Shartnoma💔
5minutga ham bormagan yoqimli bo‘sani yn to‘xtatdi.
Jk-kechirasan men majbur bo‘ldim
-hech qisi yo‘q
Yn biroz oldingi ishidan uyalib yuzlari qizargancha yerga qaradi.
Yn pov: ahmoq qiz nimalar qilding jk endi men haqimda nima deb o‘ylidi bu bo‘sani qanday tushunadi
Jk bilan yn biroz oldingi voqea sabab bir-biridan uyalib ko‘zlarini olib qochishar biror sabab nigohlar to‘qnashsa yana yuzlari qizarib qayerga qarashni bilmay qolishardi.
Jihoo ham sohilda bir o‘zi o‘ynagani uchun zerikib ularni oldiga yugurib keldi
-dada tez qaytaman degandingizku men o‘zim zerikib ketdim
-voy kechir o‘g‘lim yana o'ynashni hohlaysanmi
-ha ha albatta
Jihoo endigina yugurib ketishga shaylanarkan uni oyisi to‘xtatdi.
-jihoo ovqatlanib ol keyin o‘ynayverasan kelganimizdan beri hech narsa yemadilar
-yo‘q oyijon ovqat yeyishni hohlamayman men dadam bilan o‘ynayman
-o‘g‘lim kel ovqatlanib olaylik keyin o‘ynayveramiz oyingni aytganini qilishimiz kerak
-nega ular sizdan hafa bo‘lgani uchunmi
Jk jihooni javobidan baland ovozda kulib yubordi
-biz urushmadik dedimku biz shunchaki o‘yin o‘ynayapmiz
Jk o‘zini bazo'r bosib javob berdi.
-Dadajon siz yolg'on gapiryapsiz bunaqa o'yin yo‘q yolg'on gapirish yaxshi emas to‘g‘rimi oyijon
-nega buncha aqlli aa bu bola
Jk o'zidan biroz oldingi bolani bag'riga olib qitiqlab gapirarkan jihoo ham dadasining qitiqlashidan qiqirlab kular u ham mitti qo‘lchalari bilan dadasiga javob qaytarishga urinardi. Ularni hursandligini ko'rgan ynni yuzida o'zidan o‘zi tabassum paydo bo‘ldi.
Ular kechgacha sohilda bo‘lib yarim kechasi uyga qaytishdiyu honalariga kirib tezda uxlab qolishdi. Yn ertalab zo‘rg‘a ko‘zini ochdi. Erinibgina atrofga qararkan allaqachon quyosh ko‘tarilib hammayoqni nuri bilan siylayotgandi. Yn darrov tumbuchkadan telefonini olib soatga qaradi. Soat allaqachon 10ga yaqinlashib qolgan yn shosha pisha o'rnidan turdi. Nega bugun uxlab qoldi. Jkni ishga jo'natishi jihooni ham bugundan bog'chaga olib borishi kerak edi lekin u uxlab qolibdi. Yn tezda jihooni honasiga kirdi u ham hali uyg‘onmagan kecha tinmaganligi uchun og‘zi ochilib uxlab yotibdi. Jkchi yn endi uning xonasi tomon yurishni boshlagandi undan arazda ekanligi yodiga tushib qoldi.
Yn pov: nega endi uni uyg‘otishim kerak men u bilan gaplashmayapmanku o‘zi qachon turgisi kelsa turaveradida ... lekin ishga borishi kerak aysh jin ursin yn nega uni o‘ylayapsan senga nima ishga boradimi yo‘qmi
Yn yana ortiga o‘girilarkan baribir bunday qilolmasligini bilib yana ortiga qaradi. Lekin g'ururi jkni xonasiga chiqishga yo‘l qo‘ymadi. U o‘ylab o‘ylab uni qo‘riqchilardan biri uyg'otishi kerakligini o‘yladida tashqariga chiqdi.
