Foreks
February 17, 2019

Frank Sunamisi: Qanday Qlib Bunday Ofatlardan Saqlanish

Frank Sunamisi - bu 2015-yil 15-yanvardagi CHF kross paralarinign juda kuchli, kutilmagan harakatiga nisbatan ishlatiluvchi termindir. Bu harakat juda ko'plab treyderlar, brokkerlar, banklar, investorlar, moliyaviy tashkilotlarni qiyin ahvolga solib qo'yganligi aniq. Ushbu maqolada manashular haqida gaplashamiz.

1. Avallambor, bozorning ushbu kutilmagan harakati Libor Rate (London InterBank Offered Rate) dagi o'zgarish natijasi edi. Hech kim bunday o'zgarish bo'lishini kutmagan, hech qaysi moliyaviy kalendarlar(forexfactory.com, invsting.com kabi)da oldndan e'lon qilinmagan edi. Hattoki, eng mashxur brokkerlar, moliyaviy kompaniyalar, likvidity provayderlari ham bunday o'zgarish bo'lishini bilmagan va mijozlarini ham ogohlantira olmagan (bunday tashkilotlar odatta, juda kuchli yangiliklar oldidan mijozlarini savdo qilmaslikka chaqirib ogohlantirib qo'yshadi).

Katta taymfreymlarda savdo qiluvchi treyderlar yangiliklarni kuzatib borishlari shart emas degan edik. Ammo, manashunday harakatlardan ogoh bo'lib turish uchun yangiliklarni iloji boricha kuzatib borgan albatta yaxshi. Lekin Libor Ratega kelganda yangiliklarni kunu-tun kuzatib borishingiz ham yordam bera olmas edi. Chunki, boya aytib o'tganimdek, Libor Rate hech qaysi ekanomik kalendarlarda oldindan elon qilinmagan edi. Bu yangilik ertalabki soat 4.30 da chiqib bo'lganidan hamda bozorning juda katta harakatidan keyingina ekanomik kalendarlarda elon qilindi: Libor Rate va uning ahamiyati.

Ushbu ofat natijasida hamma pulini yo'qotganlar asosan CHF kross paralarida kichik taymfreymlardagi signallar asosida long bo'lgan deytreyderlar edi. Katta taymfreymlarda savdo qiluvchilarda esa yo pozitsiyasi bo'lmagan (chunki o'shanda katta taymfreymlarda buyga signal yo'q edi) yoki GBPCHFdagi kabi kunlik grafiklarda paydo bo'lgan juda kuchli savdo imkoniyati sababli short pozitsiyada bo'lgan. Ko'rib turganingizdek katta taymfreymlarda savdo qilish yaxshiroq va xavfsizroqligi yana bir bor isbotlanmoqda.

2. Libor Rate nima uchun o'zgartirilganligi va uning nima uchun bozorni bunday katta harakatlantirganligining bizga umuman ahamiyati yo'q. Bo'lar ish bo'ldi (2009-yil martdan beri Libor Rate 0.25% edi. 2014-yil dekabrda esa -0.25%ga tushurilgan edi. 2015-yil 15-yanvarda -0.75%ga o'zgartirildi).

Bizga ahamiyati bor narsa esa:

1. Manashunday kutilmagan va qudratli bozor harakati hamma pulingizni yo'qotishingizga olib kelsa nima bo'ladi? Qo'ygan stop loss yoki take profitingiz ishlamasachi? Zararingizni qoplab berish brokkerning vazifasimi? Bunday harakatlar brokkerlarga qanday tasir qiladi?

2. Bunday ofatlar yana qachon yuz berishi mumkin? Bunday ofatlar tufayli har har zamonda bor ballansimizni yo'qotib turamizmi?

CHFdagi bunday krizislarda (SL qo'ygan bo'lsangizham) ballansingizni butunlay yo'qotsangiz hech qachon zararingizni brokker to'lab bermaydi. Bunday holatlarda odatta brokkerlar juda katta zarar ko'rishib ayrimlari butunlay bankrot bo'lib bu biznesdan butunlay ketishadi. Bunda ko'ngilsiz holatlar hatto eng mashxur brokkerlar bilan ham yuz berganligiga guvoh bo'lganmiz.

