Psixologiya
February 8, 2019

Energiya vampirlari: Hayotiy Energiyangizni Tortib Oluvchi Negativ Insonlar

Energiya Vampirlari

Sizning muvaffaqqiyatingz va bahtingiz atrofingizdagi odamlar bilan kuchli bo'g'iq ekanligidan habaringiz bormi?

Afsuski bu haqiqat. Atrofingizdagi insonlar - ota-onangizdan tortib oilangizning boshqa azolari, jiyanlaringiz, tog'alaringiz va do'stlaringiz, sinfdoshlaringiz, kollektivingiz, raqobatchilaringiz... bularning barchasi hayotingizda muhim ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Bu bir tarafdan yaxshi, chunki ularning ko'pchiligi sizni qo'llab-quvvatlab yordam berishi mumkin. Ammo ular sizning ruhingizni cho'ktirib hayotingiz va kelajagingizni barbod qilishi ham mumkin. Hammamizning atrofimizda energiya vampirlari deb nomlanuvchi negativ insonlar mavjuddir. Ular hayotimizga juda yomon natijalar olib kelishi mumkin. Ular osonlikcha hayotimizni barbod etishi ham mumkin. Hayriyatki, ular buni faqat biz ruhsat bersakgina amalga oshira olishadi.

Nega Bu Maqolani Yozishga Qaror Qildim?

Buning birinchi sababi dunyodagi istalgan inson singar men ham hayotimning turli bosqichlarida energiya vampirlarining salbiy o'zini tutishlaridan qiynalganman. Ammo, omadimga yoshligimdanoq qo'llab quvvatlovchi ijobiy insonlar bilan yaqinlashib, salbiylaridan uzoqlashganman. Manashuni ko'pchilik hech qachon o'rgana olmaydi, yoki o'rganganida ham juda kech bo'lib energiya vampirlariga o'zining energiyasini tortib olishiga imkon berib juda ko'plab imkoniyatlardan quruq qolishgan bo'lishadi. Shu sababli o'sha insonlarni uyg'otishga va energiya vampirlariga qarshi nima qilish kerakligi haqida maqola yozishga qaror qildim.

Hali ko'p narsalar haqida yozishim kerak, ammo bazida nimadir meni biror mavzu haqida boshqalaridan oldinroq yozishga undaydi. Energiya vampirlari haqidagi maqola bilan ham shu narsa sodir bo'ldi.

Greta Garbo

Bir qancha vaqt oldin mashxur yulduzlar haqida o'qiyotgan edim, ulardan biri ko'proq etiborimni tortdi. Maqola endigina 36 ga kirganida istefoga chiqqan aktrisa Greta Garbo haqida edi. U hali yana ko'plab yillar davomida yulduzlikni saqlab turishi mumkin edi. Ammo, uning istefoga chiqishining sababi uning yuragiga qattiq botgan oddiygina "salbiy fikr" edi.

Yuqoridagi maqolani o'qishm bilan boshqalarning ham shu asnoda kasal va hasadgo'y kishilarning muvaffaqqiyat narvonidan ko'tarilayotganingizni ko'ra olmasliklaridan o'zingizning omad eshiklaringizni yopmasliklari uchun o'sha mavzuda maqola yozishga qaror qildim. Ular odatda sizga jismonan zarar yetkazishmaydi, ammo ularning salbiy fikirlari sizni to'xtatishi va hattoki orzuyingizga yetay deb qolganingizda undan voz kechishingizga sabab bo'lishi mumkin. Hammamiz bunda kishilarning doimiy havfi ostidamiz va hattoki ko'pchilik ulardan juda katta zarar ko'rayotganligi ham aniq. Sizga bu maqola juda kech bo'lmasidan oldin yetib borgan deb umid qilaman. Albatta, istalgan vaqqtda hammasini boshdan boshlab zararlarni to'ldirish ham mumkin.

