Love or hate
Tikanni aybini deb gul badal to'lashi adolatdan emas..
Dengiz bo'yida oppoq libosda sochlarini yoyib oyoq yalang qirg'oq bo'yida sayr qilib yurgan ayol chetda uzoq uzoqlarga tikilib bir nimalarni o'ylab turgan oʻgʻlini oldiga chaqirdi
Avvaliga ayolga uzoq tikilib soʻng uni oldiga chopqillab kelgan bola beixtiyor yig'lab yubordi
–Oyijon
Jungkookni ko'zidan chiqqan yoshlar yuzlarini yuvar ekan onasini mahkam quchib sochlarini chuqur hidladi
–Sizni sog'indim
–Men ham
–Umuman tushlarimga kirmay qo'ygandiz
–Meni kechir
Ayol bolani yuzlaridagi yoshlarini artdi
Yigitcha darrov rozi bo'lib ayolga ergashdi
–Ancha ulg'ayibsan bo'ylaring o'sib xuddi otangni o'zi bo'libsan
Otasi haqida eshitgan yigit darrov onasini to'xtatdi
–Otam siz bn kelmadilarmi
–U ham shu yerda
–Qanilar
Ayol qoshini ko'tarib yo'l bo'yida ko'zoynak taqib ularga qarab turgan erkakka ishora qildi
Jungkook otasiga qarab qoʻllarini ko'tardi
Erkak ko'zoynagini olib ular tomon kela boshladi
Jungkook: O'zlari bilan nima olvolganlar
Ayol oʻgʻlini gapidan soʻng erkakka qaradi
Erkak yaqinlashishi bn Jungkook yugurgancha otasini bagʻriga o'zini otdi
–Jungkook qo'llarimda atirgul bor shoshma oʻgʻlim
Erkak ogohlantirishiga qaramay Jungkook uni gapiga quloq solmay otasini quchar ekan atirgullardagi tikanlardan biri Jungkookni qo'liga kirib ketdi
Ayol oʻgʻlini oldiga yugurib keldi erkak ham gullarni tashlab oʻgʻlini jarohatini tekshira boshladi
Erkak cho'ntagidan qo'lro'molchasini olib Jungkookni qo'lini bog'ladi
–Axir senga extiyot bo'l deb aytdim ku
Otasi qo'lini bo'glab bo'lganidan soʻng Jungkook pastda yoyilib ketgan gullarni tera boshladi
Erkak va ayol kulib uni kuzatishar ekan Jungkook ularni yig'ib hammasini dengizga uloqtirdi
–Jungkook oʻgʻlim bu nima qilganing
Jungkookdan buni kutmagan ayol oʻgʻlini oldiga yugurib kelib uni qo'llaridan ushlab o'ziga tortdi
–Jungkook bularni onangga olib kelgandim oʻgʻlim
Erkak ham mayda qadamlar bn ularni oldiga keldi
Jungkook: Aynan shuning un onamni qoʻllariga ham kirib ketmasin deb uloqtirdim ularni
Ayol engashib oyoqlariga tayandida oʻgʻlini o'ziga yaqinroq tortdi
–O'g'lim bitta tikanni deb qancha gulni uvol qilding axir
–O'sha tikan menga zarar berdi
–Qolgan gullarni aybi nima edi
Suhbatga Jungkookni otasi aralashdi
–Tikkani aybini deb gul badal to'lashi adolatdan emas (Jungkookni onasi)
–Ammo tikan gul bn birga o'sadida demak gulni ham aybi bor
–Ba'zi bir narsalarni biz hal qila olmaymiz masalan gulni tikan bn birga o'sishini erkak ham egilgancha oʻgʻliga javob berdi
Jungkook gullarni otib yuborgan tarafga qarar ekan gullar allaqachon uzoqlarga suzib ketib boʻlgan edi
–Ularni yig'ib kelaman (Jungkook)
Endigina yugurib suvga kiraman degan bolani ota-onasi ushlab qolishdi
– Ularga endi yordam bera olmaysan
–Chunki ular uzoq uzoqlarga suzib ketib bo'lishdi
–Oyi meni kechiring sizga o'zim boshqa gullar terib beraman
Ayol jilmayib oʻgʻlini yuzlarini chimchilab oldi
–Undan oldin menga boshqa birovlarni aybini deb begunohlarni jazolamayman deb va'da ber
–Va'da beraman birovlarni aybini deb begunohlarni jazolamayman
–O'g'lim menga ham bir va'da berasanmi (Jungkookni otasi)
–Endi bu yogʻiga onang ikkalamizni havotirga solmasdan o'tmishni unutib hammasiga qo'l siltagancha baxtli yashayman deb
–O'g'lim sendan juda ham ko'p xavotir olyapman
Ayol Jungkookni qo'llaridan ushlab ularni o'pdi
–Xuddi ularga o'xshab boryapsan
–Kel otang va meni hurmatizmiz barisiga qo'l siltab yangidan hayot boshlayman deb va'da ber
–O'tmishdagi hamma narsani biz unutdik endi sen ham unut Jungkook
Rafiqasini yelkasidan quchgan erkak uni gapiga qo'shimcha qildi