Brokkerlarning ikki xil turi borligini bilamiz. Birinchisi market maker brokkerlar (orderlaringizni xalqaro interbank bozorga uzatmaydigan) va ECN/STP brokkerlar (orderlaringizni interbank bozorga yani likvidity provayderlarga uzatuvchi).

Siz foyda qilsangiz market maker brokkerlar zarar qilishadi (chunki ular hardoim sizga teskari pozitsiyani olib sizga bozor vazifasini o'tashi kerak - market maker). Yani sizning zararingiz ularning foydasi va sining foydangiz ularning zarari. Frank sunamisi kabi voqealarda ko'plab treyderlar bor buduni yo'qotishsa bu market maker brokkerlar uchun bayram. Pulni ko'chadan supurib olish kabi foyda qilishadi.

Ammo, bunday voqealar natijasida treyderlar to'g'ri pozitsiyada bo'lib foyda qilishsa unda market maker brokkerning ikkita yo'li qoladi. Yo treyderlarning foydasini to'lashi kerak yoki biror boxona topib foydani to'lashdan bosh tortishi yoki uzur so'rab keyinga qoldirishi kerak.

Bularning bari sharoitdan kelib chiqib qilinadi. Bazida market makerlar mijozlar bilan talashib o'tirmasdan biroz zarar qilishni maqul ko'rsa bazida esa zarar brokkerlar qurbi yetmaydigan darajada bo'ladi. Shu sababli mijozlar foydasini to'lamaslik uchun turli baxonalar o'ylab topiladi.

ECN/STP brokkerlari bilan esa butunlay boshqacha. Sizning foydangiz ularning zarari emas va sizning zararingiz ularning foydasi ham emas. Lekin CHFdagi kabi kuchli harakatlarda ko'pchilik treyderlarning ballanslari margin callgacha yetib borib butunlay yo'q bo'lib ketadi. Chunki treyderlarning asosiy qismi doim noto'g'ri pozitsiyada o'tiradi. Undan ham ayanchlisi esa bunday kuchli harakatlarda stop loss orderlar ishlamay qoladi. Hatto pozitsiyaga stop loss qo'yilmagan taqdirda ham ballans stop out darajasiga yetib borganda brokkerning avtomatik tizimlari pozitsiyani yopa olmay qoladi. Manashuning uchun ham ballans minusga o'tib ketib qoladi. Misol uchun +$5000 lik ballans -$50000 bo'lib qoladi.

Bunday holatlarda esa brokkerga $45000 zararni treyder to'lashi kerak. Ammo, deyarli hardoim treyderlar shunchaki ketib qolishadi va brokkerlar ulardan zararni undirib olisholmaydi. Natijada brokker ko'rilgan zararni likvidity provayderlarga yo o'z cho'ntagida to'laydi yoki bankrotlik elon qilib hammasiga nuqta qo'yishadi. CHF sunamisidan keyin ham huddi shunday bo'ldi.

Mana bunga jonli misollar:

Bu forexfactory.com saytining bir forumidan olingan skrinshot. Post 15 yanvar ertalab yani CHFdagi harakatdan keyin yozilgan. Uni yozgan odamning aytishicha o'sha kuni uning ikkita ochiq pozitsiyasi (GBPCHFda Buy va Sell) bo'lgan. Yangilik natijasida uning ikkala (buy ham sell ham) pozitsiyalari ham -4000 punkt bilan yopilgan. Margin call uni saqlab qola olmagan va ballans -$142000 zararga o'tib ketgan.

Quyida shunday treyderlardan yana bir:

Bu kishining esa 0.04 lotli pozitsiyasi -2590 yevro zararga o'tib ketgan.

Bozorning bunday harakati natijasida ECN/STP brokkerida ishlaydigan treyder foyda qilsa nima bo'ladi?

Bu brokkerning muammosi. Agar ular likvidity provayderlaridan foydangizni ola olishsa unda sizga to'lashadi. Ammo, likvidity provayderlar to'lashdan bosh tortishsa (chunki ular ham bunday harakat natidasida zararlangan bo'lishi mumkin) unda mijozlarining ishonchini yo'qotmaslik uchun foydangizni brokker o'z hisobidan to'lashi kerak. Yoki ishonchingizni yo'q qilib foydangizni to'lashdan bosh tortishi mumkin. Ammo, yuqorida aytilganidek treyderlarning asosiy qismi hardoim noto'g'ri pozitsiyada o'tirishadi. Natijada brokker o'sh treyderlarning zararlarini likvidity provayderlarga to'lay olmay qoladi. Bundan tashqari foyda ko'rgan treyderlarning foydalarini ham to'lay olmaydi.

