Where fate brings
Oppoq rang bilan bõyalgan,ikki qavatli zamonaviy uy ostonasida turgan yigit atrofga sinchiklab nazar soldi. Kuz faslining nafosati ila sariq tusga kirgan uy oldidagi daraxt barglari, asta-sekinlik bilan daraxt shoxlarini tark etib sovuq yerga tõkilardi. Havo biroz sovuq shamoli bõlgani sababli, yigit egniga qora rangli qalinroq bõlgan kastyum kiyib olgan edi.
Taehyung qõl soatiga qarab qõyib, eshikni ohista taqilatdi. Taehyung uchun hashamatli bo'lgan bu uy negadir ko'nglidan yomon tuyg'ularni keltirib chiqardi. Go'yoki bu uyga hozir kirsa qandaydir yomonlik bõladigandek, hayotidagi eng yomon voqea sodir bõlishini sezayotgan kabi yuragi tez ura boshladi. Nega bunday bo'layotganini õzi ham bilmaydigan Taehyung, balkim uy eshiklari ochilmasdan ketmasmikan degan qarorga ham keldi. Ammo bu uyga kelishiga bor bõlgan sababi uni tõxtatib qoldi.
- Men hozir yordam sõray oladigan yagona ishongan dõstim u...Shunday ekan bu uyga kirmasdan ketish yõq!)- Taehyung eshikni yana bir bor taqilatdi ammo ,bu safargi eshik taqilatishi birinchisidan kõra qattiqroq bõldi.
Uy bo'ylab jaranglagan eshik taqilashi ovozini eshitilishi bilan, oshxonada õtirib nonushta qilayotgan ikki baxtli juftlikni suhbatiga yakun yasashlishiga sabab bõldi.
-Mmm Erta tongdan uyingga kim kelgan bõlishi mumkin?)- stol õstidagi taomlardan tanovul qilayotgan Herin uzun kipriklarini pirpiratgancha Jimingga qaradi. Jimin Herinni yoqimtoy yuziga qarab jilmayib yelka qisdi
-Bilmayman mittivoyim, ammo hozir bilib olamiz erta tongda bizni kim bezovta qilganini - Jimin qõlidagi qoshiqni qõyib õrnindan turishdan oldin Herinni yuzidan õpib qõydi.
-Men kelgunimcha hamma taomlarni yeb qõyma mittivoy aks holda semirib ketasan !-Jimin hazil ohangida gapirgancha oshxonadan chiqib ketar ekan Herinni norozi ohangi eshitildi
-Hey Park Jimin meni mazah qilishni qachon tõxtatasan a?)-Herinni ğazablangan ohangini eshitgan Jiminni yuzida keng tabbasum paydo bõldi
-Hech qachon buni tõxtatmayman )-Jimin õzi uchun eshitarli darajada pichirlab eshik tõtqichini burab eshikni ochdi.
Eshik ochilishi bilan tashqarida turib, jilmayishga harakat qilib eplolmayotgan Taehyungni kõrib, Jiminni kõzlari katta bõlib ochildi.
-T...Taehyung sen? )- Jimin butunlay uyining tashqarisida Taehyung kelgan bõlishi mumkinligini kutmagan edi. Jimin õzini tutish uchun eshik tutqichini mahkamroq ushlab õzini odatdagidek tutishga harakat qildi
-Xayrli tong Jimin. Nega bunchalik yuzing oqarib ketdi? Nima seni uyingga mehmonga kelganim seni shunchalik hayratda qoldordimi yoki ..
-Nima yoki? )- Taehyungni õylanib qolganidan haqiqatni bilib olgan bõlishi mumkin degan fikrga kelgan Jimin uni sõzlarini davom etirishini kutib gapirdi
-Yoki meni kelganimdan qo'rqib ketgansan.-Taehyung Jiminni yelkasiga qõlini qôyib jiddiy tikildi
-Nima? ..Men? Sendan nimaga qo'rqaman?)- Jimin dudiqlangancha sõzlarni tõğri tanlashga urinib gapirar ekan, Taehyung kulib yubordi
-Nega kulyabsan ?)-Jimin Taehyungni kulayotgan yuziga qarab, biroz bôshashdi. Taehyung hozir bemalol kulyabdimi demak u haqiqatni bilmaydi deguncha biroz yengil tortdi ammo bir tomondan balkim Taehyung bilsa ham õyin qilayotgandir.
-Nega bunchalik duduqlanyabsan Park Jimin? Senga nima bõldi meni tashrifim seni shunchalik hayratga soldimi? )-Taehyung Jiminni yuzidagi ifodasini kõrib yana kulgancha Jiminni yelkasidan qôlini olib, uyga kirish uchun qadam tashlar ekan Jimin Taehyungni yo'lini tõsdi
Taehyungni uyiga kirishga yõl qõymaslik uchun uni qarshisiga turib olgan Jiminni kõzlarida qõrquv, xavotir kõrinib turar edi.
Taehyung Jiminni haraktalaridan qoshini chirimirdi
-Nima uyingga kirishim mumkin emasmi?
- Taehyung haligi ..men yolğiz emas edim ichkarida)- Jimin chaynalgancha asabiy sochlarini tõzğitib gapirar ekan Taehyung jilmaydi
-Ah tushundim Jimin sen ichkarida mendan uzoq vaqtdan berib yashirib kelayotgan usha gõzal va sirli qiz bor.Nahotki mendan uni qizğanyotgan bõlsang? Jimin u qiz juda gõzal bõlsa ham men uni sendan olib qõymayman bilasanku meni hech kimga alishmaydigan xotinim bor )- Taehyung oxirgi sõzlarini aytar ekan barmoğidagi nikoh uzugiga qarab mayus jilmaydi.
Jimin Taehyung har bir sõzidan bezovta bõlib nima deb javob qaytarishni ham bilmasdi. Taehyung uzukdan kõzlarini olib yana Jiminga nigoh tashladi
-Men seni bezovta qilganimdan afsusdaman Jimin ammo hozir men...seni yordamingga muhtojman
-Qanday yordamim kerak senga ? -Jimin qiziqancha qoshlarini yuqoriga kutardi. Taehyung ishlari sõngi vaqtlarda omadsizlikka uchrayoygani bois Jimindan so'rab kelgan yordami bu pul edi. Taehyung qarz so'rash noqulay ekanligini umrida ilk bor boshidan kechirayotgani bosi kõzlarini Jimindan uzub yerga qaratdi.
-Hozir ishlarim yaxshi emas bilasan ,..yana Herin bilasanku u boy oilada yashab õrgangani uchun hozirgi sharoitimizga kõnika olmayabdi.Shu sabab bilan kech u bilan biroz tortishib qoldik, Herin mendan xafa bõlib uydan ketdi men uni uyga qaytarish uchun ham sendan pul so'rab- Taehyung oxirgi jumlasi oğzidan chiqishi bilan,doim eshitganda uning yuragini jumbushga keltiradigan ovozni eshitib kõzlarini ularga qarab qotib qolgan Herin tomon qaratdi.