IELTS
July 26, 2020

TerSU Online IELTS kurslariga qabul boshlandi!

Assalomu alaykum, azizlar!

Avvalambor, Sizlarni 2020-yilning mart oyida tashkil etilgan Termiz davlat universiteti IELTS Oilasi (TerSU IELTS Family) ga a'zo bo`lganligingiz bilan chin dildan tabriklaymiz. Ushbu kanal mazkur IELTS oilasining rasmiy kanali bolib, unda TerSU IELTS Familyda bo'layotgan yangiliklar, e'lonlar, turli tanlovlar haqida ma'lumotlar va, eng muhimi, Sizning IELTS borasidagi bilimlaringizni yanada mustahkamlash uchun barcha kerakli kitoblar va manbalar berib boriladi.

Qanday yangilik o'zi?!

Karantin davrida ingliz tiliga qiziquvchi, shuningdek, IELTS xalqaro imtihonlari uchun tayyorgarlik ko'rishni rejalashtirgan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida TerSU IELTS Family qoshida yangi Online IELTS til kurslari tashkil etilmoqda! Ushbu Online IELTS kurslari 2020-yilning 3-avgust sanasidan o'z faoliyatini boshlashi ko'zda tutilgan bo`lib, ularga qabul jarayoni maxsus bot orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari kurslarga yozilmoqchi bo'lgan nomzodlar oldindan tayyorlab qo'yilgan Sinov testlari (Placement test — 50 ta testdan iborat) orqali o`z bilim darajalarini aniqlaydilar va shu natijaga qarab ular kerakli guruhlarga joylashtiriladi. Bunda 4 xil kategoriyadagi guruhlar mavjud bo'lib, ular:

  1. General English. Ingliz tilini endi boshlayotganlar uchun. Kurs davomiyligi 4-6 oy. A2 darajadagi bilim talab etiladi. Sinov testlari (Placement test) orqali saralanadi.
  2. IELTS Foundation. Ielts kursini endi boshlayotganlar yoki qaytadan puxta o'rganmoqchi bo'lganlar uchun. Kurs davomiyligi 4-6 oy. B1 darajadagi bilim talab etiladi. Sinov testlari (Placement test) orqali saralanadi.
  3. IELTS Express. Ielts bo'yicha yetarli bilimga ega bo'lgan va qisqa muddatlarda ma'lum natijaga erishmoqchi bo'lganlar uchun. Kurs davomiyligi 2-3 oy. B2 darajadagi bilim talab etiladi. Sinov testlari (Placement test) orqali saralanadi.
  4. IELTS Speaking. Muloqot ko'nikmasini shakllantirmoqchi bo'lganlar uchun. Kurs davomiyligi 4-6 oy. B1 darajasidagi bilim talab etiladi. Sinov testlari (Placement test) dan so'ng Og'zaki imtihon olinadi.

Yuqoridagi til ko'nikmalari talablarini bajarish uchun Sinov testlari (Placement test) da quyidagi natijalar qayd etilishi kerak:

  1. 0 – 23 points — General English.
  2. 24 – 39 points — IELTS Foundation.
  3. 40 – 50 points — IELTS Express.
  4. 24 – 39 points + Oral Test — IELTS Speaking.

Nega bu Onlayn IELTS kurslarida qatnashishim kerak?

Siz bu Onlayn IELTS kurslarida qatnashish orqali quyidagi afzalliklarga ega bo`lasiz:

  • Affordability. Kurslar hamyonbop narxlarda taklif etiladi. Qo'shimchasiga Bonusli dasturni ham qo'lga kiritshingiz mumkin. Batafsil pastdagi Savol-javoblar qismida.
  • Accessibility. Darslar Telegram messenjerida maxsus guruhlarda olib boriladi. Barcha tushuntirishlar iloji boricha text messages va voicemail orqali amalga oshiriladi.
  • Convenience. Ma'lum sabablarga ko`ra dars payti qatnasha olmasangiz ham, o'tilgan mavzuni ertasi kuni o'zingizga qulay paytda, qulay joyda o`zlashtirishingiz mumkin.
  • Reliability. O`quv kurslarida foydalaniladigan adabiyotlar, tarqatmalar, materiallar eng ishonchli manbalar asosida shakllantirilgan. Aynan qayslari deysizmi, unda pastdagi Savol-javoblar qismiga qarang.
  • Accountability. O`qituvchi darslarni sifatli va tushunarli o'tish uchun talabalar oldida hisobdor bo'lganidek, talabalar ham har bir darsni qoldirmasdan o'zlashtirishda o'qituvchining oldida hisobdor sanaladilar. Bu orqali ham motivatsiya, ham mas'uliyat shakllanadi.
  • Comprehension. Asosiy til konikmalari judayam yengil va sodda tilda tushunarli qilib shakllantirgan. Mazza qilib o‘rganasizlar.
  • Sense of Competition. Har bir talabaning BOnusli dasturda ishtirok eta olishi. Batafsil pastdagi Savol-javoblar qismida.
  • Entertainment. Til o'rganish faqat qandaydir qoida va so'zlar ro'yhatini yod olish bilan cheklanadi, desangiz xato qilasiz! Shuning uchun har bir darsda, darslar oralig'ida turli video va audiomateriallar bilan til o'rganish jarayonini tashkil etamiz.
  • va yana ko`plab yangiliklar Sizni kutmoqda!

