Future continuous

✳️Future continuous tense yasalishi✳️

▪️Positive Form
🔷Ega+Will(shall) be V+ing
🔸He/she/it will be working
🔹We/I+ shall(will) be working(
🔸You/they will be working
▪️Negative Form
🔷Ega + shall (will) + not + be + Ving
🔸I shall not be working,
🔹he will not be working.
🔸You will not be working
🔷Question Form
🔸Shall (will) + ega + be + Ving?
🔹Shall I be working?
🔸Will he be working?
❗️Eslatma: Siz shall ni faqat I bilan We ishlatishingiz mumkin. Yoki will ishlating zamonaviy ingliz tilida will farqiz hamma ega bilan moslashib ketaveradi.

✳️ Future continuous tense ishlatilishi✳️
1️⃣Future continuous zamoni biz kelasida malum bir vaqtda davom etayotgan ish –harakatlarni ifodalashda ishlatamiz.. Bunda ish-harakat biz gapiryotgan paytdan oldin boshlangan lekin holi tugamagan bo’ladi. Y a’ni biz nazarda tutgan vaqtda davom etayotgan bo’ladi.
🔹
For example, tomorrow I will start work at 2pm and stop work at 6pm: At 4pm tomorrow, I will be working
🔸Misol: ertaga men soat 2 da ishni boshlayman va 6da tugataman.
Ertaga soat 4 da , Men ishlayotgan bo’laman.

❗️Izoh : Misolda ko’rganimizdek ish harakat 2 da boshlanyabdi va biz nazarda tutgan vaqtda u tugamagandi. Ish 6 tugadi endi biz 2 bilan 6 orasidagi ish-harakatni aytish uchun Future continuous zamondan foydalanyabmiz. Sababi bu vaqt oraligida ish-harakat davom etayotgan bo’ladi. O’zmizni jaydari tilda tushintirsam o’zbek tilida …yotgan bo’la(miz, man,di,siz) so’ziga to’g’ri keladi.

2️⃣Future Continuous kelasi zamondagi uzoq vaqt davomida uzilib- uzilib davom etgan ish-harakatni ifodalaydi:
🔹He will be writing a play during the summer
🔸U yoz davomida pyesa yozayot gan bo‘ladi.

❗️Izoh: Esladizmi? Huddi shu misolni o’tgan zamonda o’tgan zamon shaklini taxlil qilgandik. O’sha qoida bu zamonda ham amal qiladi faqat u o’tgan zamondagilar uchun bu kelasi zamon uchun. Nega o’turadi bunga chunki bu zamonlar og’aynida, dushman bosa edi o’tmasdi. Kelasi zamonda to’xtab to’xtab davom etadigan ish-haraklar uchun biz shu continuous ishlatarkanmiz. E boshni o’g’ritib yubording deyabsiz buncha qoida buncha qoida. Bitta sir ochimi.? Ho’p o’z sirmni ochaman endi o’rganyotgan paytimda men yotgan bo’laman degan so’zlarga shu zamoni olardim. Nima kerak bosh o’g’riq tepaga qarang hamma gap o’qiyotgan bo’laman, kelayotgan bo’ladi, ketayotgan bo’lamiz osha gap yotgan bo’laman, bo’ladi, bo’lamiz. Endi sizam oson yo’lni o’rganvoldiz. Faqat Buni uzoq og’aynisi Future Perfect continuous bilan adashtirmanglar unda ham shunaqa bo’ladi faqat unda qancha paytdan beri bo’lyotgani aytiladi. Buni kelasi dars Future Perfect continuous o’zni darsida o’tib beraman bo’lmasam Future continuous hapa bo’b qoladi. Ozgina kayfiyat ko’tarib oldiga, charchamagan bo’sez misolga qarang
🔹I shall be working when he returns.
🔸U qaytib kelganida men ishlayotgan bo‘laman.
🔹 I shall have been working for 4 hours when he returns –
🔸U qaytib kelganida men 4 soatdan beri ishlayotgan bo‘laman.
Bilvoldiza Future continuous yotgan bo’laman Future Perfect continuous esa ...dan beri yotgan bolaman

💡Bilib qo’ygan yaxshi💡
✳️Kelasida zamonda ish-harakat davom etayotgan vaqt bu ko’rnishda berlishi mumkun

🔹a)at five o’clock soat beshda, at noon peshinda, at midnight yarim tunda, at that momet o‘sha vaqtda kabi vaqt ko‘rsatkichlari bilan ishlatiladi:

▪️I shall still be working at six o’clock
▪️ Soat oltida men hali ham ishlayotgan bo‘laman.
▪️He can’t come at two o’clock tomorrow because he’ll be giving a lesson at that time.
▪️U ertaga soat ikkida kela olmaydi, chunki o‘sha paytda u dars berayotgan bo‘ladi.

🔸b)Nazarda tutilmoqchi bo’lgan payt qo’shma gap orqali berlishi mumkin bunda shart va ergash gap kelagan qism(bo’glovchili qism Present Simple) bo’ladi

▪️When I come back, they will be having supper.
▪️Men qaytib kelganimda ular kechki ovqatni yeyayotgan bo‘lishadi.
▪️I shall be working when he returns.
▪️U qaytib kelganida men ishlayotgan bo‘laman.
▪️If you come after eleven o’clock, I shall be sleeping.
▪️ Siz o‘n birdan keyin kelsangiz, men uxlayotgan bo‘laman.

✳️Payt va shart ergash gaplarda(when, before, after va boshqalar qatnashgan) Future Continuous ishlatilmaydi, ularning o‘rnida
Present Continuous ishlatiladi:
If he is sleeping when you come, wake him up.(If he will be sleeping) xato)
Siz kelganingizda agar u uxlayotgan bo‘lsa, uni uyg‘oting.

✳️Kelasi zamonda ikkita ish-harakat bir paytda sodir bo’lsa, Agarda siz ish-harakatni jarayoniga, davom etayotganiga urg’u bermoqchi bo’lsangiz bosh gapda Future continuous ishlatamiz, ergash gapda esa Present continuous ishlatamiz
▪️While he is having his breakfast, I shall be reading the newspaper.
▪️U nonushta qilayotganida men gazetani o‘qiyotgan bo‘laman.
✳️Agarda siz ish-harakatni sodir bo’lganiga ( bo’ldimi yo’qmi) shunga urg’u bermoqchi bo’sangiz. bosh gapda Simple Futureni, ergash gapda esa Simple Presentni ishlatamiz:
▪️While he has his breakfast, I shall read the newspaper.
▪️U nonushta qilganida men gazeta o‘qiyman.
✳️Qachonki biz biror kishini kelasidagi rejasini muloyimlik bilan so'rashda ishlatamiz. Bundan maqsad uning rejasi bilan bizning reja mos tushadimi yo'qmi shuni bilmoqchi bo'lamiz
🔹Will you be using the pen for long? No.Why?
I need to write my homework
🔸Ruchkadan uzoq vaqt foydalanasizmi? Yo'q nimaga?
Uy ishimni yozishim kerak edi

👉@InglizEnglish