Avvalo, O'zingiz Haqingizda Biling

Salbiy kishilar faqatgina biz o'z qadrimizni bilmaganimizdagina bizga zarar yetkazishlari mumkin. Shunga aminmanki juda ko'pchilik qanchalik batakror, qadrli, energetik, kuchli, ajoyib, yaratuchan, talantli ekanliklarini bilishmaydi. Juda ko'pchiligimiz faqatgina kuchsiz taraflarimiznigina bilishga o'rgatilganmiz. Balkim matimatikaga yoki adabiyotga yo'qdirsiz, yoki hato maktabni yoki kollejni ham tugata olmagan, universitatga o'qishga kirolmagandirsiz. Balki Galivud yulduzlari kabi kelishgan emasdirsiz yoki bir qancha martalab bankrotlikka uchragandirsiz. Balkim unchalik yaxshi yozuvchi emasdirsiz va oddiy arizalarni ham yozishda muammolarga uchrarsiz, yoki fikringizni boshqalarga aniq va ravon tasvirlab bera olmassiz. Balki tomorqaga qaray oladigan darajada uddaburon ham emasdirsiz...

Bularning ko'pchiligi sizda mavjud bo'lishi mumkin, ammo sizning qo'lingizdan kelmaydigan narsalar sizning butun borlig'ingizni tashkil etmaydi. Siz ulardan yuqoriroqsiz. Siz qilaolmaydigan narsalar ular haqida bir daqiqa ham o'ylashingizga arzimaydi. Bu dunyoda qilishingiz mumkin bo'lgan yoki siz potensial qila oladigan juda ko'plab narsalar bor. Sizning ongingiz borliqdagi hamma narsadan katta va shunchaki o'zingiz barcha yulduzlaru sayyoralardan ham qadirliroqsiz.

Bilasizmi nega? Chunki siz insonsiz va hozircha qila olmaydigan bir qancha narsalarning bo'lishiga qaramay sizning imkoniyatlaringiz va qobiliyatlaringiz butunlay cheksiz, chegarasiz.

Shu sababli hozirda cho'ntagingizda pulingiz yo'qligiga qaramay, bir necha martalab bankrotlikka uchraganingizga qaramay siz juda qudrat va qadrga egasiz. Bular shunchaki sizning ruhingizni ozginagina ko'tarishga mo'ljallangan bir qancha pozitiv so'zlargina emas. Bu haqiqat, chunki o'z;arining imkoniyatlarini yetarlicha baholay olmagan hechnarsasi yo'q insonlar kuchsizliklarini unutib butun etiborini kuchli jihatlariga qaratib juda buyuk ishlarni amalga oshira olishgan va mumkin emasni mumkinga aylantirishgan. Bu fakt va unga oid juda ko'plab misollarni keltirishim mumkin.

Agar o'zingizni bilsangiz, unda hech qanday salbiy gaplar sizga tasir qilmaydi. Agar kimdir "sen yaxshi aktyor bo'la olmaysan, chunki aksenting bor" desa shunchaki uning fikriga etibor bermang chunki juda ko'pchilik aksenti borlar buyuk aktyorlik darajasiga erishgan. Bundan tashqari, agar yaxshi aktyor bo'lmoqchi bo'lsangiz aksentingiz sizga to'siq bo'la olmaydi. Manashu narsani bilishingiz va ishonishingiz kerak. Maqssadlaringiz va ishingizga etiboringizni jamlashni va qolgan barcha narsalarni inkor qilishni o'rganishingiz kerak.

Greta Garbo esa manashuni uddalay olmagan. Chunki uning muxlislari juda ko'p bo'lishiga qaramay bir qancha salbiy fikrlar uni juda erta ishidan ketishiga olib keldi. U ko'plab yutuqlariga, millionlab muxlislariga etibor bermasdan bir qancha salbiy tanqidlarga etibor berib ko'ngilga oldi. Bu jinnilik.

Umuman olganda uning hech qanday muammosi yo'q edi. Uning yagona muammosi u o'zi haqida yetarlicha bilmas va o'zining yutuqlari va qobiliyatlariga ishonmas edi.

Greta Garbodan farqli o'laroq Arnold Schwarzenegger ancha kuchli va aqilli edi. Natijada u ko'plab insonlar hatto tasavvur ham qila olmaydigan yutuqlarga erishdi. Albatta u ham salbiy fikirlarni eshitgan, balki Greta Garboga nisbatan minglab marta ko'proq eshitgandir ham. Chunki Arnold ommadan chiqib ketshni boshlaganidagi raqobat Greta Garboning Galivudda ishlayotgandagi raqobattan anchagina katta edi.

