Alvon yuraklar 7-qism🩸
And the Devil whispered in her ear, "Trust me, I will love you like no-one else will. "
© Margie Watts
Sovuq va qorong'u xonada ko'zini ochgan Hana qo'l va oyoqlari stulga qattiq qilib bog'langanini sezdi. Xona qorong'uligi sabab atrofdagi kameralarning yonib turgan qizil chirog'idan bo'lak hech narsa ko'rinmas edi. Va nihoyat temir eshik ochilib, xonaga kirib kelayotgan qiz hamda uning ortida qora niqob va kepka kiygan yigitning soyasi ko'rindi. Kimligini ko'rishga qiziqqan Hana qarshisida turgan qizga tikilib turardi.
! : Vanihoyat o'zingga keldingmi?
H: Qorong'uda berkinmasdan oldinga chiq. Kimsan?
! : Kimman? Qiz bir qadam oldinga qadam tashladi va: To'yda sening o'rningda bo'lishi kerak bo'lgan qizman!
H: J-Jennie?
J: Ha. Men.
H: Nega meni bog'lab qo'yding? Hoziroq meni qo'yib yubor.
J: O, yo'q..Men hali tugamadim.
H: Nima?
J: Ha. Aslida Jungkookning yonida oq libosda men turishi kerak edi. Ammo sen! Sen uning boshini aylantirib olding..hatto, o'tmishda bo'lib o'tgan shuncha voqeadan so'ng ham.
H: Qanaqa voqea?
J: Sen Jungkook haqida hamma narsani bilmaydigan ko'rinasan...
H: N-Nimani bilishim kerak? Jennie unga tikilib qoldi va birdan hayolini yig'ib, o'ziga keldi: Unut. Nima bo'lganda ham, hozir mana shu qog'ozga qo'l qoyasan. Hana bog'langan stulga yaqin kelib, stol ustiga qog'ozni qo'ydi.
H: Nima bu?
J: Ishing bo'lmasin. Qo'lingni bo'shataman va sen shunchaki imzo qo'yasan xolos.
H: Nima ekanini bilmagunimcha imzoimni olishni orzu ham qilma.
J: Yaxshi. Shunchalik qiziqayotgan bo'lsang...mayli. Bu ajrim qog'ozi. Albatta sen qo'l qo'yganingdan so'ng, Jungkookka bir amallab qo'ydira olaman. Keyin bemalol seni o'rningda oq libosda bo'laman.
H: Bu faqat shirin tushlaringda bo'ladi. Izmoimni olishni hayolingga ham keltirma.
Jenniening jahli chiqib, Hanaga g'azab bilan qaradi va ko'zi uning qo'lidagi uzukka tushdi: U aslida mening qo'limda turishi kerak edi!
H: Nimani aytyapsan?
J: Uzuk.
Hana qo'lidagi uzukka qaradi: Afsuski endi mening qo'limda. Nima ham qilardik.
Jennie battar g'azab otiga minib, uni sochlari dam ushlab boshini ortga tortdi: Haddingdan oshma! Xohlasam, uzuk I tortib ololaman. Baribir qo'llaring bog'liq, hech narsa qilolmaysan, - shunday deya Hananing qo'lidan uzukni yechishga harakat qildi, lekin, Hana qo'lini qattiq musht qilgancha unga uzukni olishga yo'l qo'ymadi.
J: O'zingga yomonlik tilab olyaosan, Hana. Yaxshilikcha uzukni ber va shu qog'ozga imzo chek.
H: Hech qachon!
J: Shunaqami? Mayli. O'zingga o'zing tilab olding. Seni shu ahvolga solaman-ki, hatto shu qo'llaringda uzuk taqolmaydigan bo'lasan va titroq bosgancha ajrim qog'oziga qo'l qo'yasan. Jenni ortida turgan stoldan qaychini oldi va qizning sochlari oldiga olib keldi: Endi ham qo'l qo'ymaysanmi?
H: Shu bilan meni qo'rqadi deb o'ylayotgan bo'lsang adashasan.
J: Yaxshi. Unda mana shu uzun sochlaringni qanday kesishimni kuzat - Jennie uning uzun sochlarini yelkasi kabi uzunlikda kesib tashladi. Ha na jimgina lablarini tishlagancha yerga tushgan sochlariga qarab qoldi.
J: Xo'sh? Endi ham javobing yo'qmi?
H: Javobim hech qachon o'zgarmaydi. Mendan imzo olaman deb umid ham qilma. Jennie ortida turgan niqobli yigitga ishora va undan uzun, qalin qaychini oldi: Javobing o'zgarishlarsiz qoladimi yo'qmi buni endi bilamiz, azizam. Jennie Hananing stulga bog'langan va uzuk taqilgan qo'liga qamchi bilan urdi. To'satdan kelgan og'riq sabab qiz bechora ko'zini qattiq yumgancha uchib tushdi. Jennie qizning bir qo'llariga, bir tanasiga urishda davom etdi. Qiz og'riqdan o'zini zo'rg'a tiyib turish uchun lablarini tishlaganidan, undan oqayotgan qonga ham ahamiyat bermasdi. Tanasining qamchi tekkan har bir qismida qizg'ish va qonli izlar qoldi. Qo'llari kuchli zarb bilan tekkan zarbalar sabab qon bilan birga shishib ketgandi.