Birdan ko'zlarini ochgan Jungkook chuqur chuqur nafas olib o'rnidan sapchib turdi
Atrofga qarar ekan ularni topa olmadi
Qo'lini yuzi bo'ylab olib borgan yigit ko'zlarini ishqalab chuqur nafas olar ekan birdan ko'zi yonida yotgan qizga tushdi
Tikkani aybini deb gul badal to'lashi adolatdan emas
Birdan onasini gaplari Jungkookni qulog'i ostida yangrab ketdi
Nisaga uzoq tikilib turar ekan soʻngra ko'zi uni sochlariga tushdi
Qizni sochlari yoyilgancha Jungkookni yostig'i ustida turardi
Jungkook: Naxotki.. nima bu uni sochlarimidi
Allaqachon uyg'onganiga qaramay ko'zlarini rafiqasidan uzmay turgan yigit beixtiyor uni sochlariga qo'l cho'zdi
Taehyung: Boshqachasan.. qaysar.. o'jar.. qo'pol.. qo'rs.. va mehribon
Oxirgi so'zidan soʻng yigitni o'zi ham kulib qo'ydi
Orasida sanoqli santimetr masofa bor ekan qizdan ko'z uzmay turgan yigit sekin masofani yo'qotgancha qizni lablaridan o'pdi
Lablarida namlikni sezgan qiz ko'zlarini ochar ekan qarshisidagi odamni o'zidan itardi
Taehyung: Nima haqqim yo'qmi kecha Sugaga qarshilik qilmayotgan eding
Taehyung: Demak men ham mast ahvolda bo'sa olsam qarshilik qilmaysan shundaymi
Bora: Bu gapni qayerda oldingingiz unga qarshilik qilgandim
Taehyung: Ha qanday qarshilik qilganingni ko'rdim lablaring bn
Bora: Nima ertalabdan mastmisiz
Taehyung: Yo'q kayfim tarqaldi
Taehyung o'rnidan turib vannaga kirib ketar ekan qiz chuqur va betartib nafas ola boshladi
Bora: Yuragim qinidan chiqib ketay dedi
Qo'lini chap tomoniga olib kelgan qiz sekin asta urib qo'ydi
Bora: Shoshmachi u meni rashk qildimi
Taehyung: Aysh ahmoq esingni yeb qo'ydingmi
Oyna oldiga kelgan yigit yuziga kafti bn urib oynadagi aksiga gapira boshladi
Taehyung: O'zingni bos Taehyung qancha qizlar oldida bo'lgansan nega doim uni oldida esankirab qolasan a
Chuqur chuqur nafas olayotgan yigit sekin chap tomonini yengil urib qo'ydi
Yuziga quyosh nurlari tushib turar ekan Nisa g'inshib sekin ko'zlarini ochdi
Qovog'ini (qorindan past boʻlgan soha) ushlab yostiqdan zo'rg'a bosh ko'tardi
Ko'zlaridan bir ikki tomchi yosh dumalagan qiz arang o'rnidan turib sekin asta vannaga kirib ketdi
Chidab bo'lmas ogʻriqqa tishini tishiga qo'yib arang chidagan qiz yuvinib dushdan chiqdi
Yotoqda Jungkook yo'qligini ko'rib xona bo'ylab uni izladi
Nisa: Soat nechi boʻldi u erta turibdimi
Sohil bo'yiga kelgan yigit uzoq uzoqlarga tikilib hayol sura boshladi
Jungkook pov: Hammasi haqiqiydek edi ular chindan men bilan birga suhbatlashishdi biz xuddi avvalgidek birga edik xuddi avvalgidek ular mendan xavotir olishdi.. men chindan.. hammasiga ko'z yumishib kerakmi ularni qilgan ishlarini unitishim kerakmi bu qasosdan vos kechishim kerakmi
Vannadan bitta sochiqda chiqqan yigitni ko'zlari toʻgʻrisida kiyinayotgan qizni tanasidagi chandiqlariga tushdi
Taehyungni chiqqanini payqamagan Bora tungi xalatini bamaylixotir yechar ekan birdan tanasiga tekkan qo'llar tufayli oldinga bir ikki qadam tashlab xalatni tezda qaytib kiydi
Taehyung: Bu chandiqlar haqida bilmoqchiman ular tanangda qanday paydo bo'lgan
Bora nima deyishni bilmadi Taehyungga o'gay onasi va opasi haqida gapirishni istamay sukut saqlab turdi
Taehyung savoliga javob kutar ekan Boradan sado chiqmagach uni oldiga mayda qadamlar bn yaqinlashdi
Bora: Xiyonatim sabab jazolashgandi
Taehyung qizni bu gaplaridan soʻng kula boshladi
Taehyung: Mayli o'shanda o'zimcha xulosa qilgandim
Keyin esa jiddiy qiyofa yasab gapini davom ettirdi
Endi esa haqiqatni bilmoqchiman
Doktorlar nazorati ostida boʻlgan qizcha hamon shirin tushlar og'ushida uxlar ekan oldiga kirgan hamshira uni tibbiy varaqasini ko'rib bugun operatsiyasi borligini bildi
