December 2, 2024

Scarpion

#1_qism

1400-yillarning qorong‘u kechalaridan birida, yer yuzidagi eng kuchli iblis Skorvyn yana Choson shahriga kelgan edi. 700 yillik yashash davomida u ko‘plab shaharlarga hukmronlik qilgan, ammo Choson uning eng sevimli shahriga aylanib qolgan edi. Bu yerda iblisni ma'bud sifatida ulug‘lashar, uning nomi har bir og‘izda edi. Skorvyn esa odamlarni aldab, ularga qayg‘u va ocharchiliklardan qutulish va'dalarini bergan, ammo uning haqiqiy niyati faqat o‘z manfaatlaridan iborat edi.
Chosonning ko‘plab fuqarolari Skorvynni haqiqatan ham mehribon ma'bud deb bilishardi, biroq aslida u har yili yetimxonaning eng go‘zal qizlarini olib ketib, ularga o‘zining qorong‘u, zulmat ichidagi saroyida yashashga majbur qilardi. Bu go‘zal qizlarning hech biri bir marta ham qaytib kelmasdi. Ularning taqdiri o‘limdan ham dahshatliroq bo‘lardi.
Bir kuni to‘lin oy chiqib, Choson shahrida qorong‘ulik yanada chuqurlashganida, Skorvyn yana o‘zining qora aravasi bilan yetimxona tomon yo‘l olgan edi. Ko‘zlari bog‘langan, faqat u uchun tayyorlangan maxsus qo‘llariga tayanib, u joyni har yili ko‘rgan kabi bilardi. Uning yuragi, uzoq yillik yovuzlikdan yorilgan, go‘zal qizlarni topishga qaror qildi. Yillar davomida ular faqat bir marta o‘z hayotlarini tirikroq his etishgandi.
Shu kuni Skorvyn aravasi to‘xtadi. U qorong‘u joydan chiqqanida, og‘ir qadamlar bilan yetimxonaning ichiga kirib keldi. Barcha qizlar qorong‘u xonada bir joyda turishardi. Ularning ko‘zlari qo‘rqib, bir-birlariga qarashardi. Skorvyn, ular orasida o‘zining eng go‘zalini tanlashni xohladi. U tanlagan qizlar ko‘kraklarida yurak urishini sezdilar, ammo biron nima qilishga qodir emas edilar.

Skorvyn yetimxonaning qorong‘u va sovuq koridorlarida odimlar ekan, tovonlari yerga tegib, og‘ir tovush chiqarardi. Har bir qadam, go‘yo zulmatning o‘zi yetimxonaga kirib kelayotganidek, yuraklarni muzlatardi. Xonada jimjitlik hukm surardi. Faqatgina eshikning qarsillagan ovozi Skorvyn yetimxona rahbari, oq sochli va qaddi bukilgan ayol, Seon-Hwa xonim bilan yuzma-yuz kelganida bo‘g‘iq ovozda o‘z ohangini topdi. Ayol boshini egib, chuqur ta'zim qildi.

Seon-Hwa:
— Buyuk Skorvyn, bizning bolalarimiz Sizning xizmatingizda. Siz xohlaganini tanlang, men bu yil eng zo‘rlarini tayyorlab qo‘ydim. Ular xizmatingizga loyiq.

Skorvynning qora ko‘zlari o‘tkir yarog‘dek qizlarni o‘rab olgan zulmatni ko‘rdi. Uning lablarida yengil, ammo sovuq tabassum o‘ynadi. Ovozida hech qanday mehr-muruvvat yo‘q edi.

Skorvyn:
— Seon-Hwa, bugun eng o‘zgachasini xohlayman. Yuragi nafaqat qo‘rquv bilan, balki o‘ziga xos jasorat bilan to‘lganini olib kel.

