Psixologiya
February 8, 2019

To'g'ri Hayot Tarzisiz Savdo Strategiyalari Ishlamaydi

Hardoim ko'plab foreks yoki aktsiya treyderlarining yaxshiroq ishlaydigan strategiyalar izlab yurishganini ko'raman. Valyuta yoki aktsiyalarda savdo qilish uchun bozorga qachon kirish, qachon chiqish, stop loss va teyk profitlarni qayerga qo'yish kabilarni bizga aniqlab beradigan strategiya kerakligini hammamiz yaxshi bilamiz. Bunday strategiya sizga bozorga kirishingizning eng yaxshi va optimal nuqtasini va vaqtini ko'rsatishi kerak.

Internetdan yaxshi strategiyalarni topib o'rganishingiz mumkin. Grafiklarni qanday analiz qilishni o'rganib olib birozdan keyin yaxshigina guruga aylanishingiz ham mumkin. Shamcha signal va shablonlarini qanday o'qib olishni tushunib eng kuchli savdo imkoniyatlarida savdo qilishingiz ham mumkin. Ammo, savol tug'uladi, nima uchun ko'pchilik treyderlar yutqazishadi?

Shaxsan men juda ko'plab treyderlar bilan to'g'ridan to'g'ri yoki biror do'stim orqali tanishman. Ularning deyarli 99.99%i yutqazishar edi va ularni taniganimdan beri hali ham ko'pchiligi zararga ishlashmoqda. Xayron qolarli jihati shundaki ularning ko'pchiligi juda uzoq vaqtdan beri savdo qilishadi va juda katta bilimga ega. Ular juda ko'plab kitoblarni o'qishgan va grafikda paydo bo'luvchi har bir shamchaning nomini sanab berishlari mumkin. Ulardan birini juda oldindan beri bilaman. O'sh tanishim u paytlarda aktsiyalarda savdo qilardi. Keyinchalik onlayn savdo yo'lga qo'yilganidan keyin valyutada savdo qilishga o'tgandi. U texnik analiz, shamchalar, yangiliklar va ... lar haqida soatlab beto'xtov gapirishi mumkin. Menimcha hech kim savdoni uchalik chuqur bilmasa kerak. Bir safar savdo haqida taxminan 5000 varoqli kitob sotib olgan edi. Kein uni o'qib chiqib menga ham tafsiya qilgandi ammo men rad etgandim.

O'sha do'stim Germaniya aktsiya bozoridagi o'zining 25 yillik savdo kariyaerasi davomida bankdagi jamg'armasining 80-90%ini yo'qotgandi. Natijada xotini u bilan ajrashadi. Chunki u pullar ularning nafaqasi uchun jamg'arma edi. Bundan tashqari do'stimning o'sha katta yo'qotishi birinchi marta ham emas edi.

Endi aytingchi muammo uning savdo strategiyasida edimi?

Albatta yo'q, chunki u juda kuchli texnik treyder edi va deyarli barcha savdo strategiyalarini bilar edi. Haqiyqiy muammo uning hissiyotlarini boshqarishga imkon bermagan uning hayot tarzida edi.

Juda ko'p bilim yurakni ko'r qiladi. Natijada inson yaxshi va dono emas balki haddan tashqari aqilli bo'lib ketadi.

Savdo Strategiyasi Izlashingizdan Oldin

Boshqa savdo strategiyalarini sinab ko'rib birini tanlashingizdan oldin to'g'ri hayot tarziga ega bo'lishingiz kerak. Quyida savdo strategiyalarini sotuvchilar sizga aytmaydigan bir qancha faktlarni keltiramiz. Strategiyalarning ko'pchiligi agar to'g'ri ishlatishni bilsangiz va kerakli hayot tarziga ega bo'lsangiz juda yaxshi ishlaydi.

