O‘Z KASBIGA SODIQ
Haydovchi Ulug‘bek Salomov uchun Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilishi joriy yilda u ishtirok etayotgan uchinchi loyihadir. Aslida, bu ajablanarli emas. EMS kompaniyasining mutaxassislari bir joyda belgilangan vazifalarni bajarib, boshqa ob’ektda yangi topshiriqlarni olishlari odatiy hol.
Ulug‘bek akaning o‘zi ham bundan juda xursand, chunki u turli loyihalarda ishlashga, mamlakatning turli hududlarida bo‘lishga, yangi do‘stlar orttirishga muvaffaq bo‘lmoqda. Bundan tashqari, uning fikricha, bunday tezkor sur’atlar kasbiy mahoratni oshirishga, qo‘shimcha tajriba orttirishga va yangi sharoitlarga tezda moslashish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
— Garchi kompaniya haqida yaxshi gaplar haydovchilar orasida anchadan beri tarqalayotgan bo‘lsa-da, men EMS’ga yaqinda, shu yilning boshida keldim, — deydi Ulug‘bek Salomov. — Bu yerda meni hayratga solgan birinchi narsa ulkan avtopark, ko‘plab xilma-xil va zamonaviy qurilish texnikalarining mavjudligi bo‘ldi. Albatta, xodimlarning — endilikda esa mening hamkasblarimning yuqori professional darajaga ega ekani ham meni yaxshi ma’noda ajablantirdi.
Kompaniyaga ishga kirgunga qadar bir necha yil davomida poytaxtimizdagi ancha mashhur va yirik beton ishlab chiqarish korxonasida ishlaganman. Shuning uchun, menda solishtirish imkoni bor edi. Aytmoqchimanki, EMS’dagi kabi haydovchilarga bo‘lgan e’tibor hech qayerda yo‘q. Bu yangi kelgan xodimlarni tayyorlash, ko‘proq tajribaga ega xodimlarni qayta tayyorlash va boshqa ko‘p narsalarga tegishli. Tizimli yondashuv mavjudligi seziladi. Bu jihat men uchun hal qiluvchi rolni o‘ynadi va men katta g‘ayrat va ishtiyoq bilan ishga kirishdim.
Ulug‘bek Salomov kompaniyada ishlagan davrida Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtandagi AGTKS qurilishida ishtirok etgan bo‘lsa, mana hozirda Boysudagi elektr yukortgichni boshqarmoqda.
— Har bir kunim unumli o‘tishiga harakat qilaman”, — deya xulosa qildi qahramonimiz. — Barcha hamkasblarimga maksimal samaradorlik bilan ishlashlarini tilayman, bizning kuchimiz professionallik va kasbimizga fidoyilikda, deb hisoblayman!