Seon-Hwa xonim zudlik bilan bosh irg‘ab, ortga burildi. U erta tongdan beri tanlab qo‘ygan uch qizni tanladi. Xona ichida jim-jitlik hukm surayotganida u ularni chaqirdi. Nihoyat, uch qiz Skorvyn oldida tiz cho‘kdi. Har birining yuzi shafqatga muhtoj bo‘lsa-da, ko‘zlarida turlicha tuyg‘ular aks etardi.

Seon-Hwa:
— Mana, Buyuk Skorvyn. Bu yerda uch qiz bor.

1. Hana — oppoq yuzli, oppoq kamalakday sochlari yelkasidan osilib tushgan. Ko‘zlari yoshga to‘lsa-da, yuzida sukunat hukm surardi.

2. So-Yun — qora sochlari yelkalariga to‘kilib, harakatlari siniq, ammo ko‘zlari yonar edi. Qo‘rquvga qaramay, o‘zini dadil tutishga urindi.

3. Jin-Ah — mayin va xushro‘y, ammo ko‘zlarida nimadir sirli va jasorat bilan charaqlardi.

Skorvyn ularga yaqinlashib, bir-bir ko‘zlariga qaradi. Uning ovozi bo‘g‘iq va vahimali edi.

Skorvyn:
— Kimning yuragi qorong‘ulikdan qochib qutula oladi? Kim mening soyamda yashashga chiday oladi?

So-Yun tishini tishlab, qaltirab bo‘lsa-da, gapirdi:

So-Yun:
— Men jasoratga intilaman, lekin yovuzlikdan qo‘rqaman...

Skorvynning yuzi ifodasiz edi. U Jin-Ahga qaradi. Jin-Ah chuqur nafas olib, ko‘zlarini ko‘tardi:

Jin-Ah:
— Men yovuzlikni yo‘qotishni orzu qilaman, lekin o‘zimni sizga topshiraman...

Skorvynning lablari yana yengil tabassumga bo‘yaldi. U Jin-Ahning yelkasidan ushlab, past ovozda pichirladi:

Skorvyn:
— Sen... qiziq. Men seni tanlayman.

Seon-Hwa ta’zim qildi. Jin-Ah esa orqaga qadam tashlashga urindi, ammo uning qochishi mumkin emas edi.

Jin-ah 15 yosh

Skorvynning ko‘zlari tug‘ilganidan beri qorong‘ulikda qolgan edi. U hech narsani ko‘rmas, lekin hamma narsani his qilardi. Jin-Ahning yurak urishi, titroq ovozi, hatto qo‘rquv bilan siqilgan nafasi ham undan yashirin qolmadi. U Jin-Ahning yelkasida to‘xtagan qo‘llarini shunchaki silkitib, uning qaltirashini his qildi.

Skorvyn:
— Qo‘rquvni yashira olmaysan, Jin-Ah. Lekin men seni ko‘rmasam ham, sezaman. Mening ko‘zlarim bu dunyoning nurini ko‘rmaydi, ammo qalbimdagi zulmat har narsani ko‘radi.

Jin-Ah titragan holda orqaga chekinmoqchi bo‘ldi, lekin Skorvynning sovuq ovozi uni joyida muzlatdi.

Skorvyn (ohista pichirlab):
— Ko‘zingni yum… va mening ovozimga bo‘ysun.

Jin-Ahning ko‘zlari keng ochilib, ammo u endi o‘z irodasiga ega emas edi. Skorvynning so‘zlari uning ongini o‘rab oldi, ko‘zlari yorug‘likdan to‘liq bo‘shadi, xuddi chuqur uyquga ketayotgandek. U sekin-asta boshi egilib, to‘la itoatda qoldi.

Skorvyn:
— Endi sen meniksan.

Seon-Hwa buni kuzatarkan, yuzida biron tuyg‘u sezilmasdi. Bu holni ko‘p marta ko‘rgan edi. Ammo har gal ko‘ngli tubida nimadir junbushga kelardi. Jin-Ahning yonidagi boshqa qizlar qo‘rquvdan orqaga tisarilib, o‘zlarini tutolmay yig‘lay boshladilar.

Skorvyn past ovozda buyurdi:

Skorvyn:
— Jin-Ah, men bilan yur.

