December 11, 2024

𝐿𝑜𝑣𝑒𝑙𝑦

𝑆𝑒𝑣𝑔𝑖 𝑜𝑡𝑎𝑠ℎ𝑑𝑖𝑟. 𝐻𝑎𝑟 𝑞𝑎𝑛𝑑𝑎𝑦 𝑚𝑢𝑧 𝑦𝑢𝑟𝑎𝑘𝑛𝑖 ℎ𝑎𝑚 𝑒𝑟𝑖𝑡𝑎 𝑜𝑙𝑎𝑑𝑖. 𝑈𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑖𝑠𝑠𝑖𝑞 𝑡𝑎𝑓𝑡𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑡𝑜'𝑔'𝑟𝑖 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎𝑙𝑎𝑛𝑖𝑙𝑠𝑎 𝑔𝑢𝑙ℎ𝑎𝑛 𝑘𝑎𝑏𝑖, 𝑎𝑔𝑎𝑟 𝑛𝑜𝑡𝑜'𝑔'𝑟𝑖 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎𝑙𝑎𝑛𝑖𝑙𝑠𝑎 𝑒𝑠𝑎 𝑠𝑖𝑧𝑛𝑖 𝑦𝑜𝑞𝑖𝑏 𝑘𝑢𝑙 𝑞𝑖𝑙𝑖𝑠ℎ𝑖 𝑚𝑢𝑚𝑘𝑖𝑛...

𝐸𝑝 1

Jk oʻylamay ish qildi. U hech narsani reja qilmagandi ham. Shunchaki buni istadi. U Chxve kabi katta odamlar bilan oʻyin qilish nimaga olib kelishini bilardi. Jk birinchi marotaba miyyasi emas yuragi bilan ish qilgandi. Oʻshanda koʻziga qizdan boshqa hech nima koʻrinmay qolgandi. Buni qanday qilganini hatto oʻzi bilmay qoldi.

Uni koʻtarib chiqib ketarkan, Yuna tinmay yigʻlardi u juda qoʻrqib ketgandi. Bu voqealarga guvoh boʻlgan Swen hayratda edi. Sababi Jk bunday odam emas edi.

Ular mashinaga oʻtirib iloji boricha uzoqroqga ketishga harakat qilishdi. Jk bir zum qilayotgan ishlari haqida oʻyladi va oʻzini axmoqona his qila boshladi. Ammo har safar mashina koʻzgusidan Yuriga qaraganda fikridan qaytardi.

Yuri uxlab qolgandi. Swen Jkni Yuna ga qadagan nigohlarini koʻrib:

Men sizni tanimay qoldim.

Jk ortiqcha gapsiz: uning koʻzlari......uning koʻzlari onamnikiga oʻxshaydi— dedi past ovozda.

(Uni yordamchisi Swen unga ukasi kabi edi. Yoshligidan birga oʻsgan va qadirdon edi. Shu uchun unga ochiq gapirardi)

Swen hech nima demadi.

Va birozdan soʻng Jk ga qoʻrquv aralash gapirdi: bi.....biz endi nima qilamiz. Qayerga boramiz. Chxveni yaxshi bilasiz. U shunchaki jim qarab turmaydi.

Jk: axir mollarni oldi.

Swen: axir.......axir unga zarba berdingiz.

Jk hotirjam: bir gap boʻlar.

Chxve juda gʻazabda edi. U odamlarini chaqirdi, va :

Hoziroq qizni topib keling . Bilamanki Jk uni ortidan keladi. Jk ushlash osson boʻlmaydi, qizdan foydalanamiz. Bitch.... qilgan ishiga javob beradi hali. Chet elga uchishimizdan oldin uni toping. Jk ni jazolamasdan koʻnglim hotirjam keta olmayman.

Odamlar har tomonga tarqalib izlay boshlashdi.

Tong yorishdi. Ular ancha uzoqga borib qolishgan edi.

Swen: Janob, axir butun umr qochib yura olmaymiz.

Jk: men u bilan yuzma yuz boʻlishdan qoʻrqmayman. Ammo u qizni ushlab olsa shunchaki qoʻyib yubormaydi. Unga nimalar qilishi haqida oʻylasam etim jimirlab ketyapti.

Jk orqaga burilib Yuriga qaradi, u uxlash ketayotgan edi. Tungi koʻylakda edi, Jk oʻz kostyumini yechib Yuna tanasiga yopdi. Swen bu mehriboncvilikni koʻrib koʻzlariga ishonmasdi.

Hattoki Jk ni oʻzi ham oʻziga tushunmay qoldi: nahotki uni sevib qolgan boʻlsam.......bir koʻrishdaya?! Menimcha shunday. Yoʻqsa unga buncha qaygʻurmasdim. Hatto undan koʻz uzolmay qolyapman. Chxve uni tutib olishini oʻylasam qoʻrqib ketyapman..... 25 yilki men hech nimadan qoʻrqmaganman, ammo bu .....

Deb hayol surdi.

Swen: biz chet elga ketishimiz mumkin.

Jk: Yoʻq. Chxve Koreya vaziri bilan kelisholmaydi. Vazir uni qamoqga olmaslik evaziga unga Seulga 1 yilda 2 marta kelishga ruhsat bergan. U shundogʻam yaqinda qaytib ketadi. Va bu yerga kelmaydi. Koreya ancha hafsizroq.

Swen: ammo ungacha— gapini tugatmasdan Jk gap boshladi: ungacha shunchaki qizni himoya qilamiz.

Swen: siz unga ortiqcha mehribonsiz. Tushunmayapman?!

Jk: menham....

