October 22

𝐀𝐋𝐈𝐄𝐍 𝐒𝐎𝐔𝐋

Bir hikoya yozaylik–Muhabbati oyoqosti qilinmagan,Orzulari armonlarga alishmagan, Soʻzlarida yolgʻonlarin ishlatmagan,Koʻzlaridan alam yoshi toʻkilmagan,Keling shunday barpo etamiz..

~ Kimga? Janob Kimning oʼgʻli Kim Taehyung edi shundaymi?

~ Ha, tanir ekansan ish tezroq bitadi)- beparvolarcha qogʻozlariga qarab gapirgan Janob Hwang qizining qaroriga rozi ekanligiga amin edi

~ Da.da ammo..men)- birinchi bor dadasining istagini bajarishni rad etmoqchi boʻlgan qiz nima deb gap ochishni bilmasdi

~ Nimadir demoqchimisan?)- bir qoshini koʻtargancha oʻtkir ohangda gapirgan kishi Suening bir soniya oldingi soʻzlarini ham unuttirib yubordi. Qizining sukutda turishiga nigoh tashlab yana oldingi holiga qaytgan janob Hwang soʻzlarini yakunladi

~ Ertaga soat 12:30 da Gold restaranida uchrashuv, kech qolma

~ Tushundim xayrli tun)- quvnoq tarzda kirgan eshigidan huddi shunga teskari holda umidsiz chiqgan qiz oyogʻini sudragancha xonasi tomon yurdi

~

~ Shunisini kiy, kuyov bir koʻrishda sevib qolsin )- ertalabdan buyon hali aniq boʻlmagan "kuyov" uchun qilinayotgan harakatlar Suening sabrini toʻldirgandi

~ Xolajon bunchalik ishonch bilan gapirmang, u hali kuyov emas)- yotogʻida oyoq chalishitirgancha oʻtirgan qiz xolasining qoʻlidan moviy koʻylakni olib qanday turishini bilish uchun oynaga yaqin kelib tekshirib koʻrdi

~ Mmm, boʻladi ortiqcha hashamatlarsiz ham Hwang Sue goʻzal

~ Quloqsiz aytganingdan qolmaysan, janob Hwangni gʻazab nishoni boʻlishni istamasang muommo chiqarma)- oʻziga yarasha qaysar boʻlgan qizning odatini bilib ogohlantirgan boʻldi

~ Havotir olmang men ovchi boʻlaman oʻlja emas)- ishonch bilan bosh silkigan Sue qoʻliga koʻylagini olgancha yuvinish xonasiga kirib ketdi

~

~ Hahh shu uchrashuv kerakmidi menga? Ketib yuborsammikin, yoʻq boʻlmaydi u olifta darrov sotadi)- otasi aytganidek Gold restaraniga 12:24 da yetib kelgan qiz oʻzi bilan oʻzi bu yerdan ketish haqida bahslashardi. Qalbi - u yigit bilan uchrashishni istamasa, aqli - ketib qolsa otasi tomondan beriladigan jazolar haqida oʻylardi . Suening uzoq oʼyloʼvlarini yakunlagan yigit salomlashgancha stulga oʻtirdi

~ Salom siz Hwang Sue boʻlsangiz kerak, men Kim Taehyung)- joyiga oʻrnashib qizga oʻzini tanishtirgan yigit tashqi tomondan juda ham aqlli va tartibli koʻrinardi

~ Ha shunday, tanishganimdan xursandman janob Kim

~ Men ham xoʻsh nimadir buyurtma beramizmi? Keyin bemalol suhbatlashishimiz mumkin)- taklif bildirgan koʻyi menyuni qoʻliga oldi

~ Mayli)- ovqatlanishga qarshi sabab topmagan Sue shunchaki koʻp oʻylashni xohlamay rozilik bera qoldi

Taehyung

~

Bir haftadan soʻng •

_ Hwanglar xonadoni did bilan bezatilgan, rangli shamlar, bekamu koʻst tuzalgan noz-neʼmatlar , zamonaviy musiqa bularning isboti. Bugungi kechaga yigʻilgan mehmonlar ham shohona kiyimda koʻrk toʻkib turishibdi. Kimlar va Hwanglar oilasining qarindoshlik aloqalari bogʻlanishi koʻplarning havasini keltirgan boʻlsa baʼzilarning hasadini ham keltirdi.