Greta Garbo Shvetsiyalik edi ammo uning ko'plab filmlari ovozsiz edi. Yani uning ovozi hech kimga eshitilmasdi, shunday ekan uning aksenti ham muammo emas edi. Uning aksentiga qarshi tanqidlar u ovozli filmlarda o'ynashni boshlaganidan keyingina paydo bo'la boshlagan edi.

Ammo, Arnold Schwarzenegger ham Greta Garbo singari aksentga ega edi. Chunki u Avstriyalik, ammo Greta Garbodan farqli o'laroq unda bu muammo kinolarda o'ynashni boshlaganidan beri mavjud edi. Shunga qaramasdan u tanqidlarga deyarli etibor bermasdi.

Arnold energiya vampirlaridan quyidagi salbiy tanqidlarni eshitar edi:

1. Sen bir to'da muskullardan boshqa hech narasa emassan.

2. Sening aksenting juda yomon.

3. Sening familiyang juda g'alati va kulguli.

4. Shuncha muammolari bo'lgan bunday begonaga AQSh kinosi, biznesi yoki hukumatida umuman joy yo'q.

Manashu muammolar uni na buyuk aktyor va na gubernator bo'lishdan to'xtatib qola olmadi (Bularga hatto juda ko'plab Amerikaliklar ham erisha olishmaydi). Uning o'zining so'zlariga qaraganda buning sababi bu uning 1-raqamli muvaffaqqiyat qonuni - "O'zingga Ishon" edi.

Greta Garbo va Arnold Schwarzenegger orasidagi farq shunda ediki ulardan birinchisiga boshqalarning fikirlari va salbiy baholashlari og'ir botdi. Chunki u o'ziga ishonmasdan o'sha salbiy fikirlar to'g'ri bo'lishi mumkin deb o'ylagan edi. Ikkinchisi esa bunday fikirlarga umuman etibor bermay faqatgina o'ziga ishongandi. Natijada, aksent kabi muammolar unga ko'z yumsa bo'ladigan bo'lib tuyuldi.

Hech qanday muammo bizni to'xtata oladigan darajada katta emas.

Muammo sizni to'xtata olishi uchun uni avval o'zingizdagi muammo va kamchilik sifatida ko'rishingiz va uning katta ekanligiga ishonishingiz kerak. Muammolarimizni kattalashtiruvchi bu o'zimizdir. Haqiqatda esa ular katta emas. Hech qanday muammo sizni to'xtata oladigan darajada katta emas. Chunki siz hatto o'zingiz tasavvur qila oladigandan ham anchagina kattaroqsiz. Kimligingiz, qayerda yashashingiz, nima qilishingiz, qancha pul yoki bilimingiz borligining farqi qyo'q. Agar xoxlasangiz buyuk bo'lishingiz va buyuk ishlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Shunday qilib Arnold aytganidek o'zingizga va qadringizga ishonsangiz energiya vampirlari energiyangizni so'rib olib sizni umidsizlikka tushira olishmaydi. Ularning gaplarini shunchaki hazilga yo'yib rivojlanishda davom etaverng. Ularning gapalarining ko'pi haqiqat emasligi, bazilari haqiqat bo'lsa ham unchalik muhim emasligini yodingizda saqlang. Shu sababli ularning gaplariga quloq solib ko'ngilni cho'ktirish kerak emas.

Hech kim sizning o'z ruhsatingizsiz sizni ojiz deya olmaydi.
- Eleanor Ruzvelt

O'zingizga ishonib o'z qadringizni bilsangiz bir daqiqa ham salbiy kishilar va energiya vampirlarining gapiga quloq solmaysiz. Chunki ularning kasal ekanligini va hayotlarida juda ko'plab imkoniyatlarni yo'qatishayotganligini, shu sababli ularning muomilasi salbiy ekanligini bilasiz. Shu sababli ularning gapiga kirish mantiqdan emasligini tushunasiz, chunki ularning salbiy fikirlari ularning ichki muammolaridan paydo bo'lmoqda.

Xavfli virusga chalinganlar uni sizga ham yuqtirishlari mumkin. Sog'lom odamdan esa virus yuqtira olmaysiz. Shu sababli sog'lom inson sifatida bunday virusli odamlardan uzoqroq bo'lishga harakat qiling. Hech bo'lmasa ular bilan muloqotda ehtiyotkorroq bo'ling. Negativ so'zlardan uzoqroq bo'ling. Huddi shu kabi bunday so'zlarni aytuvchi odamlardan ham uzoqroq yurishingiz kerak.

