October 21
Buxoro tuman 18-umumta’lim maktabida “Saylov-2024 oyligi” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Buxoro tuman adliya bo‘lim boshlig‘i U.To‘xtayev tomonidan tumandagi 18-umumta’lim maktabida “Saylov-2024 oyligi” tadbiri yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Buxoro tuman adliya bo'limi YXKM boshlig'i O'.Akmamedov va maktab pedagogik jamoasi ishtirok etishdi. Tadbir davomida U.To‘xtayev tomonidan saylov tushunchasi, saylov turlari, saylovchilar huquqlari va majburiyatlari, saylov uchastkasining vazifalari, muddatidan oldin saylovda ishtirok etish tartibi to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 2017 yil 3-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonunining mazmuni va mohiyati tushuntirib berildi.