Yagona maqsad — yagona jamoa!
Enter Steel KB (konstruktorlik byurosi) mutaxassislarining muhim vazifalaridan biri — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan turli masalalarni hal qilish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonaga chiqib, ishchilar bilan hamkorlik qilishdir. Bu vazifa ko‘pincha texnik masalalar bo‘yicha bosh konstruktor o‘rinbosari Hofiz Ortiqxo‘jayev zimmasiga tushadi.
«Yirik metallokonstruksiyalarni, ayniqsa, bosim ostida ishlovchi buyumlarni ishlab chiqarish nihoyatda murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir — bu jarayon texnik hujjatlar va chizmalar tayyorlashdan boshlab, tayyor mahsulotning zavod sexidan chiqishigacha davom etadi. Jarayon davomida tabiiyki, turli savollar va muammolar yuzaga keladi, ularni samarali hal etish esa ishlab chiquvchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni talab qiladi», — deya ta’kidladi Xofiz Ortiqxo‘jayev.
Shuni alohida qayd etish lozimki, Xofiz Tashtemirovich Enter Steel tizimida bir necha yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelmoqda. U ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlarini chuqur biladi va o‘z tajribasi bilan jamoaga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
«Men 2020-yildan Yangiyo‘ldagi Enter Steel’da ish boshlaganman, muhandis-konstruktor bo‘lib ishladim, kompaniyaning ilk mahsulotlarini yaratishda va asos solishda qatnashdim. Ular bugungi keng tanlov negizini tashkil qilgan. 2024-yil dekabr oyidan boshlab Chirchiqdagi konstruktorlik byurosiga o‘tdim, biroq yuqorida aytganimdek, korxona bilan aloqani uzganim yo‘q, ishlab chiqarish zaruriyatiga ko‘ra doimiy ravishda borib turaman», — deya qayd etdi Hofiz Toshtemirovich.
Qahramonimizning fikricha, konstruktorlik byurosi butun ishlab chiqarish zanjirining eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
«Bizda o‘z ishining ustasi bo‘lgan malakali mutaxassislar — hamfikrlar jamoasi yig‘ilgan. Ko‘pincha bir-birimizni yarim so‘zdan tushunamiz. Har bir hamkasb o‘z vazifasini aniq biladi va uni katta mas’uliyat bilan bajaradi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas ham», — deya alohida ta’kidladi Hofiz Ortiqxo‘jayev.
Chirchiq muxandislik byurosiga o‘tish Xofiz Tashtemirovich uchun nafaqat ish, balki shaxsiy hayoti nuqtai nazaridan ham qulay bo‘ldi — u Bo‘stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog‘ida yashaydi va endilikda ishga qatnash ancha osonlashdi.
«Albatta, bunday qulay ta'minot zanjiri vaqt jihatidan sezilarli tejash imkonini beradi, natijada oilamga ko‘proq e’tibor qaratishim mumkin. To‘rt farzandim bor — ikki qiz va ikki o‘g‘il. Turmush o‘rtog‘im tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Shunday ekan, uyda ham mas’uliyat va ish yetarli», — deya so‘zini yakunladi Xofiz Tashtemirovich.
Butun qalbimizdan qahramonimizga ishlarida katta zafarlar, hayot yo‘lida esa baxt va farovonlik tilaymiz!