68-Qashqadaryo viloyati saylov okrugidan
68-Qashqadaryo viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Xamrayeva Sayyora Nasimovna 1976-yilda, Qarshi shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Deputatlikga nomzod Sayyora Nasimovna 2002-yil sentabr oyidan boshlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Iqtisodiyot” kafedrasida assistent, 2008 yilda “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasining katta o‘qituvchisi, 2013 yilda “Iqtisodiyot” kafedrasining dotsenti va 2020 yildan “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi professori va mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Xamrayeva S.N. 2009 yilda nomzodlik dissertatsiyasi, 2020 yilda doktorlik dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya Komissiyasining qaroriga asosan 08.00.16-“Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonini olgan.
S.N.Xamrayeva pedagogik faoliyat bilan birga jamoatchilik va ilmiy-tadqiqot ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzurida 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va 08.00.12-Mintaqaviy iqtisodiyot ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi sifatida iqtisodiyot tarmoqlariga ilmiy darajali kadrlarni yetkazib berishda salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
Bevosita uning ilmiy rahbarligida 2 nafar tadqiqotchi ilmiy darajaga ega bo‘ldi, shuningdek hozirgi kunda 3 nafar shogirdlari himoya arafasida turibdi.
Deputatlikga nomzod S.N.Xamrayeva har yili o‘tkaziladigan “Zulfiyaxonim qizlari” respublika ko‘rik tanlovining shahar bosqichida hayat a’zosi sifatida qatnashib, “Fan” yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli qizlarni aniqlashda amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, institut “Olima ayollar” Kengashining raisi sifatida institut xotin-qizlarning ilmiy ishlariga, “Iqtisodiyot” fakulteti qoshida tashkil etilgan “Iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish va barqaror rivojlantirish istiqbollari” ilmiy-tadqiqot markazi rahbari sifatida fakultetda ilmiy ish olib borayotgan yosh professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilarga amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Qashqadaryo viloyati xokimining 2022 yil 2 fevraldagi 72-4-0-Q/22-son Qaroriga asosan Qashqadaryo viloyati xokimligi huzurida tashkil etilgan “Ilmiy texnik Kengash” a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Sayyora Xamrayeva aholi farovonligini hamda ijtimoiy tenglikni ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- har bir insonning birlamchi hayotiy ehtiyojlariga yetadigan eng kam iste’mol xarajatlarini qonun darajasida belgilash maqsadida “Eng kam iste’mol xarajatlarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish.
- boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar sonini 20 nafardan oshirmaslik va katta sinflarda esa 24 nafargacha cheklash orqali samarali ta’lim berishga qaratilgan tizim yaratamiz. Bu bolalarning ta’lim sifatini oshirishga va o‘qituvchilarning e’tiborini har bir o‘quvchiga yo‘naltirishga yordam beradi;
- oliy ta’lim uchun kontrakt-to‘lov miqdorini davlat tomonidan qat’iy belgilash va ularni uch yildan kam bo‘lmagan muddatda qaytadan ko‘rib chiqishni taqiqlash;
- aholining qaysi hududda yashashidan qat’i nazar davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmat olishi, sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirish orqali sohada shaffoflikni ta’minlash;
- aholiga iste’mol krediti foizlari tadbirkorlik uchun taklif etilayotgan biznes krediti foizlaridan yuqori bo‘lishi mumkin emasligini belgilab qo‘yishni;
- parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlarda hamda davlat fuqarolik xizmatida “nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kvota” joriy etish;
- homilador va qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalari bor ayollarga masofaviy ishlash imkoniyatlarini kengaytirish;
- mahalliy investorlarni qo‘llab quvvatlash, xorijiy sarmoyadorlar bilan teng imtiyozlar berish;
- o‘zini o‘zi band qilganlar va mehnat migrantlari uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shu jumladan, o‘zini o‘zi band qilgan sifatida shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish, tashkillashtirilgan va tartibli migratsiyani amalga oshirishga urg‘u berish.