Hamshira: Nega hali ham ota-onasi kelmabdi
U xalatidan qizchani dorilarini olib tokchani ustiga qo'ydida uni yaqinlariga qoʻngʻiroq qilish un palatadan chiqib ketdi
Endi qoʻliga telefonini olgan hamshirani oldidan o'tib ketgan qiz o'sha palataga kirganini ko'rib uni yaqini keldi deb o'ylab telefonini yana choʻntagiga soldi-da qizni orqasidan kirib ketdi
Qizchani kuzatib turgan notanish ayol hamshira tomon oʻgirildi
–Nima menmi a yoq men shunchaki unga donorlik qiladigan qizman
Hamshira tibbiy varaqani ko'zdan kechirib uni ism familyasini o'qidi
Anchadan buyon o'ziga kerakli narsani olmoqchi bo'lib yurgan Yujin bugun erta uyg'onib odatdagidan qaraganda o'zgacha uslubda kiyinib uydan chiqib ketdi
Qizini izlab topa olmagan Khan xonim esa axiri unga qoʻngʻiroq qilishga ahd qildi
–Erta tongdan qayerga ketdi ekan
Yujin: Omma men Borani oldiga ketyapman
Khan xonim qizini ishtiyoqini ko'rib juda quvonib ketdi
–Ha oyi unga hamma narsani qo'sh-qo'llab berib qoymayman u bilan uchrashganimdan soʻng siz bn bogʻlanaman
Khan xonim: Yaxshi faqat yaxshilab rol oʻyna uni o'zgarganingga ishontir
Haerin boshini ko'tara olmay inqillab yotar ekan birdan telefoni jiringlab qoldi
Haerin telefonini olib tezda ovozini o'chirib ekranga qaradi
Jungkook: Haerin sen bn gaplashib olishimiz kk
Jungkook: Ha u yerdan passport va boshqa kerakli zarur boʻlgan narsalaringni olib oldimga kel senga manzilni tashlayman
Jungkook: Ketganingni hech kim bilmasin iloji boʻlsa Minhoga duch kelmaslikka harakat qil
Xa deb jiringlayotgan telefonni uzoq izlagan yigit axiri uni yotoqni allaqaysi burchagidan topib javob berdi
Bugun Yerini operatsiyasi borligidan xabaringiz bormi
Qizni ismini eshitishi bn o'rnidan sapchib turgan Suga soatga qaradi
Ha ha yodimda men haligi hoziroq yetib boraman
Uning operatsiyasi 2 soatdan soʻng boshlanadi hozir u bn donorlik qiladigan bemor o'tiribdi
Tushundim men ham yarim soatdan soʻng o'sha yerda bo'laman
Suga aloqani uzishi bn vannaga kirib ketdi oyna oldiga kelar ekan labi va qoshi yirtilganini ko'rib biroz hayron boldi
Suga: Bular qayerdan paydo bo'ldi
Taehyung: Men seni hali ham kutyapman Bora xonim
Bora: Bu Yujin va Khan xonimni ishi agar ularga qarshilik qilsam yoki chizgan chiziqlaridan chiqsam meni shunday jazolashar edi
Bora shularni aytar ekan ko'zlaridan bir ikki tomchi yosh oqa boshladi
Taehyung esa nima deyishni ham bilmay sekin uni oldiga keldi
Taehyung: Buni nega menga oldinroq aytmagan eding
Qizni kelib quchgan yigit sekin uni sochlarini oldinga tashladi
Taehyung: Ularni ko'rmoqchiman
Barmoqlarini qizni tanasi bo'ylab yurgazgan yigit sekin xalatni iplariga chang soldi
Bora: Taehyung meni qiynamang iltimos bunday qilmang
Yigitni qo'llaridan tutgan Bora unga qarshilik qildi
Taehyung: Senga va'da beraman ont ichim aytamanki senga qilganlarini ularga 10 barobar qilib qaytaraman
Bora endi ogʻiz juftlagandi ham Taehyungni telefoni jiringlab qoldi
Ekrandagi yozuvni ko'rgan Taehyung Borani bag'ridan chiqarib unga bir daqiqa deb ruxsat so'ragancha xonadan chiqib ketdi
Jungkook: Taehyung bilasanmi men hammasini to'xtatmoqchiman
Jungkook: Hammasiga nuqta qo'ymoqchiman
Taehyung: Tushunmadim ya'ni sen
Jungkook: Ya'ni men aytmoqchimanki Nisani davolat men chet elga ketyapman uni otasiga bera ko'rma Haerin bn ham gaplashib unga uy olib beraman undan ham xabar olib tur va eng asosiysi Danyie bn aloqalarni ham uz Boraga xiyonat qilma sen unga merosni qo'lga olish un uylangan eding bu soxta nigohda men haqiqiy sevgini ko'rdim
Taehyung: Jungkook men seni umuman tushunmayapman..
