So'z yodlash oson yo'li

Sizlarga bugun ingliz tilida so’zlarni " qanday tez" yodlash usullarini o’rgataman, yangi til o’rganuvchilarida eng ko’pida qanday 10 minglab so’zlarni yodlayman degan qo’rquv paydo bo’ladi. Lekin statistik ma'lumotlarga qaraganda, bir kunda hatto inglizlarni o’zi ham 500-600 aktiv so’zlardan foydalanishar ekan bu degani siz ham shuncha so’zni o’rganib gaplasha olasiz degani qo’rqmanglar do’stlar.

Keling unda o’rganishni boshlasak!
✅ Birinchi usul: biz bunda to'rtburchak qilib qog'ozchalar olib olamiz va uni oldi tomoniga inglizcha orqa tomoniga o'zbekcha tarjimasini yozamiz. Va bu qog’ozchalarni yonimizga yoyib tashlaymiz. Bittalab qog'ozni tanlab tarjimasini aytamiz agar bilsak bir tomonga, bilmasak boshqa tomonga qo'yib boramiz. Oxirida bilmaganlarimizni yana qaytadan yodlaymiz bu juda foydali usul;
✅ Ikkinchi usul: bunda biz qog’ozchalarga tarjimasini yozib o'sha tarjimani buyumga yopishtirib qo'yamiz. Masalan, kitob bo’lsa a book deb kitobga yopishtirib qo'yamiz bunda ko’z xotirasi yaxshi eslab qoladi va ancha vaqtgacha esizdan chiqmaydi.
✅ Uchinchi usul: Bu intervalli so’z yodlash usuli sal ilgariroq kanalimizda bu haqida to’xtalgandim. Bu qanaqa bo’ladi: siz 10 so’zni yodlaysiz va 20 daqiqa tanaffus qilib yana shu 10 so’zni takrorlaysiz. 10tadan keyin tezda 11chi 12 usulga o’tib ketmasdan 10 so’zni yaxshilab orada tanaffuslar bilan yodlasangiz, bir kunda bu usulni 4 marta takrorlab 40 so’z yodlaysiz. Yodlaganlaringizni 3 kundan 1 hafta 1 oydan keyin takrorlaysiz bunda u intervall usuli hisoblanadi. Ishoning bu eng zo’r usuli yodlashning muhimi bunda esizdan chiqmaydi so’zlar;
✅ To’rtinchi usul: hammamizga bu usul tanish va juda oddiy usul hisoblanadi, ya’ni o’rgangan so’zlarimizni frazalarda qo’llab ko’rish. Masalan, bitta so’z yodladik deylik uni biz gapda qanaqa ishlatilishini, gapda qanaqa kelishini ko’rish, gaplarda qo’yib qo’llasak bunda juda yaxshi esda qoladi.