Shuning uchun agar ballansingizni butunlay yo'qotgan bo'lsangiz hammasi tugadi. Agar brokkeringiz yopilgan bo'lsa ham hammasi tugadi. Bunday hollarda qo'lingizdan hech narsa kelmaydi.

Kichik ballansda boshlagan treyderlar boshqa brokkerda barini qaytadan boshlashlari mumkin. Bazi brokkerlar bankrot bo'lib ketishgan bo'lsa ham treyding davom etaveradi. Hardoim yangi brokkerlar paydo bo'lishadi va treyderlar savdo qilisda davom etaverishadi. Lekin bir savol tug'uladi: manashunday kutilmagan voqelalar sodir bo'lganida ballansimizni yo'qotishimiz aniqmi?

Yo'q albatta. Bunday voqealar o'zi har o'n yillarda birmarta ham sodir bo'lmaydi. CHFdagi bu sunami birqancha yillardagi eng katta harakat edi. Bunday harakatlarni kelajakda yana ko'ramiz deb o'ylamayman.

Ammo, agar bunday yangiliklar 5 yoki 10 yilda bir marta sodir bo'ladi desak ham ballansimizni yo'qotmaslik uchun biror narsa qila olamizmi? Stop loss bunday hollarda foyda bermasligini aytib o'ttik. Unda muammoga yechim qanday?

Buning yechimini foreks.uz saytida va ushbu maqolada bir necha marta keltirib o'tdim. Yani:

1. 6 oylik demo savdoda doimiy foyda qiluvchi treyder bo'lganingizdan keyin iloji boricha kichikroq haqiyqiy hisob ochishingiz kerak.

2. Qancha vaqt ketishidan qatiy nazar o'sha haqiyqiy ballansni ikki baravar oshirganigizcha savdo qiling.

3. Boshida ballansga kiritgan summangizni yechib oling va qolgan foyda bilan savdo qilishda davom eting.

4. Compaund interest qudrati orqali ballansingizni oshirishda davom eting va yetarlicha katta ballansga aylangach foydaning barini birdaniga yechib oling.

5. Manashu jarayonni takror va takror qaytaring.

Misol uchun, aytaylik men $10,000 bilan savdoni boshladim deylik. Ballans ikki barobarga oshganida birinchi kiritgan summamni yechib olaman ($10000). Keyin savdo qilishda davom etaman. Masalan, ballans $100,000 bo'lganida barcha foydani $90,000 ni yechib olaman. Ammo, ballansim $100,000 ga yetmasdan, deylik $50,000 ligida frank sunamisi ro'y berdi va butun ballansimni yo'qotdim ham deylik (bu albatta agar sunami yo'nalishiga qarshi ochiq pozitsiyam bo'lsa yuz beradi). Yoki brokker bankrotlik elon qildi va hamma bulim yo'q bo'lib ketti deylik. Bunday holatda men asl kapitalimni yo'qotmagan bo'laman. Kapitalimdan olingan foyda va har kuni sarflagan 15-30 minutlik vaqtimni yo'qotaman. Albatta, bu ham unchalik yoqimli emas.

Ammo, yig'ib qo'ygan $50,000 im bilan savdo qilayotgan bo'lsamchi? Yo'qotishga tayyor bo'lmagan pullarim bilan savdo qilayotgan bo'lsamchi?

Treyding faqat kuchli signallar orqali to'g'ri pozitsiyaga kirish va money menejmentdan iborat emas. Yuqorida ko'rib chiqqanlarimiz hammasidan muhum. Ko'pchilik treyderlar esa faqat signallar, savdo imkoniyatlari va iloji boricha ko'proq punkt ishlash haqida oylashadi. Ammo, valyuto okeani hardoim ham tinch vasokin bo'lib turavermaydi. Vaqti kelganida sunamilarga ham uchrashingizga to'g'ri keladi va bunday holatlarga tayyor bo'lib turganigiz maqulroq.

Bunday ofatlardan ogoh bo'lib ulardan uzoqroq yuring. Bozorlardan boyligingizni oshirishda to'g'ri foydalaning.