October 21

Buxoro tuman Yangi turmush MFY saylov uchastkasida "Saylov-2024 oyligi" mavzusida huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Buxoro tuman adliya bo'limi YXKM boshlig'i O'.Akmamedov tomonidan tumandagi 10-umumta’lim maktabida “Saylov-2024 oyligi” tadbiri yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maktab pedagogik jamoasi ishtirok etishdi. Tadbir davomida O'.Akmamedov tomonidan saylov tushunchasi, saylov turlari, saylovchilar huquqlari va majburiyatlari, saylov uchastkasining vazifalari, muddatidan oldin saylovda ishtirok etish tartibi to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 2017 yil 3-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni va Mehnat kodeksining mazmuni va mohiyati tushuntirib berildi.