October 15
Istiqbol MFYda joylashgan 14-umumta'lim maktabida otaliqqa olingan o'quvchilarning huquqiy bilimlari baholandi
Bugun Buxoro tumani Istiqbol MFYda joylashgan 14-umumta’lim maktabida 9-10-11-sinflar o‘rtasida Davlat va huquq asoslari va Konstitutsiyaviy huquq fanidan bilimlar bellashuvi o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilarga ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiradigan, hayotda uchrab turadigan huquqiy vaziyatlardan iborat savollar berilib, guruhlarga bo‘lingan holda o‘tkazilda. Birinchi o‘rin 11-sinf o‘quvchilari, 2-o‘rin 10-sinf o‘quvchilari va 3-o‘rin 9-sinf o‘quvchilari g‘olib deb topildi. G‘olib jamoalarga tuman adliya bo‘limining badiiy kitoblardan iborat sovg‘alari berildi.