz tuzuk i yo'qmi hamma joyiga qaradi.
Jk: Qayerda eding! Nega ketib qolding?! Atiga 5 daqiqa yolg'iz qoldirgandim Hana! Javob ber!
H: Menga baqirmang!
Jk: Savolimga javob ber! Nega ketding? Yo'lnjng o'rtasida nima qilib turibsan! Mashina urib ketgandan nima bo'lardi?
H: Men...shunchaki toza havodan nafas olgani tashqariga chiqqandim. Ortga qaytmoqchi edim.
Jk: Toza havo? Xx, tushunarli. To'satdan toza havodan nafas oling keldi va menga aytmasdan aqlsiz qo'y kabi to'g'ri boshing oqqan tomonga qarab ketaverding! Ketdik, uyga qaytamiz. Qizga e'tibor bermasdan ortiga o'girilib qo'lini musht qilgancha ketayotganida Hana ko'zlari yoshga to'lgancha qarab turardi: Shoshmang...

Jungkook ortiga qayrilib qaraganda qizning yig'lab turganini ko'rib yoniga bordi va yuzidan ushladi: Nima bo'ldi?
H: M-men...biroz ko'nglim ayniganidan uchun avval hojatxonani qidirgandim. K-keyin birdan muzqaymoq olish uchun tashqariga chiqqanida a-adashib qoldim. Barini u..unutib qo'ydim, Jungkook...Hammasi, restoranda o'tirganimiz ham, u yerga bo'lgan yo'lni ham u-unutib qo'ydim..
Qizning yig'lashini ko'rib, uni bag'riga bosdi: Meni Kechir... Boshqa yolg'iz qoldirmayman..senga ovozimni balandlatganim uchun Kechir, Hana.
Yur, uyga qaytamiz.

By Elli Grace