Siz sog'lomsiz va shundayligingizcha qolishingiz kerak. Energiya vampirlari esa kasal va siz ulardan uzoqroq bo'lib gaplariga quloq solmasligingiz kerak. Agar yashash joyingizda huddi shunday insonlar bo'lsa, misol uchun ota-onangiz, qarindoshlaringiz yoki turmush o'rtog'ingiz va sizning ular bilan yashashdan boshqa chorangiz bo'lmasa ularga shunchaki yaxshi munosabatda bo'ling. Ammo ularning salbiy gaplari va o'zini tutishlariga etibor beramang. Bilaman, bazida bu unchalik ham oson emas, ammo agar xoxlasangiz qo'lingizdan keladi. Hayolingizda ularning gaplarini haziga yo'yib kulishingiz ham mumkin.

Energiya Vampirlari Kimlar va Nega Ular O'zlarini Shunday Tututishadi?

Ular ham huddi siz va menga o'xshagan insonlar, lekin ularning muammolari bor. Huddi zararli virus natijasida yuqumli kasallikka uchragan inson kabi energiya vampirlari ichida ularga yomon tasir qilgan nimadir bor. U nimadir sababga ko'ra juda ko'p og'riq beradi ammo ular bu og'riqni to'xtatib tuzata olmaydi. Energiya vampirlariga yordam kerak, ammo afsuski ular ko'pincha yordamni boshqalardan olaolmaydi.

Ijobiy energiyaga to'la inson buni boshqalardan yashira olmaydi. Uning gaplaridan ham harakatlaridan ham ijobiylik sezilib turadi. U atrofdagilarni qo'llab quvvatlaydi va u uchrashgan yoki gaplashgan barcha kishiga ijobiy energiya ulashadi. Ammo, energiyasini yo'qotga insonning esa boshqalarga beradigan hech qanday pozitiv narsasi bo'lmaydi. U ichidagi yetishmayotgan narsasini qaytarishga harakat qiladi, ammo buni amalga oshirishning to'g'ri yo'lini bilmaydi. Buni u boshqalarga zarar yetkazish va ularning pozitiv energiyalarini tortib olishni quyidagi salbiy gaplar orqali amalga oshiradi:

  • Sen hech narsani to'g'ri qila olmaysan.
  • Sen xuniksan.
  • Sening ko'rinishing yaxshi emas.
  • Sening buni qilishga aqling ham tajribang ham yetmaydi.
  • Sen ahmoq va kuchsizsan.
  • Sen hech narsaga erisha olmaysan.
  • Sen orzularingga erish olmaysan.
  • Dunyoda sendan zo'rlar juda ko'p.
  • Seni yomon ko'raman...
  • ...

Ushbu gaplarni eshitish yaratuvchanlik, energiya va ishtiyoqingizni yo'qqa chiqaradi. Ko'pchilik holatlarda odamlar huddi Greta Garbo sigari bu gaplarni ko'ngliga olishadi. Bu salbiy gaplarni ota-oangiz yoki qarinsoshlaringiz kabi yaqin insonlaringizdan eshitishingiz esa sizga yanada kuchliroq tasir qiladi. Afsuski, juda ko'plab kishilar o'zlarining sevimli yaqinlariga huddi shunday zarar yetkazishadi. Ular zararlangan va endi o'zlarining atrofidagilarni ham zararlashmoqda. Albatta, buni ular bilib atayin qilishmaydi, bundan ular butunlay behabar. Bu insonlarning salbiy fikirlari natijasida osonlikcha o'qishni tashlashingiz yoki o'zingiz yaxshi ko'radigan ishingizdan ketishingiz mumkin. Bu esa o'zingizga bergan eng katta zararingiz bo'ladi.

Energiya Vampirlari Bilan Qnaday Munosabatda Bo'lish Kerak?

Ularni o'zgartirishga harakat qilmang, chunki buni qila olmaysiz va ularga yordam bermoqchi bo'lganingizda ular sizga zarar yetkazishi mumkin. Shunchaki kechiring va unuting. Agar iloji bo'lsa ulardan uoqroq bo'ling. Bo'lmasa, ularning gaplarini ko'nglingizga olmang. Huddi latifa eshitayotganday jilmaying. Salbiy so'zlar reallikni o'zgartira olmaydi. Ularning salbiy gaplarini yurakka oladigan va sizga zarar yatkazadigan bu o'zingizdir.