1) Moliyaviy Ahvolingiz

Ko'pchilik moliyaviy muammolari borligida savdo qilishni o'rganishni boshlashadi. Ishlaridan ajralib yoki bankrotlikka ucharganidan keyin xarajatlarini qoplab yashab qolish uchun moliyaviy manba topish niyatida onlayn savdo bilan tanishadilar. Googledan savdoni boshlash uchun maslahat qidirishadi va reklamalar yordamida sotuvga chiqarilgan biror savdo strategiyasi yoki kursini topib olishadi.

Bir necha kunlab videolar ko'rib, kerakli narsalarni o'qib bo'lishganidan keyin ular dunyodagi eng boy insonlardan biri bo'lishga qadam qo'ya boshlaydi. Chunki boshida grafiklarga qararab pul topish juda oson tuyuladi.

Ularning ko'pchiligi hali demoda savdo qilib o'rgangan strategiyasini to'g'ri qo'llay oladimi yo'qmi bilmasdan turib haqiyqiy hisob ochib savdo qilishni boshlashadi. Afsuski, ularning bazilari katta summada hisob ochib qisqa vaqtlar ichida uni yo'q qilishadi. Kichikroq hisob ochganlar ham pullarini yutqazishib bir necha martalab ballanslariga qayta qayta pul tashlashadi.

Bu yerdagi eng muhim sabab bu ularning pul topishga bo'lgan kuchli ehtiyojidir. Chunki o'sha paytda ularga pul juda kerak bo'lib turga bo'ladi. Ishlaridan ayrilgan va o'zlaridagi pul yaxshash uchun yetarli emas. Turli xil to'lovlar, xarajatlar, ... . Shu sababli ular imkon qadar tezroq pul topish niyatida harakat qilishadi.

Afsuski, ularning savdo tajribalari bo'lmaganligi sababli o'zlari ishaltayotgan savdo strategiyasi natijasida yutqazayapman deb o'ylashadi. Shuning uchun bashqa savdo strategiyalarini izlashga tushishadi ammo yutqazishda davom etishadi. Bu savdo strategiyasining aybi emas.

2) Yaxshi Daromad Manbayiga Ega Bo'lishingiz Kerak

Pul topishingiz zarur bo'lsa savdoda pul popolmaysiz, shuni esda saqlang. Yani agar umuman pulingiz bo'lmay turib qarzlarni, to'lovlaringizni to'lashingiz va boshqa oilaviy xarajatlarni qoplashingiz kerak bo'lsa onlayn savdoda pul topa olmaysiz.

Buning sababi shundaki agar pul topishingiz zarur bo'lib turganida bozorni to'g'ri analiz qilib eng kuchli savdo imkoniyatlarini kuta olmaysiz. O'zingizni bozorga kirishga majburlaysiz. Chunki bu hech narsa qilmasdan o'tirgandan ko'ra yaxshiroq deb o'ylaysiz. Bazida hali bozorda savdo imkoniyati yo'qligini va bu paytda kirish xato ekanligini bilib turib bozorga kirasiz. Chunki hechnarsa qilmasdan chekkada bozorni kuzatib turib o'zingizni gunohkor his qilasiz. Natijada biror harakat qilib ozroq bo'lsa ham pul topishga harakat qilasiz.

Savdo orqali boyligingizni eksponensial darrajada oshirishning mumkin, ammo buning uchun yaxshi doimiy daromad manbaiga ega bo'lishingiz kerak. Onlayn savdo bu boyligingizni oshirish vozsitasidir. Savdodan yagona daromad manbasi sifatida foydalanish juda qiyin. Mumkin emas demaymanu lekin juda qiyin.

Moliyaviy muammolaringiz bo'lmagandagina bozorga kirib daromad orttirishingiz mumkin. Bunda siz eng kuchli savdo imkoniyatlarini tanlaysiz va bozorga zararlarini qoplashi uchun bozorga kirishi zarur bo'lgan loser sifatida emas haqiyqiy qahramon sifatida kirasiz. Yaxshi moddiy taminotga ega kishilar eng kuchli savdo imkoniyatlarini tanlab o'z satrategiyalarida ko'rsatilgan joylarda ko'ngillari hotirjam va keraklicha quvvatda bozorga kirshadi. Ularning o'ylash va qaror qabul qilishlariga yetarlicha vaqtlari bor. Ularda istalgan narxda bozorga kirish kabi shoshilish yo'q. Ular strategiyalarini imkoni boricha yaxshi foydalanib bozorga yuqori ehtimollikdagi kuchli va ishonchli savdo imkoniyatlari orqali kirishadi.

