2018-yil Dunyoda kuzatilgan anomal ob havoning insoniyat va zaminimizga ta'sir ko'rsatgan ayanchli hodisalar.

by Абдулахатов Эркин Икрамович
2018-yil Dunyoda kuzatilgan anomal ob havoning insoniyat va zaminimizga ta'sir ko'rsatgan ayanchli hodisalar.

2018-yil Yevropada iqlim anomaliyalari soni bo'yicha "ajabtovur" yil bo'ldi.

2018-yil may oyidan iyul oyigacha Skandinaviya yarim orolida Skandinaviya yarim oroli uchun kuzatuvlar tarixidagi eng quruq va issiq davr bo'ldi.

Bundan tashqari, shimoliy yarim sharning arktika mintaqasida misli ko'rilmagan yuqori haroratlar, Finlyandiya poytaxti Xelsinkida havo 25-kun davomida qattiq qizib, havo harorati kechalari ham +25°C dan pasaymagan kunlar qayd etildi.

Buyuk Britaniya va Irlandiyada kuzatuvlar tarixidagi ikkinchi eng issiq yil bo'ldi. Shvedsiyada iyul oyida quruq-issiq tufayli 25 ming gektar o'rmonlar yog'in iskanjasida qoldi.

Yunonistonda so'nggi o'n yillikdagi eng ko'p o'rmon yog'inlari uchragan davr bo'ldi. Sentyabr oyida O'rta Yer dengizi mamlakatlariga noodatiy dovul-bo'ronlar ta'sir ko'rsatdi.

Budapeshtda Dunay daryosining kuzatuvlar tarixida eng kam suv miqdori oqib o'tgani, Portugaliyada 21-asrning eng issiq kuni(+44°C) kuzatilganligi qayd etildi. Armaniston uchun esa iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issig'i bo'ldi. Yerevanda termometr ko'rsatgichlari +43,7°C issiqni ko'rsatdi.

Germaniyada aprel oyidan sentyabr oyiga qadar Germaniya uchun kuzatuvlar tarixidagi eng quruq va issiq davr bo'ldi. Frankfurtda 23-iyuldan 9-avgustga qadar ketma-ket 19 kun davomida kunning maksimal havo haroratlari +30°C issiqdan yuqorini ko'rsatib turaverdi.

Estoniya o'zining kuzatuvlar tarixidagi ikkinchi eng sovuq fevralini boshdan kechirdi, Fransiyaning janubiy iliq tumanlarini qishda kutulmaganda 15-30 sm balandlikdagi qor qoplami qopladi. O'rta Yer dengiziga tutash Monpelye va Nimes shaharlarida ham ajabtovur qalin qor qoplami shahar aholisini hayratga soldi. Italiya janubida, xususan, Neapolda rekord miqdorda qor yog'di.

May va iyun oylari Yevropa davlatlari uchun yog'ingarchilik hamda momaqaldiroqli ob havoni taqdim etdi.

Oktyabr oyi O'rta Yer dengizi havzasidagi past bosimning kuchli meteorologik tizimi dunyoning bu qismida bir nechta mamlakatlarga suv toshqinlari va bo'ron dovullarni olib keldi. Italiyaning shimoliy viloyatlari shimoliy-g'arbiy qismida, jumladan, Monte Simyone tog'li hududlarida kuchli dovullarning sekundiga 50 metr tezlikgacha esganligi qayd etildi. Oktyabr bo'roni oqibatida kamida 30 kishi nobud bo'lgan. Fransiyaning janubidagi Malyorka orolida xuddi shu kabi qurbonlar soni kamida 10 kishini tashkil etgan. Undan tashqari past bosimli siklon bu hududlarga shu darajada ko'p yog'ingarchilik olib keldiki, hatto, Italiyaning shimoli tog'liklarida bir sutkada 406 mm, Ligurium qirg'oqlarida esa 308 mmgacha yog'ingarchilik bo'lgan. 

Sentyabr oyining oxirida Ispaniya janubidagi Malaga, Mursiya hamda Almariyada kuchli yomg'ir yog'ishi natijasida kamida 8 kishi halok bo'lgan.

January 10, 2019
by Абдулахатов Эркин Икрамович