May 11, 2025

Vahshiy va uning muhabbati

4-qism

Bu fanficc Yoonminni qo‘llab quvvatlovchilar uchun

Suga kvartiraning eshigini ochib, Jiminni ichkariga itarib deyarli olib kirdi. Ichkarida hammasi sokin, lekin juda tartibli edi. Har bir jihoz joyida, har bir narsa nazorat ostida xuddi egasining xarakteridek.

Bu yerda yashaysan! Suga sovuq ohangda, yotoqxonaga ishora qilib. Bu sening honang bo‘ladi.

Jimin hech narsa demadi. U atrofga qarab, haliyam tush ko‘rayotgandek yuragi qattiq urardi. Lekin keyingi so‘zlar uni qattiq larzaga soldi.

Bugundan boshlab sen faqat kotibim emas, balki uy xizmatkorim ham bo‘lasan Suga gapni keskin tugatib, qattiq ovozda.

N-nima? Jimin sekin, ovozida hayrat va iztirob aralash. Menmen xizmatkor emasman

Suga uning ko‘zlariga tik boqdi. Ko‘zlarida qattiq jahl, nazorat va ichki og‘riq bor edi.

Endi shunday bo‘lasan, Jimin. Meni izlab kelganlaring evaziga. Sen meni nazorat qilayotganing uchun jazoyingni olasan.

Jimin qotib qoldi. Na gapira oldi, na qochdi. Faqat ich-ichidan parcha-parcha sinayotganini his qilardi.

Suga indamay o‘z honasiga kirib ketdi. Eshik yopilganida chiqqan tovush Jimin uchun xuddi hukmdek eshitildi. U eshik oldida harakatsiz qoldi, ko‘zlari qotib, lablari sekin titrardi. Nihoyat, tiz cho‘kdi va polga o‘tirib qoldi.

Qorong‘ulik bosayotgan xona devorlariga ko‘zi tusharkan, ich-ichidan g‘am va tushkunlik yuragini ezdi. U o‘ziga o‘zi sekin pichirladi:

Qanaqasi bu Bu telba uyida ham ishlatadimi? Ishxonada yetmagandek endi xizmatkormi? Men nima qilib qo‘ydim?

Yelkalari sekin qaltirab, yuzini kaftlariga yashirdi. U na yig‘lay olardi, na hayqira. Yuragiga o‘tirgan og‘ir tosh hammasini bosib qo‘ygandek edi. Unga bu joy qamoqxona bo‘lib tuyulardi devorlari jimjit, lekin yuragini qattiq siqardi.

Ichkaridan eshitilgan Suganing oyoq tovushlari Jiminga yana qattiq ta’sir qildi. Nafasini ushlab, jim qoldi. Bu yerdan qutulish imkonsizdek tuyulardi...

Jimin

Jimin devorga suyangancha yerdan zo‘rgʻa turdi. Tizzalari hali ham qaltirardi. Suga eshikning narigi tomonidan sovuq, hech qanday his-tuyg‘usiz ohangda shunday dedi

Chiq. Biror narsa pishir.

Buyruq. Bahsga o‘rin yo‘q. Jimin asta eshik tutqichini burdi va oshxonaga kirdi. Yorug‘likni yoqdi oppoq stol, tekis terakot pol, zangori plitalar hammasi xuddi harbiy tartibda joylashgandek.

Men ovqat pishira olmayman o‘yladi. Lekin aytsam ham yana kaltak yeyishim mumkin.

Shkafni ochib, polkalarni ko‘zdan kechirdi. Makaron, konservalar, ziravorlar… Va bir burchakda koreys tez-tayyor taomi ramyon. Shu zahoti xayoliga Hech bo‘lmasa qaynatib beraman degan fikr keldi. Qozonga suv quydi, gazni yoqdi. Qo‘llari titraydi: charchoq ham, qo‘rquv ham aralash.

Suv qaynaguncha rangsiz ustki kiyimini yechdi, yenglarini shimarib, sosiskani maydalashga tushdi. Pichoqni mahkam ushlaganida barmoqlari uvishib ketdi. Nihoyat, suv pufaklanib qaynay boshladi; u makaron pressasini ochib, ichidagi lapsha va ziravorlarni tashladi. Bug‘ yuzini tutib, ko‘zlaridan yosh chaqib ketdi, ammo u baribir jim ishlashda davom etdi.