Agar shu kabi kuchli treyder bo'lishni xoxlasangiz va hozirda sizda doimiy daromad manbasi bo'lmasa, unda avval bunday daromad manbasini yaratib olishingiz kerak. Yoki agar ishingiz bo'lsayu undan olayotgan daromadingiz yetarli bo'lmasdan sizni bemalol savdo qilishga qo'ymasa, unda qilishingiz kerak bo'lgan birinchi ish bu kuchli doimiy daromad manbayi yaratishingz kerak. Undan keladigan pul butun xarajatlaringizni qoplab yana valyuta bozorlarida savdo qilishingizga ham ortib qolishi kerak. Manashunda siz pulingizni ko'paytirishni boshlashingiz mumkin bo'ladi.

Deyarli barcha internetda strategiyalarini sotayotgan gurular yuqoridagi birinchi darajali faktlarni sizlarga aytishmaydi. Sababi yo ularning o'zlari ham buni bilishmaydi, yoki bilishsalar ham ularga buning farqi yo'q, chunki ularning ko'pchiligi sizga strategiyalarini sotishsalar bo'lgani. Ularning birqanchalari esa market meyker brokkerlaga ishlashib hali demoda doimiy foyda qilmasingizdan oldin sizni o'sha brokkerlarda haqiyqiy hisob ochishga yo'naltiradi.

Men esa avval kuchli daromad manbayi yaratib olishingizni maslahat beraman. Ungacha esa demoda savdo qilib tajribangizni oshirishingiz kerak.

Yaxshi Savdo Strategiyasi + Yaxshi Hayot Tarzi = Kuchli Treyder

Agar savdoni yagona daromad manbayi sifatida o'rganayotgan bo'lsangiz muvaffaqqiyatga erishishingiz ehtimoli juda kam. Agar yaxshi daromad manbayiga ega bo'lsangiz va savdo orqali boyligingizni oshirishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz unda sizdan yaxshi treyder chiqishi mumkin.

Agar yaxshi daromad manbayingiz bo'lmasa unda hozircha savdo strategiyalarini izlamaganingiz maqul, chunki bu holatda ular yordam bermaydi. Avval, yaxshi doimiy daromad keltiradigan manba toping. Keyin o'sha manba orqali daromad olishingiz davomida savdo strategiyalarini va qanday qilib savdo qilish kerak ekanligini o'rganishni boshlashingiz mumkin. O'rganishingiz davomida biroz pul yig'ing va demoda doimiy daromad qiluvchi treyder bo'lganigizdan keyin haqiyqiy pullar bilan savdo qilishni boshlang.

Savdo strategiyalari orqali pul topish uchun mos bo'lgan hayot tarzi huddi manashunday. Sizga xar xil kurslarni sotayotgan savdo ustozlarining birortasi ham bu haiqda aytishmaydi. Bu esa ko'plab treyderlarning muvaffaqqiyatsizlikka uchrashiga olib keladi. Albatta bu ularning xatolari emas, chunki ular professional treyder emas va o'zlari savdodan umuman daromad qilishmagan. Ular pulga faqatgina savdo strategiyalari va video kurslarni sotishadi.

Internetda juda kuchli savdo strategiyalarini tekinga topishiniz mumkin. Ammo, o'sha strategiyalarni hotirjamlik bilan hayotda qo'llab doimiy daromad qiluvchi treyderga aylanishingizni taminlaydigan hayot tarzini yaratib olish qiyin.

Qandaydir muvaffaqqiyatga erishish uchun kerakli paytda kerakli joyda bo'lishingizning o'zi hardoim ham yetarli emas. Bunda kerakli insonlar tomonidan qo'llab quvvatlaninishingiz ham katta ro'l o'ynaydi.