~ Jin ursin* bu koʻylakni eplay olmayman)- egnidagi uzun koʻylakni gʻijimlagancha jahl qilgan qiz alamini faqat koʻylagidan olardi

~ Sue~ yaa yosh bolalik qilma, bu unashtiruv uchun mashhur tikuvchining maxsus tikgan koʻylagi)- asabiy holatdagi Sueni tinchlantirishga uringan qiz muloyim soʻzladi

~ Shu maxsusmi? Buni faqat pol artishda foydasi tegadi men boshqa narsa kiyaman

~ Axir kech qolamiz tezroq chiqishimiz kerak)- shahd bilan oʻrnidan turib kiyinish xonasiga yurgan Sueni toʼxtatmoqchi boʻlgan dugonasi afsuski omadsizlikga uchradi. Oʻz istagini amalga oshirishga odatlangan Sue bu safar ham aytganini qilib bezaklari kam, oddiyroq ammo oʻziga yarashgan libosni tanladi.

Sue

_ Mehmonlar oʻzaro gaplashib turishar ekan ularning nigohini zinalardan farishta misol tushgan Sue jalb etdi. Uning oʻziga yarashib turgan oq libosi, ortiqcha zeb-ziynatsiz ham maftunkor koʻrinardi.

~ Ohh qizginam bugun benihoya goʻzalsan)- nomaʼlum yoʻnalishdan qiziga bagʻrini ochgancha kelgan janob Hwang Suening hayronli qarashlarini vujudga keltirdi. Yengilgina quchib uzoqlashgani bois javoban koʻtargan qoʻlini tushirgan Sue bu shunchaki mehmonlar uchun roʻl ekanini tushundi.

~ Kel seni doʻstlarim bilan tanishtiraman)- ortidan yurishiga imo qilgan Janob Hwang bir gala hamashat ustiga kiyingan kishilar orasiga kirib keta boshladi

~ Tanish bu mening ancha yillik hamkorim janob Chxve

~ Tanishganimdan xursandman janob)- sochlariga oq oralab qarilik alomatlari sezilib qolgan Janob Chxvega taʼzim qilgan Sue boshini quyi egdi

~ Juda chiroylisan, baxting ham shunday boʻlsin)- qizning boshidan silab javob qaytardi

~ Bu esa mening eng yaqin doʻstlarimdan Jeon amaking tanidingmi?)- keyingi galda kostyum shim kiyib oʻziga qaragan, boshqalarga qaranganda yosh koʻrinarayotgan erkakni tanishintirgan janob Hwang qiziga savolli tikildi

~ Ha ularni esladim Amerikaga endi borgan paytlarim tez tez ularni koʻrib turardim)- yoshlikdagi koʻp boʻlmagan shirin xotiralarni eslagan Sue nim tabassum qildi

~ Albatta u meni taniydi, axir uni oʻzimni qizimdek yaxshi koʻrganman)- birdan mehrli quchoq ichida oʻzini iliq sezgan qilgan Sue nima boʻlganini tushunmay ham qoldi. Ota sifatidagi mehr uning taftini qizdirar ekan Sue oʻzini begona bir inson bagʻrida ilk bor hotirjam his etdi

~ Jungkook ham kelganmi?)- janob Hwang qoshini koʻtarib, analiz qilgandek atrofga qarab ular orasida koʻrinmagan yigitni soʻradi.

~U ham shu yerda, orqa eshik tarafda telefonda gaplashib turgandi

~ Kelsin koʻrishib qoʻyaylik, erishgan gʻalabasi bilan tabriklamoqchiman)- yosh boʻlishiga qaramay katta loyihalarda muvaffaqiyatga erishgan yigit janob Hwangning eʼtiboriga tushgandi

~ Yaxshi Daniel borib Jungkookni..

~ Men chaqirib kelsam boʻladimi?)- aralash insonlar nigohidan charchagan qiz bu yerdan tezroq chiqib ketish uchun tanimaydigan odamini chaqirishni bahona qilib niyatiga yetmoqchi boʻldi

~ Ha mayli ihtiyoring)- unga rozilik bildirgan janob Jeon yonidagi Daniel deb atagan yordamchisiga ketaverishini imo qildi

~

~ Nihoyat men bulardan qutildim)- asosiy xonalardan orqa uyga oʻtgan Sue charchoqli nafas chiqardi

~ Ammo boshqasiga tutilding)- hayoli allaqayerda boʻlgan qizni roʻparasidan kelgan ovoz qoʻrqitib yubordi

