Alvon yuraklar 6-qism.
I can't have you, but I want you
To know you made me feel brand-new
From the very first time we met
On feelings I could not subdue.
Hamma: N-Nima?
Th: Bu hazilmi? Taehyung cho'ntagida turgan qo'lini musht qilib, g'azabini zo'rg'a bosib Hanaga qarab turardi.
Jisoo : Sizlar...qachon bunchalik yaqin bo'lishga ulgurdingiz?
Suga : Nega to'satdan to'y haqida o'ylab qolding, Jungkook?
Jm: To'y ikkingizning roziligingiz bilan bo'lyaptimi?
Rose: Nega buncha tez?
Savollarga ko'milgan Jungkook jahlini bosish uchun Hananing belida turgan qo'li qattiq siqardi
Jk: Savollarni bas qiling. Ha. To'yga ikki tomon ham rozi, - deya yerga qarab pastki lablarini ishlab turgan Hanaga qarab kulib qo'ydi, — to'g'rimi Hana? Hanani belini qattiqroq ushlab o'ziga tomon biroz tortdi.
Taehyung buni ko'rib qo'lini qattiqroq musht qildi.
Jk: Qizlar, birortangiz ertaga, ko'ylak tanlagani biz bilan birga boring.
Su: Bo'ldi, men jonim bilan boraman.
* * *
Jisoo bilan savdo do'konida yarim soatdan so'ng ko'rishishlarini aytdi. Ishdan chiqib, endi ketishga tayyorlanib turganida qarshisida Taehyung paydo bo'ldi va raqs zali tomon ichkariga qadam bosib kirishni boshladi.
H: H..hali ketmadingizmi?
Th: Seni kutdim.
H: Nega?
Th: To'ying haqida gaplashmoqchiman.
H: Gaplashadigan hech narsa yo'q.
Th: Yo'q, bor. Unda ko'ngling yo'q to'g'rimi? Taehyung Hana tomon yurishdan to'xtamadi toki uni xonaning burchagiga siqib qo'ymaguncha.
Th: Javob ber, Hana. Unda ko'ngling yo'q shunaqami? Nega to'yga rozilik berding?
H: Bu mening shaxsiy hayotim. Nima qilishni yaxshi bilaman.
Th: Yo'q bilmayapsan Hana, bilmayapsan. Faqat to'g'risini ayt. Nega to'yga rozilik berding? U...senga nimadir qildimi?
Hana sumkasini qattiq qisgancha ko'zini polning u yeridan bu yerga olib qochardi.
H: U...
Th: U...?
Shu payt Hananing bilaklarini qattiq ushlab uni o'ziga tortgancha Taehyungning ortida Jungkook paydo bo'ldi.
Jk: Bo'lajak rafiqam bilan bu yerda nima ishing bor?
Th: Biz gaplashayotgandik.
Jk: Eshitdim. U to'yga o'z xohishi bilan rozi bo'ldi. Va men unga hech narsa qilmadim vaajbirlamadim. To'g'rimi Hana? Jungkook shu tariqa Hanaga yuzlandi va javob berishi uchun uning ushlab turgan qo'lini qattiqroq qisdi. Hana og'riqni sezgandan so'ng o'ziga kelib, labini tishladi va javob berdi.
H: Ha. Men to'yga o'z xohishim bilan rozi bo'ldim. [asl haqiqatni aytolmayman, Taehyung. Meni kechiring...Sizga bo'lgan sevgimni oshkor bo'lmasidan qalbimga ko'mdim.]
Jk: Javobimizdan qoniqqan bo'lsang, biz ketishimiz kerak. To'y libosini tanlashga borishimiz zarur. Jungkook Hananing qo'lini qo'yib yubormagan holda zalni tark etdi va o'z mashinasi tomon yura boshladi. Buni ko'rgan Hana qo'rquvdan ko'zlari kattalashib, to'satdan Jungkookdan qo'llarini oldi va to'xtadi.
H: Men...men o'zim boraman. Siz ketishingiz mumkin.
Jk: Nima? Nega? Baribir bir joyga boryapmiz. Mashinaga chiq.
H: Yo'q, men o'zim ketaman. Siz bemalol ketavering..Jungkook bundan biroz qoshini chimirdi va Hananing qo'lidan ushlab, unga mashinasining eshigini ochdi: Yo Xudoyim, maktabda faqat yo'q deyishni o'rganganmisan? Bundan buyog'iga lug'atingdan bu so'zni chiqarib tashla. Qani o'tir.