Oradan uch-to‘rt daqiqadan so‘ng sho‘rva tayyor bo‘ldi. Jimin idishga solib, ustiga mayda kesilgan sosiska, bitta tuxum va bir chimdim ko‘kat sepdi. Qovoqda atirgul bargiday odobli bezak paydo bo‘lib, idish biroz o‘zgacha ko‘rindi.

Jimin lablarini quruq tugib, xona bo‘ylab yurdi. Suga xonadonining mehmon qismida turardi, qo‘lida telefon, yuzida aniq ifoda yo‘q.

Ramyon Jimin boshini egib, idishni stolga qo‘yar ekan.

Suga ko‘z qadadi, lekin darrov hech nima demadi. Jimjit. Faqat charchoq va taranglik havoda osilib qoldi. Jimin orqaga bir-ikki qadam tashladi xuddi idishni huzuriga qo‘ygan askardek.

Suga nihoyat qoshiqni oldi. Bir loxma so‘rib ko‘rdi, cho‘g‘day issiq bug‘ burunidan chiqdi. Ko‘zlari jimgina Jiminga qaradi. Nimadir demoqchi bo‘lib, lablarini ochdi, lekin gap chiqarmadi. Qoshiqni yana idishga soldi.

Yomon emas, dedi u nihoyat sokin, past ovozda. Qahrli uzoq sukutdan keyin chiqqan, hislardan tozalangan bir ta’rif edi bu.

Jimin bo‘sh yutindi. Qornida bo‘shlik tug‘ildi qo‘rquv susayib, o‘rniga bilinar-bilinmas yengillik keldi. Ammo u qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: “Bugun tirik qoldim” deb yuragini bosib qo‘ydi.

Xonangga borib dam ol, dedi Suga yanada pastroq ohangda. Bu safar buyruq emas ruxsat edi.

Jimin bosh irg‘ab, hech narsa demay, asta yotoqxona tomon yurdi. Eshik yopildi, orqada esa bug‘li ramyon hidiga aralash chalkash tuyg‘ular qoldi: g‘azabini ishga sololmagan Suga va tirik qolishni g‘alaba sanagan Jimin.

Jimin qo‘llarini ko‘kragiga bosib, deraza yonidagi kichkina karavotga cho‘zildi. Tun sokin, faqat tashqaridan yengil shamol pardani hilpiratardi. Oshxonada Suga sukunatda ovqatlanayotgan bo‘lsa-da, Jimin o‘z xonasida och yotar, ochlik esa eng yengil azob edi bu kechada.

Ko‘ngli g‘ash, yuragi zirqirab og‘rirdi. Ichida yig‘lash, hayqirish, qochish istagi bor edi lekin faqat sukutga burkangan tun unga hamroh edi. Yostiqqa yuzini burdi, ammo ko‘z yoshlarini yashira olmadi.

Otam nima uchun.. Meni shunchalar osonlik bilan garovga berdimi.. o‘yladi iztirob bilan. Ko‘z oldidan qimorxonaning qorong‘i burchaklari, otasining mag‘lub ahvoli, Janob Minning muzdek nigohi o‘tib o‘tdi. Har safar bu manzara yodiga tushganda, ko‘ngli yana cho‘kib ketardi.

Yig‘isini bosishga harakat qildi, lekin chiday olmadi. Ko‘zlaridan tushgan issiq yoshlar yonoqlarini yuvdi, yostig‘i namlandi. U o‘zini hech qachon bu darajada yolg‘iz, ojiz, va tushunarsiz his qilmagandi.

Men bu yerda nima qilayapman? Ular mendan nimani kutishadi? Axir men faqat oddiy talaba edim, orzularim bor edi hayotim bor edi...

Jimin shunday o‘ylar bilan oxir-oqibat jim-jit yig‘i ichida uyquga ketdi. Yuragidagi og‘riq esa to‘xtamasdi lekin u endi yig‘larkan, o‘zini butkul sindirishga emas, balki ichki kuchini topishga harakat qilayotgandek edi.

