December 4, 2024

I want to do it, Final

— Qora ko‘zlaring — tunning sehri,

— Ularda yashaydi minglab sirlari.

— Shamoldan pichirlab kelgan ertak,

— Yuragimga yozilgan doston kabi.

— O‘sha ko‘zlar — sahroning qorong‘usi,

— Cheksiz, chuqur, yulduzning nuri.

— Bir nigohing yetar o‘rtar qalbim,

— Go‘yo yong‘oq ichra yashirin sir kabi.

~~

Bu fursat, Nara uchun do‘stlik va hayotning qanday tez o‘zgarishini, qanday tez tugashini anglash bilan birga, uning qadrdonlarini, barcha yaxshi daqiqalarini yo‘qotishning og‘irligini his qildi. U hali ham boshqa hech narsaga qodir emas edi — o‘zining his-tuyg‘ularini anglash, qanday qilib qiyinchiliklarga qarshi turishni o‘rganish, hatto, boshqa hech kimning qadrini bilish. Ammo u buni o‘zining yengilmas kuchi bilan hal qilishga tayyor edi.

Nara hali ham yerda o'tirgancha, ko'zlarini bir nuqtaga tikib, og'ir nafas olar edi. Xonadagi sukunatni faqat ularning tez-tez nafas olishi va yuraklarining tez urish tovushi buzib turardi. Birdan kichik xonadagi burchakda joylashgan eski, chang bosgan radio g‘iyqillab ovoz chiqarib qoldi.

"Diqqat, diqqat! Agar tirik odamlar bo‘lsa, darhol yer ostiga yashiring. Biz zombilarni yo‘q qilish uchun maxsus kislota ishlab chiqdik, ammo bu insonlar uchun ham xavfli. Zudlik bilan xavfsiz joylarga o‘ting va bu kimyoviy moddalardan uzoqda bo‘ling."

Radiodan chiqqan bu xabar xonadagi barcha e’tiborni o‘ziga tortdi. Jungkook radioga yaqinlashib, ovozni yaxshiroq eshitish uchun uning balandligini sozladi. "Bu qanday kislota ekan? U zombilarga qarshi ishlaydi deyishyapti, lekin bizni ham xavf ostida qoldirishi mumkin..." dedi u, ovozida ishonchsizlik va xavotir aralashib.

Taehyung, qo‘llarini ko‘ksiga qovushtirib, qoshlarini chimirdi: "Yer ostiga yashirinish? Bu juda xavfli bo'lishi mumkin. Ular o'sha kimyoviy moddani qachon va qaerda ishlatishni aytmadilar. Qanday qilib biz tirik qolamiz?"

Nara, radiodan eshitilgan xabarni eshitganidan keyin bir zum boshini ko‘tardi, yuzida charchoq va iztirob aralash ifoda paydo bo‘ldi. "Ular bizni qutqarish haqida o‘ylashayotgani yaxshi, lekin bu vosita hammamiz uchun xavfli bo‘lsa... Biz qayerga boramiz? Qanday qilib buni amalga oshiramiz?"

Hamma sukutga cho‘mdi. Har birining fikrlari turli xil edi, lekin barchasi bir narsa haqida o‘ylashar edi: yashash uchun kurashish. Sharoit qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ular bu qiyinchilikni yengib o‘tish yo‘lini topishlari kerak edi.

Jungkook asta-sekin ovozini ko‘tarib, qat’iylik bilan dedi: "Biz harakat qilishda davom etamiz. Yer ostiga yashirinish xavfli bo‘lsa ham, boshqa tanlovimiz yo‘q. Biz tirik qolishimiz kerak. Xanning,Senaning qurbonligi behuda ketmasligi kerak!"

Taehyung boshini irg‘ab, Jungkookga qo‘shildi: "To‘g‘ri, bu bizning yagona yo‘limiz. Biz birga ekanmiz, bu yo‘lni bosib o‘tamiz."

Nara esa hali ham o‘sha yerda, boshini egib o‘tirar edi. U sekin o‘rnidan turib, yuzida g‘am va umidsizlik aralash bo‘lsa-da, qat’iyat bilan dedi: "Yuraylik. Biz tirik qolishimiz kerak. Biz hammamiz uchun kurashamiz."

Ular bir-birlariga umid bilan qarab, tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirishdi. Bu yangi xabar ularga qo‘shimcha xavotir olib kelgan bo‘lsa-da, ular uchun bu tirik qolish uchun berilgan yangi imkoniyat edi.

Ular kichkina xonadan chiqib, tashqaridagi xavfli dunyoga yuz tutishdi. To‘rtalasining yuraklari vahima va qo‘rquv bilan urar, ammo tirik qolish umidi ularni harakat qilishga majbur qilardi. Jungkook oldinda yugurardi, Nara esa uning ortidan, ko‘zlarini undan bir zumga ham uzmay.

Ko‘chadagi manzara dahshatga to‘la edi: zombilar yerda sudralib, o‘z o‘ljalarini qidirar, atrofni yirtqich ovozlar bosib ketgandi. Jungkook bir zum qarshisidagi toshni payqamadi va qoqilib, yerga quladi.

"Jungkook!" — deya qichqirdi Nara, yuragi gursillab, u tomon yugurdi. Jungkook o‘rnidan turishga urinar, lekin atrofidagi zombilar unga yaqinlashib qolgan edi. Nara qichqirib, qo‘lini unga cho‘zdi, ammo bir zum ichida bir zombining jag‘lari Jungkookning qo‘liga tishlarini botirdi.