Jin-Ah o‘rnidan asta turdi, go‘yo xayolda, hech narsa sezmasdan, Skorvynning yonida turardi. Unga ergashdi. Skorvyn ko‘zlaridagi qora matoni sekin yechdi va havoga tashladi. Endi u endi ko‘rishga muhtoj emas edi, chunki zulmat o‘zining ta’sirini o‘tkazgan edi.

Skorvyn:
— Keling, Jin-Ah, aravaga chiq.

Jin-Ah jim bo‘lib, aravaga chiqdi. Ular qora aravada yonma-yon o‘tirishdi. Aravaning eshiklari sharaqlab yopildi. Skorvyn yelkasiga qora plashini tashlab, Jin-Ahga ohista shivirladi:

Skorvyn:
— Zulmat qasri seni kutmoqda.

Otlar qattiq pishqirib, arava g‘ildiraklari ohista aylanib yo‘lga tushdi. Tashqarida qorong‘ulik chuqur edi, faqat aravaning g‘ildirak tovushi shahar jimligini buzib, zulmat qasriga olib borayotganini aytar edi. Skorvyn arava ichida ko‘zlarini yuma turib, Jin-Ahning yaqinida borayotganini his qilib, uning ichidagi xiralashgan qalbining bir qismida tinchlik topayotgandek bo‘ldi.

Arava qattiq shovqin bilan zulmat ichida siljishda davom etdi. Jin-Ah, go‘yo tush ko‘rayotgandek, hech narsani sezmasdi. Skorvyn esa aravaning ichida o‘tirgancha o‘limdek sukunatni tinglardi. Arava ohista to‘xtadi, va tashqarida og‘ir qadam tovushlari eshitildi. Skorvyn asta eshikni ochib tushdi, qo‘li bilan Jin-Ahga ishora qilib, past ovozda shivirladi:

Skorvyn:
— Tush, Jin-Ah. Bu yer endi sening yangi uying.

Jin-Ah itoatkorlik bilan aravadan tushdi. Uning oyoqlari sovuq toshlarga tegdi, va atrofdan esayotgan shamol yo‘qdek edi. Ularning qarshisida ulkan, baland, qop-qora eshik ko‘rinardi. Qasr qasddan qurilgandek zulmatda yutilib ketgan edi. Eshikning ustida o‘rgimchak to‘rlari osilib turar, ulkan ustunlardan yovuzlik nafasi sezilib turardi.
Skorvyn eshik tomon qadam tashladi, ulkan eshik o‘z-o‘zidan og‘ir g‘ichirlab ochildi. Ichkaridan chuqur, vahimali tovushlar va zulmat oqib chiqdi. Qasr ichida hech qanday chiroq yo‘q edi, faqat zulmat hukm surar, zulmatning ichida yashovchi sharpalar kabi jimjiloq xizmatkorlar ko‘z ilg‘amascha ko‘rinardi.

Skorvyn qadamlarini ichkariga tashlab, Jin-Ahga ishora qildi.

Skorvyn:
— Kirmoqdan qo‘rqma. Bu zulmat meniki, va endi sen ham unga tegishlisan.

Jin-Ah hech qanday so‘zsiz, qadam tashladi. Ichkariga kirishlari bilan xizmatkorlar paydo bo‘ldi. Ularning yuzlari ko‘rinmas, faqat sharpalar kabi qo‘llari va qorong‘u liboslari o‘zlarini namoyon qilardi. Ular jim holda Skorvynni ta’zim bilan kutib olishdi. Hech bir so‘z aytilmadi, faqat qasrning chuqur, vahimali sukunati ichida o‘lim nafasi sezilar edi.

Skorvyn Jin-Ahning yonida turib, yuzida noaniq tabassum bilan so‘radi:

Skorvyn:
— Xo‘sh, Jin-Ah, zulmatdan qo‘rqyapsanmi?

Jin-Ah esa hali ham gipnoz holatida past ovozda javob berdi:

Jin-Ah:
— Zulmat sizning soyangizdir... Men undan qochmayman.