~ Hoy bu nimasi? Qoʻrqitib yubordingiz

~ Kechirasan.ataylab qilmadim)- oʻzini oqlagan yigit qoʻlidagi yarim tugagan sigaretani axlat qutisiga tashladi

~ Chekish sogʻliq uchun xavfli)- tanish koʻrinayotgan yigitga qarab ogohlantirgan Sue tunda yerni yoritayotgan oyga termuldi

~ Baʼzida zararli narsalarni qilishga ishtiyoq majbur qiladi)- Suega tushuntirgan boʻlib u kabi oyga qaragan yigit uchun ham bu qiz tanishdek

~ Oldin koʻrishmaganmizmi?)- qiziqishini soʻndira olmagan qiz koʻp kutmay savolini bayon etdi

~ Menimcha ham shunday

~ Sohil.. yoʻqolgan kuchuk topdimmi?)- Koreyaga qaytgan kunidagi yoqimli tasodifni eslaga Sue koʻrsatkich barmogʻini bigiz qilib soʻradi

~ Haa haa aynan, oʻsha kuni Bamni topib olgan sen eding)- havotir bilan kuchuguni qidirib bir qiz qoʻlida koʻrganini eslagan yigit tabassum qildi

~ Najot farishtasi ekanligimni bilardim, ammo biz qachon sizdan senga oʻtdik)- avval oʻzini maqtab sochini ortga tarab qoʻygan Sue keyin savol berdi

~ Har holda ikki marta koʻrishdik begona emasmiz yoki qarshimisan)- muloyim ohangda soʻzlaganidan erib ketgan qiz qanday rozi boʻlganini ham bilmay qoldi

~ Yoʻq nega endi roziman bu men uchun ham qulay

~ Nechi yoshdasan

~ Nega soʻrayapsiz

~ Ohhh qizlar hech qachon yoshlarini ochiq aytishmaydi, mayli keyinroq bilib olaman)- tinmay lablarini yoyib kulayotgan yigit qarshisida uning yuzidagi yorqinlikdan oʻzini yoʻqotayotgan qizni sezmasdi

~ Xoʻsh nima qilyapsan bu yerda Hwanglar oilasi bilan tanishmisan?

Oʻsha yigit

~ Men? Men janob Hwangning qizi Sueman unashtiruvga kelib uning sababchsini tanimaysizmi?)- arazlagandek labalrini burgan qiz yigitning hayronligini oshirdi

~ Sen Hwang amakini qizimisan, yana bir bor uzur men seni kichikligingda koʻrgandim ancha oʻzgaribsan)- aybdorona uzur soʻrab

~ Mayli sizni tushunaman, endi yanada goʻzal boʻlganman tanimasligingiz tabiiy

~ Juda maqtanchoq boʻlib ketibsan)- uning soʻzlaridan baho bergan yigit nihoyat oʻzini tanishtirdi

~ Men esa Jeon Jungkook 27 yoshdaman)- qizga qoʻlini uzatgan Jungkook javoban uzatilgan qoʻlni ohista siqib qoʻydi

~ Xursandman demak sizni aytgani kelibman, Jeon amaki sizni chaqiryapti)- u bilan gaplashib aslida nega kelganini ham unutgan Sue janob Jeon ularni kutayotganini esladi

~ Lekin meni ishdan chaqirib qolishdi ularga aytib qoʻyilmasanmi

~ Ha albatta)- hijolat boʻlib sochini ushlagan Jungkook Suening biroz kayfiyatini tushirdi

~ Mayli unda koʻrishguncha

~ Koʻrishguncha)- past ovozda hayrlashgan Sue negadir bu yigitni ketishini xohlamasdi

~

Tushlik payti •

Dugonalari bilan ovqatlanish uchun ishidan tashqariga chiqgan qiz kichik tamaddixona markaziga keldi

~ Salom qizlar)- dugonalari yoniga kelib oʻtirgan Sue unga bir xil ensa qotirib qarab turgan 2 dugonasi nigohini koʻrdi

~ Nega bunday qarayapsizlar

~ Yarim soatda deb 2 soat kuttirding qanday qarashimizni istaysan)- jahllari chunonan chiqqan qizlar Suega ilmoqli gapirishdi

~ Axir aytdim-ku ishlarim koʻp deb, yarim soatda bitira olmadim)- oʻzini oqlagan qiz oldida turgan sharbatdan tatib koʻrdi

~ Ha faqat sen ishli odamsan biz bekorchimiz

~ Boʼldida endi bir marta kutganingizni pesh qilavermanglar)- qoʻliga shirinlik olgancha noligan Sue yana bir boʻlakni ogʻziga soldi

