Foreks
February 8, 2019

Likviditlik Provayderlarining Haqiyqiy ECN/STP Brokerlari bilan Aloqalari

Marketmeyker brokkerlardan farqli o'laroq, haqiyqiy ECN/STP brokerlar treyderlarning bitimlarini likviditlik provayderlari deb nomlanuvchi halqaro banklarga uzatishadi.

Shuning uchun haqiyqiy ECN/STP brokerlarini o'rtada turuvchi dallol desak ham bo'ladi. Ular har bir bitimdan o'zlarining kichik hizmat haqqini yani komission olib qolishadi. Mamashu kommission brokkerlarning yagona qonuniy daromadi hisoblanadi. Ularga treyderlarning foydasining ham zararining ham umuman qizig'i yo'q.

Brokkerlarning likvidity provayderlar bilan aloqalari.

Bugungi kunda deyarli barcha haqiyqiy ECN/STP brokerlar bir qancha kuchli va mashxur likviditlik provayderlariga ulangan. Ammo, avvallari esa brokkerlar faqatgina bitta likviditlik provayderlariga ulana olishgan. Eng mashxur likviditlik provayderlari sifatida Bank of America, Goldman Sachs, JP Morgan, Citi Bank, Nomura, HSBC, Detuche Bank, Royal Bank, TD Bank, Barclays, Wells Fargo larni ko'rsatishimiz mumkin.

Treyder buy yoki sell tugmasini bosganida broker o'z platformasida ko'rsataotgan narxga eng yaqin bo'lgan narxni taklif qilayotgan likviditlik provayderini tanlaydi. Keyin esa treyderning bitimini o'sha likviditlik provayderiga uzatadi. Har bir likviditlik provayderi treyderlar ko'rayotgan platformadagi narxdan farq qiluvchi narx taklif qilishi mumkin. Chunki treyderning platformasidagi narx barcha likvidity provayderlardan emas balki faqatgina bita manbadan olib shakillantiriladi. Shu sababli, bitim tuzganingizda bozorga kirish narxingiz buy/sell tugamasini bosganda ko'rgan narxingizdan biroz farq qilishi mumkin. Bu farq bozor sharoitliga bog'liq ravishda bir necha punktgacha bo'lishi mumkin. Ammo bu 99% holatlarda platformadagi narxga juda yaqin bo'ladi.

Agar likviditlik provayderlari bitimni qabul qilsa demak bitim tuzilgan hisoblanadi. Ular odatda barcha bitimlarni qabul qilishadi. Ammo, bitim juda katta bo'lsa va bozorda unga yarasha likviditlik bo'lmasa yoki bozorda volatillik va likviditlik juda yuqori bo'lsa bitim tuzilmastan rad etilishi mumkin.

Btimingiz tuzildi ham deylik, endi shunday bir savol tug'iladi - likviditlik provayderlari sizni treyder sifatida bilishadimi? Ular qaysi bitim qaysi treyder tomonidan tuzilganligidan habardormi?

Buning javobi oddiy - likviditlik provayderlari faqatgina brokerlarni bilishadi. Ular uchun faqatgina brokerlar bitim tuzishmoqda, siz va bizga o'xshagan oddiy treyderlar bilan ularning ishi yo'q. Broker har bir likviditlik provayderlarida bir vaqtning o'zida minglab ochiq pozitsiyalarga ega bo'lishi mumkin.

Bularni bilishning sizga nima keragi bor edi?

Brokerlarni va likviditlik provayderlarini qanchalik yaxshi bilsangiz shunchalik yaxshi va mijozlarini aldamaydigan brokerlarni tanlashingiz osonroq bo'ladi.

Bazi brokerlar likviditlik provayderlariga stop loss va take profit orderlani ko'rsatmasligini aytishadi. Maqsad, broker o'z treyderlarini likviditlik provayderlaridan himoya qilish hisoblanadi. Boya takidlaganimizdek, likviditlik provayderlari treyderlarni bilmaydi. Ular faqatgina brokerlar va ularning pozitsiyalarini bilishadi. 95% treyderlar yutqazishganligi sababli, brokerning har bir likvidity provayderlarga uzatadigan 95% bitimlari muvaffaqqiyatsiz zararli bitimlardir. Shu sababli brokerning stop loss va teyk profit orderlarni likviditlik provayderlaridan yashirishining foydasi yo'q. Chunki likviditlik provayderlari 95% zararli bitimlarning o'zidan va bundan tashqari boshqa bir qancha yo'llar bilan ham juda katta daromad qilishadi: Qanday Qilib Likvidity Provayderlar Daromad Qilishadi?

