Brokkerlar
February 8, 2019

Haqiyqiy va Soxta ECN/STP Brokkerlar O'rtasidagi Farq

Onlayn savdo ommaviylashganidan beri treyderlar bilimi kundan kunga oshib bormoqda. Bir necha yillar avval treyderlardan ECN/STP nima deb so'rasangiz ko'pchiligi bilishmas edi. Internet va undagi bepul malumotlar sharofati bilan bugung kunda ko'pchilik treyderlar qanday qilib yaxshi brokker tanlashni hamda market meyker va ECN/STP brokker tizimlarini yaxshi bilishadi.

Ammo, dunyoda hech qachon firibgarlik tugamaydi. Ko'plab treyderlar ECN/STP brokkerlarida hisob ochishni maqul ko'rishayotganligi sababli market meyker bo'lgan firibgar brokkerlar tizimlarida bir qancha kichik o'zgarishlarni amalga oshirib endilikda o'zlarini ECN/STP deb atay boshladi. Aslida esa ular haqiyqiy ECN/STP brokkerlari emas. Buni bilishingiz kerak. Shunday qilib haqiyqiy va soxta ECN/STP brokkerlari o'rtasidagi farq nimada?

ECN bu "Electronic Communications Network" yani elektron aloqa tarmog'i degan manoni bildiradi. ECN brokker bu platformasi xalqaro banklar yoki likvidity provayderlarga elektron tarmoqlar orqali bog'langan brokkerdir. Bunday platformada savdo qilganigizda siz rostdan ham haqiyqiy xalqaro valyuta bozorida savdo qilayotgan bo'lasiz.

STP esa "Straight Through Processing" yani to'g'ridan to'g'ri bajarish degan manoni bildiradi. Bunda pozitsiya ochish va yopish hammasi elktron vositalar orqali, insonning aralashuvisiz avtomatik ravishda bajarilishi nazarda tutilgan.

ECN/STP brokkerinig ishlash prinspi.

Agar brokker siz kompyuteringizga o'rnatadigan platformasini boshqa bir likvidity provayder deb nomlanuchi tashkilotga elektron vositalar orqali avtomatik ulab qo'ygan bo'lsa va orderlarni uzatishda hechqanday inson aralashuvi bo'lmasa unda uni haqiyqiy ECN/STP brokkeri deb ayta olamizmi?

Nazariy jihatdan olib qaraganda ha. Bu sizning orderlaringizni hech qanday inson aralashuvisiz likvidity povayderga uzatib beruvchi ECN/STP brokkeri. Ammo, manashu "likvidity provayder" deb nomlanuvchi boshqa bir market meyker bo'lsachi? Yoki huddi shu kompaniyaga qarashli faqat nomi boshqa tashkilot bo'lsachi? Yoki o'sha tashkilot brokkerning qarindoshi yoki aka, ukasiga qarashli bo'lsachi?

Texnik nuqtai nazardan olib qaralganda bu haliyam ECN/STP brokker. Ammo, endi bu soxta ECN/STP brokker, chunki u sizning orderlaringizni boshqa bir market meyker brokkerga uzatadi. U esa sizni butunlay zararga kiritib olgan foydasini brokker bilan bo'lishadi. Yoki u ham orderingizni shu kompaniyaga qarashli, boshqa nom ostidagi yana boshqa bir tizimga uzatadi. Bunday holatlarda siz haqiyqiy valyuta bozori bilan emas balki sizning zarar ko'rishingizni xoxlovchi market meyker brokker bilan savdo qilmoqdasiz.

Nega bunday qilishadi?

Chunki ular market meyker emas balki ECN/STP brokkeri ekanligini davo qilshadi. Saytlarida esa buni faxr bilan reklama qilishadi. Aytganimizdek, ularning ECN/STP ekanliklari bu fakt, ammo aslida ular market meyker hisoblanadi.

Haqiyqiy ECN/STP Brokkerlari Kimlar?

Haqiyqiy ESN/STP brokkeri bu platformasi hech bo'lmaganda bitta ishonchli va mashxur (Bank of America, Goldman Sachs, JP Morgan, Citi Bank, Nomura, HSBC kabi) likvidity provayderlik tashkilotiga ulangan brokkerdir. Ularga brokkerlik firmalarining qizig'i yo'q va o'rtasida hech qanday aloqalar bo'lmaydi. Brokker shunchaki orderingizni likvidity provayderga uzatadi. Likviditlik provayderi spread va swapdan foyda ko'rsa brokker sizdan komission olib qolib pul topadi. Spread va swapni likvidity provayderga komissionni esa brokkerga to'laysiz.

Bugungi kunda ko'pchilik haqiyqiy ECN/STP brokkerlari bir vaqtning o'zida bir qancha likvidity provayderlariga ulanga. Pozitsiya ochayotganigizda ularning tizimi avtomatik ravishda eng yaxshi narx taklif qilayotgan likvidity procayderni tanlab oladi va orderingiz unga yuboriladi. Shu sababli sizning orderlaringiz turli likvidity provayderlarga yuboriladi va agar doimiy ravishda foyda qilishni boshlasangiz ham ular sizni aniqlab olib sizga qarshi savdo qila olishmaydi. Bu esa sizga treyder sifatida juda katta imkoniyatlar beradi. Bundan tashqari likvidity provayderlar bir-birlari bilan raqobatlashishi sababli ular imkon qadar pastroq spread taklif qila boshlaydi. Bu esa treyderlar uchun yana bir yaxshigina qulaylikdir.

Bazi haqiyqiy ECN/STP brokkerlari sizdan oladigan komissionga qo'shimcha ravishda spreadni ham oshirishadi. Spreadga qo'shiladigan bu qo'shimcha to'lovni markup deyishadi. Aslida mijozlarga aytmasdan ularning bunday qilishlari mumkin emas. Ammo, ularning ko'chiligi mijozlarini bu haqida ogohlantirishmaydi. Kein bunday yashirin va qo'shimcha to'lovlar nega spreadga qo'shilayotganligini so'raganigizda esa ular buni nozorning meyordagi spreadi deya sizni aldashadi. Demak, hatto haqiyqiy ECN/STP ham sizni aldashlari mumkin ekan. Buni o'qib chiqing: Brokkerlar Sizni Aldashining 6 Xil Usuli

Shunday qilib, agar brokker tanlayotgan bo'lsangiz avval uning haqiyqiy ECN/STP ekanligiga ishonch hosil qiling. Yana ulardan markup qo'shish qo'shmaligini ham so'rab ko'ring. Bularni so'rayotganigizda isbotlab berishlarini ham so'rang. Agar yaxshi javob berishmasa unda ularda hisob ochmang.