-hali jk hali uyg‘onmagan ko'rinadi uni chaqirib chiqolasizmi ishga kechikadi
Yn pov: qanday ahmoqlik bo'lajak turmush o‘rtog‘im bilan bir uyda yashasam ham birovlardan uni uyg‘otib tushishini so‘rayapman yn sen esingni yeb qo‘yibsan.
Q-lekin honim janob allaqachon ketib bo'lganlar
-nima ketkanmi nega buncha vaqtli yana indamasdan
Yn qo‘riqchiga hop degandek uyga qaytib kirib ketdi. Yn yengilroq va jihooga yoqadigan nonushta tayyorladi. Keyin jihooni uyg‘otib yuz qo'lini yuvdi. Ular birgalikda nonushta qilishdi. Bog‘chaga kech bo‘lgani uchun yn jihooni bugun ham uyda qolishiga ruxsat berdi. Jiihooni bundan boshi osmonga yetib oyisiga tinmay rahmat aytib sakradi. Yn anchadan beri jihoo bilan bunchalik yolg‘iz vaqt o'tkazmaganini o‘ylab u bilan kechgacha mazza qilib o‘ynadi. Kechga yaqinlashib qolgan jkni ham ishdan qaytish vaqti bo‘lib qolgan yn endi oshxonaga ovqat tayyorlash uchun kirib ketayotganda eshik jiringlab qoldi.
-nega o‘zi eshikni ochib kiravermaydi. Yn shu hayollar bilan eshikni ocharkan eshik oldida turgan odamni ko‘rib qotib qoldi
-ja.janob jeon
Yn yuzidagi ajn qolaversa har doimgi qovoq uyib yurish sabab qo'rqinchli ko'rinadigan janob jeon(jkni bobosi) eshik tagida uni kutib olgan qizni ko‘rib battar asabiylashdi.
-oyijon dadam keldimi
Jihoo eshik tomon yugurib kelarkan eshik oldidagi qo'rqinchli amakini ko‘rib qo‘rqqanicha oyisini orqasiga o‘tib yashirinib oldi.
-oyi?! Dada?!
Janob jeonning qo'rqinchli yuziga munosib chiqqan ovozi ynni ham jihooni ham battar qo‘rqitdi. Janob jeon unga bir og'iz ham gapira olmayotgan qizga uning ortida qo‘rqancha mo'ralab turgan bolaga bir qarab qo‘yib huddi o‘z uyidek mehmonxona tomon yura boshladi. Yn endi nima qilishini bilmay uning ortidan kirishga majbur bo‘ldi.
-haligi ja.janob jeeeon biror narsa ichishni hohlaysizmi
Janob jeon qovoq uyib unga o‘qrayarkan yn aytgan gaplariga pushaymon bo‘ldi. Endi uni oldidan chiqib eshik tagida jim turgan o‘g‘lini oldiga bordida ko‘tarib oshxonaga olib kirib ketdi
Yn pov: jkga qo‘ng‘iroq qilsammikan o‘zi keladigan vaqti ham bo'lib qoldiku nega bugun kechikyapti.
Yn oshxonananing u yog‘idan bu yog'iga borib kelarkan oyisinining bunday harakatidan hayron qolgan jihoo ham endi battar qo‘rqa boshladi.
Biroz vaqt o'tgach eshik qo‘ng‘irog‘i yana jiringladi. Yn yugurib borib eshikni ochdi
-jungkook
Jk ynni qaltirab chiqqan ovozidan hayron qolib unga tikildi
-jungkook bobongiz keldi keyin jihooni ham ko‘rdi. Endi nima qilamiz
Ynning ovozi qaltirab chiqarkan jk hotirjam yuz ifoda bilan
-yn ovqat tayyorladingmi
-nima
-qornim juda och bugun juda charchadim bobom bilan gaplashgunimcha ovqat tayyorlaysanmi
-ha albatta
Yn jkni bunday hotirjamligidan hayron qolib javob berdi.
