Psixologiya
February 8, 2019

Foreksda Hissiyotlar - Qo'rquv va Nafs

Qo'rquv va Nafs - Foreksda hissiyotlar.

Savdo qilayotganingizda ikki turdagi hissiyotlarga duch kelasiz : Qo'rquv va Nafs.

"Qo'rquv" sizni umuman tavakkal qilishingizga qo'ymaydi. Savdo imkoniyatlarini ko'rsizu pozitsiya ochishga jurat qilolmaysiz. Agar ochiq pozitsiyangiz bo'lsa "qo'rquv" sizni uni teyk profit yoki stop lossga yetib borishdan oldin yopishga majbur qiladi.

Pozitsiyangiz ozroq foydaga o'tgan bo'lsa foydani yo'qotmaslik uchun "qo'rquv" uni juda erta yopishingizga majbur qiladi. Vaholangki, agar o'sha pozitsiyani yopmasdan ushlab tura olganingizda moljalgacha yetib borib sizga yaxshigina foyda keltirgan bo'lardi. Pozitisyangiz biroz zararda bo'lsa esa yanada ko'proq pul yo'qotmasligingiz uchun "qo'rquv" uni tezroq yopishga undaydi. Ammo, o'sha pozitsiyani ushlab tura olganingizda narx yo'nalishini o'zgartirib teyk profit tomon harakatlanishni boshlashi mumkin edi.

Umuman olganda, "qo'rquv" sizga to'g'ri harakat qilishingizga xalaqit beradi. "Qo'rquv" savdo hisobingizni va qolaversa hayotingizdagi hamma narsani narbod qilishi mumkin. "Nafs" sizni ortiqcha savdo qilishga va tavakkalning meyordan ortishiga va nihoyat savdo hisobingizning vayron bo'lishiga olib keladi. Nafs bozorda qulay savdo imkoniyati bo'lmaganda ham savdo qilishingizga majbur qiladi.

"Nafs" sizning sabrli bo'lishingizga va eng qulay savdo imkoniyatinig shakillanishini kutishingizga yo'l qo'ymaydi.

Ko'plab treyderlar o'zlarini boshqarishlari uchun qo'rquv va nafsga qarshi kurashish kerak deb hisoblashadi. Ammo, bu to'g'ri emas. O'z hissiyotlaringiz bilan kurashishingiz yaxshi emas.

Agar shunday qilsangiz ularni yanada yomonlashtirib yuborasiz. Qo'rquv va nafsni boshqarish uchun ularni yuzaga keltiruvchi faktorlarni tushunishingiz kerak.

Savdoda qo'rquv bozor haqida to'g'ri va yetarli bilimingiz bo'lmaganda, savdoda va o'z savdo tizimingizda yetarlicha tajribangiz bo'lmaganda paydo bo'ladi.

Pozitsiya ochsangiz nima bo'lishini bilmaysiz. Zararni qanday qilib chegaralash kerakligini bilmaysiz. Yetarlicha demo savdo qilmagansiz va o'z savdo tizimingizni yetarlicha ustasiga aylanmagansiz.

Demo hisobingizni oshirmagansiz va muvaffaqqiyatinigzni doimiy takrorlamagansiz. Manashuning uchun hechqanday pozitsiya ochishga jurat qilaolmaysiz.

O'z sharoitingizga nisbatan juda katta summadagi haqiyqiy hisob ochishingiz ham qo'rquvning yana boshqa sababi hisoblanadi.

O'sha pulni yo'qotsangiz nima bo'lishi hayolingizdan ketmaydi. Yana shunday holatlar ham bo'ladiki ishingiz yo'q, daromadingiz yo'q va valyuta savdosi orqali barcha qarzlar va xarajatlaringizni qoplashga harakat qilayotgan bo'lishingiz mumkin.

Yechim Qanday?

Haqiyqiy pulda savdo boshlashdan oldin qanday qilib savdo qilish kerakligini o'rganing. Yetarlicha tajrib yig'ing va o'z savdo tizimingizning ustasiga aylaning.

Muvaffaqqiyatingizni ketma-ket va doimiy qaytaring. Ana undan keyin yo'qota oldigan miqdoringizdagi summada haqiyqiy hisob oching.

Manashu hisobda savdo qiling va muvaffaqqiyatingizni qayta qaytq takrorlang. Hisobingizni ko'paytiring va o'z tizimingizga ishonchingizni yarating. Mana shunda o'z savdo faoliyatingizda hech qanday qo'rquvni ko'rmaysiz.

Agar ishingiz bo'lmasa yashab turishingiz uchun biror ish toping va endi o'sha ishdan daromadingiz borligi uchun hotirjamlik bilan savdo qilishni o'rganishingiz mumkin.

Barcha bosqichlarda o'rganingizdan so'ng ishingizdan bo'shashingiz va to'liq stavkali treyderlikka o'tishigiz mumkin.

"Nafs" ham valyuta bozorini va uning qanday ishlashini bilmaslikdan kelib chiqadi. Agar bozorni yetarlicha yaxshi bilsangiz unda uni haddan ortiq savdo qilish va juda katta tavakkal qilish orqali foyda orttirishag majburlay olmasligingizni yaxshi tushunasiz. Bozorni o'zingiz uchun qulay savdo imkoniyatlarini yaratishga majburlay olmaysiz. Bozorning sizga qulay imkoniyatlar berishini kutishingiz kerak.

Agar bozorga o'z vaqtida kirmasangiz pulingizni yo'qotasiz. Buni faqatgina savdoni o'rganish bosqichlaridan o'tish orqali o'rganishingiz mumkin.