"Raqamli iqtisodiyotni ko'raman..."
301-guruh talabasi Nosirova Feruza
Kalit so'zlar: iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, maktab, karantin, smartfon, kompyuter, ta'lim tizimi, iqtisodiyot sohasi, sog'liqni saqlash, kundalik hayot, onlayn do'kon, pul to'lash.
Kirish. Iqtisodiyot paydo bo'lgandan beri hozirga qadar turli o'zgarish, yangiliklar bilan rivojlanib kelmoqda. Iqtisodiyot paydo bo'lgandan beri hozirga qadar rivojlanganini matematik tarzda tasavvur qilsak, xuddi 2 ning kattalashib borayotgan darajalari ketma-ketligiga o'xshaydi. Ya'ni eng avval paydo bo'lgan iqtisodiyot asrlar davomida rivojlanib borgan bo'lsa, yil o'tgan sayin rivojlanish bosqichlari orasidagi yillar yaqinlashib bordi. Ham har rivojlanganida bir qancha yangiliklar qo'shilib borgan. Hozirgi davrdagi iqtisodiyotni boz raqamli iqtisodiyot deb ataymiz. Uni har sohayu, har qadamimizda uchratishimiz mumkin.