-yaxshi ha jihoo qayerda
-oshxonada
-uni hovliga olib chiq changa ayt jihoo bilan biroz o‘ynab tursin
-hop
Jk zo‘rg‘a oyog‘ini ko‘tarib mehmonxona tomon yurib ketdi. Yn darrov jihooni hovliga olib chiqib o‘zi qaytib ovqat tayyorlashni boshladi.
-annonghaseo bobo bizni uyimizga qanday shamol uchirdi
-sen bola men bilan O‘YNASHYAPSANMI AAA bu bola kim bo‘ldi seni bolangmi
Jk bamaylixotir divanga o'tirib chuqur uh tortdi
-bobo shundoq ham bu bola meniki emasligini bilasizku iskovichlariz o‘sha zahoti yetkazishgan bo‘lsa
-jin ursin sen bolani nima sen bu bolali ayolga uylanib bizni sharmanda qilmoqchimisan jurnalistlar bu haqida bilsa seni bolang deb hammayoqqa jar soladiku men bunga hech qachon yo'l qo‘ymayman ESHITYAPSANMI SEN UNGA UYLANMAYSAN sen lisaga uylanasan ularni ko'ndirish qiyin bo'ladi lekin menga yo‘q deya olmaydi
-bobo men faqat ynga uylanaman oldin ham sizga bu haqida aytgandim
-SEN AQLDAN OZGAN AHMOQ SEN FAQAT MENI AYTGANIMNI QILASAN TUSHUNDINGMI
-SIZ MENI SHAHSIY HAYOTIMGA ARALASHA OLMAYSIZ SHUNDOQ HAM HAYOTIMNI BARBOD QILIB BO‘LGANSIZ
-BARBOD QILGANMAN MEN SENI O‘SHA TASHLANDIQ JOYDAN OLIB CHIQQANMAN MEN SENI SHUNDAY QILGANMAN
-SIZ (lab uchida kulib) siz emas men sizni va kompaniyangizni ha yana anavi mafialik ishlaringizni botqoqqa botib turgan joyidan olib chiqdim. O‘sha amakim hammasini bir pul qilib sizni bankrot qilganda bizni oldimizga borganingiz, o'shanda majbur bo'lmaganimda dadam oyim bo'lmaganida sizni oldingizda aslo kelmasdim. Bu ishlar menga yoqmasligi bilasiz mendan boshqa sizga yordam bera olmasligini men ham juda yaxshi bilaman shunday ekan Bobojon meni shaxsiy hayotimga aralashmang ishdaku hamma aytganlaringizni qilib kelyapman lekin hayotimga aralashishingizni hohlamayman. Siz rozi bo‘lasizmi yo'qmi 1haftadan keyin yn bilan to‘yimiz bo‘ladi. Hohlasangiz keling ha yana to'ydan keyin jihooga jeon familiyasini beraman.
-sen aslo bunday qilolmaysan
-bobo aynan shunday qila olishimni yaxshi bilasiz yaxshisi menga qarshi chiqmay qo‘ya qoling undan ko‘ra to‘yimga kelib bizni tabriklang va birinchi evarangizni bag‘ringizga bosing.
Jk bobosiga nafrat aralash Jahl bilan qarab turarkan bobosi jahl qilgancha uydan chiqib ketdi.
Jk bo‘lsa o‘zini divanga o‘tib ko‘zlarini yumgancha uxx tortdi
-birinchi marta unga qarshi chiqdim qo‘rqmaganimnichi
Jk o‘zini gapiga o‘zi jilmayib qo‘ydi
-jungkook
Jk ynni ovozini eshitib darrov ko‘zlarini ochib unga qaradi. Yn qo'rquvdan titrayotganligi shundoq bilinib turardi
- yn ahvoling yaxshimi kel o‘tir
Yn sekin jkni oldiga o‘tirdi.
- qo‘rqib ketkandursan
Yn indamasdan boshini silkitarkan jk ynni ko‘zlarini yoshlanayotganligini ko‘rdi. Jk uni yoniga yana ham yaqin kelib qo‘lini qo‘llarini orasiga oldi.