H: J.jungkook...men..men mashinada ketishni xohlamayman.
Jk: Odamlarni tishlaydigan odatim yo'q. Bemalol o'tirishing mumkin.
H: Yaxshisi...piyoda ketaman...
Jungkook bu gaplardan so'ng jahli chiqib, uni haydovchilar o'rindig'i tomon olib keldi va avval o'zi o'tirib, keyin tizzasiga Hanani o'tqazdi.
H: N..nima qilyapsiz, Jungkook! Hoziroq eshikni oching men siz bilan ketmayman!
Jk: Eshikni qulflab qo'ydim. Barcha harakatlaring befoyda. Jim ket.
Hananing nafas olishi tezlashib bir qo'li bilan yuragini ushladi.
H: juda ham tor j-joy..havo yo'q..iltimos ma-mashinani to'xtating. Uning o'zini tutishi o'zgarib qolganini ko'rgan Jungkook bir qo'li bilan rulni bir qo'li bilan uni urayotgan Hananing qo'llarini orqasiga qilib ushlab oldi
Jk: Hana, o'zingga kel. Mashinani haydashga bermayapsan.
H: To'xtating! Hoziroq to'xtating!
Jk: O'tkan kuni mashinada qilgan ishimni yana qilishimni xohlaysanmi?!
H: Y..yo'q...
Jk: Unda jim ket.
Hana nima qilishni bilmay, nafas olishi qiyinlashdi. Quloqlarini qo'llari bilan yopib, ko'zlarini qattaq yumib oldi. Jungkook uning qo'llarini bo'shatib, bir qo'lini uning qo'li bilan qattiq birlashtirdi: Hana, o'zini bos. Senga nima bo'lyapti?
H: Me..menda amaksofobiya bor..mashinalardan qo'rqaman..
Jk: Jin ursin . Qara, chuqur nafas olib chiqar. Xavotirlanma, men yoningdamn. Senga hech narsa bo'lmaydi. Faqat o'zingni bo'sh qo'y va to'polon qilmasdan chuqur nafas olib chiqar.
Hana Jungkook aytganimdek qildi va biroz qaltiroqlari ketib, tinchlandi.
* * *
To'y kuni. Hamma mehmonlar katta to'yxonada jam bo'lishgan. Jungkook ham tayyor bo'lib, qo'lida guldasta bilan altar yonida yigitlar bilan gaplashib turardi. Hana bo'lsa ma'yus holda qizlar uning kiyimini to'g'irlashlarini kutardi.
Hana tayyor bo'lgandan so'ng katta zal tomon yo'l oldi. Altar tomon yo'l ochildi. Jungkook tomon sekin yurib borar ekan, yo'lda Taehyungning nigoari bilan to'qnashdi va jimgina yurib boraverdi.
Altarga borganida Jungkook uni kutib oldi va nigohga rozilik berib, uzuk almashishdi.
Bu yog'ida nima bo'lishini bilasila: 🫦 Tasavvurilani ishga solila 😂
Pov Hana:
Uzuklarni ham taqdik. Bu janob olifta o'z to'yida azaga kiyingandek, qora kiyinib olgandi. Hech bo'lmaganda bugun, soxta bo'lsa ham biroz bag'rikenglik qilib oq kiyim kiysa yuragi xuruj qilarmidi, tovba. Hamma mehmonlar bilan ko'rishib, o'zimni kulishga qanchalik majbur qilmay, yolg'on kulgidan lablarim og'rib qoldi. Tashqarida bizni kelin va kuyovning to'y mashinasi kutardi. Yana mashinaga to'qnash kelganimda nafasimni rostlab olish uchun hojatxonaga kirdim. Yuzimni sovuq suvda yuvib kasallikka qarshi dorimni ichdim. Hojatxonadan chiqishim bilan yana ko'z oldim qorong'ulasha boshladi. Oldidagi narsalar bu tunlar xiralashib, boshim aylanganidan ortidan qandaydir qo'l kelib, og'zimniyopganini koay qoldim. Kasallik sabab nafas olishi qiyinlashib, hushini yo'qotayotganimda qora kepka kiygan yigit og'zimni qandaydir o'tkir hidli dastro'mol bilan yopganini ko'rdim..