"YO‘Q!" — Nara dahshat bilan baqirdi, yig‘lab unga yaqinlashishga harakat qilar edi, ammo Taehyung uni ushlab, joyida qotib qolmaslikka undadi. Jungkook esa ko‘zlarida og‘riq va umidsizlik bilan Nara tomon qaradi.

"Nar..." — uning ovozi asta-sekin susayib borar edi. Shu lahza, Nara birdan ko‘zlarini ochib yubordi. Nafasi tez, yuragi esa juda tez urar edi.

U tizzalarini quchoqlab, atrofga nazar soldi. O‘sha kichik xonada edi. Hech qanday yugurish, zombilar, yoki Jungkookning halokatli lahzasi yo‘q edi. Faqatgina uning dahshatli tushlari va yuragini tilka-pora qilgan hislar bor edi.

Nara qattiq nafas olib, qo‘llari bilan yuzini siypadi. "Bu... tush edi?" — dedi u o‘ziga-o‘zi, ko‘z yoshlarini artarkan. Ammo yuragidagi og‘riq va Jungkookning halokatini ko‘rgandagi hissi shunchalar haqiqiydek edi.

Taehyung yonidan asta o‘tib, unga bir stakan suv uzatdi. "Hammasi joyidami?" — deb so‘radi u, yuzida xavotir bilan.

Nara suvni ichib, boshini sekin qimirlatdi: "Ha... faqatgina... dahshatli tush ko‘rdim."

Nara ko‘zlarini bir necha marta ochib yumdi, ongini tiklashga urinib, atrofga alangladi. U o‘zi o‘tirgan partani, derazadan kirib turgan quyosh nurlarini va sinfda shovqin bilan suhbatlashayotgan do‘stlarini ko‘rdi. Hech qanday qon, hech qanday zombilar yo‘q edi. Bu oddiy, tinch maktab kuni edi.

U birdan o‘zini sinchiklab tekshirib chiqdi. Hech qanday yaradorlik, hech qanday jarohatlar yo‘q edi. Ammo yuragi hali ham qattiq urar, nafas olishi tez edi.

Yonidan Sena qaradi, yuzida tabiiy qiziqish ifodasi: "Hammasi yaxshimi? Ko‘rinishing o‘zgacha. Nimadir sodir bo‘ldimi?"

Nara uning ovozini eshitib, ko‘zlari kattalashib ketdi. Bu — Sena. Haqiqiy, tirik Sena. Do‘sti hali ham tirik edi.

Ko‘zlari to‘lib, Nara bir necha lahza gapira olmadi. Nihoyat, o‘zini qo‘lga olib, "Ha, hammasi joyida. Faqat... bir tush ko‘rdim. Dahshatli tush." — dedi.

Sena kulib, Narani o‘ziga yaqin tortdi: "Tushmi? Nima haqida edi? Balki sen "qulupnayni" ko‘p yeyotgandirsan."

Bu hazil, odatda Narani ovutadigan narsalardan biri edi, lekin hozir u bu gapni eshitib, titrab ketdi. "Qulupnay..." — Sena har doimgidek uni shunday chaqirardi.

Shu payt Taehyung kelib, qoshlarini chimirgancha, "Nimaga bunchalik o‘ychan bo‘lib qolding?" — dedi. Naraga ishonchsizlik bilan qaradi, lekin ovozida muloyimlik sezilib turardi.

Nara ularga qarab jilmayishga harakat qildi, ammo ichki qo‘rquv hali tarqalmagandi. Hammasi faqat tush bo‘lganiga qanchalik ishonsa ham, his qilgan og‘riq va yo‘qotish his-tuyg‘ulari hali ham qalbining bir chetida turgandi.

"Hech nima. Shunchaki charchadim, hammasi joyida." — dedi u, ovozida titroq bor edi. Ammo ich-ichida do‘stlarini va o‘zini xavfsiz tutish uchun yana bir bor bu haqiqatni qadrlay boshladi.

Nara atrofga xavotir bilan nazar tashlab, yana bir bor savol berdi: "Chindan zombilar yo‘qmi?"

Xan unga yaqinlashib, qiziqib, yelkasini qisdi va biroz hayronlik bilan so‘radi: "Zombi? Bu qanday gap? Tushundim, ehtimol kecha kechasi qo‘rqinchli kino ko‘rgandirsan."

Nara unga javob bermay, hali ham tushidagi dahshatni unutolmagan ko‘yi, bir lahzaga ich-ichidan shubha bilan boshini egdi. Shu payt Jungkook sekin unga yaqinlashib, yuzidan mayin o‘pdi va tabassum bilan dedi:

"Mening kichkintoyim, sen juda ko‘p qo‘rqinchli kino ko‘rganga o‘xshaysan. Yoki, balki hikoyalarni juda jonli tasavvur qilgandirsan."

Uning bu mehribon harakati va hazilomuz ohangi Naraning yuragiga iliqlik olib keldi. Nara yuziga kuchsiz tabassum yugurtirdi, ammo ichida hanuz tushining qoldiqlari g‘imirlab turganini his qildi.

Sena ham kulib, gapga qo‘shildi: "Agar shunaqangi tushlarni yana ko‘rmoqchi bo‘lsang, buni biz bilan bo‘lish. Balki hikoya qilib yozib, bestsellerga aylantirarmiz!"

Barchasi kulib yubordi, ammo Nara hanuz chuqur nafas olib, ichki xotirjamlikka erishishga urinardi. "Hammasi faqat tush," deb o‘ziga takrorladi. "Ammo qanday jonli edi..."

Tamom