Рецепт
July 6, 2023

Paxlava tayyorlash — retsepti, bosqichlari, kerakli masalliqlar

Ингредиенты:

Un — 4 stakan

Sariyog’ — 350 g

Smetana — 300 g

Tuxum — 4 dona

Shakar — 2,5 stakan

Yong’oq — 2 stakan

Asal — 2 osh qoshiq

Iste’mol sodasi — 1 choy qoshiq

Пошаговая инструкция приготовления:

1 ШАГ

Dastavval paxlava xamirini tayyorlash kerak. Un 300 gramm sariyog’ bilan aralashtiriladi, so’ng 3 ta tuxum sarig’i, smetana va soda qo’shiladi, xamir qorilib, 1 soatga sovutgichga olib qo’yiladi.

2 ШАГ

So’ng sovutgichdan olinib, xamir 8 ta kichik zuvalalarga bo’linadi.

3 ШАГ

Zuvalarning ikkitasi biroz kattaroq bo’lishi kerak. Bu eng pastki va eng ustki qavat uchundir.

4 ШАГ

Nachinka tayyorlash: yong’oqlarni maydalash kerak, lekin un kabi juda maydalab yuborish ham yaramaydi, kichik bo’lakchalar qolishi kerak. Yong’oqni shuningdek qovurib olish ham mumkin. Buning uchun yong’oq 150 darajagacha qizdirilgan pechga 7 daqiqaga qo’yib olinadi. Bu paxlava tayyorlash sirlaridan biridir, qovurilgan yong’oqlar bilan paxlava yanada mazali chiqadi.

5 ШАГ

4 ta tuxum oqi, shakar va maydalangan yong’oq birlashtiriladi.

6 ШАГ

Har bir xamir zuvalasi un sepilgan yuzada ingichka qilib yoyiladi.

7 ШАГ

Protivenga qavat qilib xamir yoyiladi, har bir qavat ustiga bir tekisda nachinka qo’yiladi, lekin zich tarzda emas.

8 ШАГ

Shu tariqa xamir-nachinka ketma-ketligida davom ettiriladi. Eng pastki va ustki qavat xamirlari biroz qalinroq bo’lgani yaxshi, shunda u yopishib qolmaydi yoki kuymaydi.

9 ШАГ

Eng ustik qavat xamir bilan tugaydi. Hosil bo’lgan pirog romb shaklida kesib chiqiladi, ustiga tuxum sarig’i surtiladi, yong’oq bilan bezaladi. 200 daraja 40-50 daqiqa pishirib olinadi.

10 ШАГ

Tayyor bo’lishiga 5-10 daqiqa qolganda, pechdan olinib, ustidan erigan 50 gramm sariyog’ va asal aralashmasi quyiladi va yakuniy tayyor bo’lishi uchun pechga qaytariladi.

11 ШАГ

Shuni ta’kidlash joizki, protivendan faqat sovugan paxlavani chiqarib olish mumkin. Aks holda pishiriqning issiqligida suyuq bo’lgan qiyomi oqib ketadi!

Источник рецепта: https://gotovim.uz/paxlava-tayyorlash-retsepti/

Telegram: @uzgotovim