Brokkerlar
February 8, 2019

Eng Yaxshi Foreks Brokkeri Qanday Bo'lishi Kerak?

Eng zo'r foreks brokkeri bu sizning orderlaringizni to'g'ridan to'g'ri kuchli va ishonchli banklar(likviditlik provayderlari)ga uzatib sizdan faqatgina komission olib qolishi kerak.

Eng zo'r va ishonchli brokkerga beradigan end oddiy tarifim shu. Bundan eng yaxshi foreks brokkeri market meyker emas ECN/STP brokkeri bo'lishi kerak ekan degan xulosa kelib chiqadi. To'g'rida, valyuta savdosi bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz haqiyqiy valyuta bozoriga chiqishingiz kerak. Market meyker brokkerlar esa bunday imkoniyatni berishmaydi. Ular orderlaringizni haqiyqiy valyuta bozoriga uzatishmaydi. Market meyker borkker orqali savdo qilayotganingizda u orderlaringizni qabul qiladi va siz haqiyqiy valyuta bozori bilan emas balki brokker bilan savdo qilayotgan bo'lasiz.

Endi savol tug'uladi, haqiyqiy valyuta bozori qayerda unda?

Aktsiya bozorlaridan farqli ravishda valyuta bozori savdo bo'ladigan biror markazga ega emas. Bu halqaro bozor bo'lib o'zaro kompyuter tarmoqlari orqali bog'langan bir qancha katta va kichik banklardan tashkil topgan. Valyuta treyderi sifatida savdo qilayotganingizda sizning orderingiz haqiyqiy kuchli banklardan biriga uzatiladi. Bunda siz haqiyqiy valyuta bozorida savdo qilayotgan hisoblanasiz. Chunki bunday bank ham juda ko'plab katta kichik banklarga elektron bog'langan bo'ladi.

Haqiyqiy ECN/STP foreks brokkerining ishlash prinspi.

Eng Zo'r Brokker Hususiyatlari

1.Sizdan Faqatgina Komission Olinadi.

Bugungi kunda juda ko'plab o'zlarini ECN/STP deb atovchi hamda treyderlardan turli xil to'lovlarni ochiqchasiga va bazan yashirincha olib qoluvchi brokkerlar mavjud. Masalan pozitsiya ochayotganingizda spredga avtomatik qo'shib qo'yiluvchi yashirin pipslar - "markup" nomli to'lovni olib qolishadi. Terminaldagi grafiklarda yoki boshqa joylarda markupni ko'rmaysiz ammo pozitsiya ochayotganingizda uni to'laysiz. Markup likvidity provayderga emas brokkerga to'lanadi. Bunda brokker uni sizning pulingizdan ushlab qoladi. Aslida makup olib qolish noqonuniy ammo ko'pchilik ECN/STP brokkerlari ko'proq pul topish uchun baribir olib qolishadi. Ular orderlaringizni likvidity provayderlariga uzatuvchi haqiyqiy ECN/STP brokkerlari bo'lishsada baribir markup olib qolish orqali sizni aldaydi. Bunday borekkerlarga esa eng zo'r brokker deb ishona olmaymiz.

Eng zo'r foreks brokkerlari haqiyqiy ECN/STP brokkerlari bo'lib ular pozitsiya ochayotganigizda sizdan faqatgina komission olib qolishadi. Komissionnig miqdori aniq va siz pozitsiya ochayotganigizda brokkerga qancha to'lshingizni aniq bilasiz. Masalan, tanlagan brokkeringiz har bir lot uchun $10 komission olib qoladi deylik. To'lagan komissionigizni savdo platformasida ko'rishingiz mumkin. Agar ikki lotlik pozitsiya ochgan bo'lsangiz unda platformada brokkerga $20 komission to'laganigiz ko'rinib turradi.

2. Spread

Pozitsiya ochayotganigizda spread ham to'lashingiz kerak bo'ladi. Ammo, bunda spread brokkerga emas likvidity provayderlarga to'lanadi. Eng zo'r foreks brokkerining hususiyatlaridan biri bu uning spreadga hech qanday qo'shimcha qo'shmasdan uni o'zgartirmasligidir. Ularning Platformada ko'rsatadigan spreadi va bozorga kirishingizdan oldin to'laydigan spreadingiz bu brokkerga emas likvidity provayderlarga to'lanadi. Agar haqiqatdan ham shunday bo'lsa demak bu brokkerni eng ishonchli brokker deb hisoblashimiz mumkin.