Skorvyn kulimsiradi va qasr ichkarisida, tor va qorong‘u yo‘lak bo‘ylab yura boshladi.

Skorvyn:
— Hali bu joyda qanday o‘yinlar borligini bilib olasan. Bu yerda hech narsa o‘z ko‘rinishida qolmaydi. Har burchakda qorong‘ulik o‘z hikoyasini aytadi.

Xizmatkorlar yo‘lakda yondosh turishib, chuqur, og‘ir nafasi bilan ular ketidan jim kuzatishar edi. Zulmat qasri ichida Jin-Ahning taqdiri endi Skorvyn qo‘lida edi, va bu qasr hech qachon hayotni qaytarib bermasdi.

Skorvyn Jin-Ahni qorong‘u yo‘laklardan olib o‘tib, qasrning ichki qismlariga yetib bordi. Atrofda na bir sham yorug‘i, na bir umid nuri ko‘rinardi. Faqat tosh devorlardan aks sado beruvchi qadam tovushlari zulmatning sukunatini buzib turardi. Yo‘laklarning har bir burilishida Jin-Ahning yuragi yanada tezroq ura boshladi, lekin gipnoz ta’sirida bu qo‘rquvni ifodalashga ojiz edi.
Ular qalin, yirik eshikka yetib kelishdi. Skorvyn og‘ir eshikni ochdi, va undan qorong‘ulik bilan birga sovuq havo oqimi chiqdi. Eshikning narigi tomonida katta, vahimali xona ochildi. U yerdagi havo qabristonning changini eslatardi.
Xona ichida turli joylarga sochilib yotgan yosh qizlarning suyaklari ko‘zga tashlandi. Ba’zilari chang bosib, uzoq vaqt qoldirilgan, boshqalari esa hali yangi edi. Bu joy yovuzlikning eng so‘nggi chegarasi edi.
Skorvyn Jin-Ahni xona o‘rtasidagi sovuq tosh zinalar tomon olib bordi. Jin-Ahning qadamlari asta-sekin sustlashdi, lekin u gipnoz ta’sirida biron bir qarshilik ko‘rsata olmadi. Skorvyn uning qarshisida to‘xtadi va qo‘llarini Jin-Ahning yelkasiga qo‘ydi.

Skorvyn:
— Endi uyg‘on, Jin-Ah. Menga o‘zing kerak, ixtiyorimsizgina emas.

Shu so‘zlarni aytgach, Skorvyn qo‘llarini Jin-Ahning peshonasiga qo‘yib, gipnozdan halos qildi. Jin-Ahning ko‘zlari bir lahzada ochildi, va u atrofdagi dahshatli manzarani ko‘rib, qattiq hayqirib yubordi.

Jin-Ah (dahshatga tushib):
— Bu... bu yerda nima bo‘lgan? Bu suyaklar... kimning suyaklari?!

Uning ovozi xonada aks sado berdi, lekin hech qanday javob yo‘q edi, faqat zulmat ichida Skorvynning yuzida sirli tabassum paydo bo‘ldi.

Skorvyn:
— Bu yer mening to‘plamim. Go‘zal qizlarning so‘nggi makoni. Ular menga xizmat qilishdi, lekin sen... sen boshqacha bo‘lasan.

Jin-Ah dahshat ichida orqaga tisarilib, devorga suyanib qoldi. Ko‘zlaridagi qo‘rquv va tushunmovchilik aralashib, yuragi qattiq ura boshladi.

Jin-Ah (titroq ovozda):
— Meni nima qilmoqchisiz? Nega bu yerdaman?!

Skorvyn uning ko‘zlariga tikilib, sovuq ovozda javob berdi:

Skorvyn:
— Sen men uchun maxsussan. Qolganlari kabi emas. Yana ko‘p narsalarni ko‘rasan... va endi chekinish yo‘q.

1 qism tugadi.

Muallif: #Miizumi
Kanal: Cosmos_Chapters