Sen bu qasos un boringni tikkan eding
Jungkook: Nisa bolasidan ayrildi
Jungkook: Men o'z bolamni nobud qildim Taehyung hammasini shu yerda to'xtatmasam men ham xuddi Minhoga aylanib qolaman
Taehyung: Sen sen hozir qayerdasan
Jungkook: Sohil bo'yidaman Haerinni chaqirdim undan ham uzurimni so'rab song chet elga ketaman
Taehyung: Seni oldingga boraman
Jungkook: Kelma Nisa un doktor top bu ish bugundan qolmasin ha yana unga ruhshunos ham top agar o'zing topib berib ket desang
Taehyung: Shoshma Jungkook yaxshi uni davolataman yana ruhshunos ham topaman undan oldin kel uchrashib gaplashib olaylik
Jungkook: Aytgan ishlarimni qil go'shakni qo'yyapman
Taehyung: Jungkook hoy Jungkook
Tezda tayyorlanib Taehyungni orqasidan chiqqan Bora uni pastga tushib ketdimikan deb zinalardan tusha boshladi
Oshxonadan har xil ovozlarni eshitgan qiz soatiga qaradi
Bora: Soat 7 bo'libdi Min xonim hali ham nevarasini oldiga ketmabdimi
Bora oshxonaga kirar ekan dori ichayotgan Sugaga ko'zi tushdi
Bora: Demak xotininggizga o'xshayman
Orqasidan kelgan ovozdan cho'chib ketgan Suga u tomonga oʻgirildi
Bora: Kayfingiz ancha tarqagan ko'rinadi
Suga: Biroz boshim ogʻriyapti kecha nima bolganini eslay olmayapman nega labim qoshib yirtilgan hech biri esimda yo'q
Nahotki eslay olmayotgan boʻlsangiz
Borani orqasidan kelgan Taehyung suxbatga aralashdi
Suga: Ichgan paytim hech narsani eslay olmayman aniqroq gapir
Taehyung: Kecha siz bn mushtlashdim aniqrog'i mendan kaltak yedingiz
Suga: Ichganimdan foydalanib meni urdingmi
Taehyung: Sizchi mastliginggiz sabab Boradan bo'sa oldingiz
Suga bu gapni eshitib endi ichmoqchi bo'lib turgan suvini tupurib tashladi
Suga Boraga qarab rostanmi dedi
Bora: Xotininggizga juda o'xshar ekanim
Suga: Uncha o'xshamaysan faqat qarashlaring menga uni eslatadi
Biroz jim turgan Suga chuqur xo'rsindi
Mayli nima bolganda ham bu ishim un uzr so'rayman
Min xonim: Nima un uzr so'rayaps
Suga: Hech narsa men Yerini oldiga ketyapman oyi
Suga Bora va Taehyungga bilinar bilinmas ta'zim qilib oshxonadan chiqib ketdi uni orqasidan taʼzim qilib qolgan Bora va Taehyung Min xonimga yuzlandi
Taehyung: Yerini ahvoli qanday
Bora: Min xonim bugun operatsiyasi boʻladi degandingiz siz ham ularni oldiga boring
Min xonim: Ammo uyda mehmonlar
Taehyung: Ulardan xavotir olmang Borani o'zi ularni kuzatadi
Min xonim: Ammo Bora xonim homilador bolsa
Bora: Taehyung bor ku nega xavotir olasiz bu uni ham farzandi menga o'zi qaraydi
Taehyung Boraga qaradida soʻng tasdiq ishorasi bn Min xonimga ha deb bosh chayqadi
Min xonim: Yaxshi unda men ketdim
Min xonim oshxonadan chiqib ketishi bn Bora Taehyungga yuzlandi
Bora: Men Nisadan xabar olaman siz esa nonushta tayyorlang
Orqasidan baqirib qolgan Taehyungga e'tibor bermagan Bora unga hatto qiyo ham boqmay yo'lida davom etdi
Bora endi eshikni taqillataman deb qo'l cho'zgandi ham uni qo'llari havoda muallaq qolib ketdi
Nisa eshikni ochib xonadan chiqdi
Bora: Ablah ekan Xudoni balosi odam degani ham shunchalar jirkanch bo'ladimi
Bora Nisani yotoq ustiga o'tqazib unga ogʻriq qoldiruvchi berdi
Nisa Boraga javob bermay dorilarni oldida ichib sekin yonida o'tirgan dugonasiga suyandi
Nisa: Bora ortiq chiday olmayman nahotki bu dunyoga faqat azoblanish un kelgan boʻlsam na otam na Jungkook menga rahm qilishmadi qancha kulish un sabab topmay ular doim yigʻlashim un harakat qilishdan to'xtashmadi kun kelib hayotimga kimdir kirib kelib otam bergan azoblarni unutdiradi deb orzu qilardim lekin aksincha u otam bergan azoblar o'zi beradigan azoblar oldida hech narsa emasligini ko'rsatdi..