Savol-javoblar:

Shu o'rinda ko'pchilikda ba'zi savollar paydo bo'lishi mumkin. Keling shularning ayrimlariga javob berib ko'ramiz:

1. Savol: Assalomu aleykum, Aziz aka yaxshimisz? Men ham shu kursda qatnashishni xohlayman. Qanday tartibda davom etadi darslarimiz?
Javob: Vaalaykum assalom. O‘qishni judayam yengil va tushunarli qilib shakllantiryapman. Mazza qilib o‘rganasizlar. Darslar davomida hamma kerakli tarqatmalar, video va audio materiallarni berib boraman. Faqat aytilgan vazifalarni bajarsalariz, nasib bo‘lsa tez orada IELTS dan yuqori ko‘rsatkichlar olasiz. Menga eng keraklisi shu - Sizlarning muvaffaqiyatingiz!

2. Savol: Assalomu alaykum. Men online kursga qatnashmoqchiman, lekin 2,5 soat online bölolmayman internet ozroq muammo bizda, vazifalarni bajarib internet topganimda tawlasam ham böladimi? Unaqa kechikib tawlamayman faqat dars bölayotgan vaqtda qatnasholmayman.
Javob: Vaalaykum assalom. Ha albatta. Chunki bu o‘z nomi bilan onlayn ta'lim. Sizga qulay vaqtda, qulay joyda bemalol o‘rganishiz mumkin. Lekin iloji boricha aynan darsning o‘zida aktiv bo‘lsangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Faqat Sizdan talab etiladigani - berilgan vazifalarni keyingi darsgacha o‘zlashtirib menga yuborishingiz kerak bo‘ladi. Chunki keyingi dars boshlanganda, oldingi darslar o‘chiriladi. Har bir o‘quvchining ishlarini individual nazorat qilib boraman. Kerakli tuzatishlar va tavsiyalar berib boraman.

3. Savol: Assalomu alaykum Aziz aka yaxshimisiz? Darslarni boshlab juda yaxshi qildingiz. Dars vaqti va kunlarini guruh bilan kelishamizmi? Ertalab, 5:30larda boshlasakchi 2 ta skill bo‘yicha keyin kechki payt 21:00 da qolgan 2 ta skill bn shug'ullansak. Shunga nima deysiz?
Javob: Vaalaykum assalom. Xabaringiz bor, darslar haftada uch marta 2-2,5 soat davomida olib boriladi. Bu payt ichida barcha 4 ta skill bo`yicha eng muhim bilimlar berib boriladi. Ha albatta zo‘r taklif berdingiz. Buni guruh shakllanganda, guruhdoshlariz bilan kelishamiz

4. Savol: Assalomu alaykum. IELTS kurslarida qatnashmoqchi edim. Bu kursda qaysi kitoblardan foydalaniladi?
Javob: Vaalaykum assalom. Ushbu kursimiz asosan eng yetuk IELTS ekspertlari Pauline Cullen va Simon Corcoran tavsiyalari asosida olib boriladi. Bundan tashqari kerakli materiallar Cambridge University Press, Oxford University Press, National Geografic, Macmillan kabi nashriyotlarda chop etilgan adabiyotlar asosida shakllantirilgan. Har bir darsda kerakli materiallar berib boriladi.

5. Savol: Assalomu alaykum. Juda yaxshi ish boshlabsiz. Lekin bir savolim bor edi. Faqat onlayn tarzda o'qish ham zarar, shunga qanday yechimlar bor Sizda?
Javob: Vaalaykum assalom. Juda tog'ri aytdingiz. Bu borada eng yaxshi yechim bu o'zingizga qulay bo'lgan paytda, ya'ni yetarlicha dam olgan paytda darslarni o'zlashtirishdir. Bunda darslardan oldin juda ko'p televizor, kompyuter yoki telefon qarshisida o'tirgan bo'lish mumkin emas. Iloji bo`lsa materiallarni Printerdan chiqarib o'qigan ma'qul. Barcha adabiyotlarning doc va pdf varianti taqdim etiladi.

6. Savol: Assalomu alaykum. Online IELTS kurslarining narxlari qanday bo'lyapti?
Javob: Vaalaykum assalom. Hamma kutgan savol bo'ldi ))). Demak, Barcha barcha kurslar 140,000 so'mdan qilib belgilangan. Va to'lov oldindan amalga oshiriladi. Lekin bu degani Siz faqat shu summani to'lab o'qiysiz degani emas — Siz hattoki bepul ham o`qishingiz mumkin! Chunki ushbu kurslarning har bir a'zosi Bonusli dasturda ishtirok etadilar!

