Psixologiya
June 7, 2020

10 ta muhim foreks maslahatlari

1. Agar pul topishingiz shart bo'sa foreksda savdo qilmang.

Foreksda hissiyotlarning o'rni juda katta. Agar kimningdir pul topishi shart bo'lsa uning pul topishni shunchaki yoqtiradigan lekin pul topishi shart emas bo'lganlarga qaraganda hissiyotlari ko'proq bo'ladi. Agar qarzlaringizni to'lashingiz yoki xarajatlaringizni qoplashingiz kerak bo'lsa foreksda yutqazishingiz aniq. Chunki hissiyotlaringiz sizga eng kuchli va ishonchli signal bo'lganidagina bozorga kirib qolgan paytlarda chekada kuzatib turishingizga yo'l qo'ymaydi. Foreksni to'g'ri va to'liq o'rganib bo'lganingizdan keyin to'liq stavkali foreks treyderi bo'lib foreksdan kelayotgan daromadingiz hisobiga yashashingiz mumkin bo'ladi. Boshida esa barcha xarajatlaringizni qoplaydigan boshqa bir daromad manbaiga ega bo'lishingiz kerak. Aks holda foreksda hech qanday yaxshi natijalarga erisha olmaysiz.

2. Boshqa treyderlar bilan raqobatlashmang.

Har bir treyderning o'z savdo usuli, strategiyasi bo'lib ularning pip va pulli natijalari bir birlarinikidan tubdan farq qiladi. Qaysidir treyder 2% dan ortiq bo'lmagan kapitalini risk qilgan holda oyiga 5-10% daromad bilan ko'ngli hotirjam bo'lsa yana boshqa bir treyder bo'lsa misol uchun 20% kapitalini riskka qo'yib har oyda hisobini ikkiga ko'paytirishni yoqtirishi mumkin. Yangi treyderlar o'zlarining manashunday savdo stayllarini topib olishlari uchun biroz vaqt va tajriba talab qilinadi. Anashundan keyin u boshqa treyderlarning qancha daromad qilayotganliklariga etiborini qaratmasligi kerak. Foreksda savdo qilishni huddi ingichka arqon ustida yurishga qiyoslash mumkin. Agar o'zingizning meyyoringizdan tezroq yurishga harakat qilishni boshlasangiz muvozanatni yo'qotib pastga qulaysiz.

3. Faqat signallar bo'yichagina savdo qiling!

Birqancha muvaffaqqiyatli savdolar qilib kapitalingizni ko'tarib olganingizdan keyin sal ko'proq risk qilishga o'tish va unchalik kuchli bo'lmagan signallar bo'yicha ham bozorga kirish haqida o'ylay boshlashingiz mumkin. Unda yaxshi savdolaringiz orqali topganlaringizning barini yo'qotasiz. Avvalgi savdolaringiz qanday bo'lishidan qatiy nazar ularning barini unutshingiz kerak. Faqat ko'z oldingizda shakillanayotgan signallargagina butun etiboringizni jamlashingiz kerak. Bir qancha o'tgan savdolarda muvaffaqqiyatli bo'lganingiz uchun bitimning o'lchami bo'yicha ham, signalning sifati bo'yicha ham doimgidan ko'p risk qilmasliginigz kerak. Qilgan hamma foydangizni birqancha minutlar ichida yo'qotishingiz mumkin.

4. Qoidalaringizni buzishingiz bilan hammasini barbod qilasiz.

Agar ko'plab oylar va yillar tajribalar va o'rganishlar davomida intizomli treyder bo'lib yetishgan bo'lsangiz shuni esada saqalashingiz kerak: savdo qoidalarinigining birortasini buzishingiz bilan muammolar ishida qolib zarar qilishni boshlaysiz. Foreks bozori sizni tanimaydi. Siz yangimisiz, yoki bir qancha yillik tajribaga ega pro treydermisiz buning unga qizig'i yo'q. Xato qilishingiz bilan yutqazasiz. Qanchalik tajribaliligingizning qizig'i yo'q. Quyida ularni buzishim bilanoq zarar keltiradigan birqancha savdo qoidalarimni keltiraman:* Stop lossni o'zgartirish: Har bir pozitsiya o'ziga yarasha stop lossga ega bo'lishi kerak. Stop lossingiz kapitalingizni himoya qilish uchun qo'yilgan. Narx unga yaqinlashib qolganida uni o'zgartirib qutilib qolaman deb o'ylamang. Men hardoim shunday qilishga uringanimda bozordan yanada ko'proq zarar bilan chiqaman.* Kichikroq yoki kattaroq stop loss: Yuqorida aytganimday, har bir pozitsiyaga o'ziga mos stop loss qo'yishingiz kerak. Kichikroq yoki kattaroq stop loss tez tez yoki katta katta zararli pozitsiyalarga sabab bo'ladi. Har safaar stop loss qo'yish qoidamni buzganimda ko'proq zarar ko'raman.* Kuchli va o'tkir signal bo'lmasidan pozitsiya ochganimda yutqazaman. Savdo tizimimning birorta talabiga javob bermaydigan biror pozitsiya ochsam bozorda zarar bilan chiqaman.