Yuna bosh oʻgʻrigʻi bilan uygʻondi. Ustida yopilgan kostyumni koʻrib hayron qoldi, ammo bundan koʻproq muammosi bor edi, etibor bermadi . Yuna uni Chxvedan qutqarib qolgani uchun Jk ga minnatdorchilik bildira boshladi.

Yuna: u...uzr uxlab qolibman. Biz qayerga ketyapmiz oʻzi.

Jk indamadi. Swen oʻzi javob berishi kerakligi haqida tushunib: biz iloji boricha Chxvedan uzoqroqda boʻlishimiz kerak.

Yuna: sizlarga katta rahmat. Oʻzingizni hatarga qoʻydingiz.

Jk : bundan pushaymonman...

(Jk oʻzini Yunaga nisbatan qoʻpol koʻrsatdi)

Swen gapni burib: ha ha. Lekin asosiy masala biz emas. Chxve ga sen keraksan.

Jk Swenga oʻtkir nigohlar bilan qaradi va Swen oriqcha gapirmasligini tushundi.

Yuna oʻzini qoʻpol his qildi

Jk: Swen mashinani bur. Dengiz boʻyidagi kichik villaga boramiz.

Swen hayron boʻldi. Sababi u villa juda kichkina va eskiroq edi.

Jk: oʻsha yerda boʻlganimiz ancha havsiz.

𝐸𝑝 2

Villaga yetib borishdi u yer ancha tamir talab edi. Ammo yashirinishga zoʻr joy.

Ular mashinadan tushib ichkariga kirishdi . Jk Yuna qoʻrquvini sezdi va : oʻzingni yaxshi his qil. Chxve tez orada Koreadan chiqib ketadi.

Yuna uni kostyum yengini ushlab toʻxtatdi. Jk hayratda, biroz hayajonlandi, chunki bu birinchi marta boʻlgandi. Qoʻllarini tortib oldi va Yunaga qaradi.

Yuna: sizga rahmat. Toʻgʻri men oddiy rahmat aytayotgandirman. Ammo kun kelib sizga ham foydam tegadi degan umitdaman. Ha aytgancha mening ismim Yuna.

Jk hech nima demadi, xonaga kirib ketdi.

Swen qoʻl choʻzib: mening ismim Swen , boshligʻimniki esa Junkook. Men uning yon ishchisiman. Etibor berma u shunaqa odamoviroq.

Yuna kuldi: ha ha , koʻrinib turibdi.

Jk ni telefoni jiringladi.

Jk: eshitaman .

Chxve: oh, janob Jk . Vanihoyat sizni topdim. Ovozingizni sogʻinibman— mashara qilib kuldi.

Jk: uzr soʻrashimni kutmayotgandirsiz.

Chxve jiddiy: aynan shuni kutyapman, yaxshilikcha qizni menga ber va uzr soʻra. Shunchaki bularni unutaman. Agar sen men bilan oʻynashishni tanlasang , bilib qoʻy qoʻlimdan sogʻ chiqmaysan.

Jk: qizga tegishni hayollinga ham keltrma.

Chxve : yaxshi unda tomosha qil— goʼshakni qoʻydi.

Yuna buni eshitib turgndi juda qoʻrqib ketib, havotirga tushdi.

Jk Swenni oldiga bordi: Swen Seuldagi odamlarimizga ayt, mollarni ehtiyot qilishsin Chxvedan har narsa kutish mumkin.

Swen: buni hal qilaman janob.

Ammo chxve oʻta yomon odam edi. Tez orada u Jk ni barcha uylari mashinasi, boyliklari, villa larini toptirdi.

Chxve odamlariga: joylarni egallang. Odamlar qarshilik qils ularni otib tashlang.

𝐸𝑝 3

Ovqatdan keyin Yuna xonasiga chiqib ketdi. Jk bilan Swen gaplashishdi.

Swen: Chxve hamma joyni ostin ustun qiladi. Shunchaki unga qizni beraylik janob.

Jk jiddiy: bu gap birinchisi va oxxirgisi boʻlsin.

Swen bu gap qanchalar jiddiyligini bilib, ortiq gap aytmadi.

Jk: sen dam ol, men biroz ichimlik ichaman.

Swen: sherik boʻlaman..

Ular ichib boʻlgan xonalariga borishdi. Jk ning uyqusi qochdi. Va Yuna ham vahimadan uxlay olmagan edi. Yuna tozza havo olishga tashqariga chiqdi.

Jk oʻz honasidagi derazadan uni kuzatdi . Yuma begʻubor edi. U oyga termulib oʻtirardi. Jk esa Yunaga.

Jk negadir nigohlarini undan uzolmadi. Unga tikilib turdi.

(Jk oʻzini qoʻpol koʻrsatsada, unga qattiq gapirsada Yuna Jk ni aslida qanaqaligini bilardi. Jk Chxve bilan Yuna ustidan urishganini, mashinada Jk unga kostyum yopganini va pastda Swen bilan Jk ni gapini eshitgan edi. Hattoki hozir ham uni derazaning bir chekkasidan kuzatib oʻtirganini bilardi)

Yunaning unga boʻlgan hurmati muhabbati , ishonchi yanada ortdi. Eng boshida Jk uni halos qilganida Yuna unga mehr qoʻygandi.

Erta tong. Jk Chxvega telefon qilib u bilan koʻrishib olish kerak ekani haqida oʻyladi.

Va unga qoʻngʻiroq qildi:

Kel yaxshisi uchrashib gaplashib olamiz.

Chxve kuldi: menga qizni olib kel. Seni nima qilaman—kuldi u

Jk: uni tushing da ham koʻrmaysan—aloqani tugatdi. U Seulga bormoqchi edi ammo shuni tushunib yetiki Chxve Jk orqali qizni ushlab olmoqchiligini.