Shifoxonaga yetib kelgan Suga qizi yotgan qavatga ko'tarilar ekan lift tugamachasini bosishi bn bir qiz kelib uni toʻxtatdi
Qo'lida turli xil mevalar chipslar va sharbatlar olvolgan qiz yigitga qarab lift tugmachasini bosib yuborishini aytdi
Suga indamay lift tugmasini bosish un cho'zilar ekan qizni nozik yelkasiga tegib ketib uni bir ikkita narsasini tushurib yubordi
Suga pastdagi hamma narsani yig'ib qizga uzatdi
Lift kerakli qavatga to'xtashi bn ikkovi ham chiqish un bir birini urdi
Aysh meni qavatim bolmasa nega oʻzimni chiqish un urardim
Suga pov: Tili namuncha uzun bo'lmasa a o'zi bir qarich tili esa zahar
Marhamat Suga qizga yo'l berdi
Qiz ham ensa qotirgancha yigitni oldida o'tib ketdi
Qiz ammalab o'ziga kerakli palata oldiga yetib keldi
Endi eshikni ochmoqchi boʻlganida esa liftdagi o'sha yigit yana uni qarshisida paydo boldi
Siz bu yerda nima qilyapsiz ortimdan kuzatib yuribsizmi nima balo
Yigit gapini yakunlamasi ularni ortidan kelgan qizcha erkakni chaqirdi
Suga qizini oldiga kelib uni quchoqlab yuzlaridan o'pishni boshladi
Yeri: Ha tanishing Selena opa bu meni dadam dada bular esa menga donorlik qiladigan qiz
Yeri otasini bagʻridan tushib ularni bir biriga tanishtirdi
Suga: Shunaqami tanishganimdan xursandman men uni otasi Suga
Selena: Men ham tanishganimdan xursandman Selena
Suga qizga qo'l cho'zar ekan Selenani qo'llari band bo'lgani un javob qaytara olmadi
Yeri: Selena opa bular nima men axir faqat chips so'ragan edim ku
Selena: Ha azizam mana chipslar bor mevalarni o'zimga oldim kn sharbatlar ham oldim chips bilan birga ichasan deb
Jungkook aytgan manzilga kelgan Haerin unga qoʻngʻiroq qildi
Jungkook telefonini o'chirib Haerinni oldiga keldi
Haerin: Nima boldi hammasi joyidami
Jungkook o'rindiqlardan birini ko'rsatib qizni o'tirishiga imladi
Haerin u yerga o'tirar ekan Jungkookni ogʻzini poylay boshladi
Jungkook: Haerin bu ish tugadi
Jungkook: Endi u bilan birga yashashga majbur emassan senga uy olib beraman o'sha yerda turasan yana har oy pul jo'natib ham turaman
Haerin: Shoshma shoshma sen nima deyapsan
Jungkook: Men chet elga ketyapman
Hamma dasturxon atrofida jimgina ovqatlanar ekan bu sukunatni Boraga boʻlgan qoʻngʻiroq buzdi
Kotib Lee: Bora xonim bilasizmi kompaniyaga Yujin xonim keldi
Yujinni ismini eshitgan hamma unga e'tiborini qaratdi
Bora: Yaxshi birozdan kn u bilan o'zim bog'lanaman
Bora: Aaa Yujin kompaniyaga boribdi
Bora: Men bn gaplashmoqchi bo'lsa kk
Janob Kim: Unga ayt o'zi shu yerga kelsin o'zing borib yurma
Bora kulib hop degancha ta'zim qilib qo'ydi
Oraga yana sukunat cho'mgan ekan Janob Kim Taehyungga yuzlandi
Jungkook nega nonushtaga qolmasi ketib qoldi
Taehyung: A haligi uni muhim ishlari chiqib qolibdi
Janob Kim lablarini burib yana ovqatlanishda davom etdi
Taehyung: O'zingiz qachon ketasiz bugun ishlaringiz yo'qmi
Janob Kim: Haydovchimga aytdim bugun narsalarimni olib keladi endi shu yerda yashayman
Bu gapni eshitgan Bora va Taehyung tiqilib qolishdi
Taehyung: Shu yerda yashaysiz (urg'u berib gapirdi)
Janob Kim: Ha xuddi shunday hammamiz bir oiladek birga yashaymiz seni bolangni qo'limga olmagunimga qadar hech qayerga ketmayman
Bora: Ya'ni siz bola tug'ilmaguniga qadar shu yerda qolasizmi
Haerin: Sen nimalar deyapsan Jungkook gapirayotgan gaplaringni quloqlaring eshityaptimi
Jungkook: Haerin iltimos meni eshit
Haerin: Yo'q sen meni eshit bu ishni oxirigacham tugatmasimiz hech qayerga ketmaysan sen menga bu ish tugatgach birga yangi hayot boshlaymiz degan eding