7. Savol: Assalomu alaykum. Uzr, Bonusli dasturning nima ekanligini tushuntirib bera olasizmi?
Javob: Vaalaykum assalom. Ha, albatta. Bonusli dastur - bu, Sizning bir oy davomida har bir darsda to'plab borgan balingiz va oy oxirida olinadigan MOCK Examda qo'lga kirtadigan balingizning yig'indisidir. Agar Siz 19 ball va undan ko'p to'plasangiz, unda keyingi oy uchun 100%lik chegirmaga ega bo'lasiz. Tushunishingiz uchun, bir oyda 12 dars va bitta MOCK Exam bo'ladi. Agar Siz har bir darsda 4 ta skill (Listening, Reading, Speaking, Wiriting) bo'yicha berilgan vazifalarni to'liq bajarsangiz, maksimall 1 ball to'play olasiz (Listening - 0,25; Reading - 0,25; Speaking - 0,25; Writing - 0,25). Jami 12 darsda 12 ball. Oy so'nggida olinadigan MOCK Examda esa maksimal 9 ball olishingiz mumkin. 100% lik chegirmaga ega bo'lish uchun barcha darslarni o'zlashtirishingiz va MOCK Exam da kamida 7 ball olishingiz kerak bo`ladi. Bundan tashqari 18-18,99 ball egalariga 50%lik chegirma va 17-17,99 ball egalariga 25% lik chegirma mavjud. Menga qolsa hammangiz 100%lik chegirmada o'qishlaringizni istayman.

8. Savol: Assalomu alaykum. Bu tizimda ko'chirmachilik va boshqa nohalol yo'llarga qarshi qanday choralar ko'rasiz? O'zi umuman bunaqa illatga qarshi biror "antivirus"ingiz bormi?
Javob: Vaalaykum assalom. SAvolingiz uchun rahmat. Birinchi navbatda, shuni aytmoqchimanki, bilim olish bu hazilakam ish emas. Unga qandaydir qing'ir yo'llar bilan emas, balki qattiq mehnat evaziga erishiladi. Bu har bir kishining vijdoniga havola. Ikkinchidan, holatlar uchun oldindan choralar ko'rilgan. Maxsus antiplagiat dasturlari va internet resurslari shu maqsadda ishlatiladi. Shunday holatlar aniqlansa, to'plangan bal
0 ga tenglashtiriladi va ogohlantiish beriladi. Ikkinchi marta takrorlansa darslardan chetlashtiriladi. Umid qilamanki, bunday holatlar bo'lmaydi. Bizning asosiy maqsadimiz - Sizlarning muvaffaqiyatga erishishlaringizda yaqindan yordam berishdir.

9. Savol: Assalomu alaykum. Qarang agar uzurli sababga ko'ra bir necha kun qatnasha olmasak nima bo'ladi? Qayta o'zlashtirishimizga imkon beriladimi?
Javob: Vaalaykum assalom. Ha, albatta. Faqat oldindan ogohlantirib qo'yish zarur. Bunday holatlar bir oyda uch martagacha mumkin, ya'ni bir haftagach uzurli bo`lishingiz mumkin. O'tilgan darslardagi vazifalar keyingi darslargacha qabul qilinadi, yani Sizda ikki kun vaqt bo'ladi. Agar shu vaqt ichida vazifalarni bajarishga ulgursangiz, ogohlantirib qo'yishingizga hojat qolmaydi.

...

Qanday ro'yhatdan o'tsam bo'ladi?

Ushbu Online IELTS kurslari 2020-yilning 3-avgust sanasidan o'z faoliyatini boshlashi ko'zda tutilgan bo`lib, ularga qabul jarayoni maxsus bot orqali amalga oshiriladi. Ushbu botga siz quyidagi ko`k yozuvli REGISTRATION so'zining ustiga osgan holda o'tishingiz mumkin. Bundan tashqari IELTS kurslariga yozilmoqchi bo'lgan nomzodlar ushbu botda oldindan tayyorlab qo'yilgan Sinov testlari (Placement test — 50 ta testdan iborat) orqali o`z bilim darajalarini aniqlaydilar va shu natijaga qarab ular kerakli guruhlarga joylashtiriladi.

REGISTRATION

Agarda yana qo'shimcha savollaringiz bo`lsa, quyidagi Comment Area da o'z savollaringizni qoldirishingiz mumkin.

Termiz Davlat Universiteti IELTS Oilasi - TermezState University IELTS Family

TerSU_IELTS

Boshqa loyihalarimiz:

Termiz davlat universitetining iqtidorli talabalari uchun tashkil etilgan "Bo‘lajak stipendiatlar" klubining rasmiy kanali.

TerDU_Stipendiatlari

Muallif: Azizbek Esanov