December 3

Ingliz tilshunosligi kafedrasida ma'rifat soati davra suhbati o'tkazildi

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliuz tilshunosligi kafedrasida "OITS qurboni bo‘lib qolmang" mavzusida ma'rifat soati davra suhbati o'tkazildi.
Har yili 1 dekabr sanasi an'anaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsad qilinadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mutaxassisi Azizbek Nishonovbilan suhbat uyushtirdi. Mutaxassis har bir inson OIV infeksiyasi va OITS xastaligi bo‘yicha nimalardan boxabar bo‘lishi, profilaktika uchun nimalarga rioya qilinishi kerakligi xususida batafsil ma'lumot berdi.

─ OIV infeksiyasi va OITS xastaligi nima? Uning inson organzmi uchun zarari qanday namoyon bo‘ladi?

─ OIV (odam immuniteti tanqisligi virusi) surunkali yuqumli kasallik bo‘lib, inson organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. U organizmni tashqi xavfli ta'sirlardan himoya qiluvchi tizim ─ immun tizimini izdan chiqaradi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, virus organizmga tushgan dastlabki davrda hech qanay noxush alomatlar sezilmaydi, immun tizimi viruslarning tajovuzini bostirib turadi. Odam virusni yuqtirib olganidan boshlab 10 yilgacha o‘zi kasal ekanini sezmaydi. Bu davrda organizmda OIV viruslari bilan kasallangan hujayralar soni sog‘lom hujayralarga qaraganda oshib boradi, natijada OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kelib chiqadi.