Haerin: Men bilmayman sen qasosingni undan olishing kk biz deyarli yarim yo'ldamiz Jungkook deyarli tugatdik hammasi biz o'ylaganimizdek ketyapti Minho hamon talvasada qizini olish un yangi reja tuzayotgan edi haligi unga bir komissar agar eri uni joniga qasd qilishga uringanini aniqlab dalillar bn paletsiyaga borsak qizingizni qutqarishimiz mumkin deyayotgandi
Jungkook: Haerin o'zingni bos meni eshit biz tugatdik bu o'yinni hammasini tugatdik men vos kechdim hammasidan vos kechdim eshityapsanmi
Haerin: Yoq jin ursin Jungkook menga vaʼda berganding axir
Jungkook: Kechir ammo men chindan to'xtatmoqchiman 1 soatdan kn samalyotim uchadi meni shu yerda kutib tur senga pul va uyni kalitini olib kelaman
Jungkook o'rnidan turib mashinasi tomonga ketdi
Bora: Xudoni balosi toʻgʻri qilibdi ketsin qaytib kelmasin sira daf bo'lib ketsin
Taehyung: Nisa u seni davolatishimni aytdi
Bora: Nisaga nima qilibdi nega davolatasiz
Taehyung va Nisa boshini ham qilarkan Bora bunga tushunmagandek qarab ikkalasini ham gapirishlarini kutar ekan na Taehyungdan va na Nisadan sado chiqdi
Bora: Xudo haqqi bir nima desanggizchi
Nisa: Bora men anchadan beri qora dori isteʼmol qilib kelaman..
Ulkan zalda yangi hokimni tabriklash un yig'ilgan koʻpgina tadbir a'zolari xususan boy qatlam egalari bir biriga xushomad urgancha yutuqlari haqida maqtanishayotgandi
Tadbirga hozirgina kelgan Taehyung negadir telefoniga koʻp qarab juda bezovtalanayotgan edi
Taehyung: Olsangchi shu telefoningni Jungkook ol
Haerin: Jungkookka qilyapsanmi
Taehyung: Yo Xudo Haerin qayerdan paydo bo'lding
Haerin: Jungkook bilan birga keldik u tashqarida hozir kiradi xohlasang sen ham oldiga bor
Taehyung Haerindan Jungkook haqida eshitgach 1 yildan beri chet elda yurgan do'stini ko'rish ishtiyoqida yugurgancha tashqariga chiqib ketdi
Haerin atrofni kutar ekan ko'zi birdan Minhoga tushdi
–Janob Yun demak bugun tabriklashga chiqar ekansizda
–Hokimni o'zi Janob Minhoni qilgan mehnatlari un minnatdorchilik bildirishga chaqirdi
Minho: Qo'ysangizchi qanaqa minnatdorchilik
–Hozirgina hokim bn suhbat qurganinggizni eshitdim ku rad etmasanggizchi
Haerin pov: Demak davraga chiqar ekansanda ayni muddao bugun shu ishni hal qilaman unda
Danie: Jin ursin hammangni jin ursin
Qo'lidagi qadahni odamlariga qarab otgan qiz vino idishini ham olib devorga uloqtirdi
Danie: Menga manzilini top hoziroq menga manzilini topib kellaring
Nisa: Bora menga qara chindan u ko'nmayotgan bolsa hoziroq oldingga boraman
Bora: Yo'q yo'q kerak emas Nisa o'zim hal qilaman Min xonim bor oldimda xavotir olma
Nisa go'shakni qo'yib telefonini sumkasiga solar ekan birdan notanish odamga urilib ketdi
Nisa egilib telefonini olar ekan unga urilib ketgan odam uni chetlab o'tib ketdi
Qiz telefonini olib tekshirar ekan orqasidan kelgan yigit qizni sumkasini oq marmar ustidan oldi
Qani keling yordamlashib yuboraman
Yigit engashib qizga qo'llarini cho'zdi
O'zini tartibga keltirgan qiz sekin joyidan turdi
Jungkook ortiga o'girilib Taehyungni ko'rib yuziga tabbasum oldi
Taehyung: Yaramas nega qoʻngʻiroqlarimga javob bermading
Taehyung: Shoshma haligi Nisa ham shu yerda
Jungkook: Uni allaqachon ko'rdim
Pov: Nisaga urilib ketib telefonini olib berish un egilmoqchi boʻlganida Jungkook qizni ko'rib u yerdan ketib qolgan edi
Jungkook pov: Meni ko'rib qo'rqib ketmasin dedim
Taehyung: Baribir hozir ko'radi ku
Jungkook: Iloji bolsa yoniga yaqin yo'lamaslikka harakat qilaman
Bora: Ji Won azizam nega buncha bezovta bo'lyapsan a
Min xonim: Bora balki kasha un do'kondan qurutilgan sut olib kelarmiz
