Internet Millionerlari Telegram kursi haqida

F.A.Q — Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar

Assalomu alaykum do'stlar!
Bu yerda asosan sizlardan kelib tushadigan ko'p savollarga batafsil javob bermoqchimiz.

Online maktab nima o'zi ?


-- Onlayn maktab - qandaydir sabablarga ko‘ra offlayn maktablarga tashrif buyurishga vaqt topa olmaydigan insonlar uchun yaratilgan. Ushbu muammoda onlayn-ta’lim yordam beradi.
Siz uyingizda, ofisingizda, biron sayilgohda, avtobus va taksida bo'lishingizdan qat'iy nazar o'z vaqtingizdan unumli foydalanib zaruriy bilimlarni olishingiz mumkin.

Online ta'lim bu nima ?


-- Onlayn-ta’lim – bu internet orqali amalga oshiriladigan bilimlarni ulashish jarayonidir.
Jarayonning formati va muddatlari turlichadir: soatli vebinarlarning ixcham sikli, videoma’ruzalar va vazifalar bilan murakkab kurslar, o‘yin shaklidagi amaliy master-klasslar...

Internet Millionerlari "Telegram" kurslariga qanday yozilish mumkin ?


— Mashg‘ulotlarga kirishish juda oson. Barcha tarif rejalarini o‘rganib chiqing, o‘zingiz uchun ko‘proq mos keluvchi tarif rejasini tanlang. Tarif rejasining imkoniyatlarini, plyus va minuslarini tekshirib ko‘ring. Shundan so‘ng tanlangan tarif haqida menejerga xabar yuborasiz, siz bilan menejer bog'lanadi, barchasi kelishilganidan so‘ng ma’lumotlar paketi yuboriladi, bular: F.I.Sh, Telefon raqami va elektron pochta.

Internet Millionerlari "Telegram" kursida o‘qish jarayon qanday o‘tkaziladi ?


— Ma’lumotlaringizni yuborganingizdan so‘ng, biz sizni barcha mashg‘ulotlaringiz o‘tkaziladigan maxsus-o‘qituvchi Telegramda yopiq kanal va Youtube ssilkasini beramiz va ulab qo‘yamiz. Platformada video, audio va matnli darslar bo'ladi. Onlayn-kursni xarid qilganingizda sizga darslik beriladi, darsni o‘zlashtirganingizdan keyin esa – keyingi darslik beriladi. Ushbu jarayondan o‘tmaslikning iloji yo‘q. Bu dastur haqiqatdan ham siz uchun foydali bo‘lishi va sizning samarali o‘zlashtirishingiz uchun amalga oshirilgan. Darslarni kompyuter va mobil telefon orqali, o'zingizga qulay vaqtda ko'rib borishingiz imkoniyati bor.

O'quv kursining davomiyligi ?


— Barchasi aslida o‘zingizga bog‘liq, siz uni bir oyning o‘zida ham tugallashingiz mumkin. Muammo sizning kursni qanchalik tez o‘zlashtirishni istashingizdadir.

O‘quv jarayoniga qancha vaqt ajratish lozim ?


— Kuniga 10 daqiqadan boshlab 2 soatgacha. O'quv dasturi grafigi har bir o'quvchiga juda moslanuvchan adaptiv qilib tashkil etilgan, u imkon qadar o‘quvchilarga moslashtiriladi. Darslarni asosiy mashg‘ulotlar yoki ishdan bo‘sh vaqtingizda o‘rganishingiz mumkin.

Mashg'ulotlar qanday grafikda o'tkaziladi ?


— Mashg‘ulotlar uchun qulay vaqtni o‘zingiz tanlaysiz: ertalabki, kunduzgi yoki kechki vaqtlar.

Uy vazifasini bajarish qanchalik muhim ?


-- Biz muntazam ravishda uy vazifalarini bajarishni tavsiya qilamiz, chunki ular o‘tilgan materiallarni yaxshiroq o‘zlashtirish va belgilangan maqsad sari tezroq odimlashga yordam beradi.

Kurs uchun to‘lov har oy yoki bir marotaba amalga oshiriladimi ?


— Yo‘q, kurs uchun to‘lov bir marta amalga oshiriladi. Ya'ni, siz bir marotaba to'liq kurs uchun to'lov qilasiz, har oy emas.

Men boshqa davlat yoki viloyatda bo'lsam qanday qatnashaman ?


— Bizning kurslar telegramda yopiq kanal va Youtube da onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Demak, siz qayerda istiqomat qilishingizdan qat'iy nazar bizning kurslarga yozilishingiz va bilim olishingiz mumkin.

To'lov kafolati.


— Siz o‘qituvchi va murabbiylarning barcha ko‘rsatmalariga jiddiy amal qilsangiz, barcha o‘rgatilgan materiallarni o‘rgansangiz, barcha vazifalardan muvaffaqiyatli o‘tsangiz va o‘qishni a’loga tugatdingiz deylik. Shundan so'ng siz 100% lik natijaga erishasiz. Agar siz 100% barcha vazifalarni bajarganingizdan keyin ham natija bo'lmasa pulingiz qaytariladi.

Internet Millionerlari "Telegram" kursi menga nima beradi ?


Siz bizning kurslarda ishtirok qilib quyidagi natijalarni qo'lga kiritasiz:

  • Telegram orqali oyiga o'rtqcha 500 000 so'mdan 5 000 000 so'mgacha daromadga chiqasiz
  • O'zingizni online biznesingizga ega bo'lasiz
  • Bizning yopiq jamoaga qo'shilasiz
  • Pullik reklama kanallarida 20% chegirma bilan reklama berish imkoniyatini qo'lga kiritasiz
  • Bizning kanal va botlarda bepul reklama bera olasiz
  • Sertifikat qo'lga kiritasiz va uyda o'tirgan holda ishlash imkoniyatingiz bo'ladi.

Nega aynan biz ?


— Internet Millionerlari "Telegram" kursimiz asosiy yutug'i - biz har bir o'quvchi natijasini kafolatlaymiz va ishonchini oqlaymiz. Biz jamlagan ko'p tajribamiz bilan o'quvchilar va kuzatuvchilar orasida katta ishonchga erishganmiz. Menejerlarimiz bilan bog'laning va ro'yxatdan o'ting.

Sizning orzuingizdagi biznes va daromad shu yerdan boshlanadi.