March 20

Raqamli iqtisodiyotni ko'raman..

Kalit so’zlar: NCI dasturi, dakument, otchyot, klient, kredit, anketa, uzcard va humo kartalari
Kirish
Raqamli iqtisodiyot iqtisodiyot sohasida ma’lumotlar va yuqori tezlikka ega texnologiyalar yordamida iqtisodiy jarayonlarni o’rganib taxlil qilish, to’plash va boshqarishga imkon beradi. Ushbu texnolohiyalar iqtisodiyotning jadallik bilan rivojlanishi, innovatsiyalar, ish o’rni bozori va savdo sohasida ish qiluvchilar bilan aloqalar, marketing strategiyalarini optimallashtirish, risklarni chamalash va boshqa bir nechta sohalardagi moummalarga yechim topish va samarali natijalar olishda katta ahamiyatga ega
Men raqamli iqtisodiyotni ATB Agrobank faoliyatida ish jarayonlarini bajarishda asosiy vazifani bajaruvchi NCI dasturida deb bilaman va NCI har bir kun uchun alohida ochilib yopiladi.Bu dastur ichida joylashgan har bir tarmoqlarda bajarilgan operatsiyalar orqali bank hodimining bajargan ishiga qarab KPI tizimi ularga rag’batlantirish pulini aniqlaydi. Raqamli iqtisodiyot davrida rivojlangan va zamonaviy hisob-kitob sitemalariga ega bo’lgan dasturlardan biri bo’lgan NCI tizimi vaqt jihatidan qulay bo’lib, ba’zi xolatlarda yuz beradigan xatoliklar va kamchiliklarni aniqlash, jarayonlarda tezkor qarorlar qabul qilish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Bu dastur quyidagi vazifalarni bajaradi, jumladan kredit, anketa, omonat, oylik, hisobot oyliklar, kunlik xarajatlar va boshqalar.
NCI dasturida asosiy vazifani bajaruvchi dakument moduli mavjud bo’lib, u yerda bugungacha bo’lgan jamiyki bankning operatsiyalari, shu jumladan boshqa banklardan kelib tushgan pullar ham taxlil qilinadi va barcha kun davomida bajarilgan operatsiyalar bo’yicha kassa kun oxirida hisoblanadi . Bu tizim jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan kreditlarni qachon, qayerga, qancha miqdorda pul summalarini sarflaganini ko’rsa bo’ladi. Mijozlarni kredit hisob raqamlariga qachon, qancha so’m to’lov qilganligi kassa orqali qilingan to’lovlar ya’ni qaysi xisob raqamga qilinganligi, valyuta operatsiyalari bo’yicha qilingan jarayonlarda pul mablag’larining miqdori va qiymati chet el yoki boshqa viloyatlarda jismoniy shaxslarga yuborilgan pul mablag’lari kimga va qachon berilganligi kelib tushganligini aniqlasa bo’ladi. Jismoniy shaxslarning omonat xisob raqamlariga naqd pulda yoki plastik kartalarida qo’ygan pullarning hisobotlari, omonat hisob raqamlaridan naqd yoki elektron ko’rinishda yechgan pul mablag’larini hisobotlari grafikda mavjud bo’ladi.
Otchyot modul tizimi bank tomonidan bajariladigan operatsiyalarni jamlab ko’rasatib beruvchi bo’limi hisoblanadi. Bu bo’limdan omonatlarni kirim-chiqimlari, tashkilotlarni oylik tushirganligi haqidagi ma’lumotlar, banklararo o’tkazmalar va jismoniy shaxslarning plastic kartalarining kirim-chiqimlari, bank kasssalarining kunlik xisobotlari, yuridik shaxslarning xisob raqamidan aylantirgan pul mablag’lari va yuridik shaxslarning oldi-sotdi shartnomalarini bank tomonidan bajarilgan operatsiyalarini jamlab xisobot sifatida chiqarib beradi
Anketa bo’limida jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan barcha kreditlar hisob-kitoblari ularni qarzdorligi to’g’risidagi ma’lumotlar joylashgan bo’ladi. Kredit to’lovi inson omilisiz avtomatik ravishda hisoblanadi. Kredit uchun oylik to’lov pullari ularning kredit to’lovining qaytarish grafiklari, berilgan kreditlarning kredit uchun to’langan hisob-kitoblari (ya’ni summalari ) mavjud bo’ladi. Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlarning ularning hisob raqamlari yoki plastik kartalariga tashlab berish, ularning kredit ma’lumotlariga aniqlik kritish, ularni bank tomonidan kredit uchun bajarilgan har qanday operatsiyalarni ko’rish va nazorat qilish imkoniyati mavjud. Klient tizimi bu mijozga unikalniy nomer ochish va mijozga karta biriktirish operatsiyalarini amalga oshiradi. Shu jumladan ushbu jarayonga bog’liq bo’lgan humo va uzcard tizimi bo’limlarida jismoniy shaxslarga ushbu kartalarni ochish o’sha kartalar orqali bajarilgan amaliyotlarni ko’rish va sintez qilish kartalarni bloklash, blokdan chiqarish pin kodlarini o’zgartirish, jismoniy shaxslarning eski plastik kartalarini pullarini foizsiz o’tkazib berish plastik kartadagi pullarni miqdorini aniqlashga yordam beradi.