SORRY {kechir}
Pov.Jungkook: ertalab bosh og'rig'i bilan uyg'ondim. Qarasam yerda yotibman ammo qachon va qanday bu yerda uxlab qolganim yodimda yóq. Kózlarimni ishqalagancha xonaga nazar soldim-xonada faqatgina ózimman. Demak Yona bu safar ham boshqa xonada uxlagan kórinadi. Ah boshiiiim....
Jungkook boshini qóllari bilan uqalagancha yuvinish xonasiga kirib ketdi. Sóng ish uchun taraddudlanib xona eshigi tomon yól oldi. U tutqichni ushlab óziga endi tortaman deganida tashqi tarafdan eshikning ózi ochilib ketdi. Bu Yona edi
Yona:k.kechirasiz sizni uxlayapti deb óylabman
Jungkook: unday emas. Kórib turganingdek uyg'oqman. Menda biror gaping bormi yoki shunchaki keldingmi?
Yona: sh.shunchaki keldim. Ahir bu meni ham xonam.
Jungkook shunday deb bir tomonga suruldi. Yona esa ikkilanibgina ichkariga kirdi. U kirgach Jungkook chiqib ketmoqchi bóldi. Jungkook endi qadam qóygan ham ediki Yona shoshilgancha ortiga ógirilib sóz qotdi
.(javob sifatida faqatgina Yona tomon burildi)
Yona:m.mana buni sizga o.olib kelgandim
( Yona qólidagi sharbat tóla stakanga ishora qildi. Jungkook ana ósha ishoradan sónggina Yonaning qólida nimadir borligini endi payqadi. Sóng ortiga qaytib yana sózsiz sharbatni oldida chiqib ketdi)
Jin:Xeyaaa.... Men katyapmaaan...
Jin chiqish oldidan oynaga qarab galstugini tóg'irlagancha gapirdi. Xeyaning esa oshxona tomondan mayda qadamlar bilan yugurib kelayotgank eshitildi. U qay tarzda shoshib va erkalanib kelayotganini shippakning ovozidan sezsa bólardi
Xeya:nimani aytyapsiz? Yoki biror nimangiz qolib ketibdimi
( ózini jinnilikka solgancha sóradi)
Jin Xeyaning bu savoliga javob tariqasida yuzini u tomom tutdi. Xeya esa beozorgina ósha yuzga asta shapatiladi
Jin:yaaaa... Xeya nima bugun chap yoning bilan turdingmi?
Xeya kulgancha javob berdi. Bundan Jinning biroz jaxli chiqdi, hafsalasi pir bóldi. Qoshlarini biroz chimirgancha indamay eshik tomon ketib qoldi. Xeya esa yana uni ortidan yugurgilab borib belidan mahkam quchib oldi. Jin esa hech nima qilmadi ham demadi ham. Vaziyatni yumshatish biroz qiyin bólishini bilgan Xeya Jinning qarshisiga turib móltiragancha Jinga qaradi
Jin:aaaayyyyyshshshsh..... Menga bunday qarama....
(Xeya yana ham yalingan kózlar bilan qaradi) Mayli mayli kechirdim. Lekin boshqa meni bunday hafsalamni pir qilma
Xeya yaxshi degandek kulib boshini tez-tez qimirlatdi. Sóng Jinning yuzidan emas labidan qisqa bósa olib uni ishga kuzatdi.
Jin ham Jungkook ham ishga borgach u yerdagi hujjatlarga kómilgancha kunlarini boshlashdi. Tushlik paytida Jinga qóng'iroq bóldi
Tel:hayrli kun janob Jin. Bu men Taylantdagi ish boshqaruvchingiz Theo bólaman
Jin: ov salom Theo. Ishlar qanday.
Theo: ishlar joyida. Biroq kompaniya bir kelib ketmasangiz bólmaydi
Kompaniyamizga yangi hamkorlar qiziqish bildirishmoqda. Shu sabab ular bilan shaxsan ózingiz uchrashib kórsangiz degan edim.
Jin:shundaymi.... Mayli unda ertalabki reys bilan uchib boraman. Sizga ózim vaqtini aytaman
Theo:xóp janob. Unda ózim sizni erta kutib olaman.