Haqiyqiy ECN/STP brokkerlari bog'langan likvidity provayderi judayam kuchli bo'lib juda ko'plab savdo o'tkazmalarini amalga oshirish quvvatiga ega bo'ladi. Ularda likviditlik juda yuqori bo'lishi natijasida ular taklif qiladigan spread ham juda kichik bo'ladi. Savdo qilganigizda ham sizdan hech qanday qo'shimcha markuplarsiz huddi shunday kichik spread olib qolinadi. Shu sababli agar brokker odatiy (yangililar yo'q bo'lgan) holatlarda odatdagidan kattaroq spread taklif qilayotgan bo'lsa, misol uchun EUR/USD da 2 punkt, unda bu brokker haqiyqiy ECN/STP brokkeri emas balki market meyker brokker ekanligini bilib olishimiz mumkin.

Spreadga oid yana bir narsani bilib olishingiz kerak. Likvidity provayderlarining spreadi doimiy o'zgarmas emas balki doimiy o'zgarib turuvchi spread bo'ladi. Masalan, EUR/USD uchun spread 0.1 dan 0.3 atrofida o'zgarib turadi. Shuning uchun agar brokker o'zgarmas spread taklif qilayotgan bo'lsa unda bu uning vebsaytida haqiyqiy ECN/STP brokkeri ekanligini davo qilishiga qaramasdan market meyker brokker ekanligidan dalolat beradi. Chunki, yuqorida aytganimizdek haqiyqiy ECN/STP brokkeri taklif qilayotgan spread u tomonidan emas balki likvidity provayderlari tomonidan boshqariladi. Bu eng zo'r va ishonchli brokkerlarning eng muhim hususiyatlaridan biridir.

3. Likvidity Provayderlarining Soni

Eng zo'r foreks brokkerlari bir paytning o'zida bir qancha likvidity provayderlariga ulangan bo'ladi. Internetning borligi sababli brokkerlar bir vaqtning o'zida bir qancha likvidity provayderlarga ulanishi hamda siz uchun eng yaxshi narx va spred taklif etayotgan likvidity provayderni tanlab olib va orderingizni unga uzatishi mumkin. Haqiyqiy ECN/STP brokkerlari huddi shunday ishlaydi. Ularning platformasidagi spread bu ular ulangan likvidity provayderlar taklif qilayotgan spreadlarning eng kichigi bo'ladi.

Shu sababli iloji boricha kamroq spread taklif qilish uchun brokkerlar bir qancha likvidity provayderlarga ulangan bo'ladi. Natijada likvidity provayderlar iloji boricha kamroq spread taklif qila boshlashadi. Bu esa ular o'rtasida raqobatni yaratadi, chunki brokkerlar treyderlarnig barcha orderlarni eng kam spread taklif qilayotgan likvidity provayderlarga uzatib yuboraverishi natijasida kattaroq spread taklif qilayotgan likvidity provayderlar savdosi sekinlashadi. Bu siz va biz kabi oddiy treyderlarga yaxshi, natijada biz kamroq spread to'lab bozorga yaxshiroq narxlarda kirishimiz mumkin bo'ladi.

4. Minimum Lot Miqdori

Haqiyqiy kuchli likvidity provayderlarga ulangan eng zo'r foreks brokkeri likvidity provayderlar taklif qilayotgan minimal lot miqdorinigina taklif qilishi mumkin. Ular o'zlari xoxlagan minimum lot miqdorlarini taklif qila olishmaydi. Yani, ularning platformasidagi minimum lot miqdorni ular boshqara olmaydi.

Shu sababli Bank of America, Goldman Sachs, JP Morgan, Citi Bank, Nomura, HSBC, Deutsche Bank, Royal Bank, TD Bank, Barclays, Wells Fargo va ... kalbilar taklif qiladigan minimal lot miqdori 0.1 lot. Manashu banklarga ulangan haqiyqiy ECN/STP brokkerlari 0.1 lotdan kam lotda savdo qilish imkonini bera olmaydi. Agar bera olsa unda u market meyker brokker yoki soxta likvidity provayder sifatida ishlayotgan boshqa bir market meyker brokker kabi ishonchsiz likvidity provayderlariga ulangan brokkerdir.

5. Leverej (Leverage)

Spread va lot miqdori kabi leverej ham likvidity provayderlar tomonidan boshqariladi. Shu sababli eng yaxshi brokkerlikka davo qilayotgan brokkerlar likvidity provayderlar raklif qilayotgan leverejdan boshqasini taklif qila olmaydi.