* * *
Hana o'g'irlab ketilganini sezgan Jungkook hamma yoqni ostini ustun qilgancha qo'riqchilarni birma-bir so'roqqa tutdi: Xotinim topilmaguncha hech kim bu yerni tark etmaydi! Bu yerni qabristonga aylantirmasimdan oldin hoziroq uni kim og'irlab ketganini toping!
Kameralarning tekshirayotganlar oldida qo'lini musht qilib turgan Taehyung kamerada notanish yigitni ko'rib hayratga tushdi. V: Jungkook!!! Bu yoqqa qara!
J: Nima bo'ldi? Topildimi?
V: Qara...bir notanish yigit..ammo yuzi kepka va niqob bilan berkitilgan.
J: Ablah! Hoziroq ularning mashinasi qayerda ekanini aniqlang..
V: Ular bizning kompaniyaning eski binosi yonidagi garaj oldida to'xtashgan. Hana ichkaridaligi aniq.
J: Manzilni yuborib qo'y. Men kettim.
V: Boraver. Men ham yigitlarni olib ortingdan boraman. Bu yerda qo'l qovushtirib o'tira olmayman.
Jungkook mashinasini iloji boricha tezlikda hayday boshladi. Jahldan rulni qattiq qisgancha Hanani qutqarish uchun tezroq yetib borishni xohlardi.
Pov Jungkook :
Eski bino oldidagi garaj qarshisida to'xtashim bilan mashinadan tushib, to'g'ri garaj tomon bordim. Albatta garajning to'rt tomoni ham qo'riqchilar bilan o'ralgan. Avval yon tomondan borib, chap tarafdagi ikkitasidan ovoz chiqarmasdan qutulganim va o'ngdan bittasini gumdon qilgunimcha to'rtinchisi qochib ketishga ulgurdi. Hozirgi paytda aqlim o'zimga bo'ysunmasdi..g'azabdan oldimdan chiqqan she'rni ham o'ldirishga tayyor edim. Garajning oldi tomonida ichkaridan qo'riqchilarning bosgan qadamini eshitib, orqa tomondan garajga olib boruvchi omborga kirdim. Chang bosgan qutilar orasidan sezdirmasdan garaj o'rtasidan kelayotgan ovoz tomon qaraganimda Jennie qo'lida qamchi bilan kulib turardi. Stulga bog'langan qizning yuzi ko'rinmasdi va qiziqib biroz yon tomondan yurib qarabman-ki...Hana...
Jenniening qo'lidan qamchini olib, niqob taqqan yigit Hananing yelkasiga endi qamchi urmoqchi bo'lganda qamchi to'satdan uning qarshisida paydo bo'lgan Jungkookning orqa yelkasiga tegdi. Holsizlikdan zo'rg'a ko'zlarini ochib turgan Hanaga qarab u bog'langan stulni qattiq qisdi.
J: Men yoningdaman, Hana. Xavotir olma. Seni bu yerdan olib ketaman. Jungkook bir daqiqada ortiga o'girilib, yigitning qo'lidan qamchini tortib oldi: Xotinimni o'g'irlab ketib savalashga senga kim ruxsat berdi?! Uni jarohatlagan shu qo'lingdan ayrildim deb hisoblayver! Jungkook yigitning butun tanasiga qamchi bilan urib, hatto kiyimlarini yirtilishigacha olib keldi. Butun tanasi qonga belanganiga qaramay uni xuddi o' ldirmoqchidek savaladi. Yigit yerga yiqilganda, uning o'ng qo'lini oyog'i bilan qattiq ezganida qars etgan ovozni eshitib yigit baqirib yubordi. Yigit o'lar holatga kelib, hatto o'rnidan turolmaydigan darajada holsiz yotardi. Yigitni hal qilib so'ng Jenniega navbat kelganda, qarashga ulgurmasidan, u mashinasi tomon yugurib qoldi. Ammo qarshisida Taehyung va boshqa yigitlar bilan o'ralgan Jennie noiloj taslim bo'ldi.
Jungkook hatto Jennieni ham savalab, oyoq da turolmaydigan holatga keltirganda, Hananing oldida tiz cho'ktirib uzr so'rashga majbur qildi.
Atrofida nima bo'layotganini tushunmagan Hana unga zo'rg'a qarab turardi. Jungkook darhol Hanani qo'llari va oyoqlarini stuldan bo'shatdi va turishga yordam berayotgan paytida Hana hushini yo'qotishi bilan uni tutib qoldi: Hana!...
By Elli Grace