-yn bilaman qo'rqib ketding lekin men sizlarni oldingizdaman sizlarga nimadir qilishlariga aslo yo‘l qo‘ymayman shunday ekan sen hech narsadan qo‘rqma hopmi sizlarni o‘zim himoya qilaman so'z beraman
Jk ynga jilmaygancha oqishga tayyor turgan yoshlarini sekin artib unga jilmaydi. Yn ham hop degandek boshini silkitib u ham jkga jilmayib qo‘ydi
-ovqating pishdimi
Yn jkni shunday paytda ham ovqatni o‘ylayotganligidan kulib yubordi
-nega kulasan meni qornim juda och qoldi bugun hech narsa yeganim yo‘q
-birozdan keyin tayyor bo‘ladi ungacha kiyimlaringizni almashtirib chiqing
Yn endi o'rnidan turmoqchi bo'lganida jk uni qo'lidan ushlab o‘ziga qaratdi
-yn kelasi hafta to‘yimiz
-nima kelasi hafta
-ha tezroq shu ishlarni tugataylik keyin manabunga o‘xshagan gaplar kamroq bo‘ladi
-hop lekin jk bobongiz jihooni ko‘rib qoldi endi nima qilamiz
-nima qilamiz?! Yn men jihooni nima qilishimiz haqida senga ko‘p marta aytganman
-ha to‘g‘ri men jihooni bazmga olib bormaganingizga uni bobongizdan sir tutamiz deb o‘ylagandim bugun bobongiz jihooni ko'rganida juda qo'rqib ketdim
-men jihooni olib bo'lmaganim u yerda odam juda ko‘p edi jihoo qiynaladi deb o‘ylagandim
Yn jkga jilmayib yana ketishga shaylandi
-jihoo qayerda
-uni changga berib kelgandim
Jkni savoliga javob berish uchun ortiga qaradi.
-hhmm yaxshi jihooni olib kelaman
Yn oshxonaga jk esa hovliga chiqib ketdi
Birpasda o'tgan tong bo‘lajak oilani quvonchga to'la uyini yoritdi. Jk ishga jihoo esa bog'chaga ketdi. Yn ham tayyorlanib dugonalari bilan belgilab qo‘ygan uchrashuviga har doimgi kafega bordi. Uzoq suhbatdan so‘ng yunani savoli hammani o‘ylashga majbur qildi
-yn sen rostdan ham jkga turmushga chiqmoqchimisan
-ha
Yn ko‘zini yerdan uzmay javob berdi.
-lekin dugonajon bu turmush soxta sen ...
Yuna endi nima deyishni bilmay qoldi
-yuna bilaman mendan havotir olyapsan lekin yuna men ham haqiqiy oila qanday bo'lishini ko‘rmoqchiman. Bilasan shu kungacha meni oilam bo'lmagan oila nimaligini ham bilmasdim lekin jkni jihooga otalik qilishi jeon honim va janob jeonni meni o‘z qizidek ko‘rishi biz huddi bir oiladekmiz. Men shunchaki oddiy oilada baxtli hayot kechirish qanday bo‘lishini ko‘rmoqchiman . Haqiqiy oila qanday bo'lishini bilmoqchiman
Yn o‘zini bazo'r tutib ko‘zlari yoshlanib oqishini oldini oldi. Dugonalariga jilmaydi
-menga ko'ylak tanlashib yuborasizlarmi keyingi hafta to‘yim bo'lyapti.