Minglab kishilar sizga qarshi gapirishi, tanqid qilishi, millionlab ayblaringizni topishlari mumkin. Agar bundan habaringiz bo'lmasa siz o'z ishngizni doimgidek yaxshi kayfiyatda qilaverasiz. Ammo, ulardan hatto bittasinig aytganlarini eshitishingiz ham sizning zaralanishingizga sabab bo'ladi. Sizda hech narsa o'zgarmagandi. Siz eshitgan gapni avval ham minglab marta aytishgandi lekin siz uni bilmagansiz, bu safardagi farq shundaki endi siz uni bilasiz. Siz huddi shu insonsiz. Avval ham shudany edi hozir hamm shunday. Muammo esa bazi salbiy fikirlarni ko'nglingizga og'ir olganingizda.

Salbiy gaplarni yurakka olishdan ham bshqa yo'lni tanlashingiz mumkin edi. Ularni huddi hech qachon eshitmaganingzdek shu zahotiyoq inkor qilib o'z yo'lingizda davom etishingiz mumkin edi. Ammo bu so'zlarni jiddiy deb qabul qilish yo'lini tanladingiz. Shu tarafdan olib qaraganda sini zararlayotgan bu sizning o'zingiz. Siz o'z tanangizga zahar quymoqdasiz. Hamma narsa sizning nazoratingiz ostida. Yaxshi yoki yomon tanlovlardan birini tansh o'zingizning qo'lingizda.

Odamlarning og'zini bog'lab ham qo'yolmaysiz va ularning salbiy muomila va harakatlarini to'xtata olmaysiz ham. Ularni boshqarish sizning qo'lingizda emas. Ammo, o'zingizning boshqaruvingiz to'liqligicha o'z qo'lingizda. Butun umringizni dushmanlaringiz aytganlariga kirib zararlanib, umidsizlikda o'tkazishingiz mumkin. Lekin yana bitta, osonroq yo'l mavjud: Ularning aytaganlariga umuman etibor bermaslik.

Qanchalik rivojlanib muvaffaqqiyatlarga erishib borganingiz sari shunchalik dushmanlaringiz ko'payadi. Bu meyoriy holat. Dushmanlaringizning sizga qarshi aytganlariga quloq solishingiz bilan muvaffaqqiyat yo'lining o'rtasida to'xtaysiz. Har kuni o'z hayotingiz va ishingizga etiboringizni jamlashingiz orqali har kuni yanada muvaffaqqiyatliroq bo'lib boraverasiz.

Demak, hamma narsa o'z qo'lingizda.

Oxir Oqibart O'sha Energiya Vampirlariga Nima Bo'ladi?

Ularning ahvoli kundan kunga yomonlashaveradi. Vaqt va energiyalarini negativlikka sarflashlari natijasida ular o'zlari uchun biror pozitiv narsa qila olishmaydi va natijada hayotlari yaxshilanmaydi. Ular o'z jarohatlarini boshqalarni jarohatlash orqali tuzatishga harakat qilishadi. Ammo, bunng natijasida ularning ahvollari yanada og'irlashaveradi. Ko'pchilik haollarda ular buni sizga qarshi biror sabab natijasida qilishmaydi. Buni shaxsiy deb qabul qilmasligingiz kerak. Sizmi yoki boshqasimi buning ularga farqi yo'q. Ular o'zlaridagi og'riqni pasaytirish uchun boshqalarni zararlashi kerak. Buni tushunishingiz, kechirishingiz va unutishingiz kerak hamda o'z maqsadlaringizga tomon intilishingiz kerak. Sizni Bir qancha salbiy gaplar zararlay olmasligi kerak. Faqat o'zingiz xoxlasangizgina ulardan jabrlanishingiz mumkin.

Bazi energiya vampirlari esa boshqalarga qarshi salbiy energiy tarqatish orqali pul ham topishadi. Bu ayniqsa internetda juda ko'p tarqalgan. Ishi yurishayotgan (ayniqsa mashxur sanatkorlar) ga qarshi internet saytlarida yomon mishmishlar tarqatib yuborish judayam oson.