Bundan tashqari, broker bitimlarni likviditlik provayderlari o'rtasida taqsimlaganligi uchun har bir likviditlik provayderi broker jo'natayotgan bitimlarni teng miqdorda qabul qiladi. Yani har bir likviditlik provayderlari qabul qilayotgan bitimlarning 95% zararli va bu likvidity provayderlari uchun foydali bo'lgan bitimlardir. Shu sababli ular foydali bitimlarni ovlashga harakat qilib o'tirishmaydi. Bu esa treyderlar uchun juda yaxshi.

Huddi treyderning brokerda mavjud hisobi singari brokerlarning ham likviditlik provayderlarida o'z hisoblari bo'ladi. Likvidity provayderlar brokerlarga 100:1 leverej taklif etishadi (albatta, tinch okeanining o'rtasida joylashgan kichik va nomalum bank yoki brokerlarga likviditlik hizmatini taklif etayotgan market meyker foreks brokeri emas balki yuqorida keltirilgan mashxur va boy likviditlik provayderlari).

Brokerlar likvidity provayderlarga yetarli miqdorda pul qo'yishi kerak bo'ladi. Ular mijozlari (treyderlar) pul yo'qotganida o'z hisoblarini to'ldirib tushishlari kerak. Aks holda ular (brokerlar) margin call va stop out darajasigacha yetib borishlari mumkin. Agar shunday hol yuz bersa unda ularning mijozlari hech qanday yangi bitim tuza olmay qolishadi va likviditlik provayderlari zararli bitimlarni yopishni boshlaydi. Buni hech qaysi broker xoxlamaydi. Chunki bu treyderlarda juda yomon tasurot qoldiradi. Treyderlar nima uchun hisoblarida yetarlicha pul bo'lishiga qaramasdan zararli pozitsiyalari yopilib ketganligini so'rashni boshlaydi. Bu albatta to'g'ri savol. Chunki treyderning hisobida yetarlicha pul bor va bu yerda ayb brokerga tushadi. Chunki haqiqatda uning likviditlik provayderidagi hisobida yetarlicha pul bo'lmaganligi zararli pozitsiyalarning likviditlik provayderi tomonidan yopishning boshlanishiga olib kelgan. Treyderlar esa sahna ortida nima bo'layotganligidan behabar. Ular faqat zararli pozitsiyalarning hech qanday sababsiz yopilib ketishini ko'rishadi holos.

Shunday qilib, treyderlarning haqiyqiy ECN/STP brokeriga qo'ygan puli brokerning likvidity provayderidagi hisobiga kiritilishi kerak. Odatda brokerlar mijozlaridan oladigan pulning 50% ni qo'yishadi. Qolgan 50% ni esa daromadi sifatida bitimlardan olinadigan komission deb hisoblanilishi mumkin.

Haqiyqiy ECN/STP broker mijozlaridan oladigan pullar bilan juda ehtiyot bo'lishi va ularning to'g'ri sarflanishiga etibor berishi kerak. Chunki narxning bozordagi kuchli ozgarishlari paytida broker hisobi kamayib ketib stop out va margin call darajasiga yetishidan oldin uni to'ldirishga to'g'ri kelib qolishi mumkin. Buning uchun esa albatta pul kerak. Agar broker mijozlaridan oladigan pullarning ko'p qismini ofis, reklama va h.k larga sarflab yuborgan bo'lsa unda bunday hollarda juda katta muammolar vujudga kelishi mumkin.

Bazida, bozordagi narxning juda kuchli o'zgarishi oqibatida pazi pozitsiyalar negativ ballansga o'tib ketadi (qarzga). Bunda ularni likviditlik provayderlariga to'lab berish treyderlarning emas balki borkerning bo'yniga tushadi. Ammo, brokerga treyderlar o'z hisoblaridagi negativ ballansni to'lab berishlari kerak. Lekin, odatda treyderlar hech qachon negativ ballansni to'lab bermasdan shunchaki ketib qolishadi. Bunday hollarda broker negativ ballansni treyderdan qonun orqali undirib olishi kerak. Ammo bu juda qimmatga tushadi odatda. Natijada, broker hamma narsani yopib o'yindan chiqib ketishni maqul ko'radi. Ular esa likvidilik provayderlari tomonidan sudga berilishi mumkin. Bu ular o'rtasida tuzilgan shartnomaga bog'liq bo'ladi. Bu ko'rib chiqqanlarimiz bari sodir bo'lishi mumkin bo'lgan ehtimolliklar. Odatda bunday hodisalar hatto 10 yilda birmarta ham sodir bo'lmaydi.