Yuqorida sanab o'tgan likvidity provayderlar taklif qiladigan eng katta leverej bu 1:100. Shu sababli 1:200, 1:500 yoki shu kunlarda bazi brokkerlar taklif qilayotgan hatto 1:1000 va 1:2000 leverej bu brokkerning market meyker ekanligini yoki haqiyqiy ECN/STP brokkeri emasligini bildiradi. Shu sababli saytlarida qanchalik davo qilishmasin ularni eng yaxshi brokker sanay olmaymiz.

Men brokkerlarni yomonotliq qilmoqchi emasman. Ularning agar eng yaxshi foreks brokkeri bo'lishni xoxlashsa qanday bo'lishi kerak ekanligini ko'rsatmoqdaman. Hqiyqiy ishonchli foreks brokkeri yuqorida sanab o'tligan hususiyatlarga ega bo'lishi kerak. Hamma brokkerlar manashunday qilishi va treyderlarga juda yaxshi xizmat ko'rsatishi mumkin. Brokkerlar yuqorida tasvirlaganlarimizni amalga oshirishlari mumkin. Bu hatto uchalik ham qiyin emas.

6. Market Meyeker Brokkerlar Eng Yaxshi Foreks Brokkeri Bo'lishlari Mumkinmi?

Market meyker borkker bo'lish yomon yoki noqonuniy emas. Mijozlarni aldash, ularga qarshi savdo qilish yomon, noqonuniy va gunoh. Agar mijozlarga hamma narsani ochiqchasiga tushuntirib, sahna ortidan ularga qarshi hech narsa qilmasa unda market meyker brokker ham eng yaxshi brokker bo'lishi mumkin.

Ular mijozlar savdo qilishayotganida hotirjam bo'lishlari uchun o'zlari olib qoladigan to'lovlar, spreadlar, narx va boshqalarni mijozga to'liqligicha tushntirib berishlari mumkin.

Misol uchun, bozor yopilishi va ochilishida yoki yangilik chiqishida spreadning kattalashishi market meykerlarga talluqli emas. Chunki ular yangiliklardan yoki bozor ochilish va yopilishidagi likvidlikning pastligidan tasirlanadigan haqiyqiy valyuta bozorlariga ulanmagan. Agar market meyker yangilik chiqishi paytida spreadni oshirganini ko'rsangiz demak u ko'proq treyedrlarni yutqazishga harakat qilmoqda. Bu ko'plab market meykerlar tomonidan qilinayotgan ahmoqona fokus.

Muammo ularning mijozlar bilan samiymiy bo'lishga yo'l qo'ymayotgan nafsida. Ular eng qisqa vaqtlar ichida imkon boricha ko'proq pul topishni xoxlashadi. Hatto bazi haqiyqiy ECN/STP brokkerlar ham spreadga qo'shimcha markuplar qo'shib mijozlarini aldashlari mumkin. Ularning komissiondan topayotgan pullari bazida yetarli bo'lmay qoladi va natijada xarajatlarini qoplab ko'proq pul topishlari uchun mijozlarini aldashiga to'g'ri keladi.

Yaxshi market meyker borkkerlar hatto mikro lotlar (0.01 lot) ni ham taklif qilishi mumkin. Mijozlarni ataylab zararga kirgazishmasa buning hech qanday yomon tomoni yo'q.

Eng Zo'r va Ishonchli Foreks Brokkerlarining Hususiyatlari

Xullas, quyida eng zo'r va ishonchli foreks brokkerlarning hususiyatlari beriladi. Agar tanlamoqchi bo'lgan brokkeringizda bulardan birortasi yo'q bo'lsa unda u borkker shubhali, ehtiyot bo'ling.

  1. Ular platformalari kuchli banklarga ulangan haqiyqiy ECN/STP brokkeri bo'lishi kerak.
  2. Ular aniq belgilangan miqdorda komission olib qolishi va bu ularning yagona daromad manbayi bo'lishi kerak.
  3. Ular spreadga hech qanday markup qo'shmasligi kerak.
  4. Ular eng kam spread va eng yaxshi narx taklif qilishlari uchun bir vaqtning o'zida bir qancha kuchli banklarga ulangan bo'lishi kerak.
  5. Ular minimal lot miqdor sifatida 0.1 lotdan kam lot taklif qilmasligi kerak.
  6. Ular 1:100 dan katta leverej taklif qilmasligi kerak.
  7. Agar ular kichikroq lotlarni taklif qilayotgan market meyker brokker bo'lishsa unda mijozlarini spreadni oshirish, slippeyj kabilar bilan yutqazishga harakat qilmasligi kerak.

Brokkerning manashu hususiyatlari isbotlansa demak unga eng zo'r va ishonchli brokker sifatida qarashimiz mumkin, aks holda ulardan uzoqroq bo'lganigiz maqul.