5. Foreksda o'zingizga ishonchning meyyordan ortishi o'zingizga ishonchning yo'qligidan ko'ra ancha xavfliroq.

O'ziga ishonchi bo'lmagan inson hech narsa qilmasdan o'tiraveradi. Yaxshilab o'yab ko'rsangiz buning ham foydali taraflari bor. Bunday treyder haech qanday pul yo'qotmaydi. Ammo, birqancha ketmaket omadli savdolardan keyin o'ziga bo'lgan ishonchi ortgan treyder esa biror savdoda butun hisobini ko'kka sovurib yuboradi. Bir qancha ketmaket muvaffaqqiyatli savdolar sizning professional va kuchli treyder ekanligingizni bildirmaydi. Huddi shu bilan birga bir qancha ketma-ket muvaffaqqiyatsiz savdolar ham sizni yomon treyderga aylantirmaydi. Savdoni o'rganishingiz davomida o'zingizga ishonchning meyyordan ortishiga bir necha marta boshngizdan kechirasiz. Xavfli hissiyotlarning va ulardan keyin keladigan ketma-ket zararli bitimlarning guvohi bo'lasiz. Har safar meyordan ortiq ishonch yutqazishingizga sabab bo'lganida ishonchingizni yo'qotasiz va qo'rquvingiz ortadi. Agar harakatni davom ettirib savdoni to'xtatmasangiz ishonchingizni yana qayta tiklab olasiz. Ammo, avvalgi muammolarni unutib yuborsangiz yana ishonchingiz ortib ketadi va yana yutqazishni boshlaysiz. Bu jarayon hissiyotlarinigzni aniqlay oladigan va ularni o'z vaqtida boshqara oladigan bo'lganingizcha davom etadi. Albatta, agar manashu sikl davomidagi qiyinchiliklar sababli hammasidan vozkechib yubormasangiz. Hissiyotlaringiz va fikirlaringizni kuzatib borish sizga manashu bosqichlardan tezroq va osonroq o'tib olishingizga yordam beradi. Bu foreks savdosidagi eng muhim bosqich hisoblanadi. Ko'pchilik bu jarayonlarda undan voz kechib yuboradi. Hissiyotlari ballansiga erishganlar esa muvaffaqqiyatli treyderlarga aylanishadi. Ularning o'zlariga ishonchlari meyorida bo'lib o'zlarining savdo qoidalarining birortasini ham inkor etishmaydi. Ular bozorni to'g'ri analiz qilishinb eng kuchli savdo imkoniyatlari bo'yichagina bozorga kirishadi. Shu bilan birgalikda ular qo'rqishmaydi. Chunki ular o'zlariga yetarlicha darajada ishonishadi. manashuni ballans deyishadi.

6. Foreks savdosida eng muhimi bu - tajriba.

Bazida savdo imkoniyatiga duch kelasiz, ammo tajribangiz bozorga kirmasigingiz kerakligini aytadi. Bu tajribaga bozorni ko'plab vaqt davomida kuzatib borish natijasida erishiladi. Foreksda sizni bir kechada muvaffaqqiyatli treyderga aylantirib qo'yuvchi sehirli formula mavjud emas. Bunga tajribalar orqali erishiladi va u esa o'z navbatida ancha vaqtni talab qiladi.