Bora: Mayli mayli Min xonim ayting tezroq olib kelib berishsin
Ji Won azizam bo'ldi endi tin olsangchi
Onasi qancha harakat qilmasin qizcha sira tinchimayotgan edi
Min xonim pastga tushib uyda yagona qolgan qo'riqchini qurutilgan sutga yubordi da qaytib Borani oldiga kirdi
Min xonim: Qani azizam ber menga o'zim uni ovutaman
Qani Jiwoni kel o'zimga malikam
Onasini sochlarini mahkam ushlab olgan qizcha sira qo'yib yubormay Min xonimga ko'nmadi
Bora: Qaysar mayli Min xonim indamang
Min xonim: Hozir Minhyokni sutga yubordim olib kelishi bn tayyorlab beraman darrov tinchiydi
Jungkook: Manashu video men aytganimdan kn qo'yasiz tushundingizmi
Jungkook yangi loyiha prayiktini video ko'rinishida taqdim etishga qaror qilgandi video fleshkani o'sha yerdagi xodimlardan biriga berib o'zi odam kam joyga borib joylashdi
Haerin atrofdan Jungkookni izlab uni bir chetda o'tirganini ko'rib oldiga bordi
Jungkook: Koʻp qolish niyatim yoq birozdan kn yangi loyihamni videosini qo'yishadi kn esa ketaman
Haerin pov: Ayni muddao bu menga qo'l keladi
Haerin ayollar hojatxonasiga borishini bahona qilib Jungkookni oldidan kameralar bor xonaga yo'l oldi
Danie: Xo'sh uyda kim bor ekan
–Hech kim faqat uning xotini bolasi va bir xizmatchi ayol
–Uyni hech kim qo'riqlamayapti
Danie mashinadan tushar ekan qurolini ham olishni unutmadi
Minhyokdan xabar olish un pastga tushgan Min xonim Danyie va bir qancha odamlarni ko'rib qo'rqib ketdi
Danyie: Uni ko'zimdan yo'qoting
Ayolni bir deganda ushlagan qo'riqchilardan biri uni og'zini berkitdi yana biri esa cho'ntagidan allaqanday matoni chiqarib unga allaqanday idishdagi suyuqlikni to'kib ayolni ogʻziga tutdi
Soniya o'tmay Min xonim xushidan ketdi
Danie esa yuqoridan chaqaloq ovozi eshitilayotgan xona tomon yura boshladi
Bora: Jiwon qizim bas qilsangchi endi Min xonim Minhyok kelibdimi Min xonim
Bolani belanchakka qo'ygan Bora orqasiga o'girilib endi Min xonimni chaqirmoqchi bolib turganida Danie unga qurol o'qtadi
Kameralar xonasiga kirib kelgan Haerinni ko'rgan xodimlar unga savol nazari bn boqishdi
Jeon Jungkook qaysi biringizga fleshka bergandi
Hamma xodim jim turar ekan monitor oldida o'tirgan bola men deb javob berdi
Haerin: Haligi fleshkalar almashib ketibdi Janob Jeon sizga boshqasini berib yuboribdi
Yigitcha o'rnidan turib fleshkani Haeringa berdi Haerin ham unga boshqa fleshkani tutqazdi
Haerin: Menga raqamingizni bersangiz men Janob Jeonni kotibasiman sizga videoni qachon qoyishni aytaman
–Ana endi davraga 22 yildan ziyod gineral lavozimida ishlagan Yun Minhoni taklif etamiz
Hamma qarsak chalib turar ekan Nisa otasini chetdan turib kuzata boshladi
***
Haerin: Anavi qiz u biz bn birga ishlaydi aytganimdan soʻng barcha chiroqlarini o'chirib yagona chiroqni unga qaratasiz
Danie: Men haqimda Taehyung senga hech narsa demaganmidi
Danie: Jin ursin lanati nega buncha yig'layveradi
Bora ha deb yig'layotgan qizini tinchlantirish un u tomon bir qadam tashlar ekan Danie uni to'xtatdi
Danie: Yana bir qadam tashlasak peshonasidan darcha ochaman
Danie qurolni belanchak ichidagi chaqaloqqa o'qtadi
Minho nutqini yakunlar ekan Haerin birdan sahnaga chiqib keldi
Haerin: Hammaga hayrli kun men janob Yun Minhoni aniqroq qilib aytadigan bolsam turmush o'rtog'imni gapiga biroz qo'shimcha qilmoqchi edim
Minho: Seni oson qo'yib yuborganim un raxmating shumi hoziroq bu yerdan daf bo'l
Minho Haeringa pichirlab gapirar ekan Haerin unga tabassum qilib qo'llaridan tutdi va gapira boshladi
Haerin: Bilasizmi tahminan 7 8 yil oldin bir bolakay haqidagi mish-mish butun Koreyaga tarqalgan edi..