Ertalab quyosh hali to‘liq chiqmay, xira nur bilan xona devorlariga chizgilar tushirar edi. Suga eshikni ochib, sovuq ohangda buyruq berdi:

Tur o‘rningdan. Nonushta tayyorla.

Bu sovuq so‘zlar Jiminni yana bir bor titratdi. U chalqancha yotgan joyidan tezda o‘rnidan turib, ko‘zlarini yuvishga ham ulgurmay, oshxonaga qarab yurdi. Oshxonaga kirgach, avval sal pishirishni bilmay kalovlandi, so‘ngra o‘tgan kun tayyorlagan oddiy nonushta tarkibidan ilhom olib, tuxum va guruchli issiq ovqat pishirishga kirishdi.

Suga esa honasining eshigi oldidan asta chiqib, Jiminga zimdan qarab turardi. Qoshlarini chimirib, labining bir cheti bilan sovuq iljaydi.

Sen mishqiga ko‘rsatib qo‘yaman meni nazorat qilish nima ekanini. O‘ynaladigan odamni tanlash kerak edi ichida.

Uning nigohi qattiq edi, lekin yuragining tubida nimadir g‘imirlay boshlagandi. Jiminning cho‘chigan, lekin sabr bilan bajarayotgan harakati, hansirab pishirayotgan holati hammasi ichida unutilgan insoniy tuyg‘ularni bezovta qilardi.

Jimin nonushtani tayyorlab, asta-sekinlik bilan dasturxonga qo‘ydi. U yuragi hapqirib, Suga nima deyishini kutib turdi. Suga og‘ir qadamlar bilan kelib, dasturxonga tikildi. Qoshi chimirildi, qoshiqni olib bir luqma tatib ko‘rdi. Keyin esa birdan o‘shqirib yubordi:

Bu nima? Rasvo! Bitta narsa ham eplab pishirolmaysanmi idishni stolga urdi va g‘azab bilan chiqib ketdi.

Eshik qattiq yopildi. Jimin jim qoldi. Ko‘zlari shiftga qadaldimi yo yuragidami og‘riq o‘zi ham tushunmadi. Boshini egib Suga tatib ko‘rgan ovqatdan bir luqma oldi. Achchiq ta'm og‘ziga tushdi, ammo bu ta’m unga nonushta emas, najot kabi tuyuldi.

U asta-sekin, so‘ngra tezroq yeya boshladi. Qo‘llari titrardi, ko‘zlari yoshlanardi. Lekin u to‘xtamadi. Chunki deyarli 24 soatdan beri hech narsa yemagandi. Har bir luqma nafaqat tanasini, balki qirqilgan g‘ururini, ochlikda siqilgan yuragini ham bir oz bo‘lsa-da yengillatayotgandek edi.

Suga yashirin kameradan Jiminni kuzatib turardi. Eshikni ochmasdan, jim turib qaradi. Jimin ochlikdan ovqatni oxirigacha yeb qo‘yganini ko‘rib, uning yuragida notanish bir g‘ashlik paydo bo‘ldi bu rahm emas, balki o‘ziga qaratilgan g‘azab edi.

U eshikni tars ochdi.

Axlatni yema, eshitdingmi qattiq dakki berdi.

Jimin cho‘chib ketdi. Qo‘lidagi qoshiqni tushirib yubordi. Unga qarashga jur'at topolmadi. Ko‘zlari pastga, idishga qadalgandi.

Sen menga xizmat qilishing kerak, ammo hozir o‘zingni itdek tutyapsan, dedi Suga sovuq ohangda. So‘ng eshikni yana yopib chiqib ketdi.

Jimin esa indamadi. Bu so‘zlar yuragiga pichoqdek sanchilgandi. Ko‘zlaridagi yoshlar ko‘rinar-ko‘rinmas darajada jimgina yuzidan oqib tushdi. Ammo ichida bir narsa endi asta-sekin sinib borayotgandi unga o‘xshagan mehr kutgan, samimiylik orzusida yashagan yigit endi borgan sari so‘nayotgan chiroqqa o‘xshardi.