Misu/yuna-nima shuncha tezmi
-tez, biz deyarli 1oyni o'tkazib yubordik. Ho‘sh ko'ylak tanlashasizlarmi yo'qmi
Misu-albatta dugonajon o‘zim senga Seuldagi eng chiroyli ko‘ylakni tanlab beraman
-rahmat
Yn ikki dugonasini bag'riga bosib ketishga shaylandi
-endi men bora qolay ancha qolib ketdik jihooni ham keladigan vaqti bo‘lib qoldi
Misu - mayli unda boraqol men yaxshi kelin ko'ylak salonlarini qidirib ko'raman
-rahmat dugonajon men ketdim hayr
Yn ketarkan uning ortidan dugonalari mayus qarab qolishdi
Yuna-misu endi nima qilamiz
-nima ham qilardik unga yordam beramiz to'yiga yonida bo'lamiz
-lekin misu bu soxta to‘y ohirida yana yn qiynaladi
-bilaman lekin yuna kel uni o‘ziga qo'yaylik u hozir juda baxtli
-keyinchi 1yildan keyin nima qiladi. Jihoochi uni qanday ko‘ndiradi
-yuna kel ohirigacha kutaylik albatta hammasi yaxshi bo‘ladi. Yn ham baxtli bo'ladi hali men bunga ishonaman
-bilmasam misu men bu nikoh haqida o'ylasam qo'rqib ketyapman
-ikkalamizni ro‘llarimiz almashib qolibdimi
Biroz sukutdan so‘ng misuni gapi yunani biroz bo‘lsada jilmayishiga sabab bo‘ldi.
?-siz bu yerda nima qilyapsiz nahotki shu yerga kelishingiz mumkin bo‘lsa
X-bundan boshqa iloj qoldirmyapsiz ishingiz puxta bajarmayotganligingizdan uyoqda hamma oyoqqa turgan
?(kulib)- bajarmayapman?!
X- puxta bajarmayapsiz janob tiger
?-nega ekan hammasi o‘z joyida
X-nimasi o‘z joyida jin ursin sizga bu nikoh bo'lmasligi kerakligini aytgandim
?-bu bizning qo'limizda emas
X-bizning qo'limizda emas?! aynan sizning qo‘lingizda ishingizni bajaring jin ursin janob jeon ham bu haqida bildi endi nima qilmoqchisiz rejani qanday amalga oshirmoqchisiz
?-reja o'zgargani yo‘q hammasi o‘z o‘rnida bu to'y shunchaki kichik bir qo'shimcha holos
X-ha shibal agar sizni deb biror ish nato‘g‘ri ketsa qanday jazo olishingizni yaxshi bilasiz hatto bizgacha yetib kelaolmasligingiz mumkin dushmanlarimiz o‘zi sizni tinchitadi hali ham bu ishlar kichik qo'shimcha deb O‘YLAYSIZMI
?-yaxshisi tezroq ketkaningiz ma'qul bo‘lmasa bu chiroyli yuzingizda oshkor bo‘lib rejani men emas balki siz buzib qo‘yasiz
Gapni yakunlab ortiga qarab ketib qoldi
X-jin ursin takabbur
To'y tashvishlari bilan 1hafta ham hash-pash deguncha o‘tib ketdi. Bugun hikoyamiz qahramonlarining nikoh oqshomi. Yn to‘y marosimlari o'tkaziladigan binoning maxsus honasida ko'zgu qarshisida turarkan hali ham oq libosda ekanligiga ishonmasdi
Yn pov: hech qachon oq libos kiyaman deb o'ylamagandim. Men ...men hatto orzu ham qilmagandim
Ynning ko‘zlari endi yoshlanarkan uning yonida turgan ikki dugonasi uni to‘xtatdi
Misu-hoy yn yig‘lamoqchimisan aslo aslo buni qilako‘rma makiyajing oqib ketadi ahr shunday kunda ham yig‘laydimi
Yuna misuni gaplariga kularkan ynni yelkasidan ushlab oynaga qaradi
-yn sen juda ham chiroylisan bugun jk aqldan ozadigan ko'rinadi
Yn-qo‘ysangchi yuna bunday bo‘lmasligini yaxshi bilamizku
Yn bazo'r o‘zini jilmayishga majbur qildi
Misu-biz aniqrog'i men tanlagan ko'ylak senga juda yarashgan makiyaj va soch turmagi yanada ideal
Qizlar misuning gapiga quloq solib "men tanlagan" so‘ziga urg‘u berganligidan kulib yuborishdi. Misu bo‘lsa o'rtadagi sovuqlikni yo‘qotganligidan hursand dugonlariga qarab kula boshladi.