Atrofdagilar bir biriga qarab pichirlay boshladi Haerin esa gapini davom ettirdi
Onasini zo'rlagan bolakay haqida gapiryapman
Birdan Jungkook o'rnidan turib ketti
Jungkook pov: U nima qilmoqchi
***
Qurutilgan sut bn qaytgan yigit uy oldida bir ikkita begona mashinalarni ko'rib tezda mashinadan uchib tushdi qo'liga to'pponchasini olib uni o'qladi-da uyga yugurib kirdi
Yigit uyga kirar ekan 2 ta to'pponchali yigitlar unga qurolini o'qtashishi bn Minhyok ularga o'q uzdi
Ko'zi endi polda yotgan Min xonimni koʻrgan yigit ayolni oldiga kelib yuzidan bir ikki marta urdi
Ko'zini arang ochgan ayolni birinchi aytgan gapi Taehyungga xabar ber bo'ldi
Janobga qoʻngʻiroq qilib ayt unga ayt
Atrofdagi odamlarni ovoz toni keskin ko'tarildi
–Haerin xonim lekin hozir bu mavzuni nega ochyapsiz
Haerin: Haya aslida umuman boshqa narsa demoqchi edim erim to'g'risida
Minho: Haerin ogʻzingni yumib meni orqamdan ergash
Minhoga kulib qaragan Haerin koʻzini qisib qo'ydi
Haerin: Va ayni damda u shu yerda
Haerin sal avval chiroqlar to'g'risida gaplashgan xodimga qaradi va u chiroqlarni o'chirib asosiy chiroqni yoqib Nisaga qaratdi
Haerin: Tadam bu bizni Minhoni qizi
Nisa tomonga qaragan odamlar o'zara suhbatni boshlashdi
_Axir uni farzandi yo'q edi ku
–Balki nigohsiz tug'ilganligi un yashirgandir
Atrofdagi gap so'zlar tufayli Nisani nafas olishi keskin sekinlashdi
Asosiy chiroq unga qaratilgan hammani e'tibori unda ekan Nisani peshonasidan ter oqib tez tez nafas ola boshladi
Nisa: Yo'q yo'q menga unday qaramanglar men nigohsiz tug'ilmaganman
Nisani birdan ko'z oldi xiralashib qulog'i ostida Nigohsiz tug'ilganmikan degan ovozlar yangrar ekan kimdir kelib uni qo'llaridan tutib chetga torta boshladi
Haerin: Va nutqimni boshida aytgan gaplarim onasini zo'rlagan bola bu janob Yun Minhoni kuyovi yani uni qizini eri bo'ladi
Bu gapni eshitgan Nisa toshdek qotib qoldi
Jungkook ortiga o'girilar ekan Nisa unga hayrat bilan boqib turgandi
Nisa tezda Jungkookni qo'llaridan o'zinikini tortib oldi
Haerin: Ha yana Janob Minhoni qizi haqida
Jungkook Haerin ismini aytib baqirar ekan uni ovozi butun zal bo'ylab yangradi
Haerin: Uni qizi qora dori isteʼmol qiladi va u yana nima desam ekan yaxshisi buni o'zingiz ko'ring
Haerinni oxirgi gaplaridan soʻng Nisa butunlay muzlab qoldi
Ammo Janob Jungkook men aytmagunimga qadar qo'ymaylar degan edilar
Nisa sekin Haerin tomon qarar ekan ulkan zaldagi ekranda Nisani egnidagi kiyimlarini yechgancha emaglab Jungkookni oldiga borayotgan videosi qo'yildi
Ekrandagi videoni ko'rgan Jungkook hech narsaga tushunmay qoldi
Jungkook: O'chir o'chirib tashla O'CHIR
Nisa ekranga qarab turar ekan birdan yerga quladi
Qo'riqchisi qoʻngʻiroq qilishi bn uyga 10 daqiqaga yetib qolgan yigit ichkariga otilib kirdi
Minhyok: U Bora va Ji Wonni oldida
Taehyung yuqoriga yugurib chiqar ekan yigit unga yana gapirdi
Taehyung quroli bor degan gapni eshitib to'xtab qoldi
Chuqur chuqur nafas olgancha yurib keldida o'sha xonaga kirdi
Danie: Vah buni qara oldimga kelishing un nimalar qilmagandim a sen esa shunchaki o'rtamizda bolganlarini unut deb sira menga qaytmading agar bilganimda bu yerga allaqachon kelib manavi manjalaqini va anavi belanchakdagi itvachchani allaqachon otib o'ldirgan bolardim
Taehyung: Nima qilsang ham menga qil xotinim va bolamdan esa uzoqroq tur
Danie: Xotinim UNDAN MENI NIMAM KAM
Taehyung: Kel Danie xotirjam gaplashib olamiz
Danie: Ularni tashlab senga qaytaman de
Danie: Demak sevasan.. bola borligi uchunmi.. agar bola bo'lmasa sevmaysan
Danie: Unda bolani yo'q qilamiz
Qiz to'pponchani belanchak tomonga qaratib uni o'qlar ekan Taehyung uni bu keskin ishidan soʻng oldiga yugurdi Bora esa belanchakni to'sar ekan butun xona va xatto butun uy bo'ylab o'q ovozi yangradi..
Sizlar bn Bora bo'ldi 2-faslda ko'rishguncha xayr
Kanal: @Bangtan_ff_shop