Ammo, sog'lom va ijobiy insonlar jamiyatini yaratish juda ko'p vaqt va energiya talab qiladi. Sababi, energiya vampirlari saytlariga chiqargan yomon narsalarning hidi energiya vampirlarining saytlarida yomon narsalarni o'qoshni yaxshi ko'radigan boshqa salbiy insonlarni o'ziga tortadi. Chunki ularning ruhlari faqat salbiylikdan ozuqlanadi. Ular shunday saytlarni topishlari bilan uning doimiy foydalanuvchisiga aylanishadi. Chunki ularga bunday saytlarni o'qish va boshqalarga salbiy so'zlarni aytish o'zlaridagi ichki bosimdan sal bo'lsada halos bo'lishga yordam beradi. Bu esa energiya vampirlarining saytiga ko'plab trafik olib keladi va natijada ular pul ishlashadi. Bu shunday kishilarning internetda pul topishining eng oson yo'li. Ularning salbiy maqolalari o'zlariga o'zshagan insonlar tomonidan maqul ko'rilib ko'plab komentariylar yozilib va layklar bosilganini ko'rgan sayt egalari bundan ruhlanib salbiylikka yanada ko'proq etibor bera boshlaydi.

Ammo, sog'lom va pozitiv insonlar ishonchini qozonish uchun esa juda qattiq ishlashingiz kerak bo'ladi. Ular oldidan chiqqan hamma saytlarga ham o'zlarining qimmatli vaqtlarini sarflayvermaydi. Ular sizning so'zlaringizda qadr va haqiqatni ko'rishlari kerak. Sizga obuna bo'lishlari uchun sizning professionalligingiz va tajribangizni ko'rishlari kerak. Ularning vaqtini havoga sovurib yolg'on so'zlar bilan salbiylikni targ'ib qilayotganligingizni sezib qolishsa saytingizdan shu zahotiyoq chiqib ketib hech qachon qaytib kirmaydilar.

Sog'lom va yacshi bilimli jamoani tashkil qilish juda ham qiyin, ammo bunday jamoaning tengi yo'q bo'ladi hamda vaqt o'tishi bilan uning tajribasi qardi osha boradi. Salbiylikka etibor beruvchilar tezroq va osonroq pul topishlari mumkin, ammo ular uzoq muddatli palnda qaralganda hech qachon biror darajadan yuqoriga ko'tarila olishmaydi. Ular saytining atrofida to'planuvchilarning bari kasal, boshqalarni ko'rolmaydigan, tushkunlikka tushgan, kambag'al, omadsiz va keraksiz kishilar bo'ladi. U o'zi singarilarning orasida kundan kunga pasayib boraveradi.

Bunday internet energiya vampirlariga ham davo shu: Kechir va unut!

Mashxur bo'ldingiz ham deylik va endi internet energiya vampirlarining etiboriga tushdingiz. Endi ular sizga qarshi salbiy narsalarni yoza boshlashadi. Avvalambor, ulaning yozganlarini o'qishga bir daqiqa ham sarflamasligingiz kerak. Vaqt judayam qadirli. Ammo, tasodifan ularning saytiga kirib qolsangiz ham deylik, hech narsaga etibor bermasdan tezda chiqib keting. Ichinigizda hech narsani saqlaman. Ularni kechirishingiz va unutishingiz kera, aks holda o'zingizni zararlaysiz.

Agar ulardan birortasi saytingizda yoki facebook sahifangizda biror negativ komentariy qoldirishsa shunchaki uni (1) o'chirib tashlang, (2) kechiring va (3) unuting. Saytingiz va sahifangizni sog'lom insonlar uchun toza saqlashingiz kerak. Infeksiyalangan odamlarning saytingizga kirib virusni boshqalarga ham tarqatishiga yo'l qo'ymaslgingiz kerak.

Qaysi yo'lni tanlash o'zingizga bog'liq. Arnold Schwarzenegger singari salbiylikka umuman etibor bermasdan yo'lingizda davom etaverishingiz yoki Greta Garbo singari boshqa kishilarning sizga zarar yetkazishiga imkon berishingiz mumkin. Boshqalarning siz haingizdagi gaplari hech narsani o'zgartirmaydi. Siz qanday bo'lsangiz shundaysiz va faqat o'zingiz xoxlaganingizdagina o'zgarshingiz mumkin.