To'y boshlanishiga ham o'z vaqt qoldi. Hamma mehmonlar deyarli kelib bo'lishgan hatto janob jeon(jkni bobosi) ham tashrif buyurgandi. Jeonlar honodonining barcha azosi to'y uchun yig'ilgan kimdir baxt tilash uchun bo‘lsa yana kimdir ularga baxtsizlik tilashga tayyor.
Nikoh o'qish marosimi yaqinlasharkan yn hayajonlanganidan dir-dir titrab o‘zini qo‘yarga joy topolmasdi. Uni dugonalari ko‘rib uni tinchlantirishga urinishardi. Birdan taqqillagan eshik hammani cho‘chitib yubordi.
-jeon honim
Eshikni ochish uchun borgan yuna jeon honimni ko‘rib tazm qildi.
-qizalog‘im yn sen juda ham chiroylisan
Jeon honimni ko‘zlari yoshlanarkan ynni oldiga kelib qo‘llaridan tutdi.
-rahmat oyijon
Ynni qaynonasi bag'riga bosib kelinini o‘g‘liga topshirish uchun kelganligini ma'lum qildi
-yn men jk va ikkingiz baxtli hayot kechirishingizga ishonaman men uni senga topshirdim qizim. uni asrab avayla men senga ishonaman
Jeon honim ynni yana ham bag'riga qattiqroq bosarkan yn shunday mehribon ayolni aldayotganligidan o'zidan juda ham hafa bo‘lib ketdi. Jeon honim ynni bag'ridan chiqardi. Yn darrov yuziga tabassum oldi. Qaynonasiga bildirib qo‘ygisi kelmadi aniqrog‘i aldayotganligini bilib qolsa unga yana shunday mehr bermasligidan qo‘rqdi.
-endi men boraqolay marosim ham boshlanay dedi sen judayam go‘zalsan qizalogim
-rahmat oyijon yn jeon honimni kuzatib tazm qildi.
Hech qancha vaqt o'tmay kelin oldiga kelgan hizmatchilar to'y boshlanganligini kelin chiqaverishi kerakligini aytdi.
Yn ming hayajon bilan to'y sahnasi oldida turarkan undan biroz uzoqda kastyum shimi o‘ziga yarashib turgan bo'lajak erini ko‘rib uni har qachongidan kelishgan bo'lib ketkanligiga amin bo‘ldi
Bu yoqda esa jk kelindan kam bo'lmagan hayajonda hali uni bir marta bo'lsada kelin libosida ko‘rmagan ynni ko‘rishga intiq. Kelin chiqish uchun tayyor ekanligini aytgan marosim boshlavchisini eshitgan jk darrov ortiga qaradi.
Jk pov: judayam chiroyli kelin libosida yanada ochilib ketibdi.... Jk sen uni sevib qolishing mumkin emas o'zingni qo'lga ol ... lekin qanday qanday bu qizni sevib qomasligim mumkin nima qilishim kerak qanday yuragimga buyruq beray
Yn sahnaga asta qadam tashlarkan kuyov tomonda o‘tirgan jeon honim va janob jeonni ko‘rib ularga tabassum qildi. Keyin esa kelinning ota-onasi uchun ajratilgan joyga ko‘zi tushdiyu u yer bo‘m bo‘shligini ko‘rib yuragi biroz bo‘lsada ezildi. Lekin nima qilsin o‘lib ketkan ota-onasini olib kelolmaydi. Yn chuqur nafas olib endi sahnaga qadam qo‘ygandi ham uning qo‘lini ushlab qolgan baquvvat kaftni tirsagi ustida ko‘rib uning egasiga qaradi
-teahyun