Jin qóng'iroqni yakunlab óz kotibasini chaqirdi
Jin:menga Taylandga ketish uchun chipta bron qiling
K:xóp janob. Qaysi vaqtga bólsin.
Jin:iloji bólsa ertalabki reys uchun
Jungkook va Yona.... Ularda kun yana doimgidek. Biri ish bilan bant bólsa. Ikkinchi biri bir qarorga kelolmay yurak va g'urur órtasida sul tuzishga urunar edi
Yona xonada órirgancha shularni óylab sochlarini asabiy tózg'itdi. Keyin qóliga telefonini oldida"nima bólsa bólar dadamga qóng'iroq qilaman. Ahir qizlariman" óziga shu gaplarni aytib óz dadasiga qóng'iroq qildi
Yona:salom dadajon. Ahvolingiz yaxshimi?
J.Han: salom qizalog'im. Men yaxshiman ózingda ahvollar qanday. Sovuqda shamollab qolmadingmi?
Yona: yóq dadajon menda hammasi yaxshi. Dada.... Sizni bezovta qilmadimmi
J.Han: yóq yarim soatdan keyin zarur uchrashuvim bor. Ungacha bóshman. Tinchlikmi nega sórayapsan?
Yona:tinchliiiiik... Shunchaki bir masalada sizdan maslahat olmoqchi edim.
J.Han:xósh nima ekan ósha seni ikkilantirayotgan
Yona:Dadaaa...! Men aql,g'urur va yurak órtasidagi turli qarorlardan birini tanlay olmayapman. Boshim qotgan. Qay biriga quloq solsam men uchun, hamma uchun yaxshi bóladi?
J.Han:immmm.... Bu biroz nozik masala. Lekin nima bólganda ham g'urur tomon yon bosib bólmaydi. Chunki u hech kimga yaxshilik keltirmagan. Senga maslahatim qaysi qaror seni xursand qiladi-avval shuni yaxshilab óylab kór. Sóng esa qaror qabul qil...
Yona: tushunarliiii... Rabmat dadajon yaxshi ham siz borsiz. Aytmoqchi qachon kelasiz sizni juda ham sog'indim...
J.Han: bu yerda yangi bizness boshlayapman. Shunga ishlarim biroz kóproq. Qachon borishim ham noaniq
Yona:ha mayli nila bólganda ham ózingizni ehtiyot qiling. Sizni yaxshi kóraman
Dadasi bilan bólgan suhbatdan sóng Yona qalbiga quloq solgan holda Jungkookning kónglidan joy olish uchun yana bir bor harakat qilib kórishga qaror qildi. U ishdan kelgach u bilan ochiqchasiga yana bir marta gaplashib olishni rejalashtirdi
Ish vaqti tugab uyiga ketishga taraddud kórayotgan Jinning diqqatini eshikni taqqillatib ichkariga kirgan kotiba buzdi
K:janob ertangi reys bilan Taylandga ketadigam barcha joylar bron qilib bólinibdi.
Jin:shundaymi... Undan keyingi reys qachon ekan
K:havo ózgarib turgani sabab undan keyin reys 2 kundan keyin ekan. Chunki ayni kunlarda kuchli qor yog'ishi kutilayotganini aytishdi. Lekin bugun kechki reysda 2 kishilik joy bósh ekan
Jin:u nechida jónab ketadi?
Kotiba xóp deb chiqib ketdi. Jin esa shoshgancha soatiga qaradi. Soat kechki 5 dan oshgan edi. U shoshilgancha xonasidan chiqdi. Yólakda Jungkookni kórib qoldi va unga vaziyatni tushuntirib Taylandga bir necha kunga ketayotganini aytdi. Jungkook unga tasdiq ishorasida bosh qimirlatib yana biroz ishlamoqchi ekanini aytdida xonasiga kirib ketdi
Xeya:n.nima.... Q.qachoooon( ovqatiga tiqilib qolay deb sóradi)
Xeya:buncha tez... A.ahir men tayyorlanishga ulgurmayman
Jin:Xeya men ketyapman dedim, ketamiz emas...
Xeya:Jin bu qanaqasi...? Siz Taylandga-meni yurtimga ketyalsiz. Shuni bilib turib nima men uyda qolishim kerakmi. Ahir men ham u yerlarni sog'inganman.
