November 17, 2023

TAJRIBALI AVTO ELEKTRIK

EMS Jomboy avto elektrigi Nodir Zoirovning hikoyasi otadan o‘g‘ilga bilim va kasb asoslarini o‘tishidagi otameroslikning yorqin ifodasidir.

Bir paytlar yosh Nodirga avto elektrik kasbining ilk asoslarini aynan Nuriddin Zoirov o‘rgatgan edi. U hali maktab o‘quvchisi bo‘lgan paytidayoq Buxoro shahridagi otasining avto ta’mirlash ustaxonasiga kelardi — avvaliga hammasi faqat otasining ishlarini kuzatib turish bilan chegaralangan, keyin sekin-asta otasi nazorati ostida oddiy ishlarni bajara boshladi, keyinchalik esa o‘zi ham turli xil nuqsonlarni tuzatishga muvaffaq bo‘la boshladi. Nodir Zoirov birlamchi bilimlarini kasb-hunar kollejida o‘qigan yillarida mustahkamladi.

— Ko‘p yillardan buyon o‘z mutaxassisligim bo‘yicha ishlab kelaman va katta amaliy tajriba to‘plashga muvaffaq bo‘ldim, — deydi Nodir Zoirov. — 2018-yilda Enter Engineering kompaniyasiga ishga keldim, birinchi loyiham «Navoiyazot» qurilishi bo‘ldi, keyin boshqalarida ham ishladim. Qayerda bo‘lmasin, o‘z mutaxassisligim bo‘yicha mehnat qildim, avtomobillarni elektr bilan ta’minlash tizimlariga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullandim. Ammo EMS kompaniyasi yaratilishi bilan men darhol u yerga o‘tdim. Menga kompaniya juda yoqadi, bu yerda hamma narsa transport vositalarini professional ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan. Bu yerda ishlash juda yoqimli.

Nodir Nuriddinovich o‘z ishining chinakam ustasi, avtoelektrikani ipidan ignasigacha yaxshi biladi. Har qanday texnikani — yengil avtomobillarni ham, yuk mashinalarini ham ta’mirlaydi.

— Muammolarni tashxislash va bartaraf etish uchun zarur asbob-uskunalarning to‘liq to‘plamiga egaman, — deydi Nodir aka. — Tabiiyki, avval buzilish sababini aniqlayman, keyin tuzatish bilan shug‘ullanaman. Simlarni yoki butun uzellarni o‘zgartirish zarur bo‘ladigan ayniqsa qiyin holatlar ham uchraydi, bunday hollarda men texnik «konsilium»ni tashkil qilish uchun avtoustaxonadagi hamkasblarimni, masalan, motorchilarni jalb qilaman. Muayyan holatda nima qilish kerakligini birgalikda hal qilamiz.

Ta’kidlash joizki, qahramonimiz tajribali mutaxassis sifatida yosh avtoelektriklarni yetishtirishda ishtirok etib, o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini bilan bo‘lishadi. Hozirda ular o‘z ustozlarini yaxshi so‘zlar bilan eslab, turli loyihalarda ishlashmoqda.

Lekin, Nodir Zoirov o‘z ishini qanchalik sevmasin, vaxtaning tugash payti kelib, uyiga, oilasi — suyukli rafiqasi va o‘g‘illarining oldiga yo‘l oladi. U o‘g‘illari bilan faxrlanadi va ertami-kechmi ulardan biri otasining izidan borishini orzu qiladi.

Biz esa qahramonimizga ishlarida muvaffaqiyat va a’lo kayfiyat tilab qolamiz!