January 4, 2020

Eslatma 04

• Ayollar Uchun Eslatmalar

Yuqorida (yani 3-eslatmada) zikr qilingan , mujodala surasining avvalgi oyatlari nozil bo'lgan ayol , Xavla bintu sa'laba edi ,
U ayolning eri qarib injiq bo'lib qolgan chol edi ,
Buning ustuga bir kun injiqlik qilib xotinini " Zihor" qildi ,
(Yani johiliyatdagi taloq ko'rinishlaridan bir uslubda taloq qildi)
Xavla aytadi :
So'ngra yana kelib meni (to'shakda) xoxlab qoldi !
Shunda men aytdim :
Yo'q ! Men sizga xarom bo'lib bo'ldim !
(Yani zihor uslubida taloq bo'ldim , endi menga teginishing xarom dedilar )


Shunga qaramasdan ustumga sakrab majburlamoqchi bo'ldi , xolbo'ki bir zaif cholni yengib qo'yish qanday oson bo'lsa men xam uni yengib turib ketdim deydilar !
Shundan so'ng Rasululloh sollalohu alayhi va sallam oldilariga kirib shikoyat qila boshladilar :
Ya Rasululloh : Yoshligimni yedi ! Qornimni unga sochdim (Yani shuncha farzand tug'ib berdim) Endi yoshim o'tib , farzand tug'mas yoshga yetkanimda mendan zihor qilib o'tiribdi !
Deb gaplarini tugatmasdan yuqoridagi mujodala surasi oyatlari nozil bo'ldi :
Bataxqiq , Alloh eri xaqida siz bilan tortishib turgan ayolning so'zlarini eshitdi...


Aisha raziyallohu anha aytadilar :
Men uyning ichida edim , ayol shunday shivirlab gapirar ediki menga bazi so'zlarigina eshitildi...
Ulomolar shunda Xavla ning oila sirini qanday muxofaza qilganligi odobini zikr qilishadi !
Mazluma bo'lsada , ko'chaga chiqib hammaga ayyu xannos solmadi ! Balki shariyat xukmini bilish uchun Rasulullohga gina xabar qildi ! Shunda xam shivirlab , oisha onamizga xam zo'rg'a eshitiladigan qilib gapirdi !
Endi bugun axvolni qarang !
Erim zulm qildi deb shikoyat qilmagan odami qolmaydi !
So'ngra Allohga soldim deydi !
Allohga solish uchub butun maxallaga yoyib chiqish shart emas !
So'ngra u ayol , eridan ajralish uchun emas , balki eriga qaytish yo'lini izlab kelgandi !
Rasululloh esa : "Sen eringa xarom bo'lding " deb qaytarar edilar !
U esa Allohga shikoyat qildi va Alloh bunin xukmini nozil qilib , xavlani eriga qaytardi !
Va yana qissadagi ibrat , eriga qaytishni istasada , xarom ishga qo'l urmadi !
Eri uni xoxlab , xatto majbo'rlaganda xam , Rasululloh bu xukmni bayon qilmaguncha erini o'ziga yaqinlashtirmadi !
Xam Allohning xaqqini rioya qildi !
Xam erining , oylasining nomusini ximoya qildi !
Xamda " INJIQ CHOL " bo'lsada eri bn qolishni istab Allohga shikoyat qildi !
Ana shu xislatlarga ega bo'lgach , " Shivirlagan" so'zini xam Alloh 7 osmon ustudan turib eshitgan "Xavla bintu sa'laba" bo'ldi !
Xatto Umarni to'xtatib , Ey umar Allohdan qo'rq ! Der edilar !..
Bugungi ayollar esa , " Menga Alloh bo'lsa bas" degan so'zni bilib olishgan ..
Lekin bilishmaydiki shu Alloh qur'onda : " U zot bazilaringni bazilaringa ustun qilib muxtoj qilib qo'ydi .." degan !