IELTS
July 30, 2020

Bizda YANGILIKLAR mavsumi!

Assalomu alaykum, azizlar!

Oldinroq va'da qilganimizdek TerSU IELTS Family dan ajoyib yangilikni kutib oling!

Hozirda hayotimizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalardan barchamizning xabarimiz bor. Bunday vaziyatlarda har qanday inson hayotida ma'lum miqdorda yetishmovchilik sodir bo'ladi. Lekin vaqt hech kimni kutib turmaydi: ilm olish uchun ayniqsa har daqiqa g'animatdir. Shularni hisobga olib, biz quyidagi yangiliklarni taklif etmoqchimiz:

1-yangiligimiz: CHEGIRMALI NARXLAR

Barchamizga ma'lumki, 2020-yilning 3-avgustidan TerSU IELTS Family qoshida Online IELTS kurslari yo'lga qo'yilmoqda (Ha, aytgancha, ushbu kurslarga ro'yhatdan o'tish 02.08.2020 yil 23:59 gacha maxsus botda bo'lib o'tadi. Batafsil bu yerda). Mazkur kurslarga oylik to'lovlar oldindan qilinishidan xabaringiz bor. Endilikda ro'yhatdan o'tib o'z darajasini aniqlagan nomzodlar o'zlari munosib bo'lgan kurslarga quyidagi chegirmali narxlarda to'lov qilishlari mumkin:

2-yangiligimiz: KREDIT TIZIMI

Bu nima degani?! Bu degani - agar sizda hozirda birinchi oylik to'lovni amalga oshirish uchun yetarli mablag' bo'lmasa, unda hech ham xavotir olmang. Endi Siz yangi Kredit Tizimidan foydalanishingiz mumkin. Bunda Siz dastlabki oylik darsni Oldingi narx bo'yicha (E'tibor bering: chegirmali narxga emas!) Kreditga olasiz va oy so'nggiga qadar qachon mablag' topganingizda to'lovni amalga oshirasiz. Aytaylik, Siz IELTS Foundation kursiga qabul qilindingiz va Kredit oldingiz. Unda Siz oyning so'nggiga qadar 140,000 so'm to'lov qilasiz, 84,000 emas.

Bu hali hammasi emas!

Yodingizda bo'lsa, Online IELTS kurslariga qabul qilingan barcha o'quvchilar avtomatik ravishda Bonusli dastur da ishtirok etadilar (Batafsil bu yerda). Bu yangi joriy etilayotgan qulayliklarimizning barchasi Siz - aziz til o'rganuvchilarning muvaffaqqiyatga erishishingiz uchun joriy etilmoqda.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, mazkur kurslar uchun qo'yilgan to'lovlarning asosiy maqsadi - o'quvchilarning darslarga daxldorligi va hisobdorligini ta'minlash hamda aytib o'tilgan 4 ta kurslarning sillabusini ishlab chiqayotgan o'qituvchining kelgusidagi loyihalarini rivojlantirishi uchun moddiy qo'llab-quvvatlashdir.

Online IELTS Kurslariga ro'yhatdan o'tish uchun - REGISTRATION

Termiz Davlat Universiteti IELTS Oilasi (TerSU IELTS) da bo'layotgan eng so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lish uchun - TerSU IELTS Rasmiy kanali

Qo'shimcha savol va murojaatlar uchun - Azizbek Esanov