7. Boshqa birovga qarab pozitsiya ochmang.

Yangi treyderlar o'zlarining muvaffaqqiyatlariga urg'u berishib omadsiz savdolarini bekitishga harakat qilishadi. Bitimni foyda bilan yopishganlarida u haqida to'lib toshib gapirishga moyil bo'lishadi. Ammo, bitimlari zarar bilan yopilsa bu haqida gapirish unchalik ham oson emas. Bu esa sizda bazilarning dunyodagi eng zo'r treyder ekanligi singari noto'g'ri tasurotni qoldiradi. Natijada ular pozitsiya ochishlari bilan siz ham ularning yo'nalishida pozitsiya ochishga harakat qilasiz. Bu sizga hech qanday daromad bermasligi bilan birgalikda tryderlik tajribangizni ham oshirmaydi. Foreks bozori o'zlarini dunyoning eng zo'r treyderlari deb biluvchi manman va tor dunyoqarashli treyderlarni yo'q qilib yuboradi. Buni professional treyderlar juda yaxshi bilishadi.Bozor hammadan kuchli. Hech kim bozorni yengolmaydi. Unga qarshi chiqsh emas unga ergashish kerak.

8. Ko'plab tizimlardan foydalanmang.

Bunga butun umringizni sarflasangiz ham maqsadingizga yetolmaysiz. Bazilar tabiatan izlanuvchan insonlar bo'lishadi. Buning hech qanday yomon joyi yo'q. Bu aslida yaxshi hislat. Ammo, foreksga kelganda izlanuvchan xarakteringiz sizning pul ishlashingizga to'siq bo'ladi. Chunki u butun umringizni dunyodagi turli tizim va strategiyalarni sinab ko'rish va solishtirishga sarflab yuborishingizga sababchi bo'ladi.Ratsional insonlar birqancha vaqt harakatlaridan keyin gap strategiyada emasligini tushunib yetishadi. Savdoda hamma gap intizom va hissiyotlarni boshqarishda. Shuning uchun ular yangi strategiyalar izlashni va ularni sinab ko'rishni to'xtatishadiu. O'zlariga mos tizimni tanlab pul ishlashni boshlashadi. Qolgan boshlovchi treyderlar esa turli strategiyalarni sinab ko'rishni, solishtirishni davom ettriaverishadi. Juda ko'p pul, vaqt va umrini zoye ketkazishganidan keyin va nihoyat foreksdan voz kechishadi.

9. Soddalikni Saqlang.

Foreks savdo tizimi yaxshi ishlashi uchun murakkab va chigal, o'rganishga qiyin bo'lmasligi kerak. Aslida sodda tizimlar yaxshi natija berishadi.

10. Har-har zamonda tanaffus qilib turing.

Foreksda pul topishingiz uchun qattiq ishlashingiz shart emas. Bozordagi har bir harakatdan foyda qilishga urunish kompyuterning oldida ko'plab vaqt sarflashingizga va aqlan, ruhan, jismonan toliqishingizga olib keladi. Bu esa o'z navbatida sizning ratsionalligingizni ishdan chiqarib ketmaket muvaffaqqiyatsiz pozitsiyalar oshingizni boshlab beradi. Siz foreks bozorini o'zingiz uchun ishlab pul topishga majburlay olmaysiz. U sizning ortingizdan yurmaydi. Yuqorida aytganimdek, u sizni tanimaydi va sizga nisbatan hech qanday muruvvati yo'q. Siz O'ZINGIZ o'z kapitalingiz haqida qayg'urishingiz kerak. Foreksdan to'g'ri foydalanib pul topishni o'rganishingiz kerak: Foreksda pul topishning to'g'ri yo'li

Foreksda pul topishingiz uchun qattiq ishlashingiz shart emas. Bozordagi har bir harakatdan foyda qilishga urunish kompyuterning oldida ko'plab vaqt sarflashingizga va aqlan, ruhan, jismonan toliqishingizga olib keladi. Bu esa o'z navbatida sizning ratsionalligingizni ishdan chiqarib ketmaket muvaffaqqiyatsiz pozitsiyalar oshingizni boshlab beradi. Siz foreks bozorini o'zingiz uchun ishlab pul topishga majburlay olmaysiz. U sizning ortingizdan yurmaydi. Yuqorida aytganimdek, u sizni tanimaydi va sizga nisbatan hech qanday muruvvati yo'q. Siz O'ZINGIZ o'z kapitalingiz haqida qayg'urishingiz kerak. Foreksdan to'g'ri foydalanib pul topishni o'rganishingiz kerak: Foreksda pul topishning to'g'ri yo'li