Jin:Xeya men u yerga dam olish uchun emas ish yuzasidan ketyapman
Jin:qarorimni muhokama qilma. Sen endi uchungina emas farzandimiz uchun ham ózingni avaylashing kerak. Keyingi safar seni dam olisha olib boraman
Xeya hafa bólgancha bosh qimirlatdi. Reys vaqti bilan Jin Taylandga uchib ketdi va erta tongda yetib bordi. Kutish yólagida uni Theo kutib oldi
Theo:salom janob xush kelibsiz. Men kutgandanda tezroq keldingiz
Jin biroz kulgancha:ha shunaqa bólib qoldi( u taylant tilida javob berdi)
Theo:haaa sababini tahmin qildim
Jin:juda aqllisandaaaa... Shuning uchun ham seni ishga olganman
Theo: rahmat janob. Lekin meni Xeya xonim ishga olgandilar
Jin:nimaaa... Bu bilan nima demoqchisan?
Theo:hech nimaaaa... Shunchaki hazillashdim
Jin va Theo shunday hazil huzil gaplar aytishib mashinaga ótirib ketishdi.
Xeya:Jiin... Bugun men juda ham xursandman
Xeya:chunki siz men haqimda dadangizga aytdingiz va ular bizni tóyimizga rozilik bildirishdiiii.... Undan tashqari birinchi qor yog'yaptiiiii....
Jin:tentakvoy...! ( u shunday deb Xeyaning burnidan ehtiyotkorlik bilan chimchilab qóydi)
Ammo aslini olganda men ham bundan xursandman
Xeya:keling unda Tayland markazidagi restaranga boramiz
Jin va Xeya restoranga borishdi. Ular ichkariga kirib ketishayotganlarida Xeya bir yigit bilan turtilib ketdi
Xeya:mayli. Keyingi safar kózingga qarab yur
Yigit ulardan biroz uzoqlashdi sóng asta sekinlab ortiga ógirildi
Pov.Y: shoshma... Bu ovoz juda tanish...
U yigit Xeya va Jin ótirgan stol oldiga bordi. Xeya yana ósha yuzni kórib biroz ensa qotirdi. Suhbat buzilgani uchun Jinning ham biroz asabi buzuldi
Y:kechirasiz... Mabodo ismingiz Xeya emasmi?
Xeya:ha shunday. Biror muammo bormi?
Y: men Sombunman maktabdagi dósting tanimadingmi?
Xeya qarshisidagi yigitga biroz termulib turdida kózlari chaqnab ketdi va órnidan turib u bilan kórishdi
Xeya:Sombuuuun.... Sen... Sen juda ham ózgarib ketibsan
Xeya:seni chet elga óqishga ketdi deyishgan edi
Sombun:ha shunda edi. Kechagina qaytdim
Xeya:haa chet el havosi senga juda yoqibdi. Besonaqay dómboq eding. Bóying ósib,ozib kelishgan yigit bólib ketibsan
Xeya qitmirlik qilgancha Sombunning biqiniga kórsatgich barmog'i bilan teginib qóydi. Ikkovlari kulishdi. Ularninh suhnatini Jinning tomoq qirishi buzdi
Jin:ey yoshlar mabodo men ortiqchalik qilmayapmanmi?
Xeya:oy kechirasiz. Aytmoqchi Jin tanishing bu meni maktabdagi eng yaqin dóstim Sombin. Sombin tanish bu Jin
Sombin:tanishganimdan xursandman
Sombin:mayli Xeya meni kutishayotgan edi. Sen bilan yana alohida kórishamiz.
Sombin ketgach Jinning qovog'idan qor yog'ila boshladi
Jin:yóq( u qisqa va ters javob berishda davom etdi)
Xeya:Jiiiin... Nima siz rashk qilyapsizmi..?
Jin:ha rashk qilyapman. Bóldimi javobim qoniqtirdimi
Xeya asta Jinning qóllarini ushladi. Uni tinchlantirish uchun yonidagi stolga ótdi. Haaa.. Jin rostdan ham uni rashk qildi. U Xeyaning kulgusi hazillari faqat ózigagina atalishini istardi. Biroz qovoq uyushlardan sóng Xeya bu qora bulutlarni aritdi. Ikkovi birgalikda tamaddi qilishdi va uylariga ketishdi