~ Qaysar, sakkiz kundan beri ovqatlanmaganga oʻxshaysan sekinroq ye)- biroz havotir bilan soʻzlagan qiz Suening tez ovqatlanishidan ogohlantirish berdi

~ Mmhmm)- ovqat bilan ovora boʻlib dugonasiga eʼtibor bermagan Sue shunchaki yetishda davom etdi. Unga qaragan qizlar hafsalasiz bosh chayqab oʻz taomlariga nigoh tashlashdi

_ Ishtaha bilan ovqatlanayotgan Suening koʻzlari atrofda kezardi, nimadir sabab bilan tashqarini koʻrsatadigan oynaga qarar ekan koʻzlari tanish chehrani koʻrib porlab ketdi . Shahd bilan oʻrnidan turib tashqariga yurgan Sue dugonalarining " Hoy qayoqqa" soʻzlariga ahamiyat bermadi. Chiqish eshigiga kelib qayta tashqaridagi insonga qaradi. Ha bu oʻsha Suening yuragini betartib urishiga sabab boʻlayotgan yigit. Koʻp ham olisdan qarashni istamay tabassum bilan eshikni ochgan qizni yigitning ortidan quchgan notanish qiz toʻxtatdi. Tabassumi yigitning ham unga qaran kulishini qaragani sayin soʻnar ekan uning qadamlari oʻsha yerda qotdi.

Pov. Sue
Bu qiz unga kim? Opasi yoki singlisimi? Lekin ularda boshqacha munosabatga oʻxshaydi uning kulishichi doimgidan farq qiladi. Demak u sevgan qizimi? Hahh aslida menga nima farqi bor, ikki martagina koʻrgan insonimni boshqa bir qiz bilan turganini koʻrib qalbim nega bunchalar ogʻriyapti? Men unashtirildim bu xato, men oʻz yoʻlimdan ketishim kerak...

_Biroz vaqt toʻxtab oʻylari tugagan qiz bu yerdan ketishga qaror qildi. Qadamlari ortga burilar ekan qizning " Oppa" degan soʻzini oldin ham eshitgandek. Bu oʻylagan insoni boʻlishini istamagan qiz yoʻlida davom etdi ammo yuragi uningekimligini aniqlashni istagani bois ortiga oʻgirilgan Sue qizning yuzini koʻrib chindan ham muzladi.

~ U..axir u oʼlgan..ammo qanday qilib)- yuz tuzilishi 80% ga oʻzgargan qiz ichidagi savollarga javobni istardi. Savolli qarashlariga qizning yigitni qayta bagʻriga bosgani uning savollariga javobi oʻrnida keldi

~ Aslida oʻlmay akamni badnom qildingmi? Uning bir tola sochiga ham arzisding. Akam uchun javob berasan, men ham sevganigni tortib olaman

~

_ Tinch xonada kompyuterga yozib oʻtirgan Janob Hwang eshigining ruxsatisiz ochilishiga befarq boʻlmay qaradi

~ Odob qoidalarini unutib qoʻydingmi

~ Dada sizda muhim gapim bor)- birinchi bor otasining soʻzlariga ahamiyat bermagan qiz janob Hwangning ham hayratini uygʻotdi

~ Nima masalada?

~ Kuyov masalasida

~ Kuyov? Unga nima qilibdi?)- nigohi kompyuterda boʻlgan janob Hwangni Suening keyingi soʻzlari oʻziga qaratdi

~ Men uni alishtirmoqchiman

~ Aqldan ozdingmi?)- ish stoliga jahl bilan urgan janob Hwang oʻrnidan turdi

~ Dada men Jungkookga turmushga chiqaman, bunga qarshi boʻlolmaysiz)- qatʼiy turib olgan qizga otasining rayiga ham qaramasdi

~ Nega unga? Taehyung yoqmay qoldimi?

~ U menga qachondir yoqgan edimi

~ U bilan oila qurishim koʻproq foyda keltiradi, ularning kompaniyasi foizlari ham oshdi biz yutqazmaymiz dada)- otasini moddiy tomom bilan qiziqtirgan Sue niyatiga deyarli yetgandi...

2_ qism tugadi .

Yoqimli mutolaa🧚‍♀ keyingi qism uchun bir necha fikr kutaman yogʻdularim✨💗

To be continued...

#Seol_Asi | @Twins_fanfics uchun