January 26, 2021

Mahmudxoʻja Behbudiyʼning hayot yoʻli

Bizlarni unutmangiz, maktab-maorifni taraqqiy ettiringiz. Mahmudxoʻja Behbudiy

©️ Mahmudxoʻja Behbudiy

  • 1875-yil Samarqandda tugʻilgan.
  • 18 yoshidan keyin qozixonada mirzalik qilgan, qozi, mutfiy darajasiga koʻtarilgan.
  • 1899-1900- yillardagi Arabiston, Misr, Turkiya boʻylab safari chogʻida yangi usuldagi maktab ochish fikri tugʻiladi.
  • 1900-yili Samarqandda yangi usuldagi maktab ochdi.
  • 1903-1904-yillarda Qozon va Ufaʼga borib, yangicha maktablar bilan tanishdi, ziyolilar bilan aloqani yoʻlga qoʻydi.
  • 1904-yildan yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi.
  • 1911-yilda ilk oʻzbek dramasi «Padarkush»ni yozgan. Unda maʼnaviy qashshoqlik insonning fojiasi ekanligi bayon qilingan.
  • 1913-yilda kitob nashrini yoʻlga qoʻyib, ilgʻor fikrli jadidlarning asarlarini nashr qildi.
  • 1914-yilda «Samarqand» gazetasi, «Oyna» jurnalini tashkil qildi. «Oyna»da xalq va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib bordi.
  • 300 ga yaqin maqolalarida ilm olish, xususan, koʻp tillarni oʻrganish, tenghuquqlilik gʻoyalarini ilgari surdi.
  • 1919-yilda Qarshida dushmanlari tomonidan qatl qilindi.
  • 2020-yilda 1-oktabrida Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.
  • https//t.me/grammartimes
  • https://t.me/grammartimes

htt//t.me/grammartimes

https://t.me/grammartimes